Ikkinchi jahon urushi


-mavzu: Kursk jangi muammolari



Download 1,47 Mb.
bet8/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)

6-mavzu: Kursk jangi muammolari

Reja:

1. Kirish.

2. Kursk jangining boshlanishi

3. Proxorovka jangining yangicha talqini

4. Oryolning ozod qilinishi. Kursk ostonalarida dushmanning tor-mor qilnishi muammolari

5. Kursk yo’nalishida O’zbekistonlik jumladan Buxoroliklar jasoratining yangicha talqini
1943 yil iyul boshlarida Sobiq SSSR qo’mondonligi Kursk atrofidagi kurashda tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Kursk ostonalaridagi qo’shinlarni kuchaytirishga kirishildi. Markaziy front va Voronej fronti tarkibiga 1943 yil aprel oyidan iyul oyigacha 10 ta o’qchi diviziya, 10 ta tankga qarshi qiruvchi artilleriya polklari, 14-artilleriya polklari, 8 ta gvardiyachi minomyot polklari, 7 ta maxsus tank va o’ziyurar artilleriya polklari va boshqa qismlar kiritildi.1943 yil martdan iyulgacha bu frontlar ixtiyoriga 5635 qurol va 3522 minomyot, shuningdek 1294 samolyot topshirilgan edi. Barcha qismlar to’ldirildi va kuchaytirildi.

Armiya generali K. K Rokossovskiy boshchiligidagi Markaziy front qo’shinlari Aleksandrovkadan to Korenevogacha – 306 km uzunlikdagi masofada Kursk do’ngligining shimoliy old tomonlarini mudofaa qilayotgan edi. Front qo’mondonligi dushman zarbasi Ponir orqali Kurskga beriladi degan xulosa bilan asosiy kuchlarni frontning o’ng qanotiga burib yubordi. Bu erda 95- kilometr hududda ya’ni butun front masofasining 31 foizini tashkil etadigan joyida o’qchi diviziyasining 58 foizi, tank va o’ziyurar artilleriya qurollarining 87 foizi va artilleriyaning 70 foizi to’plangan edi.

Sobiq sovet Ittifoqi marshali K. K. Rokossovskiy ta’kidlaydiki, boshqa yunalishlar nemis-fashist hujumlari uncha jiddiy zarar etkazolmaydi, ammo Kurskiydagi xavf juda kattadir, degan.

Iyul boshlarida Markaziy front tarkibida 48, 13, 70, 65,60-jangovar, 2-tank va 16-havo kuchlari armiyalari, shuningdek 9-va 19-maxsus tank korpuslari kirishdi. Frontdagi kelgusidagi urushlar juda shiddatli borishini sezib ikkinchi eshalonga va zahiralar tashkil qilindi. Ikkinchi eshalonga 2-tank armiyasi, zahirada 9- va 19-tank korpuslari hamda artilleriya birikmalari, qismlari qo’yildi. Front zahiralari dushman hujum qilish ehtimoli bo’lgan hududlarida joylashtirildi.

Markaziy frontning tarkibida Harbiy Havo Kuchlari va Havo kuchlariga qarshi mudofaa kuchlari bilan birga, 710 mingdan ortiq askar, 5282 ta barcha kalibrdagi qurollar, 5637 ta minomyotlar (82 mm va 120 mm), 1783 ta tank va o’ziyurar artilleriya moslamalari, 1092 samolyot mavjud bo’lgan.

Markaziy frontga qarshi "Markaz" armiyasi 9-armiya 22 diviziyasi (15 ta piyoda 6 ta tank diviziyalari va 1 ta motorlashtirilgan diviziyalar) va 2-armiyaning 4 piyoda diviziyalari, og’ir tanklarning maxsus bataloni, shturmli qurollarining 7 divizion kabi qismlarni safarbar qildi. Nemis-fashist gruppirovkasining Kurskdan Shimolrokda 460 ming askari, 6 mingga yaqin qurol minomyotlari hamda 1200 tagacha tank va shturmli qurollari bo’lgan.

Umumiy kuchlar nisbati bo’yicha ustunlik Sobiq sovet ittifoqi tomonidan bo’lgan. Sovet qo’shinlari askar soni, tank, o’ziyurar artilleriya bo’yicha raqibga nisbatan 1,5 baravar va artilleriya bo’yicha 1,8 baravar ustun bo’lgan. Shu bilan birga asosiy hujum yo’nalishida gitlerchilar qo’mondonligi askar soni bo’yicha 1,2 baravar ustunlikka erishdi va tanklar bo’yicha teng kuchlilikni yuzaga keltirdi.

Kurskning janubiy tomonida-Korenovodan to Volchanskgacha bo’lgan 244 km masofaga ega bo’lgan hududni Voronej fronti mudofaa qilgan. Bu frontning qo’mondonligi raqibning uch yo’nalishda hujum qilishi ehtimolini hisobga olib, bu yo’nalishlar: Belgoroddan Oboyanga qarab boradigan yo’nalish, Belgoroddan Korochagacha, Murom, Ternovaya viloyatlaridan Volchansk, Noviy Osqolgacha bo’lgan yo’nalishlar edi. Dastlabki ikki yo’nalishdagi frontda qo’mondonlik qilgan armiya generali I. F. Vatutin shu hududlarda barcha chora tadbir va tayyorgarlikni ko’rdi. 164 km masofadagi hududda (bu hudud frontining 68 foizini tashkil qilgan) barcha o’qchi diviziyalarning 83 foizi, tank va o’ziyurar artilleriya moslamalarining qariyb 90 foizi va artilleriyaning 86 foizidan ortig’i to’plangan edi.

Voronej fronti tarkibiga 38, 40, 69, 6-gvardiyalar, 7-gvardiya, 1-tank va 1-tank gvardiyasi korpuslari kirgan. Frontning birinchi qatoriga 38, 40, 6-gvardiyachi va 7-gvardiyachi armiyalar kirgan. Ikkinchi qatoriga 1-tank armiyasi va 69-armiyalar kirgan. Zahiraga 35-o’qchi gvardiya, 5-va 2-tank gvardiyalari korpuslar hamda artilleriya qismi va birikmalar qoldirilgan. Ikkinchi qator va zahiralar frontning markazi va chap qanotida joylashtirilgan edi.

Voronej fronti qo’shinlari mamlakatning Harbiy Havo Kuchlari va Havo hujumlariga qarshi mudofaasi bilan birgalikda 626 ming askar, 4029 ta barcha kalibrdagi qurollar 4150 ta minomyotlar (82 mm va 120 mm), 1661 ta tank va o’ziyurar artilleriya moslamalari, 1080 samolyotga ega bo’lgan.

Voronej frontiga qarshi dushmanning “Markaz” armiyasining 2-guruh armiyasining 5 piyoda diviziyasi, 4-tank armiyasi va "Janub" armiyasining "Kempf" tezkor guruhi safarbar qilingan. Bular tarkibida jami 24 diviziya (15 piyoda, 8 tank, 1 motorlashtirilgan), 2 ta maxsus og’ir tank batalonlari, 1 ta shturmli qurollar divizioni bo’lgan. Gruppirovka jami 440 ming askarga ega bo’lgan. Uning tarkibida 4 ming qurol va minomyotlar va 1500 tagacha tank va shturmli qurollar bo’lgan.

Kurskning janubida sobiq sovet qo’shinlari dushmanga nisbatan odam soni bo’yicha 1,4 marta, artilleriyada 2 marta, tank va o’ziyurar-artilleriya moslamalari buiicha 1,1 marta ustunlikka ega edi.

Gitlerchi, qo’mondonlar hujumga kuchli tayyorgarlik ko’rdilar. "Markaz" armiyasining 9-armiya guruhi, "Kempf" tezkor guruhi, "Janub" armiyasining 4- tank guruhi qo’shimcha kuch va qurol-yarog’ bilan to’ldirildi. “Цitadel” operastiyasi uchun safarbar qilingan barcha kuchlar to’la shakllantirilgan edi.

Urush bo’ladigan hududlarga Germaniyadan qo’shimcha tarzda "Yo’lbars", "Pantera" nomli tanklar, "Ferdinand" deb nomlanadigan shturmli qurollar keltirilgan edi.

Nemist-fashist qo’mondonlari askarlarining jangovar tayyorgarligiga katta e’tibor karatganlar. "Markaz" armiyasida dushmanga hujum qilish rejalashtirilgan. Ammo Sovet qo’shinlari orasida nemislar hujum qilmas ekan degan mish-mishlar tarqatish ko’zda tutildi.

Kursk hududida kuch l i havo kuchlari to’plangan edi. Hujum uchun nemis-fashistlar va ularning ittifoqchilari ixtiyorida bo’lgan 2980 ta samolyotdan 2 mingdan ortig’i safarbar qilingan. Ulardan 6-havo flotining qariyb ming samolyoti Orlov yo’nalishidagi aerodromlarda joylashtirilgan, 4-havo floti tarkibidagi mingdan ortiq samolyot esa Xarkov va Poltova hududlaridagi aerodromlarda edi. Ikkala, aviastiya guruhlari 1000 tadan ortiq samolyotga ega bo’lgan. Bombardirovkachilarga aviastiya qismlari zamonaviy "Xeynkel-111" rusumli bombardirovkachi samolyotlar, "Fokke-Vulf-190 A" rusumli qiruvchi samolyotlar va "Xenshel-129" rusumli shturmli samolyotlar bilan ta’minlangan edi.

Nemist-fashistlar aviastiya kuchlari bilan Sovet qo’shinlarini qirib, tanklar yordamida Kurskga bostirib kirishni rejalashtirdilar. Nemis- fashist harbiy-havo kuchlari Gitlerni Moskva va Stalingraddagi havoda peshqadamlik qo’ldan ketishiga murakkab, meteorologik sharoit ya’ni rus qishi sabab bo’lganiga va endi yozgi pallada etakchilik nemis aviastiyasiga o’tishiga ishontiradi.

Kursk jangi arafasida Gitler ofisterlarga qarata murojaatida shunday deydi: “Bizning aviastiyamiz o’zining barcha kuchlarini to’plab, raqibning havo kuchlarini tor-mor qiladi. U raqib artilleriyalarining ahvoli pozistiyalarini yo’qotishga qodir va uzluksiz faol harakatlar bilan piyoda jangchilarga ularning og’irini engil qilgan holda yordam beradi”. Ammo sovet qo’mondonlari tomonidan olib borilgan aerodromlarda nemis samolyotlarini yo’qotish bo’yicha olib borilgan yirik havo operastiyalari ma’lum darajada bu rejalarini barbod qildi.

"Цitadel" operastiyasini amalga oshirish uchun nemis-fashistlar saralangan qo’shin va ancha tajribali generallarni jalb qildi. Kursk yo’nalishida juda katta kuchlar to’plangan: 50 ta diviziyalar (shu bilan birga 16 ta tank va motorlashtirilgan diviziyalar), 3 ta maxsus tank batalonlari va 8 shturmli qurollar diviziyalari. Bu umumiy tank diviziyalarining 70 foizini, 30 foizgacha motorlashtirilgan va jami piyoda diviziyalarning 20 foizdan ortig’ini tashkil qilgan. (butun sovet-german frontida). Bu erda Sharqda joylashgan barcha jangovar samolyotlarning 65 foizi harakat qilgan. Hatto Sovet armiyasi rolini pasaytirib urushga baho beradigan tarixchi Liddel Gard ham Kursk jangida "Gitler tavakkalchilik bilan ish ko’rgan" deya ta’kidlaydi.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish