Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Savol va topshiriqlar
1. Adabiyot da, jumladan, Sergey Yesenin ijodida xat vositasidan 
foydalanish haqida nimalar deya olasiz?
2. She’ming tuzilishi, bandlari aro bog‘liqliklami tahlil eting.
3. She’rda bog‘ timsoli qanday vazifalami bajarganini tushuntiring.
4. Link qahramon talqinida bobo bilan ota maqsadi o‘rtasida qanday farq 
bor va bolalar bu masalada qaysi tomonda edi?
5. Hayot haqidagi bolalik tasawurlari bilan real tushuncha o‘rtasidagi 
tafovut mohiyatida nima yotadi?
6. Lirik qahramon nima ilinj bilan Pushkin, Lermontov kabi buyuk 
rus shoirlarini esga oladi?
7. Oxirgi bandda Urik qahramonning orzusi qanday badiiy vosita orqaU 
ifodalangan?
8. Siz hali yoshsiz, lekin kichkinaligingizda ko‘nglingizda muhrlanib 
qolgan qanday voqea-hodisa, his-tuyg‘u, o ‘kinch-armonni eslay olasiz?
9. She’rning qaysi bandi Sizga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatdi?
«BU DUNYODA MEN BIR YO‘LOVCHI...»
Bu dunyoda men bir yo'lovchi,
Shodon menga qo‘l silki, erkam.
Xuddi shunday tinch, erkalovchi 
Ziyo to‘kar kuz fasli Oy ham.
Isinurman Oyning taftiga,
Ilk bor undan orom olar jon.


Allaqachon so'ngan sevgiga 
Umid bog‘lab yashayman hamon.
Bunga bois — shu makonimiz,
Shu yer — oppoq, sho'r manglay turbat,
Qaylardadir toptalgan nomus,
Kimlargadir qadrdon g‘urbat.
Yashirmayman, har kim ham bilar:
Boshqa-boshqa emas, jon singil,
Ikkimiz ham bir sevgi bilan 
Shu vatanga qo'yganmiz ko'ngil.
1925-yilning 13-sentabr kuni Sergey Yesenin singlisi Shuraga 
bag‘islilab birdaniga 4 ta she’r yozdi. Hech biriga sarlavha qo‘ymadi. 
Faqat har bir she’ming boshida burchakda «Singlim Shuraga» 
degan qayd bor, xolos.
Shu kuni shoir Leningradda edi. Adabiy jumal ochish tashvishida 
yurgan edi. 0 ‘limiga bir oydan ham ozroq vaqt qolganini o‘zi 
bilmas edi, albatta.
«Singlimga xat» akaning singilga maktubi tarzida bitilganini ko‘rib 
o‘tdik. «Bu dunyoda men bir yo‘lovchi...» ham shunga ko‘p yaqin 
turadi. Biroq buni xat deb emas, bag‘ishlov deb tushunsak, to ‘g‘ri 
bo‘ladi. Chunki bu shaklan maktub emas.
Aka yuragining tub-tubidagi ayrim fikr-xulosa, liis-tuyg‘usini 
singlisiga to ‘kib solmoqchi. 0 ‘ttiz yoshli akaning singlisi bilan 
dardlashadigan nima ham gapi bo‘lishi mumkin? Albatta, gap 
aylanib, sevgiga borib taqaladi. Bu she’r ham — sevgi haqida.
Lekin...
Birinchi bandda lirik qahramon o‘zini bir yo‘lovchiga qiyoslay 
turib, erka singlisining unga shodon qo‘l silkishini istaydi, chunki 
kuz faslida Oy ham xuddi shunday tinch, erkalovchi nur taratadi.
Ikkinclii band ham shunga bog‘liq: lirik qaliramon shu Oy taftida 
isinadi, ilk bora undan joni shunday orom topadiki... Birdan sevgisi 
esiga tushadi: u allaqachon so‘nib ketgan, baribir, hamon unga 
umid bog‘lab yashaydi.
Buning sababi bor. Uchinchi bandda aynan shu sabab ko‘r- 
satiladi: bu — vatan, yashab turgan shu makon, shu yer. U esa — 
sho‘rpeshona turbat: qaylardadir nomus toptalgan, kimlardir 
g‘urbatlarga ko‘nikib, u bilan qadrdon ham bo‘lib ketgan.


To‘rtinchi band she’ming haddi a’losi (kulminatsiyasi) liisob- 
lanadi. Lirik qahramon hamma biladigan bir simi yashirib o‘tirish- 
ning nima keragi bor, deb biladi va shuni oslikor etadi: singlim, 
sen bilan mening muhabbatimiz boshqa-boshqa emas — ikkimiz 
ham bir sevgi bilan shu vatanga ko‘ngil qo‘yganmiz!
She’rda sof insoniy sevgi-muhabbat haqida so‘z ocliilib, u vatanga 
melir-muhabbat tuyg‘usini ulug‘lash bilan yakun topdi. Shuning 
uchun ham bu vatanga muhabbat asaming bosh g‘oyasi liisoblanadi.
She’r muayyan makon va zamonga ega. Lekin uning mazmun- 
mohiyati makon va zamon cliiziqlarini pisand qilmaydi. Har qanday 
makon va zamonda ham vatan — vatan-da. Tug‘ilgan, umr 
kecliirayotgan yerini yaxslii ko‘rish — qaysi mamlakatda va qanday 
zam onda yashayotganidan q at’i nazar, insonning birlamchi, 
qolaversa, muqaddas burchlaridan biri.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish