Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. R. Tagoming hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
2. R. Tagor milliy ozodlik kurashchisi sifatida istiqlol uchun awalo 
nima muhimligini ta’kidlaydi?
3. Adibning m a’rifatparvarlik faoliyati haqida so‘zlab bering. Uning bu 
faoliyati bilan jadid bobolarimiz o‘rtasida qanday o‘xshashlik ko‘rasiz?
4. R. Tagoming qaysi qo‘shig‘i Bangladesh Xalq Respublikasining davlat 
madhiyasi hisoblanadi?
5. Adib asarlarini asosan qaysi tilda yaratgan?
6. R. Tagoming qaysi romani asosida o‘zbek sahnasida va kinosida asarlar 
yaratilgan va ular qanday ataladi?
7. «Nur va soyalar» hikoyasida qanday mavzu qalamga olingan?
8. Asar qahramoni — osoyishtalik va tinchlikni xush ko‘radigan, hatto 
qulog‘im tinch bo‘lsin deb uylanishni xohlamaydigan Shoshibushonni 
okrug sudyasi bilan bahslashishga nima majbur qildi?
9. Hikoyada qahramonlar kayfiyati, mhiy holati bilan tabiat tasviridagi 
uyg‘unlik mavjud. Asardan ana shunday o‘rin1ami toping.
10. Giribala xarakterini sharhlab bering. U Shoshibushon taqdirida 
qanday rol o ‘ynaydi?


11. Mana bu so‘zlarga e’tibor bering: 
«Bulami ко ‘rib, и о ‘zini turmadan
ikkinchi d a f’a ozod bo ‘Iganday his etdi».
Gap nima haqda ketyapti? Hikoya 
matnidan Shoshibushonni quvontirgan narsa nima ekanligini toping.
12. Hikoya nima uchun «Nur va soyalar» deb nomlangan? 0 ‘z fikringizni 
bildiring.
13. «R. Tagor — ozodlikkuychisi» mavzusida insho rejasini tuzing.


SERGEY YESENIN
(1895 - 1925)
XIX 
asrda ms adabiyoti, jumladan, 
sh e ’riyati shunday yuksak darajada 
rivojlandiki, bugun jahon adabiyotini shu 
davr ms so‘z san’atisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. XX asr boshlarida bu adabiyot 
yangi shoirlar berdi. Shulardan eng 
mashhuri — Sergey Yesen in.
Adabiyot ahli orasida, shoirlar qish- 
loqlarda tug‘ilib, shaharlarda vafot etadi, 
degan gap yuradi. Bu msning buyuk shoiri Sergey Aleksand­
rovich Yeseninga nisbatan to ‘la mos keladi.
U 1895-yilning 3-oktabrida (eski liisob bo‘yicha 21-sentabrida) 
Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan gubemiyasiga qarashli 
Konstantinovo qishlog‘ida oddiy dehqon oilasida tug‘ildi. Otasining 
kambag‘alligi, ayolmandligi uchun u ikki yoshligidan o‘ziga to ‘qroq 
bo‘lgan ona tomonidan bobosining oilasida tarbiya topdi. Besh 
yoshligida o‘qishni o‘rgandi, to ‘qqiz yoshidan xalq qo‘shiqlariga 
o‘xshatib she’rlar bita bosliladi.
Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab, o‘n yetti 
yoshida M oskvaga bordi. Savdogarning idorasida ishladi, 
bosmaxonada musahhihlik qildi, 
adabiy-musiqiy to ‘garakka 
qatnashdi, she’rlar yozishni davom ettirdi. 0 ‘n to ‘qqiz yoshidan 
she’rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo‘ldi. Yigirma 
yoshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur ms shoiri Aleksandr 
Blok bilan tanishdi.
1916-yildan armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she’r 
yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalyonga jo ‘natildi, 
keyin xizmatdan tamoman voz kechdi.
1918—1921-yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, 
Bessarabiya, shuningdek, Turkiston bo‘ylab safar qildi. 1922— 
1923-yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan 
Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini 
aylandi, to ‘rt oy AQSHda yashadi.
i


Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabrda fojiali tarzda vafot etdi.
Shoir qayerda bo‘lmasin, umri bo‘yi o‘zini ruhan qishloqda 
yurgandek his qilib yashadi. Shoirning o‘z yurti va ona xalqiga 
yuksak muhabbati she’rlarida uning bevosita Ryazan o‘lkasiga 
meliri tarzida aks etgan.
Shoir asarlarida tarjimayi holi bilan bog‘liq nuqtalar ko‘p tilga 
olinadi. Mumtoz o‘zbek adabiyotida bunday asarlarga hasbi hoi 
deyiladi. «Endi qaytm am uyimga» ham da «Singlimga xat» 
she’rlarida muallifning ko‘p umri xorijiy mamlakatlarda, safarlarda 
o‘tgani shundoq sezilib turadi. Ammo qayerda yashamasin, vatani 
meliri uning qalbida jo ‘sh uradi.
Sergey Yeseninning satrlari qisqa-qisqa, tili ravon va sodda, 
lirik qahram onning hayot, tabiat, odamlarga m unosabatida 
qishloqcha samimiylik va to ‘g‘rilik ufurib turadi. Eng muhimi, 
asarlarida sharqona ruh bor.
Bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. Shoir forsiy tildagi mumtoz 
she’riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga 
borishga qattiq intiladi. Biroq o‘sha paytdagi Rossiya va Eron 
munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq 
emasligini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq 
turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning 
Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha muddat 
bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining 
hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari» 
she’rlar turkumi yoziladi.
Sharq she’riyatida Allohga ishqni majozan yorga ishq tarzida 
kuylash kuchli edi. Shunga taqlidan rus shoiri ham Sharq go‘zaliga 
bag‘ishlangan ishqiy she’rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida 
G ‘arb kishisining Sharqqa meliri jo ‘sh urib turganini sezish qiyin 
emas.
Rus hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda qalam 
tebratadimi, bundan qat’i nazar, Sergey Yesenin she’riarining 
tub moliiyatida umuminsoniylik yotadi. Millati, dini, irqidan qat’i 
nazar, ulami o‘qigan kishining ko‘nglida bir yorug‘lik, zavq, mehr, 
ezgulikka oslmolik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. She’r qalbni poklaydi, 
deganlari shu.
Sergey Yeseninning aksar she’riarini Erkin Voliidov maromiga 
yetkazib tarjima qilgan. Bu she’riyatning o‘zbek shoirlari ijodiga 
juda katta ta ’siri bo‘ldi. Erkin Voliidov, Tilak Jo‘ra, M a’ruf Jalil,


Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan, 
0 ‘zbekiston xalq shoiri marhum Muhammad Yusuf ijodini Sergey 
Yesenin asarlari ta ’sirisiz tasaw ur qilib bo‘lmaydi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish