Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

4-
§
. Ikkinchi Jahon urushi arafasida Italiya
Mamlakat iqtisodiyoti imperialistik agressiyaga tayyorlandi. Qurolli kuchlar ko‘paytirildi.
Italiya va Fransiya o‘rtasida ziddiyat kuchaydi. Italiya bilan Germaniya o‘rtasida Avstriya
masalasida nizo paydo bo‘ldi. Italiya Avstriyani o‘z ta’siriga olish uchun harakat qilar edi. Italiya
fashistlari esa Avstriya hukumati va Xeymverni qo‘llab-quvvatlar edi. 1934 yil iyulida Gitler
Avstriyani bosib olishga urungan vaqtda Mussolini bunga e’tiroz bildirdi. Italiya fashizmi Yaponiya
va Germaniya fashist agressorlari tomonidan Versal-Vashington sistemasi (Italiya bu sistemadan
norozi edi) poymol qilina boshlagan sharoitdan foydalanib, «ulug‘ Rim imperiyasi» tuzishga
kirishdi. «Buyuk Italiya» davlati butun O‘rta Yer dengizi bo‘ylarini o‘z ichiga olishi va u «Buyuk
Italiya»ning ichki dengiziga aylanishi lozim edi. Bu davlat bir paytlar Rim imperiyasi tarkibiga
kirgan barcha hududlarni birlashtirishni ko‘zda tutardi. Mussolini italiyaliklarni O‘rta Yer dengizini
«o‘z dengizimiz»ga aylantirishga chaqirdi. 1934 yilda jadal sur’atlarda harbiy-dengiz floti va harbiy
aviatsiyani qurishga kirishildi.
1935 yil 3-oktabrda Afrikada yangi mustamlakalarga ega bo‘lish, shuningdek, Yevropadan
Hindistonga boradigan dengiz yo‘llarida Angliyani zaiflashtirish maqsadida Italiya fashistlari urush
e’lon qilmasdan, Habashistonga qarshi urush boshladilar. Habashiston qoloq, feodal mamlakat edi.
Habash xalqi bosqinchilarga qarshi qaxramonona kurashdi. Lekin kuchlar barobar emas edi.
Agressorlar eng yangi texnika bilan qurollangan 600 ming kishilik armiyani Habashistonga
yubordilar va vaxshiylarcha qirg‘inchilik urushi olib bordilar, hatto zaharli gazlardan foydalandilar.
1936 yil mayida Habashiston Italiya tomonidan bosib olindi. Italiya-Habashiston urushi vaqtida
Italiya Germaniya bilan yaqinlashdi. 1936 yil iyulida Italiya va Germaniya fashistlari respublikachilar
Ispaniyasiga qarshi isyon, keyinroq intervensiya uyushtirdilar. Italiya qo‘shinlari bir necha marta
(ayniqsa, 1937 yil martida Gvadalaxara yonida) jiddiy talofatga uchradi. Germaniyagina Italiyani
halokatdan qutqarib qoldi. Italiya Germaniyaning Yevropa markazidagi yetakchilik rolini tan oldi.
1936 yil oktabrida Italiya bilan Germaniya o‘rtasida ittifoqlik shartnomasi (Berlin-Rim o‘qi) tuzildi.
1937 yil 6-noyabrida Italiya, Germaniya bilan Yaponiya o‘rtasida tuzilgan «Antikommintern
ahdnomasi»ga qo‘shildi va «Berlin - Rim - Tokio uch burchagi» vujudga keldi. Bu esa
«kommunizmga qarshi kurash» niqobi ostida barcha demokratik harakatlarni bo‘g‘ish va yangi
agressiyani amalga oshirish maqsadida tuzilgan fashist davlatlari ittifoqi edi.
Mussolini uni bu ittifoqni o‘z atrofida butun Yevropa birlashishi lozim bo‘lgan «doira»
sifatida ta’rifladi. («Berlin-Rim-Tokio doirasi» degan nom shundan kelib chiqdi). Ushbu bitimga
ko‘ra Germaniya Efiopiyaning bosib olinishini tan oldi, xalqaro aloqalarda umumiy bo‘lgan


40
yo‘nalish belgilandi, harbiy aviatsiyani rivojlantirishning yagona siyosati ishlab chiqildi. Bolqon va
Dunaybo‘yi davlatlaridagi ta’sir doiralari chegaralandi.
1937 yil 11-dekabrda Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqdi. 1938 yil martida Mussolini
hukumati Avstriyaning German fashistlari tomonidan bosib olinishiga rozilik berdi. 1938 yil
sentabrida fashistik Italiya sharmandali Myunxen bitimini tayyorlashda ishtirok etdi. Bu bitim esa
Gitler Germaniyasining Yevropadagi agressiyasiga keng yo‘l ochib berdi. 1939 yil aprelida Italiya
Albaniyani bosib oldi. O‘sha yili 22 mayda Mussolini hukumati Germaniya bilan harbiy siyosiy
ittifoq to‘g‘risidagi «Po‘lat bitim»ni imzoladi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish