Ikkinchi jahon urushi



Download 1,47 Mb.
bet1/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

TARIX KAFEDRASI

IKKINCHI JAHON URUSHI”



fanidan
O’q u v u s l u b i y

m a j m u a


200000 - Gumanitar fanlar va fanlar ta’lim sohasi

5220200 -Tarix bakalavr yo’nalishlari uchun




BUXORO – 2011
1-mavzu: Ikkinchi jahon urushi arafasidagi xalqaro munosabatlarning yangicha qarashlari

Reja:

  1. Kirish

  2. 1938 – 1939 yillardagi Germaniya, Italiya va Yaponiyaning jahon urushi boshlash yo’lidagi hatti-harakatlarining o’ziga xosligi

  3. Myunxen qonli bitimi

  4. Germaniya – sobiq SSSR o’rtasidagi 10 yillik urushmaslik shartnomasi va uning yangicha qarashlari

Fashist davlatlarning rejasi va hatti-harakatlari xalqaro xavfsizlikka, xalqlar ozodligi va mustaqilligiga jiddiy xavf tug’dirmoqaa edi. Sobiq Sovet Ittifoqi tinchlik siyosatini izchillik bilan va qattiq turib amalga oshirib, tinchliksevar xalqlarning agressorlarga qarshi yagona frontini vujudga keltirishning tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi.

Sovet hukumati o’zaro yordamlashish haqida qollektiv ahdnoma tuzishni taklif etib, Sharqiy Evropa mamlakatlariga, jumladan, Germaniyaga ham murojaat qildi. Biroq SSSRning bu tashabbusi Germaniya va boshqa davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.

O’ttiz davlat hukumatlarining taklifiga muvofiq Sovet Ittifoqi 1934 yilda Millatlar ittifoqiga kirdi. Sovet Ittifoqi Millatlar ittifoqi tinchlik va xalqaro xavfsizlikni saqlash sohasida amaliy tadbirlar ko’radi degan maqsadda unga bir necha yil davomida ta’sir o’tkazishga intilib ko’rdi, lekin natija chiqara olmadi. Millatlar ittifoqi Efiopiya (Habashiston)ga ham, Ispaniyaga ham, fashist agressiyasining boshqa qurbonlariga ham yordam bermadi.

Sovet Ittifoqining qollektiv xavfsizlik sistemasini
vujudga keltirish yo’lidagi harakatlarini barcha mamlakatlarning keng jamoat doiralari ma’qulladi va qo’llab-quvvatladi. Xalq ommasining tazyiqi Franstiya va Chexoslovakiya hukumatlarini o’zaro yordamlashish shartnomalari tuzish haqida Sovet Ittifoqining taklifini qabul qilishga majbur etdi. 1935 yilda Franstiya bilan SSSR o’rtasida, shuningdek, SSSR bilan Chexoslovakiya o’rtasida ikki tomonlama o’zaro yordamlashish shartnomalari tuzildi. Bu shartnomalar fashist agressorlarni jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Biroq, Chexoslovakiyaning hukmron doiralari singari, Franstiyaning hukmron doiralari ham Sovet Ittifoqi bilan tuzilgan shartnomalarga ilojsizlik manyovri debgina qaradilar.

Sovet Ittifoqi yoqlab chiqqan qollektiv xavfsizlik siyosati urush olovini yoquvchilar yo’lida mustahkam to’siq bo’la olar edi. Biroq, manfaatlariga fashist agressorlar xavf-xatar solayotgan g’arbiy davlatlar ham boshqacha siyosat o’tkazish yo’liga, ya’ni agressorlarga qarshilik ko’rsatmaslik siyosati yo’liga, ular bilan til biriktirish siyosati yo’liga o’tib oldilar.

Bu siyosat G’arbdagi reakstion imperialistik gruppalarning g’arazli manfaatlaridan va birinchi navbatda, fashist agressorlarning qo’li bilan dunyodagi birinchi sostialistik davlatni yo’q qilib tashlash yoki, hech bo’lmaganda, uni maksimal darajada kuchsizlantirish maqsadida shu reakstion imperialistik gruppalar tomonidan fashist agressorlarni Sovet Ittifoqiga qarshi gij-gijlatishga intilishdan kelib chiqqan edi.

Angliya, Franstiya va AQShning hukmron doiralari Versal sulhining harbiy cheklashlarini Germaniyaning buzishiga imkon berdilar hamda unga o’z harbiy qudratini qaytadan tiklab olishda yordamlashdilar. Ular Yaponiya va Germaniyani Sovet Ittifoqi bilan to’qnashtirishni mo’ljallab, Yaponiyaning Xitoydagi, Germaniyaning esa Evropadagi agressiyalariga ochiqdan-ochiq yo’l qo’yib berdilar. Efiopiya, Ispaniya, shuningdek, 1938 yilda gitlerchilar bosib olgan Avstriya ana shu siyosatning qurbonlari bo’ldilar. Xuddi ana shu siyosat insoniyatni yangi jahon urushiga olib keldi.

Ikkinchi jahon urushini jahon imperializmining eng bosqinchi otryadi bo’lgan german fashizmi boshlab berdi. Fashistlar Italiyasi va imperialistik Yaponiya gitlerchilar Germaniyasining ittifoqchilari edi. Yaponiya Versal-Vashington sistemasini majburan qayta ko’rib chiqish yo’liga birinchi bo’lib kirdi. U 1931 yilda Xitoyning Shimoli-Sharqiga bostirib kirib, uni okko’pastiya qildi. Uzoq Sharqda yangi jahon urushining birinchi o’chog’i paydo bo’ldi. 1937 yilda yapon imperialistlari Xitoy kabi ulug’ mamlakatni tamomila asoratga solish niyatida bu erda "katta urush" boshladilar.

1933 yilda Germaniyada fashistlar diktaturasi o’rnatildi. German fashizmi zo’r berib qurollandi va Evropa qit’asining turli qismlarida harbiy janjallar keltirib chiqardi. Evropa markazida urushning ikkinchi, asosiy o’chog’i paydo bo’ldi.

1936 yilda Germaniya bilan Yaponiya "antikomintern pakti" deb atalgan shartnoma tuzdilar, oradan bir yil o’tgach, bu paktga Italiya ham qo’shildi. Bu shartnoma qatnashchilari birdan-bir maqsadimiz "kommunizmga qarshi kurash", jumladan, Kominternga qarshi kurashdir, deb jamoatchilikni ishontirmoqchi bo’ldilar. Haqiqatda esa "kommunizmga qarshi kurash" niqobi ostida Sovet Ittifoqiga, shuningdek, g’arbiy davlatlarga ham qarshi agressiv harbiy-siyosiy blok tuzilgan edi.

Fashist davlatlari keng ko’lamdagi istilochilik rejalariga ega edi. Gitlerchilar Germaniyasi slavyan xalqlarini asoratga solmoqchi, SSSRning Evropa qismini bosib olmoqchi, Angliya va Franstiyaning mustamlakalarini ulardan tortib olmoqchi va Evropa hamda Yaqin Sharqda o’zining tanho hukmronligini o’rnatmoqchi edi. Italiya Angliya bilan Franstiyaga qarashli Jazoir, Tunis, Korsika, Sudan va boshqa erlarni egallab olishni mo’ljallagan edi. Yaponiya Xitoy, Hindi-Xitoy, Birma, Tailand (Siyom), Indoneziya, Filippin orollari, Tinch okeandagi orollarni bosib olmoqchi bo’ldi. Yaponiya Sovet Uzoq Sharqini va Sibirni ham bosib olish niyatida edi.

1938 yilda nemislar bilan chexoslovaklar o’rtasida keskin nizo chiqdi. Chexoslovakiya sanoati taraqqiy etgan davlat edi. U Evropaning markazida muhim strategik mavqega ega edi. German fashistlari Chexoslovakiyaning sanoat resurslarini egallab olish hamda Sharqiy va Janubi-Sharqiy Evropa mamlakatlariga kirib borish uchun uning territoriyasidan qulay maydon (plastdarm) sifatida foydalanishga harakat qildilar.

Chexoslovakiyaning g’arbiy rayonlarida, jumladan, Sudet viloyatida nemis aholisi bor edi. Nemislar Chexoslovakiyada boshqa millatlar foydalangan huquqlardan foydalanar edilar. Lekin gitlerchilar propagandasi Chexoslovakiyada nemislarning go’yo "ezilayotganligi" haqida katta shov-shuv ko’tardi. Gitler Chexoslovakiya bilan urush boshlash uchun atayin bahona qidirib, Sudet viloyatini Germaniyaga berishni Chexoslovakiyadan rasmiy ravishda talab qildi.

Chexoslovakiya mehnatkashlari kommunistik partiya chaqirig’i bilan o’z mamlakatlarining territorial butunligini qat’iy himoya qilib chiqdilar. Gitlerning surbetlarcha qilgan da’vosini rad qilishni talab etib, butun Chexoslovakiyada ommaviy namoyish va mitinglar to’lqini ko’tarildi. Sovet Ittifoqi Chexoslovakiyaga yordam berishga tayyor ekanligini bir necha bor aytdi. Chexoslovakiya bilan o’zaro yordamlashish shartnomasiga binoan, hatto Chexoslovakiya bilan ana shunday shartnomaga ega bo’lgan Franstiya o’z majburiyatlarini buzgan taqdirda ham, Sovet Ittifoqi o’z ustiga olgan majburiyatlarini bajarishga tayyor edi. Ammo prezident Benesh boshliq chexoslovak hukmron doiralari Sovet Ittifoqining yordamini olishdan bosh tortdilar va ingliz-franstuz reakstionerlari talab qilganidek, Gitler oldida taslim bo’lishni afzal ko’rdilar.

1938 yil sentyabrida Myunxen konferenstiyasida Chemberlen (Angliya) bilan Dalade (Franstiya) Chexoslovakiyaning g’arbiy rayonlarini Germaniyaga berish to’g’risida Gitler va Mussolini talablarini qabul qildilar. Bu narsa german agressiyasini Sharqaa, Sovet Ittifoqiga qarshi yuborish maqsadida qilingan edi. Chexoslovakiya hukumati Myunxen do’qiga bo’ysundi. Bu xol Chexoslovakiyaning taqdirini oldindan hal etdi.

1938 yil oktyabrida Germaniya Chexoslovakiyaning Sudet viloyatini va boshqa chegara rayonlarini okko’pastiya qildi. Kelasi yil martida esa Chexoslovakiya respublikasi Evropaning siyosiy kartasidan butunlay o’chirib tashlandi. Gitlerchilar butun Chexoslovakiyani okko’pastiya qilib, uni bo’lib tashladilar. Chex erlari german "protektorati"ga aylantirildi. Slovakiya "mustaqil" deb e’lon qilindi (amalda bu erda nemis hukmronligi o’rnatilgan edi). Zakarpat Ukrainasi Xorti Vengriyasiga topshirildi.

Butun Chexoslovakiyaning bosib olinishi Germaniyaning harbiy-iqtisodiy qudratini anchagina oshirdi. Angliya va Franstiyaning hukmron doiralari o’z mudofaalarini mustahkamlash yuzasidan birmuncha tadbirlar ko’rishga majbur bo’ldilar. Germaniya bilan g’arbiy davlatlar o’rtasidagi imperialistik ziddiyatlar yanada keskinlashdi. Biroq, shundan keyin ham, ingliz-franstuz myunxenchilari Germaniyani SSSRga qarshi qo’yishga umid bog’ladilar.

Sovet hukumatining tashabbusi bilan o’zaro yordamlashish to’g’risida Uch tomonlama shartnoma tuzish haqida 1939 yil martida Moskvada Angliya-Franstiya-Sovet muzoqaralari boshlandi. Bu esa german agressorini jilovlab qo’yish tadbirlari haqida g’arbiy davlatlar bilan kelishib olish uchun Sovet hukumatining yana bir yangi o’rinishi edi. Biroq, Angliya va Franstiyaning hukmron doiralari jamoatchilikni aldash maqsadidagina bu muzoqaralarni boshlagan edilar. Amalda ular Sovet Ittifoqi bilan bitim qilishnn istamas edilar.

Muzoqaralar davomida Angliya va Franstiya vakillari Sovet Ittifoqiga shunday majburiyatlarni qo’yishga o’rindilarki, bu majburiyatlar gitlerchilar agressiyasiga qarshi kurashning hamma og’irligini SSSR zimmasiga yuklab qo’yar edi. Holbuki ular Sovet Ittifoqiga yordam ko’rsatish masalasida o’z ustlariga biror majburiyat olishni istamadilar.

Angliya va Franstiya vakillari muzoqaralarda shunchaki ikkinchi darajali amaldorlar bo’lib, SSSR bilan tuziladigan bitimni imzolash vaqolatiga ega emas edilar. Angliya va Franstiya muzoqaralarni orqaga surib, uni ochiqdan-ochiq yo’qqa chiqarmoqchi bo’ldilar. Ayni zamonda ingliz hukumati SSSRdan yashirib, SSSRga qarshi Germaniya bilan maxfiy muzoqara olib bordi. Bu esa Sovet Ittifoqini yakkalab qo’yish va Germaniyani sovetlarga qarshi urushga undash uchun tutilgan yo’l edi.

Bunday vaziyatda Sovet hukumati Germaniyaning hujum qilishmaslik haqida shartnoma tuzish to’g’risidagi taklifini qabul qilmay iloji yo’q, edi. 1939 yil avgustida shunday shartnoma imzolandi. Hujum qilishmaslik haqidagi Sovet-Germaniya shartnomasi SSSRni yakkalab qo’yish rejalariga zarba berdi va Sovet Ittifoqining bir yarim yildan ko’proq vaqt ichida tinch rivojlanishini ta’minladi.

Kapitalizm iqtisodiy krizisi avj olayotgan bir paytda Sovet Ittifoqi krizisdan xoli bo’lish bilan birga uning sanoati, qishloq xo’jaligi, umuman xalq xo’jaligining barcha sohalari gurillab rivojlanmoqda. SSSR jahon ishchilar sinfining zarbdor brigadasi va mash’ali, jahon revolyustion-ozodlik kuchlarining madadkori va tayanchi, imperialistik davlatlarning dunyo hukmronligi uchun kurashida asosiy to’sqin bo’lib qoldi.

1931 yilda Yaponiyaning Manchjuriyani bosib olishi bilan Uzoq Sharqda urushning birinchi manbai, so’ng 1933 yilda Germaniyada fashizmning hokimiyatga kelishi bilan Evropa markazida urushning ikkinchi, bosh manbai, keyinchalik jahonda urushning bir necha tugunlari vujudga keldi. Dunyoni yangidan bo’lish «kichik» urushlardan boshlandi. Bu ikkinchi jahon urushiga olib keldi.

1937 yilning ikkinchi yarmida boshlangan yangi iqtisodiy inqiroz kapitalistik mamlakatlar taraqqiyotidagi notekislikni va ular o’rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Imperialistik davlatlarning qarama-qarshi ikki gruppirovkasi: bir tomondan, Gitler Germaniyasi, fashistik Italiya va militaristik Yaponiya; ikkinchi tomondan, Angliya, Franstiya va AQSh dan iborat gruppirovkalar vujudga keldi.

Fashistik davlatlar gruppirovkasi dunyoni o’z foydasiga qayta taqsimlab olishni, Sovet Ittifoqi va boshqa mamlakatlar xalqlarini o’z asoratlariga solishni o’zining asosiy maqsadi qilib qo’ydi. Xalqaro imperialistik reakstiyaning qo’llab-quvvatlashi bilan tiklangan va kuchaygan german militarizmi butun dunyo xalqlari uchun eng xavfli dushmanga aylandi. German fashizmi jahon reakstiyasining zarbdor kuchi bo’lib maydonga chiqdi.

Fashistik davlatlarning agressiv harakatlari AQSh, Angliya va Franstiyaning imperialistik manfaatlariga zarar etkazsa-da, lekin bu imperialistik davlatlar o’zlarining "aralashmaslik" kabi siyosiy firibgarlik, qalloblik siyosatlari bilan fashistlar agressiyasiga yo’l qo’yib berdilar. 1935-1936 yillarda fashistlar Italiyasi Efiopiya (Habashiston)ni bosib oldi. 1936-1939 yillarda Italiya va Germaniya Ispaniyada intervenstiya uyushtirdilar. Bu ikkinchi jahon urushining boshlanishi yo’lida yangi bosqich bo’ldi.

AQSh, Angliya va Franstiya hukmron doiralari fashistik davlatlarning agressiyasini tezroq SSSRga qarshi yo’naltirishga, SSSR hisobiga imperialistik ziddiyatlarni bartaraf qilishga, shuningdek, Germaniya va boshqa davlatlarning raqobatlik kuchini zaiflashtirishga zo’r berib o’rindilar. Ular fashist agressorlariga yon bosib, birinchi galda Gitler Germaniyasini SSSRga qarshi tezroq yo’naltirish uchun shoshildilar. Germaniyaning Avstriyani hamda Evropaning sharqi va janubidagi boshqa mamlakatlarni bosib olishiga yo’l qo’ydilar: shu maqsadda tayyorlangan va 1938 yil sentyabrda bo’lib utgan Myunxen kengashi hamda u erda imzolangan sharmandali Myunxen bitimi antisovet siyosatda va jahon urushini tayyorlashda muhim bosqich bo’ldi. 1938 yil oktyabr - 1939 yil martida Chexoslovakiya Gitler Germaniyasi tomonidan bosib olindi. 1939 yil aprelida fashistik Italiya Albaniyaga bostirib kirib uni egalladi. Uzoq Sharqda esa, 1937 yil iyulda Yaponiya Xitoyga hujum qilib, Xitoy bilan urush boshlagan edi.

SSSR fashist agressorlar hatti-harakatini, ularga yon bosayotgan imperialist doiralarni, ularning makkorlik siyosatlarini va Myunxendagi sharmandali til biriktirishlarni fosh qildi va agressiyaga uchragan mamlakat va xalqlarni yoqlaab chiqdi. SSSR tinchlik va qollektiv xavfsizlik sistemasi uchun izchillik bilan kurashdi. Biroq imperialist davlatlar qollektiv xavfsizlik sistemasini tuzishdan xiyonatkorona bosh tortdilar; ular xalqaro revolyustion harakatning tayanchi bo’lgan Sovet Ittifoqini yakson qqilib tashlash niyatida qolaverdilar.

Gitlerchilar hokimiyatni bosib olgandan keyin ochiqdan-ochiq urushga tayyorlana boshladilar. Ular "yog’ o’rniga to’p" degan shiorni ilgari surib, iste’mol mollari ishlab chiqarishni, maorif va boshqa sohalarga sarflanadigan harajatni nihoyat darajada kamaytirib yubordilar. Fashistlar davlati aholidan siqib olgan barcha mablag’ harbiy sanoatni kengaytirishga sarflandi. Yaqin yillar ichida Germaniyada bir necha o’nlab artilleriya, tank, aviastiya va boshqa xil harbiy korxonalar vujudga keltirildi. Qurol-yarog’ ishlab chiqarish Germaniyaning Krupp, Stinnes va boshqa sanoat magnatlarini nihoyatda boyitdi. Mehnatkashlarning ahvoli, aksincha, tobora og’irlashib bordi.

Juda ko’p kishilik muntazam nemis armiyasi qaytadan tiklana boshladi. Gitlerchilar Versal shartnomasidagi harbiy moddalarni qo’pol ravishda buzdilar, lekin bunda g’arbiy davlatlar ularga hech qanday qarshilik ko’rsatmadi. Gitler 1935 yil bahorida umumiy majburiy harbiy xizmatni o’tash tiklanganligini e’lon qildi. Yuz minglab nemis yoshlari armiyaga safarbar qilindi. Shu bilan birga, harbiy-havo kuchlari va suv osti flotini tiklashga kirishildi. Yangi linkor va kreyserlar ham qurila boshlandi. Nemis general shtabi qayta tiklandi. 1936 yil martida Germaniya o’z qo’shinlarini demilitarizastiya qilingan Reyn zonasiga kiritdi.

Gitlerchilar propagandasi, g’arbiy davlatlarning Versal shartnomasi asosida belgilangan chegaralarni qayta ko’rib chiqish zarur deb, shovqin-suron ko’tara boshladi. Gitlerchilar go’yo nemislar territoriyasi bo’lgan Danstig (Gdansk)ni, Avstriyani va Chexoslovakiyaning chegara rayonlarini birinchi navbatda Germaniyaga qo’shishni talab qildilar.

Revanshist german armiyasining qayta tiklanishi xalqaro munosabatni yanada keskinlashtirib yubordi va Evropani urushga yaqinlashtirib qo’ydi.

Fashistlar diktaturasi hukmronlik qilgan dastlabki yillarda unga ochiqdan-ochiq qarshi chiqish mumkin bo’lmay qolgan edi. Lekin usha vaqtdayoq, antifashist kuchlar birlasha boshlagan va gitlerchilarga qarshi yashirin yo’l bilan kurashni kuchaytirish uchun dastlabki qadamlar tashlangan edi. Gitlerchilarning dahshatli terroriga bardosh bera olgan va Germaniyada birdan-bir partiya bo’lgan shonli kommunistik partiya bu kurashning tashqilotchisi va rahbari edi.

1935 yil oktyabrida Bryusselda Germaniya kommunistik partiyasining konferenstiyasi bo’lib, unda partiyaning yangi taktik yo’li ishlab chiqildi. Bu konferenstiyada Vilgelm Pik partiyaning raisi qilib saylandi.

Bryussel konferenstiyasi gitlerchilar diktaturasini ag’darib tashlash maqsadida yagona antifashist xalq fronti tuzish shiorini olg’a surdi. Konferenstiya nemis ishchilar harakatidagi parokandalikni tugatish va ishchilar sinfining yagona ommaviy-siyosiy partiyasini tuzish masalasini o’rtaga qo’ydi.

Antifashist kuchlar g’oyat yashirin holatda birlasha boshladi. Kommunistlar va sostial-demokratlar fashist terrori qurbonlariga birgalikda yordam ko’rsatdilar, gitlerchilarga qarshi sanoat korxonalarida varaqalar tarqatdilar va hokazo. Konstlagerlarda kommunistlar va sostial-demokratlarning dastlabki birlashgan yacheykalari vujudga keldi.

Gitlerchilar yashirin ish ko’rgan qahramonlarni shafqatsizlik bilan ta’qib qildilar. Ular antifashist gruppalarning unlarcha qatnashchilarini qatl qildilar. Biroq gitlerchilarga qarshi yashirin ish tobora o’sib va mustahkamlanib bordi. 1936 yilda Parijda german Milliy fronti komiteti tuzildi. Komitet a’zolari orasida kommunistlardan Vilgelm Pik va Valter Ulbrixt, sostial-demokrat Rudolf Breytsheyd, antifashist-yozuvchilar Lion Feyxtvanger va Genrix Mann hamda boshqalar bor edi.

Fashizmga va urushga qarshi yashirin kurash olib borgan kommunistlar va sostial-demokratik partiyaning eng yaxshi a’zolari nemis ishchilar sinfining shon-sharafiga munosib ish qildilar, ular azob-uqubat chekkan o’z kishilarining qoni bilan Germaniyadagi barcha antifashist kuchlarning birligini mustahkamladilar.

1932 yilda sobiq leyborist Osvald Mosli yirik moliyachi va sanoatchilar madadiga tayanib, "Britaniya fashistlar soyuzi"ni tashqil qildi. Bu soyuz Mussolini va Gitlerning fashistlik tartiblarini Angliyaga kiritishga o’ringan edi. Birok ishchilar fashistlarga keskin suratda qarshi chiqdilar. Ular fashistlarning har bir namoyishiga qarshi ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar.

Moslining fashistlik harakati uncha keng tarqalmadi.

Xalqaro munosabatlar masalasida "milliy hukumat" fashist agressorlarni rag’batlantirish siyosatini o’tkazdi. Bu hukumat Uzoq; Sharqda Yaponiya bilan SSSR o’rtasida urush chiqarishni mo’ljallab, Yaponiyaning Shimoliy Xitoydagi agressiyasiga yordam berdi. U, Evropada Gitlerning Versal bitimining harbiy moddalarini buzish va Germaniyaning harbiy qudratini qayta tiklashiga yordam berdi.

Angliyaning mehnatkashlar ommasi fashistlar agressiyasini rag’batlantirish siyosatini qoraladi va qollektiv xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Sovet Ittifoqi bilan hamkorlik qilish tarafdori bo’lib chiqdi. Kommunistlar tinchlikni saqlash va mustahkamlash uchun ingliz kurashchilarining birinchi safida bordilar. 1935 yil iyunida Angliyada "tinchlik plebisstiti" o’tkazilib, bunda 12 millionga yaqin kishi qatnashdi. Plebisstit qatnashchilarining ko’pchiligi qollektiv xavfsizlik va agressorlarga qollektiv bo’lib zarba berish tarafdori ekanligini bildirdi.

Birok Angliyaning hukmron doiralari xalqning xohish-irodasini mensimadi.

Konservatorlar partiyasida Gitlerning Evropa sharqida
agressiv harakatlarni bemalol amalga oshirishiga keng
erkinlik berish tarafdori bo’lgan eng reakstion elementlarning
qo’li baland keldi.

1937 Angliyada Konservatorlar partiyasida eng o’ng qanotning lideri bo’lgan Nevil Chemberlen bosh ministrlik lavozimini egalladi.

Chemberlen hukumati fashist agressorlarni hatto Bolduinga qaraganda ham yanada ochiqroq rag’batlantirdi. Chemberlen Evropada urush boshlab yuborish uchun Gitlerga yo’l tozalab bergan razil Myunxen bitimining (1938 yil) tashqilotchisi edi.

Konservatorlarning agressiv va qisqa o’ylangan tashqi siyosati ingliz xalqi boshiga katta azob va uqubatlar soldiki, ularni ingliz xalqi ikkinchi jahon urushi yillarida o’z boshidan kechirishga majbur bo’ldi.

1937 yil martida Blyum Xalq fronti programmasini amalga oshirishda "nafasni rostlab olish" kerakligini aytdi. Bu gan mehnatkashlar orasida qattiq norozilikka sabab bo’ldi. Yirik burjuaziya, o’z navbatida, 40 soatlik ish xaftasiga, ikki xaftalik otpuska berishga va boshqalarga qarshi shiddatli kompaniya boshladi. Ko’p o’tmay, Blyum hukumati iste’fo berdi. Mehnatkashlar kommunistlar ishtirokida Xalq fronti hukumati tuzishni talab qildilar. Biroq sostialistik partiya va radikallar partiyasining rahbarlari bu talabga kat’iy qarshi chiqdilar. Bir hukumat o’rniga ikkinchisi kelib, uzoq davom etgan ministrlik o’zgarishlaridan keyin, 1938 yil aprelida hokimiyat tepasiga o’ng radikal Daladening hukumati keldi, bu hukumat Xalq frontiga dushman bo’lgan radikallar va o’ng burjua gruppalaridan tuzilgan edi.

Xalq fronti davrida mehnatkashlar qo’lga kiritgan 40 soatlik ish haftasi va boshqa huquqlarni Dalade hukumati bekor qildi. 1938 yil noyabri oxirlarida Franstiyada boshlangan yalpi norozilik ish tashlashi ma’murlar tomonidan bostirildi. Kommunistlarni ommaviy ta’qib qilish boshlandi. Fashist elementlari, aksincha, bemalol harakat qilish erkinligiga ega bo’ldi.

Tashqi siyosat sohasida Dalade hukumati fashist agressorlari oldida batamom bo’yin egdi. Bu hukumat 1938 yil sentyabrida mash’um Myunxen bitimini imzoladi, bu bilan u Franstiyaning ittifoqchisi Chexoslovakiyaga xiyonat qildi hamda o’zaro yordam berish hakidagi Franstiya-Sovet bitimini amalda bekor qildi.

Kommunistik partiya Myunxenda sovetlarga qarshi tuzilgan fitnaga qarshi butun franstuz xalqi nomidan qatiy norozilik bildirdi.

Franstiya hukmron doiralarining reakstion va taslimchilik siyosati bu mamlakatni gitlerchilar agressiyasi oldida ojiz qilib qo’ydi.

Yirik burjuaziya sostial qonunlarni sabotaj qildi. Bankirlar kapitallarini chet ellarga o’tkazib, bu bilan frankning qadri tushib ketishiga va qimmatchilikning avj olishiga sababchi bo’ldilar. Moliya kapitali Xalq frontini yo’q qilish maqsadida o’z hujumini kuchaytirdi. Blyum kabineti 1937 yil boshida Xalq fronti programmasini amalga oshirishda "tanaffus" e’lon qildi.

Kompartiya sostialistlar bilan radikallarni bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga da’vat etdi, joylarda Xalq frontining saylab qo’yiladigan komitetlarini tashkil etishni va Xalq frontining milliy s’ezdini chaqirishni taklif qildi. Kommunistlar sostialistlarga ishchilar sinfining markscha-lenincha platformadagi yagona partiyasini tuzishni taklif qildilar. FKP Xalq fronti hukumatida ishtirok etishga batamom tayyor ekanligini bildirdi. Lekin bu takliflarning hammasi o’ng sostialistlar va radikallar tomonidan rad etildi. Ular qo’llab-quvvatlashni so’rab ommaga murojaat qilishdan qo’rqdilar va monopoliyalar hamda fashizm qarshisida chekinish yo’lini tutishni ma’qul ko’rdilar. Ispaniya ishlariga "aralashmaslik" siyosati buni ayniqsa yaqqol ko’rsatdi, bunday siyosat Italiya-Germaniya intervenstiyasiga ko’maklashish degan gan edi.

O’ng radikal Eduard Dalade 1938 yil aprelida reakstion partiyalarning vakillari ishtirokida hukumat tuzdi. Bu kabinet bir qator favqulodda dekretlar chiqardiki, ularga muvofiq Xalq fronti qo’lga kiritgan sostial g’alabalarning bir qismi bekor qilindi. Dalade hukumati Angliyadagi Chemberlen hukumati bilan birga Germaniya hamda Italiya fashistlarining sharmandali bitimida qatnashdi. 1938 yil oktyabrida radikallar partiyasi Xalq frontidan chiqdi. Mehnatkashlar manfaati bilan hisoblashishni istamagan o’ng sostialistlar va radikallarning taslimchilik siyosati Xalq frontining buzilishiga sabab bo’ldi. Bu xol reakstion doiralarning ishchilar harakatiga va xalqning demokratik huquqlariga qarshi ochiqdan-ochiq hujumga o’tishiga imkon berdi.

"Xalq frontiga qaraganda, fashizm ma’qul" degan xalqqa qarshi prinstipni asos qilib olgan franstuz hukmron doiralarining urushdan oldingi tutgan yo’li ikkinchi jahon urushining boshlang’ich davridayoq mamlakatni milliy halokatga olib keldi.

Makdonald hukumati 1935 yilgacha hokimiyat tepasida turdi, keyin u o’z o’rnini konservatorlar kabinetiga bo’shatib berdi, bu kabinetga avval Bolduin, 1937 yildan boshlab esa Nevill Chemberlen boshchilik qildi.

Saviyasi nihoyatda tor siyosatchi bo’lgan Chemberlen asosan Angliyadagi mashhur siyosiy arboblar oilasiga mansub ekanligi va eng "kallavaram" konservatorlardan biri bo’lganligi tufayli, konservatorlar orasida nom chiqargan edi.

Chemberlen hukumati mamlakat ichkarisida reakstion siyosat olib bordi. Ingliz xalqining demokratik huquqlari cheklab qo’yildi, urushga qarshi xarakterdagi ommaviy kampaniyalarda qatnashgan mehnatkashlar ta’qib qilindi.

Konservatorlarning tashqi siyosati ayniqsa reakstion edi. Sovet Ittifoqining ashaddiy dushmani bo’lgan Chemberlen Evropada fashistlar Germaniyasini va Uzoq Sharqda militaristik Yaponiyani "tiyib turish"ga va ularning agressiyasini SSSRga qarshi qaratishga asosiy umidini bog’lagan edi.

Kompartiya va boshqa progressiv tashkilotlar Sovet


Ittifoqi bilan do’stona munosabatlar o’rnatishni hamda fashist
agressorlarning yo’lini to’sib qo’yishni talab qildilar. Biroq
Angliyaning imperialistik doiralari ingliz xalqi keng
ommasining xohish-irodasini nazar-pisand qilmadi.

Konservatorlarning Sovet davlatiga qarshi yo’l tutishi gitlerchi agressorlarga qo’l keldi va ikkinchi jahon urushi yillarida ingliz xalqini kulfat-azoblarga duchor qildi.

Amerika burjuaziyasi "yangi yo’l" yordamida krizisdan chiqib olib, o’z pozistiyasini mustahkamlamoqchi bo’ldi. Krizis o’rnini ishlab chiqarishning jonlanishi egallashi bilanoq, yirik kapital o’z qo’lini tutib turgan reformalarning bekor qilinishiga erishdi.

AQShning hukmron doiralari 16 yildan beri amal qilib kelgan SSSRni tanimaslik siyosatini Ruzvelt hukumati rad etdi. 1933 yil noyabrida AQSh bilan SSSR o’rtasida normal diplomatik munosabatlar o’rnatildi.

30-yillarda ishchilar harakati birmuncha kuchaydi. 1934 yildan 1939 yilgacha o’tgan 6 yil ichida 7 milliondan ortiq kishi ish tashladi. Ishchilar sinfining siquvi bilan kongress ishchilarning kasaba soyuzlariga uyushish va korxona egalari bilan qollektiv shartnomalar tuzish huquqini tanigan qonun qabul qildi.

1935 yilda sakkizta kasaba soyuzi birlashib, ishlab chiqarish kasaba soyuzlari Komiteti tashkil etdi, bu Komitet 1938 yilda ishlab chiqarish kasaba soyuzlari Kongressi (IKSK)ga aylantirildi. Ko’p o’tmay, IKSK a’zolari soni 4 milliondan ortib ketdi. IKSK Amerika Qo’shma Shtatlaridagi ikkinchi yirik kasaba soyuz markazi bo’lib qoldi. Ishchilarni kasblariga qarab birlashtirgan Amerika mehnat federastiyasi (AMF)dan farq qilib, IKSK kasaba soyuzlari ishlab chiqarishdagi ishchilarni, ularning kasbidan qat’i nazar, birlashtiradigan bo’ldi. Bu narsa ishchilar sinfining o’z huquqi uchun va turmush darajasini oshirish uchun kurashda shu ishchilar sinfining jipslashishi uchun qulay sharoit yaratib berdi.

AQShda ommaviy demokratik tashkilotlar maydonga keldi, ular reakstiya va urushga qarshi kurash olib bordi. Mamlakatdagi ishchilar sinfi va barcha progressiv kuchlar reakstionerlarning AQShda fashist tartiblari o’rnatish yo’lidagi o’rinishlariga keskin zarba berdi.

Amerika diplomatiyasi Germaniya, Italiya, Angliya va Franstiya o’rtasida tuzilgan va natijada fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning bosib olinishiga olib kelgan Myunxen bitimini uyushtirishga yordam berdi.

AQSh monopoliyalari Chan Kay-shi to’dasining Xitoydagi revolyustion harakatga qarshi kurashida uni har taraflama qo’llab-quvvatladi. Ular SSSRning Uzoq Sharq chegaralarida yapon imperialistlarining harbiy ig’vogarliklarini ham rag’batlantirib turdilar. Fashist agressiyasiga qarshi qollektiv zarba berishni tashkil qilish haqida SSSRning qilgan taklifini AQSh hukumati qo’llamadi. AQSh Angliya va Franstiya bilan birgalikda "aralashmaslik" siyosati deb atalgan siyosatni yuritdi, bu esa amalda agressorlarga yo’l ochib berish degan so’z edi. AQSh Germaniyani qurollantirib va uni SSSRga hujum qilishga undab, ikkinchi jahon urushining boshlanib ketishiga yordam berdi.

Latin Amerikasida Ruzvelt "yaxshi qo’shnichilik" siyosati deb atalgan siyosat olib bordi. Bu siyosat Latin Amerikasi mamlakatlarini Qo’shma Shtatlarga bo’ysundirish va u erlardan imperialistik raqiblar - Angliya hamda Germaniyani surib chiqarish maqsadida Amerika kapitalining shu mamlakatlarga kirib borishini ko’zda tutar edi. AQSh hukumati harbiy intervenstiya qilishni emas, balki moliyaviy-iqtisodiy tazyiq ko’rsatish hamda savdo-sotiq olib borish metodlarini birinchi o’ringa qo’ygan edi. Shu yo’l bilan Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlarining AQShga nisbatan ishonchsizligi birmuncha kamaydi va u erlarda Shimoliy Amerika monopoliyalari o’z mavqeini mustahkamlab oldi.

Germaniya militarizmini tiklashga qaratilgan yo’l AQShning Evropa siyosatidagi asosiy yo’nalishini ifoda etar edi. Okeanning narigi tomonidan oqib kelgan kapitallar Germaniya iqtisodiy qudratining o’sishiga va gitlerchilar harbiy mashinasining vujudga kelishiga yordam berdi. AQSh imperialistlari Germaniyaning qurollanishiga yordam berib, ayni bir vaqtda uni SSSRga hujum qilishga undadilar.

Garchi Ruzvelt og’izda fashisglar agressiyasini qoralagan bo’lsa-da, AQSh hukumati haqiqatda agressor-davlatlarning hatti-harakatlariga indamay yo’l qo’yib keldi. 1935 yil avgustida kongress "betaraflik" to’g’risida qonun qabul qildi, bu qonun urushayotgan mamlakatlarga Amerika qurol-yarog’i sotishni man etdi. Agressorlarga qo’l kelgan bu qonun agressiya qurbonlariga, jumladan, Efiopiya va Ispaniyaga juda katta zarar keltirdi.

Ayni zamonda AQSh monopoliyalari Yaponiyani harbiy materiallar bilan ta’minlab, uni Xitoyda agressiv harakatlar qilishga hamda SSSRga qarshi urushga rag’batlantirib bordi. Amerika imperialistlari o’z siyosatlari bilan ikkinchi jahon urushining boshlanib ketishiga yordam berdilar.

Italiya 1933 yilda iqtisodiy krizisdan chiqdi. Biroq uning xo’jalik ahvoli og’irligicha qola berdi. Sanoat va qishloq xo’jaligida turg’unlik hukm surar edi. Stachkalar, ishsizlarning namoyishlari, dehqonlarning g’alayonlari davom etar edi. Hukmron fashistlar to’dasi ichki qiyinchiliklardan qutulishning birdan-bir yo’li tashqi avantyuralar deb bilar edi.

1935 yil oktyabrida fashistlar Italiyasining qo’shinlari urush e’lon qilmasdan turib, Habashiston (Efiopiya)ga bostirib kirdi. Efiopiyaga qarshi eng yangi texnika bilan rosa qurollangan juda katta armiya yuborildi. Qoloq va harbiy jihatdan zaif bo’lgan Efiopiya italyan agressorining engilgina o’ljasi bo’ldi. 1936 yil mayida Italiya qo’shinlari Habashiston poytaxti Addis-Abebaga kirdi. Italiya koroli Viktor-Emmanuil III Habashiston imperatori deb e’lon qilindi. Italiya fashistlari Habashistonda vahshiylarcha urush olib bordilar. Ular zaharlovchi moddalarni keng qo’lladilar, aholi yashaydigan punktlarni bombardimon qildilar, keksalar, ayollar va bolalarni o’qqa tutdilar.

Kommunistlar va Italiyadagi boshqa progressiv elementlar italyan fashizmining Habashistonda qilayotgan vahshiyligiga qarshi qat’iy norozilik bildirdilar. 1935 yil oktyabrida Bryusselda kommunistik va sostialistik partiyalarning tashabbusi bilan chaqirilgan italyan antifashistlari s’ezdi bo’lib utdi. Bu s’ezd italyan fashizmining Habashistondagi agressiyasini qoraladi va habash xalqiga qizg’in hamdardlik bildirdi.

Ispaniya respublikasining xalqaro ahvoli juda og’ir edi. Italiya Germaniyaning Ispaniyaga intervenstiya qilishi Angliya va Franstiyaning O’rta dengizdagi harbiy-siyosiy pozistiyalariga xavf tug’dirmoqda edi. Biroq bu mamlakatlarning, shuningdek, AQShning hukmron doiralari Ispaniyaga nisbatan o’z siyosatlarini belgilaganda, yangi hayot qurishga intilgan Ispaniya mehnatkashlariga faqat sinfiy nafrat hissiyoti bilan qaradilar. Ular Ispaniya voqealari masalasida "aralashmaslik" siyosatini tutdilar. Bu siyosat amalda Ispaniya respublikasini bo’g’ib tashlash siyosati edi. Gitler va Mussolini fashist isyonchilar ixtiyoriga qurol-yarog’ hamda o’z soldatlarini yuborib turgan bir vaqtda, Angliya, Franstiya va AQSh Ispaniya respublikachilariga qurol-yarog’ sotishdan bosh tortdilar.

Butun progressiv insoniyat Ispaniya respublikasini himoya


qilishga otlandi. Sovet Ittifoqi ispan xalqiga moddiy,
siyosiy va harbiy jihatdan katta yordam ko’rsatdi. SSSR
mehnatkashlari to’plagan mablag’larga anchagina miqdorda oziq-
ovqat sotib olinib, Ispaniyaga jo’natildi: Sovet Ittifoqi
tanklar, samolyotlar, artilleriya to’plari yubordi. Ana shu
harbiy texnika fashistlarni Madrid ostonalarida to’xtatib
qolishga yordam berdi. Sovet harbiy mutaxassislari
respublikachilar armiyasi qo’mondonligiga jangovar operastiyalarga rahbarlik qilishda yordam berdilar. Harbiy maslahatchilar orasida N. N. Voronov, N. G. Kuznestov, R. Ya. Malinovskiy, K. A. Merestkov, Ya. V. Smushkevich, G. M. Shtern va boshqa shular singari sarkardalar bor edi.

Ispaniya respublikasiga yordam uyushtirishni o’zlarining internastional burchlari deb bildilar. Hamma erda mehnatkashlar mablag’ to’pladilar, bu pullarga kiyim-kechak, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon sotib olindi. Internastional brigadalarning tuzilishi proletar birdamligining yorqin namoyishi bo’ldi. Bunday brigadalar safida 54 mamlakatdan kelgan 35 ming antifashist-ko’ngillilar, shular orasida polyak Karol Sverchevskiy (general Valter), italyan Luidji Longo (Gallo), venger Mate Zalka (general Lukach) singari atoqli kommunistlar va boshqa ko’pgina kishilar jang qildi. Palmiro Tolyatti Ispaniyaga Komintern vakili bo’lib borgan edi. Ispan xalining ozodligi uchun kurashda 5 mingdan ko’proq internastionalist o’z jonini fido ildi.

Respublikani himoya ilishga otlangan dastlabki kunlardagi janglar natijasida mamlakatning asosiy sanoat markazlarini va eng muhim qishloq xo’jalik rayonlarini o’z o’lida saqlab qoldi. Ispaniya isyonni tor-mor keltirish uchun etarli kuchga ega edi. Biroq Germaniya va Italiya fashistlari frankochilarga yordamga etib keldi, chunki ular jahon urushiga tayyorlanar ekan, Pireneya yarim orolini muhim strategik plastdarm hamda xom ashyo manbai deb hisoblagan edilar. Gitler va Mussolini Ispaniyaga harbiy intervenstiya uyushtirib, u erga o’z qo’shinlari, aviastiya va flotlarini yubordilar. Ispaniya ishlariga “aralashmaslik” siyosatini olib borgan Angliya, Franstiya va AQSh hukumatlari agressorlarga yo’l qo’yib berdi. Respublika AQSh, Angliya va Franstiyadan qurol-aslaha hamda harbiy materiallar sotib olish, shuningdek, o’ziga zarur kreditlarni olish imkoniyatidan mahrum bo’lib qoldi. Ayni bir vaqtda Franko yonilg’i, qurol-aslaha va o’q-dorilar bilan tinimsiz ta’minlanib turdi.

Voqealarning bundan keyingi rivojlanib borishi Kominternning VII kongressida xalaro vaziyat to’g’risida qilingan ilmiy analizning to’g’riligini tasdiladi. Franstiya, Ispaniya, Chili va boshqa mamlakatlarning kommunistlari kongress xulosalarini ijodiy tadbiq etib, fashizmga va milliy mustaqillikning xavf ostida qolishiga qarshi yagona front vujudga keltirish uchun kurashda ancha katta yutuqlarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldilar.

Kominternning yo’li Efiopiya, Ispaniya, Xitoy, Chexoslavakiya va boshqa mamlakatlarning xalqlariga nisbatan qilingan imperialistik agressiyaga qarshi kurashda o’zining yorqin ifodasini topdi.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish