Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Savol va topshiriqlar
1. Ifoda shakliga ko‘ra, she’rning xatmi yoki bag‘ishlov ekanini 
aniqlang, bu ikki tushuncha o‘rtasidagi o ‘xshash va farqli tomonlarni 
so‘zlab bering.
2. Asaming m a’no-mazmunini bandma-band tahlil eting.
3. She’ming bosh mavzusi nima?
4. Lirik qahramon so‘ngan sevgisiga hamon urn id bog‘lab yashashiga 
nimani sabab qilib ko‘rsatyapti?
5. Asardagi makon va zamonni aniqlab, uning mazmun-mohiyati 
makon va zamon chegaralarini buzib o‘tishiga asos bo‘lgan jihatlami ajratib 
ko‘rsating.
6. Aka bilan singilni o‘zaro bog‘lab turgan asosiy rishta nima?
7. Asaming bugun uchun ahamiyatini nimalarda ko‘rasiz?
ONA IBODATI
Qishloqning bir chetida 
Pastakkina uy turar,
Sajda qilib shu uyda 
Onaizor o‘ltirar.
Yolg‘iz o'g'lin eslar u 
Yonib achchiq firoqda.
0 ‘g‘li esa yurt uchun 
Jang qiladi yiroqda.


Ona sajda qiladi,
Ko'zyoshlari shashqator.
Bir nuqtaga tikilgan,
Xayolida nelar bor?
Ko‘z oldiga keladi:
Keng dala — jang maydoni.
Jonsiz yotar maydonda 
Mard o‘g‘li — pahlavoni.
Ko'kragidajarohat,
Qop-qora qon har yog‘i.
Qolmish jonsiz qo‘lida 
Dushmanining bayrog'i.
Ona yiizin qoplar g‘am,
Chimirgancha qoshini,
Asta suyar qo‘liga 
Oppoq sochli bosh ini.
Yurak dardi yosh bo‘lib,
To‘lib kelar ko‘ziga.
Maijon-maijon tomchilar 
Oqib tushar yuziga.
Ona ham m a zam on va m akonda ham, barcha millat va 
mamlakatda ham — ona. Vatanni onaga o‘xshatish mumkin. Lekin 
onani o‘zidan boshqa hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Ona 
qalbida ibodatga moyillik ham isha kuchli. Ishonm asangiz, 
onalaringiz sizni duo qilayotganda ko‘zlariga boqing. Bu ko‘zlarda 
hech qachon hech kimda uchratmaganingiz iltijoni ko‘rasiz. Bu 
iltijoda esa onaning farzandga mehri yasliirin bo‘ladi.
Sergey Yeseninning mutolaa qilganingiz she’ridagi ona qishloq 
chetidagi pastakkina uyda yashaydi. 0 ‘g‘lijangga ketgan. Onaning 
ko‘ngli xotirjam deysizmi! Dilbandiga omonlik tilab, Xudoga iltijo 
qiladi. K o‘zlari esa jiqqa yosh. Xayoli uni jang maydoni sari olib 
ketadi. Qarasa...
0 ‘g‘li ko‘kragidan jarohat yeb, dalada jonsiz yotibdi. Lekin 
qo‘li dushmanning bayrog‘ini changallagancha qotib qolgan. Shu­
ning uchun shoir uni 
«pahlavon»
degan sifat bilan «siylaydi».
Hamma zamon uchun ham urushda dushman bayrog‘ini 
mahv etish g‘alaba hisoblanadi. Esingizda bo‘lsa, Firdavsiyning 
«Shohnoma»sida Afrosiyob tush ko‘radi. Tushida kuchli bo‘ron 
turib, bayrog‘ini qulatadi:


Ko‘tarilib shu zum shiddatkor bo‘ron,
Bayrog'imni yulib yiqdi nogahon.
Bayroqning qulashini Afrosiyob mag‘lubiyat belgisi, deb biladi. 
Sergey Yesenin ham bu she’rida zimdan shunga ishora qilgan: 
agarki, yigit halok bo‘lgan bo‘lsa ham, u mag‘lub emas, chunki 
dushman tug‘ini qulatib jon berdi-ku.
Tariximizdan bilamizki, xivalik mashhur Shayx Najmiddin 
Kubro, keksa yoshiga qaramay, Vatan himoyasi uchun qo‘ynini 
toshlarga to ‘ldirib, m o‘g‘ul bosqinchilariga qarslii jangga kiradi. 
Dushman o‘qidan halok b o ‘layotib, chingiziylar bayrog‘ining 
uchidagi «kokili»ni — p o ‘pagini changallagancha jon beradi. 
Dushman o‘z bayrog‘ini o‘lik qo‘lni kesib ajratib olishga majbur 
bo‘ladi.
Albatta, Sergey Yesenin aynan Najmiddin Kubro voqeasini 
qalamga olgan, deb bo‘lmaydi. Hatto, bundan mutlaqo bexabar- 
dir ham. Ammo vatan himoyasiga otlangan mard o ‘g‘lonning 
dushman bayrog‘ini mahv etib o‘lishi — yuksak vatanparvarlik 
g‘oyasi ifodasi uchun buyuk bir timsol vazifasini o‘tagan.
Avvalo, o‘g‘il onaning xayolidagina halok bo‘ldi, xolos. Ona- 
ning ko‘ngli shuki, mabodo, u jon taslim qilgan taqdirda ham bu 
dunyodan mardlarcha, g‘olibona tarzda o‘tganbo‘ladi.
Bu she’rda ona uchun v a t a n va o‘ g‘ i 1 degan ikki buyuk 
tushuncha birlashib ketgan. Vatanga sadoqat, uni himoya qilish 
yo‘lida jonni ham ayamaslik hissi onaning o‘zida bor.
Qisqa-qisqa misralardan iborat vaznlarda yozish Sergey Yesenin 
she’riyatining asosiy xususiyatlaridan biri. Shoir bu asarida ham 
shu yo‘ldan borgan. Erkin Voliidov tarjimada bunga qat’iy amal 
qilib, o‘zbekchada ham yetti (4+3 turoqli) vaznni m a’qul ko‘rgan. 
Bu vazn o ‘qishga oson, hayajonni yaxshi ifodalaydi, fikr maromi 
va voqealar shiddatini kuchaytiradi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish