S H E ’RLAR
«XUROSONDA BIR DARBOZA BOR...»
Xurosonda bir darboza bor,
Ostonasi gulga ko‘milgan,
Unda yashar bir pari mxsor.
Xurosonda bir darboza bor,
Hayhot, uni ocholmadim man.
Qo‘llarimda kuch ham yetarli,
Sochlarimdan oltin rang olgan.
Asir etdi meni ul pari.
Qo‘lda garchi kuchim yetarli,
Ul eshikni ocholmadim man.
Mardligim ne ishq maydonida,
Ayting, kimga qilay sharhi g‘am?!
Sevmas bo‘Isa Shahi jonidan,
Ul eshikni ocholmas bo‘lsam,
Mardligim ne ishq maydonida?!
Yana tushdi Rus sari yo‘lim,
Eron, sendan ketgummi hali?
Nahot, seni boz ko‘rmas bo‘ldim?
Ona yurtga mehrim tufayli
Yana tushdi Rus sari yo‘lim.
Xayr endi, xayr, parizod!
Darbozangni ocholmasam-da,
Shirin g‘aming birla umrbod
Kuylab o‘tay seni o‘lkamda.
Xayr endi, xayr, parizod!
Bu she’r Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumiga kiradi.
M a’lumki, bu turkummi shoir forsiy she’riyat ta ’sirida, buyuk
qalam egalari yurtini ko‘rislmi istab, unga intilib, shu kayfiyat va
sog‘inch bilan bitgan. Ammo, aslida, rus shoiriga Eronga
(Xurosonning bir qismi ham hozirgi Eron tarkibiga kiradi) borish
nasib etmagan. Shunga qaramay, turkum she’rlarida shoir o‘zini
Eronda yurganday tasaw ur qilib ish tutgan.
Bu «Xurosonda bir darboza bor...» she’rida ham yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
She’r har biri besh misradan tashkil topgan besh banddan
iborat. Satrlar — muallifuslubiga xos ravishda qisqa-qisqa.
Birinclii bandda lirik qahramon Xurosondagi bu darbozaning
ostonasi gulga ko‘milgani, iclikarida bir pari ruxsor yashashi, ammo
uni ocholmay, armonda ekanini aytadi.
Aslida, uning darbozani ochishga kuchi yetadi, hatto, «sochla-
ridan oltin rang olgan», ya’ni uning sochlari sap-sariq, ul pari
buni asir etgan...
Birinclii bandda:
Xurosonda bir darboza bor, —
misrasi ikki bor (birinclii va to ‘rtinchi satr sifatida) takrorlangan,
ikkinclii bandda:
Qo‘llarimda kuch ham yetarli, —
misrasi (birinclii satr):
Qo‘lda garchi kuchim yetarli, —
tarzida (to‘rtinchi satr) qayta qo‘llangan edi.
U chinchi bandda ham bu takror usuli bandning boshi
(birinclii satr) va oxirida (beshinclii satr) davom etadi («Mardligim
ne ishq maydonida»). Bu bandda lirik qahramon yorining ismini
ham («Shahi») qistirib o‘tadi.
Xuddi shunday birinclii va beshinclii misralami aynan bir xil
qilib tuzish qoidasiga to ‘rtinchi bandda ham amal qilinadi («Yana
tushdi Rus sari yo‘lim»). Endi lirik qahramon shunday go‘zal qizga
bo‘lgan sevgisiga kutilmaganda yurt muhabbatini qarama-qarslii
qo‘yadi — ona yurtga melirim tufayli, nahot, seni qayta ko‘rol-
masam!
Oxirgi bandda osliiq yori bilan xayolan xayrlashadi, darbozangni
ocholmasam-da, umrbod vatanim da seni kuylab o‘taman, deydi.
Birinclii va oxirgi misralarning aynanligi bu bandda ham mavjud
(«Xayr endi, xayr, parizod»).
Do'stlaringiz bilan baham: |