Ikkinchi jahon urushi



Download 1,47 Mb.
bet6/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)

4-Mavzu: Moskva jangi

Reja:

  1. Kirish.

  2. Moskva jangining boshlanishi. Dastlabki muvaffaqiyatsiz janglar va uning yangicha bayoni.

  3. Moskva ostonalarida dushmanga qarshi hujumga tayyorgarlik va uning boshlash muammolari.

  4. Moskva ostonalarida erishilgan g’alaba va uning katta ahamiyati.

Sentyabrning oxirida sovet – german frontidagi vaziyat murakkab-ligicha qolaverdi. Nemis-fashist armiyasi qulay strategik vaziyatda edilar va etkazilgan zararlarga qaramay oldingiday kuch va qurol-yarog’ jihatdan ancha ustun edi.

Sovet – german fronti bu erda Germaniyaning Evropadagi ittifoq-chilari qurolli kuchlari bilan birgalikda hammasi bo’lib 207 ta diviziyaga ega edi. Piyoda diviziyalarda o’rtacha 15,2 ming kishini, tank diviziyasi 14,4 ming va motorlashtirilgan diviziya tarkibida 12,6 ming kishini tashkil etar edi. Raqibning SSSR ga qarshi kurashayotgan quruqlikdagi qo’shini tarkibida jami 4,3 million askar, 2270 tank, 43 mingdan ziyod tank va minomyotlar hamda 3050 ta samolyot bor edi.

1941 yil 1 oktyabr arafasida harakat olib borayotgan Sovet armiyasi tarkibida 213 o’qchi, 30 kavaler, 5 tank diviziyalari, 2 ta motoo’qotar diviziya, 18 ta o’qchi, 37 ta tank va 7 ta havo – desant brigadalari mavjud bo’lgan. O’qchi diviziya askarlarining o’rtacha soni 7,5 ming kishini, kavaler va tank diviziyalari askarlari 3 ming kishidan iborat bo’lgan. Sovet ittifoqi tomonida harakatdagi armiya tarkibi umuman 3 mln. 245 ming askar, 2715 tank (ulardan og’ir va o’rta tanklar 728 ta), 20580 qurol va minomyotlar (shu bilan birga 45 mm qurollar – 3050 ta, zenit qurollar – 3060 ta) va 1460 ta samolyotlardan iborat bo’lgan.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, raqib Sovet qo’shinlariga nisbatan askarlar soni jihatdan 1,3 barobar qurol va minomyotlar bo’yicha – 1,9 barobar, samolyotlar bo’yicha 2,1 marta ustun edi.

Bunday kuchlar noteng bo’lgan bir sharoitda Sovet qurolli kuchlari dushman bilan jangni 1941 yil kuzida davom ettirishga majbur bo’ldi.

German fronti bosh qo’mondonligi o’sha kunlarda oxir - oqibat sovet Qo’shinlariga yakuniy zarba berib ularni tor-mor qilish va Sovet ittifoqini butunlay tugatish imkoni tug’ildi deb hisoblagan edi. Nemislar shu narsaga ishonganki, Sobiq; SSSR ning poytaxti - Moskvaga boradigan yo’lni to’sib turgan g’arbiy yo’nalishda joylashgan rus qo’shinlarini tor-mor qilib Moskvaga kirib borish uchun unda kuch etarli deb o’ylagan. Boshqa yo’nalishlarda hujumlarni davom ettirayotgan nemis-fashistlar shunday fikrda bo’lganlar: Donbass va Qrimni egallash uchun “Janub” armiya guruhi, rumin va italyan qo’shinlari bilan ittifoqda bemalol kuchi etadi, Leningrad mudofaachilari qarshiligini sindirishni esa shimol armiyasi finlar bilan bemalol eplaydi, deb hisoblagan edi.

1941-yil 6-sentyabrdan OKB ning 35-rakamli direktivasida shunday deyilgan: ““Janub” va “Markaz” armiyalari oralig’ida joylashgan raqib kuchlariga qarshi harakatlarning dastlabki muvaffaqiyatlari bilan muvofiq tarzda Timoshenka armiyasiga qarshi operastiya o’tkazish uchun sharoit yaratib beradi... Uning armiyasi qish kelgunga qadar batamom tor- mor qilinishi kerak”.

Ushbu direktivada o’z aksini topgan umumiy fikrlar quyidagi rejalarga olib keldi:

“Markaz” armiya guruhi Sentyabrning oxirida Smolenskdan sharqroqda joylashgan sovet qo’shinini yo’q qilish maqsadida Moskva yo’nalishidagi hujum operastiyasini tayyorlaydi; “Shimol” armiya guruhi fin qo’shini bilan ittifoqda Leningradni to’la qamal qilgan holda 15-sentyabrga qolmasdn o’zining ko’p qism askarlarini va birinchi harbiy havo flotini “Markaz” qo’shiniga topshiradi; “Janub” armiya guruhi chizig’ida Kievning sharqrog’ida joylashgan ikkinchi, oltinchi armiyalar va ikkinchi tank guruhi yangi harbiy operastiyalar uyushtirish uchun qayta tuziladi. Shu bilan birga ikkinchi armiya va ikkinchi tank guruhi “Janub” armiya guruhi bilan ittifoqda o’z vazifasini bajargandan so’ng (Kiev yo’nalishidagi vazifalar) Moskavaga yo’naltiriladi. “Janub” armiya guruhi esa Donbass va Qrimni egallash operastiyalarini davom egtirishga kirishadi.

16-sentyabrda, Kiev ostonasidagi jang o’z nihoyasiga etishi aniq bo’lganida armiyaning “Markaz” guruhi qo’mondonligi qo’shinga Moskvaga Hujum qilishga tayyorgarlik ko’rish haqida direktiva yuboradi. Bo’lajak harbiy operastiya shartli ravishda “Tayfun” deb nomlanadi. Qish kelayotganligi munosabati bilan gitlerchilar oktyabrning boshlariga qolmasdan hujumga o’tishni rejalashtirdilar.

“Markaz” armiya operastiya rejasiga binoan, tank gruppirovkalari bilan uch kuchli zarbada Dixovshina, Roslavl va Shostki viloyatlarida sharqiy va shimoli-sharqiy yo’nalishlarda sovet qo’shinlarining mudofaasini parchalab tashlash, Vyazma va Bryansk viloyatlarida g’arbiy va zahira frontlarining qo’shinlarini o’rab olib yo’qotish, keyinchalik kuchli harbiy gruppirovkalar yordamida Moskvani egallash (shimol va janubdan) va bu bilan piyoda birikmalar yordamida Sovet markazini egallash ko’zda tutilgan edi.

Muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz bo’lgan Moskvani egallash gitlerchilar uchun yakuniy ahamiyatga ega bo’lgan. “Barbarossa” rejasida shunday deyilgan: " Bu shaharni egallash ham siyosiy jihatdan ham iqtisodiy jihatdan ham hal qiluvchi muvaffaqiyat olib keladi”. Moskvaning qulashi “yashin tezligidagi urush”ning yakuniga etishi deb hisoblangan nemislar tomonidan. Shuning uchun gitlerchilar 1941 yil sentyabrida ham urush taqdirini shu hujumga bog’lashni davom ettirganlar.

“Tayfun” operastiyasiga tayyorgarlik arafasida “Markaz” armiya guruhi kuchaytirilgan edi. “Shimol” armiyasidan Moskva yo’nalishida to’rtinchi tank guruhi (to’rt tank va ikki motorlashtirilgan diviziyalar) va aviastiya korpusi yuborilgan edi; “Janub” armiyasi tomonidan ikki tank va ikki motorlashtirilgan diviziyalar yuborildi; OKX zahirasi tomonidan ikkinchi tank birikmalari yuborildi. Askar va qo’shimcha kuchlarning “Markaz” ga o’tkazilishi yashirin ravishda tungi paytda amalga oshirilgan.

Sentyabr oxirida armiyaning “Markaz” guruhi (to’qqizinchi, to’rtinchi va ikkinchi armiyalar, uchunchi, to’rtinchi va ikkinchi tank gruppirovkalari) da 74,5 ta diviziya, shu bilan birga 14 ta tank va 8 motorlashgan diviziyalar, yoki sovet-german frontida harakat qilayotgan barcha nemis birikmalarining 64 foizini tashkil qiladi.

Gitlerchi qo’mondonlar tez sur’atda o’z qo’shinini to’ldirib, piyoda diviziyalarni to’qson foizga, tank va tank diviziyalarni 70 – 100 foizga etkazdi. 1-oktyabrda "Markaz" armiya guruhi o’z tarkibida 1,8 million askar, 14 mingdan ortiq qurol va minomyotlarga, 1700 tankga ega edi, yoki nemis- sovet frontidagi umumiy kuchning piyodalar bo’yicha 42 foizini, qurol va minomyotlarning 33 foizini, tanklarning 75 foizini tashkil qilar edi.

Moskvaga hujumni qo’llab-quvvatlash uchun unga yordamchi kuch sifatida 1390 ga yaqin samolyotlar safarbar qilindi.

Moskva yo’nalishida gitlerchilar o’zining katta kuchini jalb qildi. Sentyabr davomida nemis-fashist qo’shinlarining yangi hujumga o’tgan taqdirda uni to’xtatish yoki javobiy zarba berish uchun mudofaani tashkillashtirish takomillashtirildi va rivojlantirildi.

10-sentyabrdagi stavkaning g’arbiy frontga yuborilgan direktivada quyidagilar talab qilindi: “mudofaaga o’tish, turgan joyida mustahkam o’rnashib olish, ikkilamchi yo’nalishlar va mustahkam mudofaa olti – ettita diviziyani zahiraga chiqarish”. Ushbu buyruqlar asosida frontning mudofaaga o’tishi haqidagi buyruq chiqarildi.

Oyning oxirida nemislarning yangi hujumi yaqinlashgani aniq bo’ldi. 27-sentyabrdan chiqa boshlagan direktivalarda Sovet oliy bosh qo’mondonligi g’arbiy va Bryansk frontlariga kuchli va mustahkam mudofaaga o’tish hakida buyruq berdi, shuningdek front va armiya rezervlari tashkil qilish, sistematik razvedkalar uyushtirish, qo’shinning jangovor tayyorgarligini oshirish haqidagi buyruqlarni berdi.

Nemis-fashist armiyasining “Markaz” guruhiga 30-sentyabr arafasida 95 sovet birikmalari (shu qatorda 3 motoo’qchi va 9 kavaler diviziyalari, 13 tank brigadalari), yoki harakatdagi armiyaning o’ttiz foiziga yaqini qarshi turgan. Ko’pgina birikmalar va qismlar to’liq ravishda to’ldirilmagandi. Ularning ko’pchiligi, asosan xalq lashkari diviziyalari jangovar tajribaga ega emas edilar, sust tayyorlangan va sust qurollangan edilar.

Uch front (G’arbiy, Zahira va Bryansk) tarkibida 1million 250 ming askar, 7600 qurol va minomyotlar, 990 ta tank, 677 ta samolyot mavjud bo’lgan. Nemis-fashist qo’shinlari sovet qo’shiniga nisbatan qo’shin soni bo’yicha 1,7 barobar ustun bo’lgan. Raqibning asosiy zarba beradigan yo’nalishlarida uning soni yanada ahamiyatli bo’lgan. G’arbiy front qismlaridagi 304 ta tankdan faqat 39 tasi yoki 12,8 foizi og’ir va o’rta tanklar bo’lgan. Asosiy qismini uncha katta bo’lmagan jangovor imkoniyatlarga ega tanklar tashkil qilgan. Samolyotlarning 20 foizigina yangi rusumli edi.

1941 yil oktyabr boshida generaa Konev boshchilik qilgan G’arbiy front tarkibida olti armiya (22,29,30,19,16 va 20- armiyalar bo’lgan) asosiy yo’nalish ya’ni Moskva yo’nalishida Ostashkovadan Elnyagacha bo’lgan 340 kmli chiziqda mudofaa chizig’ini egallagan edi. Ularning vazifasi dushmanning Moskvaga yorib o’tishiga yo’l qo’ymaslik edi.

Marshal S. M. Budyonniy boshchiligidagi zahira fronta o’z kuchining katta qismi (31,32,33 va 49- armiyalar) bilan G’arbiy frontdan sharqroqda Ostashkov, Selijarova va Dorogobujning sharqiy tomoni bo’ylab 300 km mudofaa chizig’ida joylashgan. Bu armiyalar G’arbiy front mudofaasi davomida nemis-fashist zarbalarini qaytarishga mo’ljallangan. Boshqa bir ikki armiya (24 va 43 armiyalar) birinchi eshelonda mudofaani egallaganlar, bu g’arbiy frontdan janubroqda Elnyadan Snopotigacha 100 km kenglikdagi joylashuvga to’g’ri kelib, Spasdemen va Kirov yo’nalishidagi hududlarni himoya qilgan, 31 armiyaning o’ng flangasining ikkinchi diviziyasi esa Seliger ko’li, Ostashkovda 30 km kenglikdagi hududni mudofaa qilganlar.

Sovet qo’mondonligi kuchli mudofaa borasida choralar ko’rgan. Mudofaa chegaralarining qurilishida Moskva va kushni viloyatlar aholisi jon berib ishlaganlar. Bu ishlarda 250 ming atrofida odamlar ishtirok etgan. Ammo bu ishlarni nemislar hujumigacha tugatishgacha imkon bo’lmadi. Shuningdek mudofaa chizig’ida askarlar to’la o’rnasha olmadilar, sababi stavka etarli zahiraga ega emas edi. Krushin birikmalari va qismlarida tanklarga qarshi qurollar o’tishmagan. G’arbiy frontda, shunday qilib, 1 kmga 0,9 tank, 1,5 tankga qarshi qurollar, 7,5ta 76 mm kalibrli qurollar to’g’ri kelardi. Shuningdek sovet qo’shinlarida zenit qurollar va samolyotlar ham etishmas edi.

Ahvol yomonlashdi, sababi front qo’mondonliklari raqibning rejalarini barbod qila olmadi va raqibning hujum yo’nalishlarini aniqlay olmadi. G’arbiy front o’z kuchlarini Vyazmada to’pladi. “Markaz” armiya guruhi Duxovshina va Roslavl viloyatlarida ikkita zarba mushtini tayyorladi. Sovet qo’shini barcha zahiralarini Bryanda to’pladi, ammo raqib asosiy zarbani Shostka viloyatidan boshladi.

Qo’shinni ta’minlash qiyin ahvolda qoldi. Qurol-yarog’, yonilg’i, transport va ta’mirlash vositalari etishmagan. Harbiy sanoat armiyaning talablarini uncha qondirolmagan. Asosan artilleriya, aviastiya va yoqilg’i masalasi murakkab bo’lgan. Shu sababli front va armiyalarda qurol-yarog’ va yoqilg’i masalasida qat’iy cheklov e’lon qilingan. Front orti organlari front qo’shini va qismlarini mahsulot va kiyim- kechak ta’minlash bo’yicha katta ishlarni amalga oshirdilar. Bu ishlar Davlat Mudofaa Komiteti nazorati ostida amalga oshirilgan.

Qo’shining issiq kiyimlar bilan ta’minlanishi asosan 1941 yil 5 dekabrda amalga oshirildi. Bunday ishlarni amalga oshirishda Moskva tashkilotlari, Ural mehnatkashlari, G’arbiy va Sharqikay Sibir mehnatkashlari faol qatnashdilar. Natijada sovet askarlari 1941 yil kishini issiq kiyimlar bilan kutib oldilar.

Gitlerchilar tomonidan “yilning hal qiluvchi janggi” deb hisoblangan “Tayfun” operastiyasi ikkinchi tank guruhining Bryansk fronti chizig’ida hujumga o’tishi bilan 30-sentyabrda boshlandi. 2-oktyabrda “Markaz” armiyasining qolgan guruhlari G’arbiy va Zahira frontlariga qarshi hujumga o’tdi. G’arbiy strategik yo’nalishda Moskva ostanalaridagi urush boshlanib ketdi, bu kurash 1942-yil aprelgacha davom etdi.

Raqib to’qqizinchi armiya va uchinchi tank guruhi dan iborat asosiy kuchlar bilan aviastiyaning qo’llab-quvvatlashi bilan Duxovshina viloyatidan sovet G’arbiy frontining to’rt zaiflashgan diviziyalariga zarba berdi. U ilk kunlardayoq askar va texnikada ustunlikka ega bo’lganligi uchun muvaffaqiyatga erishib sovet mudofaasiga qarab 15-30 km ichkariga kirib bordi.

3 – 4 oktyabr kunlari G’arbiy front qo’mondonligi armiya frontning zahira kuchlari bilan bostirib kelgan nemis diviziyalariga qarshi zarba beradi. Ammo bu harakatlar yaxshi natija bermadi.

Dushman sovet qo’shini mudofaasiga qarab ichkariga kirib borardi: 6 oktyabrda raqib birikmalari shimoldan Vyazmaga yaqinlashib, G’arbiy Frontning ma’lum qism qo’shinini egalladi.

Shu bilan bir vaqtda Zahira frontining 43 armiya chizig’i bo’ylab Varshava shossesiga bostirib keldi. 4 – 5 oktyabr kunlari ular Spas-Demensk, Yuxnov viloyatlarini egalladilar, sovet qo’shini Vyazma guruhini qamal qilish xavfi tug’ildi.

Shu sababli Oliy bosh qo’mondonlik stavkasi G’arbiy va Zahira frontlari qo’mondonlariga 6 oktyabr tunda armiyani Rjev-Vyazma mudofaa chizig’iga ko’chirishga ruxsat berdi. Ammo bu ishni bunday murakkab sharoitda amalga oshirishning iloji bo’lmadi. To’rtinchi nemis tank guruhi Spas- Demensk orqali Vyazmaga keldi, bu erda Duxovshinadan hujumga o’tgan uchinchi tank guruhi bilan qo’shildi. 7-oktyabrda G’arbiy frontning 19 va 20 armiyalari va Zahira frontining 24 – 32 armiyalari Vyazmadan g’arbroqda qurshab olingan edi.

Qamalga tushgan qo’shinlar kuchli qarshilik ko’rsatdi, bu erda ular dushmanning 28 ta diviziyasini siqdi. Ulardan 14 tasi keyingi janglar uchun siquvidan qutilolmadi. Bu sovet qo’mondonligi uchun Mojaysk chizig’ida qarshilik ko’rsatishga tayyorgarlik ko’rish maqsadida vaqtdan yutish edi.

Oktyabrning o’rtasida sovet qo’shinlarining bir qismi qamalni yorib o’tib Mojaysk chizig’iga o’tadi. Urush maydonida ko’p askarlar halok bo’ldi.

Bryan fronti chizig’ida ham ahvol yaxshi emas edi. Uchinchi kundayoq raqibning 2- tank guruhi Dmitrisk-Orlovskni egalladi. Dushman Sevskni egalladi va general Ermakovning armiyasini ikkiga bo’lib tashladi. Bir motorlashtirilgan korpus bilan dushman Oryolga hujumni rivojlantirdi, boshqa bir korpus bilan Karachev va Bryanskga hujum qildi.

3-oktyabrda nemis birikmalari Oryolni egalladilar va Oryol-Tula shossesi ichkari qismiga intilganlar. Oliy Bosh Qo’mondonligi stavkasi buyrug’i bilan ularga qarshi birinchi gvardiya o’qchi korpusi yuborildi. Mtsenskada bo’lib o’tgan og’ir urushlarda korpus oltinchi zahira aviastiyasi guruhi qo’llab-quvvatlashi bilan dushmanni ushlab turgan, 11-oktyabrda esa hal qiluvchi qarshi zarba bilan dushmandan Mtsenskni tortib oldi. Bunda 4- va 11-tank brigadalari alohida ajralib turdi. Sovet tankchilari gitlerchilarga katta zarar etkazdi.

6-oktyabrda dushman Karachev va Bryanskni egalladi. Zudlik bilan yangi mudofaa frontini tuzish kerak edi va dushmanning Moskvaga hujumini bartaraf qilish kerak edi. 5-oktyabrda Davlat Mudofaa Komiteti poytaxt himoyasi haqida maxsus qaror qabul qildi.

Qarshilikning asosiy chegarasi Volokolamskdan to Kalugacha bo’lgan mudofaasining Mojaysk chizig’i qilib belgilandi. Bir xafta davomida G’arbiy Frontga 14 o’qchi diviziya, 16 tank brigadasi, 40 dan ortiq artilleriya polklari va boshqa qismlar etib kelgan.

G’arbiy va Zahira frontlarining qo’mondonligiga amaliy yordam ko’rsatish uchun Davlat Mudofaa Komiteti va Stavka vakillari V.M. Molotov, K.E. Voroshilov va A.M. Vasilevskiylar keldilar. Ularning taklifiga binoan 10-oktyabrda G’arbiy va Zahira frontlari qo’shinlari bitta g’arbiy frontga birlashtirildi. Frontga general G.K. Jukov qo’mondon qilib tayyorlandi. Dushmana harbiy havo kuchlarini zaiflashtirish maqsadida o’sha kun stavka Sovet Armiyasi Harbiy Havo Kuchlariga 11-12- oktyabr kunlari dushman aerodromlariga ommaviy zarbalar berishni buyurdi. Bu vazifani ado etish natijasida Shimoli-g’arbiy, G’arbiy, Bryansk va Janubi-G’arbiy frontlar tomonidan nemis samolyotlarining ko’p qismi yo’q qilindi.

Boshqa frontlardan va mamlakat ichkarisidan Mojaysk chizig’iga etib kelgan qism va birikmalar, shuningdek g’arbdan chekinganlar yangi mudofaa chizig’ini tuzdilar. “Tun-u kun qo’shinda tinmay mehnat qilinardi – deb yozgan marshal Jukov. - Odamlar charchoq va uyqusizlikdan oyog’ida tik turolmas edi, ammo, Moskva va Vatan taqdiri uchun mas’uliyat qo’shinni Moskva ostonalarida mustahkam mudofaa tuzishlari uchun tinimsiz ishlashga chorladi”.

Faqatgina oktyabrning birinchi yarmi davomida Moskva qo’shimcha ravishda frontga 50 ming askar berdi.

Partiyaning buyrug’iga ko’ra 450 ming kishi, asosan ayollar Moskva ostonalarida va shaharning o’zida mudofaa ishlari uchun qurilishga jalb qilingan. Tashkilotlar poytaxt mudofaachilarini qurol-yarog’ bilan ta’minlash uchun uch smenada ishlagan.

10 oktyabrda Mojaysk chizig’i bo’ylab mudofaa ishlari avj olgan. Dushman Sichyovka, Gjatskni egallab, Kalugagacha bordi. 9-armiya va 3-tank guruhi kuchlari bilan gitlerchilar g’arbiy frontning o’ng qanotiga qarshi Rjev va Kalinin yo’nalishlarida urush olib bordilar. Ular shimoli-sharqqa Volganing ichkarisiga kirishga muvaffaq bo’ldilar va 14 oktyabrda Kalininga bostirib kirdilar. Havo yaxshiligi munosabati bilan nemis qo’mondonligi “3-tank guruhini Yaroslavl va Ribinskga tashlashni rejalashtirdi”. Torjokga bostirib kirgan dushman birikmalariga general N. F. Vatutin qo’mondonligidagi G’arbiy front qo’shinlari qarshi zarba berdi.

Moskvani shimoli-g’arbiy tomondan himoya qilib turgan qo’shinlarni birlashtirish uchun Stavka 17-oktyabrda G’arbiy frontning o’ng qanotidan (22,29,30 va 31- armiyalar) Kalinin frontini tuzdi. Frontga I. S. Konev Qo’mondon etib tayinlandi.

Oktyabrning ikkinchi yarmida front qo’shinlari faol harakatlari bilan raqib qo’shinlarini siqdi. Tukkizinchi nemis armiyasi Selijarovo chegarasida, T’ma daryosida, Kalinin va Turginovoda mudofaaga o’tib keyingi hujumlardan voz kechishga majbur bo’ldi.

Oktyabrning o’rtalarida G’arbiy frontda vaziyat murakkabligicha qolgan. Dushman Moskvaga eng qisqa yo’l bilan bostirib keldi. 16-armiyaga qarshi gitlerchilar 200 tankdan iborat 4 diviziyani tashladilar. Ularning zarbasini qaytarish uchun Farbiy front qo’mondonligi bu erda aviastiyaning asosiy kuchlarini – 210 kiruvchi va 200 bombardirovkachi samolyotlarni yig’di. Ularni general K. K. Rokossovskiy boshchiligidagi armiya qo’llab- quvvatlangan, ular dushman hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytargan.

27-oktyabrda dushman Volokolamsk yo’nalishida to’xtatilgan edi. Volokolamsk ostonalaridagi janglarda general I. V. Panfilov boshchiligidagi 316-o’qchi diviziya soldat va komandorlarni hamda polkovnik Mladentsev boshchiligidagi kursantlar qahramonlik ko’rsatdilar.

Dushmanning aviastiya qo’llab-quvvatlagan ommaviy tank hujumlariga Moskva himoyachilari yaxshi mudofaa tuzdilar. Nemis generallari o’z omadsizliklari sababi sifatida sovet qo’shinining qat’iyati va mustahkamligini alohida qayd etganlar.

Farbdan Mojaysk ork;ali 4-tank guruhi poytaxtga bostirib kelardi. Ularga 5-armiya qarshi chiqqan. 18-oktyabrda nemis tanklari siquvi natijasida Sovet qo’shini Mojayskni tark etishga majbur bo’ldi. Shuningdek poytaxtning janubi-g’arbida ham og’ir vaziyat kelib chikdi. 12 oktyabrda Kaluga tark etildi. 49-armiyaning mudofaasini yorgan nemislar Tarusa va Maloyaroslavl intildilar.

Maloyaroslavl ostonalarini tarkibida o’qchi diviziya, tank brigadasi bo’lgan 43-armiya himoya qilgan. Bu armiya to’rt armiya polklari va uch reaktiv minomyotlar divizionlari bilan kuchaytirilgan. Faqatgina 18 oktyabrga kelib besh kunlik qattiq janglardan so’ng nemis tanklari Maloyaroslavlga bostirib kirishga muvaffaq bo’ldilar.

Uzluksiz janglar Kalinin, G’arbiy va Bryansk frontlarining boshqa hududlarida ham bo’lgan. Kundan-kunga sovet qo’shinlari qarshiligi ortib borgan. Nemis qo’shinlarining harakatlari susayib borgan.

Poytaxtdan hukumat binolari va barcha diplomatik korpuslar ko’chirilgan. Davlat Mudofaa Komiteta shahar ichkarisida qolgan zavodlar, ilmiy va madaniy tashkilotlarni ko’chirish zarur deb hisoblangan. Bu katta aniq va qisqa muddatda amalga oshirildi.

Markaziya Komitetning siyosiy byurosi, Davlat Mudofaa Komiteti, Stavka va Bosh shtabining ishchilar guruhi oldingiday Moskvada joylashgan. Butun bir davlat ustidan nazorat va frontlardagi harbiy harakatlarni boshqarish shu erdan amalga oshirilgan, urushning borishini bosh masalalari shu erda hal qilingan.

Moskva ahli tashqi mudofaa chizig’i va shahar ichkarisini mustahkamlash uchun qurilishlarda faol mehnat qildilar. Qisqa muddat ichida Moskva ostonalari tankka qarshi qurollar, o’rmon uyushmalari, temir to’siqlar bilan o’rab olindi. Tanklar xavf solishi mumkin bo’lgan joylarda tankka qarshi qurollar o’rnatildi. Xavf yaqinlashgan sari sovet xalqi uyushardi.

Oktyabrning oxirida raqib Volga to’g’oni chegarasida, Volokolamskdan sharqroqda, Nara va Oka daryolari bo’ylab Aleksingacha bo’lgan hududlarda to’xtatildi.

Kalinin va G’arbiy frontlar qo’shinlari tez-tez qarshi hujum uyushtirib turdilar. Oktyabrning oxirlarida sovet harbiy qismlari tank va artilleriya bo’limlari qo’llab-quvvatlashi ostida to’rtinchi nemis armiyasi chizig’i bo’ylab uzluksiz zarbalar beradilar va nemis birikmalar mudofaaga o’tishga majbur bo’ladi. 12, 20 va 57- korpuslarning ba’zi diviziyalari jangovor qobiliyati pasaydi. Fashist qo’mondonligini Kalinin frontida sodir bo’lgan sovet qo’shinining to’qqizinchi nemis armiyasiga qarshi shiddatli urushi bezovta kilgan.

Raqib tomonidan Moskvaga uyushtirilgan havo hujumlari muvaffaqiyat bilan qaytarilgan. Moskvada dushmanning harbiy havo kuchlariga qarshi mudofaasi juda kuchli bo’lgan. Oltinchi qiruvchi aviastiya korpusi tarkibida 700 tacha samolyot bo’lgan. General Juravlyov boshchiligidagi havo kuchlariga qarshi mudofaaning birinchi korpusi tarkibida 759 ta o’rta kalibrli zenit qurollar va 352 ta kichik kalibrli zenit qurollar, 643 ta yirik kalibrli pulimyotlar, 763 ta projektor uskunalari bo’lgan.

Qiruvchi aviastiya dushmanning havo kuchlari bilan uzoq chegaralarda jang olib borgan. Uning aerodromlari Moskvadan 150-200 km radiusda joylashgan. Kiruvchilar sutka davomida jang qilganlar.

Moskva ostonalariga yaqin nemis samolyotlari o’rta kalibrli zenit artileriyalari yordamida yo’qotilgan. Kichik kalibrli zenit artileriyalari va zenit pulemyotlarining qism va bulimlari shahar ichkarisidagi muhim ob’ektlarni (Kreml, vokzallar, elektrostansiyalar va boshqalar) havo hujumlaridan himoya qilish uchun jalb qilingan. Moskva - Volga yo’nalishidagi aerodromlar va shlyuzlar o’rta kalibrli zenit artileriyalari bilan himoya qilingan.

Tunda kiruvchilarni tungi hujumlarini uyushtirish va zenit artileriyalari mo’ljalini tungi paytda yaxshi anikdash uchun havoga qarshi mudofaa maydonida to’liq zenit projektorlari o’rnatilgan.

X,avo kuchlariga qarshi mudofaaning Moskva zonasiga general M.S. Gromadin qo’mondonlik qilgan.

Oktyabr oyida fashist aviastiyasi Moskvaga 31 marta hujum qilgan. Ularda jami 2 ming samolyot ishtirok etgan, ammo portlovchi ob’ektlarga 72 tasigina kira olgan. Havo hujumlarini qaytarish jarayonida 278 ta nemis samolyota urib yiqitilgan.

Oktyabrning ikkinchi yarmida nemis-fashist qo’shinlarining Bryansk fronti chizig’i bo’ylab harakati to’xtatildi. Bu uch hafta mobaynida raqib bilan og’ir urushlar olib borayotgan uchinchi va o’n uchinchi armiyalarning 23- oktyabrda qurshovdan chiqishlariga sabab bo’ldi.

Front qo’shinlari harakatlari bilan ikkinchi tank armiyasi Tula yo’nalishida siqib qo’yilgan edi. Dushmanning tank diviziyalari 29 oktyabrda Mtsenskdan Tulaga siljidi, ammo bu erda to’xtatildi. Gitlerchilar uch kun davomida Tulani o’qqa tutganlar, ammo 50-armiya qo’shinlari va Tula jangovor qismi birgalikda kuchli mudofaa tuzdilar. Tulaliklar o’z shahrini dushmanga berib qo’ymadilar.

Tula mudofaasi G’arbiy frontning chap qanoti mustahkamligini ta’minladi. Bu mudofaa shuningdek Bryansk frontidagi vaziyatni muvofiqlashtirishga sabab bo’ldi.

Shunday qilib, nemis-fashist qo’shinlarining Moskvaga oktyabr hujumi mag’lubiyatga uchradi. Endi raqib Selijarovo, Kalinin, Tula, Novosil yo’nalishlarida mudofaaga o’tishga majbur edi.

Gitlerchilarning shafqatsiz siquvini qaytarishda quruqlikdagi qo’shin bilan birga Sovet Harbiy havo kuchlari ham katta rol o’ynagan. Moskvaga nemis-fashist hujumining to’qqizinchi kuni G’arbiy front aviastiyasi, Havo kuchlari mudofaasi oltinchi aviastiya korpusi va boshqa ba’zi qismlar 3500 ta samolyotni havoga ko’tarib raqibning ma’lum qism samolyot, tank va askarlarini yo’qotgan. 30 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar Harbiy havo kuchlari 26 ming samolyot havoga ko’tarilgan, ulardan 80 foizi qo’shinni qo’llab-quvvatlash va himoya qilishga jalb qilingan.

Moskva ostonalaridagi kurashda general I. V. Panfilov boshchiligidagi 316-armiya, polkovnik A. P. Beloborodoe boshchiligidagi 78-armiya, polkovnik V. I. Polosuxinning 32-armiyasi, general N. F. Lebedenko boshchiligida 50-armiya, polkovnik A. F. Naumovning 53-armiyasi, polkovnik G. O. Martirosyan boshchiligidagi 239-armiya, shuningdek polkovnik A. I. Lizyakovning birinchi gvardiya diviziyasi, general L. M. Dovatorning kavaler guruhi, M. E. Katukov boshchilik qiladigan tank brigadasi, Rotmistrov, Kirichenko, Saxnolarning birikmalari qahramonlik janglari olib borganlar.

Oktyabr hujumlarining natijalari gitlerchilarni xursand qilmadi. “Tayfun” operastiyasining asosiy maqsadlari – Sovet armiyasini tor-mor qilish va Moskvani egallash amalga oshmadi. Qonli janglar nafaqat soldatlar balki nemis generallari uchun kutilmagan holatda yakun topdi.

“Oktyabrda va noyabrning boshlarida hayrat bilan shunga amin bo’ldikki, - deb yozadi gitlerchi general Blyumentrit, - zarbalarga uchragan ruslar harbiy kuch sifatidagi mavjudligida davom chegaralarda. So’nggi haftalar davomida raqibning qarshiligi kuchaydi va janglarning keskinligi kundan-kunga o’sib borar edi... Bularning barchasi biz uchun kutilmagan vaziyat bo’ldi. Bizga poytaxt qo’limizdadek tuyulgan bir paytda, hal qiluvchi janglarda biz g’alaba qozonayotgan bir paytda vaziyatning bunday o’zgarishi biz uchun kutilmagan holat bo’ldi, biz hayratda qoldik”.

Hujum yo’nalishlarini tanlashdagi nemis-fashist qo’mondonlarining ikkilanishi, ular fikrining bir joydan chiqmaganligiga sabab sovet qo’shinlarining kuchli qarshilik ko’rsatganidir. Noyabrning boshida Galder o’z kundaligida shunday yozgan: “Biz keyingi operastiyalarni olib borish uchun o’z imkoniyatlarimizni to’liq aniqlab olishimiz kerak. Bu masalada ikkita nuqtai-nazar kelib chiqqan: ba’zilar egallab olingan chegaralarda mustahkam o’rnashib olishni taklif etsalar, boshqalar hujumni faol tarzda davom ettirishni talab etmokdalar”.

Ammo gitlerchilarda imkon yo’q edi. Qish yaqinlashardi, “Barbarossa” rejasi maqsadlari esa amalga oshmay qolaverardi. Dushman qish kelgunicha Sovet Ittifoqining poytaxtini egallashga shoshilardi.

Nemis-fashist qo’mondonligi noyabrda uyushtiradigan Moskvani bosib olish borasidagi hujumlari oktyabrdagi kabi rejalar asosidagi hujumlar bilan olib borilishi ko’zda tutilardi: ikkita guruh bilan bir vaqtning o’zida g’arbiy frontning flangalari bo’ylab zarba berish, Moskvaga shimol va janubdan hujum qilib xalqa tarzida o’rab olish rejalashtirilgan edi.

Noyabrning birinchi yarmida nemis-fashist qo’mondonligi qo’shinlarini qayta tuzdilar: Kalinindan Volokolamsk – Klin yo’nalishiga uchinchi tank guruhini tashladi, ikkinchi tank armiyasini esa yuztacha tank bilan to’ldirdi va uning asosiy kuchlarini Tulaga kirish yo’lida to’pladi:

1941 yil 15 noyabrda “Markaz” armiyasi tarkibiga uch dala, bir tank armiyasi va ikki tank guruhi kirgan ularning ichiga 73 ta diviziya (47 piyoda, 1 kavaler, 14 tank, 8 motorlashtirilgan, 3 mudofaa) va to’rt brigada kirgan.

Shimol tomondan Moskvani egallash (“Volga to’g’oni” operastiyasi) tarkibida etti tank diviziyasi, uch motorlashtirilgan va to’rt piyoda diviziya bo’lgan 3- va 4- nemis tank guruhiga yuklatilgan, janubdan esa – tarkibida to’rt tank, uch motorlashtirilgan va besh piyoda diviziya kirgan ikkinchi tank armiyasiga hujum qilish yuklatilgan. To’rtinchi armiyaga G’arbiy front kuchlarini siqib, ularni Moskvadan g’arbroqda yo’q qilish vazifasi yuklatilgan. Kalinin fronti va Farbiy front tomonidan siquvga olingan 9- va 2- armiyalar noyabr hujumlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum edi. Bevosita Moskvani bosib olish uchun nemis-fashist qo’mondonligi tomonidan 51 diviziya, shuningdek 13 tank va 7 motorlashtirilgan diviziyalar safarbar qilingan.

Vaziyatga baho bergan sovet qo’mondonligi shuni tushunganki, dushman jiddiy yo’qotishlarga duch kelgan bo’lsa. ham u hali hujum qilish imkoniyatlarini yo’qotmagan, u hali kuch va qurol-yarog’da ustunlikka ega va Moskvani egallab olish uchun qattiq harakat qiladi. Shuning uchun bo’lajak hujumni qaytarish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rilgan. Shu bilan bir paytda Vitegr, Ribinsk, Gorkiy, Saratov, Stalingrad, Astraxan chegaralarida yangi strategik rezervlar armiyalar shakllangan.

Stavka raqib imkoniyatlarini hisobga olib, birinchi navbatda xavfli hududlarni mustahkamlashni buyuradi. Stavka G’arbiy frontdan Kalinin qo’shinlari va Janubi-g’arbiy frontning o’ng qanoti qo’shinlari bilan birga Moskvaga shimoli-g’arb va janubdan chegaralarini qattiq himoya qilishni talab qiladi. Uning armiyalari tankka qarshi artilleriyalar va gvardiya minomyot qismlari bilan kuchaytirilgan edi. Noyabrning birinchi yarmida G’arbiy frontga qo’shimcha yuz ming askar, uch yuz tank va ikki ming qurol-yarog’ berilgan edi. Bundan tashqari 10 noyabrda uning tarkibiga Bryansk frontidan 50-armiya yuborildi, 17 noyabrda esa Kalinin frontidan 30-armiya yuborilgan edi.

Nemis zarba beruvchi gruppirovkalariga G’arbiy frontning o’ng qanotida o’ttizinchi, o’n oltinchi va qisman beshinchi armiyalar va chap qanotda 50- va 49-armiyalar qarshi turganlar.

G’arbiy front tarkibida noyabrning o’rtalarida (30-armiya bilan birga) 35 ta o’qchi diviziya, 3 ta motoo’qchi diviziya, 3 ta tank diviziyasi, 12 ta kavaler diviziyasi, 14 ta tank brigadalari kirgan. har doimgiday sovet qo’shinlari son jihatdan ustunlikni nemislarga berib qo’ygan. G’arbiy frontning oxirgi imkoniyatlarigacha kuchaytirilishiga qaramay noyabr oyida Moskva yo’nalishida, asosan muhim zarba yo’nalishlarida nemislar qo’shin soni va qurol-yarog’da ustun edilar. Masalan Klin yo’nalishida ruslarning 56 tank va 210 qurol va minomyotlariga (30-armiya) qarshi dushman 300 tagacha tank va 910 qurol, minomyotlar dan iborat bo’lgan kuchga ega bo’lgan.

Moskva ostonalarida 1000 ga yaqin samolyot to’plab (ularning orasida eskirganlari bo’lsa ham) sovet qo’mondonligi aviastiyada raqibdan ustun turgan. Havoda g’alaba qozonish maqsadida stavka sovet Armiyasining Harbiy Havo Kuchlariga 5 noyabrdan 8 noyabrgacha aerodromlarda nemis aviastiyasini yo’qotish bo’yicha operastiyalar o’tkazishga buyurdi. Bunda ishtirok etish uchun Kalinin, Bryansk, g’arbiy frontlarning Harbiy Havo Kuchlari, 81-diviziya va Moskva mudofaasi aviastiyasi safarbar qilindi. 28 ta raqib aerodromlari o’qqa tutildi, 12 - 15 noyabrda va 19 noyabr kunlari davomida nemislarning 88 ta samolyotlari yo’qotildi.

25 noyabr arafasida Moskvaning tashqi chegaralarida 1428 ta dzot (istehkom turi), 165 km tankga qarshi to’siqlar, 110 km uch qatorda simli to’siqlar va boshqalar qurildi.

Poytaxt havoga qarshi mudofaasi mustahkamlanib, takomillash-tirilib berilardi. Shunday murakkab paytlarda sovet ahli oktyabr inqilobining 24 yilligini nishonlardi. 7 noyabrda Qizil maydonda parad bo’ldi. Ikki haftalik tanaffusdan keyin “Markaz” armiya guruhi Sovet poytaxtiga hujumni yangiladi. 15 noyabrdan kuchli artilleriya va aviastiya tayyorgarliklari boshlandi, keyin uchinchi tank guruhi general D. D. Lelyushenkoning 30-armiyasiga qattiq zarba yo’lladi. Bu armiyaning bir qismi Volga suv to’g’onining shimolrog’ida joylashgan edilar, 16 noyabrda buyruq asosida Volga qirg’oqlarining shimoli-sharqiga siljidilar.

Faqat 16 noyabrning ikkinchi yarmidagina dushman Lama daryosini kechib o’tishga muvaffaq bo’ldi. Bunda u 60 tank va bronomashinalarini yo’qotdi. 17 noyabrda u Novozavidovsk viloyatiga chiqishga muvaffaq bo’ldi. Kalinin va G’arbiy frontning chegaralarida juda murakkab vaziyat yuzaga keldi.

16 noyabrda Volokolamsk yo’nalishida 16-armiyaga qarshi hujumga o’tish uchun 4-nemis tank guruhi (400 tank) safarbar qilindi. Bu qismni aviastiya qo’llab-quvvatlagan. Uning asosiy zarbasi general I. V. Panfilovning 316- o’qchi diviziyasiga va general L. M. Dovatorning guruhiga yo’naltirildi. Dubosekovo viloyatida 28 ta panfilovchilar to’rt soat davomida dushmanning 18 ta tanki va o’nlab askarini yo’q qilib qahramonlik ko’rsatdi.

O’sha kun 16-armiyaning bir qism kuchlari dushman bo’ylab qarshi zarba yo’lladilar. Moskva himoyachilari qattiq kurashdilar.

19 noyabrda “Markaz” armiyasi qo’mondonligi uchinchi tank guruhini tank va motorlashtirilgan diviziyalar bilan to’ldirib undan tezroq Klin va Solnechnogorskni egallashni talab qiladi. 23 noyabrda sovet qo’shinlari qamaldan qochish uchun qattiq ko’cha janglaridan so’ng bu shaharlarni tark etdilar.

Dushman siquvni boshqa mudofaa viloyatlarida ham davom ettirdi. Asosan 16 armiya va qisman 5-armiya Istra daryosi chegaralarida qattiq janglar olib bordilar. Sovet diviziyalari bu erda uch sutka davomida gitlerchilarning hujumlarini qaytarib, ularga katta zarar etkazdilar. Shuningdek 27 noyabrda 16-armiya Istra shahrini tark etishga majbur bo’ldi.

Katta yo’qotishlarga qaramay nemislar Moskvaga kirishga harakatni davom ettirardi. Ammo sovet qo’shinlarining mudofaasini yorishning uddasidan chiqmadi. Klin va Solnechnogorskni egallagandan so’ng nemislar Moskvadan shimoli-g’arbda o’z zarbalarini rivojlantirishga o’rindi. 28 noyabr tunda raqib katta bo’lmagan kuch bilan Moskva - Volga kanalining sharqiy qirg’ogiga Ikshaning shimolidagi Yaxerma viloyatiga burilishga muvaffaq bo’ldi.

Noyabrning oxiri va dekabrning boshida birinchi va yangi shakllangan 20-armiyalar aviastiya guruhi qo’llab-quvvatlashi bilan general I. F. Petrov boshchiligida nemis-fashist qo’shinlariga bir qator qarshi zarbalar berdi va 30- hamda 16-armiyalar bilan birgalikda ularning keyingi harakatlarini batamom to’xtatdilar. Dushman mudofaaga o’tishga majbur bo’lib qoldi. Uning Moskvaga shimoli-g’arb va shimoldan bostirib kelish xavfi batamom yo’qotildi.

G’arbiy frontning chap qanotida voqealar keskin tus olar edi. Bu erda ikkinchi tank armiyasi faqatgina 18 noyabrdagina o’z hujumini yangilab oldi. Tarkibida to’rt tank, uch motorlashtirilgan, besh piyoda diviziyalarga ega bo’lgan ikkinchi tank armiyasi aviastiya qo’llab-quvvatlashi bilan 50-armiyaning mudofaasini yorib, hujumni rivojlantirib, 22 noyabrda Stalinogorsk (Novomoskovsk) ni egalladi. Uning birikmalari Venev, Kashiraga qarab intilganlar. Front qo’mondonligi 50-armiyaga “dushmanni Venevga bostirib kirishiga yo’l qo’ymaslik” talabini qo’ydi. Dushman guruhning mudofaasini sindira olmay, 17-nemis tank diviziyasi bilan shaharga sharq tarafdan kirishga o’ringan. 25 noyabrda uning old qismlari Kashiradan 10-15 km uzoqlikda joylashgan.

5 dekabr kuni ertalab general Konev boshchiligidagi Kalininskiy fronta, keyingi kun esa general Jukov boshchiligidagi G’arbiy front, yana janubi-g’arbiy frontlari orqali kutilmagan qaqshatkich zarbalar berishdi. Qaqshatkich ayovsiz kurashlar Kalinindan Yeltsgacha qariyb ming km gacha bo’lgan frontda bo’ldi.

Sovet aviastiyasi havoda o’z hukmronligini o’rnatib, dushmanning tirik kuchlari va harbiy texnikasini yo’q qildi. O’qchilar birlashmalari oldida tankli brigadalardan, artilleriya qismlari yo’nalish bo’yicha harakat qildi. Bu qismlarga general A. P. Beloborodov, M. Yo. Katukov, A. G. Kravchenko, F. T. Remizov, P. A. Rotmistrov va boshqa generallar boshchilik qildilar.

F. Galder o’zining kundaligida sovet qo’shinlarining qarshi hujumlari fashist qo’shinlarining birligiga sezilarli ta’sir o’tkazganligini yozadi. 3 – 4 tankli guruhlarga boshchilik qilgan Reyngardt, E. Gyopner va 2-tank armiyasiga boshchilik qilgan Guderian ham Sovet armiyasining zarbalari kuchayib borgani haqida xabar berishgan.

1941 yil 8 dekabrda Germaniya o’z qurolli kuchlarini butun Sharqiy front bo’yicha o’tkazdi. Bu esa Moskvani egallash rejasi barbod bo’lganligidan dalolat berardi. Qo’shinlarning himoyaga o’tkazish zarurati Rossiya qahraton qishi bilan ifodalandi. Ammo bu holat haqiqati boshqacha bo’lgan. Dekabrda qishning kirib kelishi vaqtdan oldin emasdi. 1941 yil noyabrda Moskva oldi hududlarda o’rtacha harorat -6 -4 gradus sovuq bo’lgan. Faqatgina 5 – 7 dekabrlarda sovuq -28 gradusga etgan. Nemis rahbarlari urushni sovuq kirib kelguncha tugatishni rejalashtirib, qo’shinning qishgi tayyorgarligi ta’minlanmagandi. Bu qo’shinlarga o’z pozitsiyasi oxirigacha himoya qilib, vaqtdan yutib G’arbdan kelayotgan zahiralar bilan ta’minlash vazifasi qo’yildi.

Dushmanning ayovsiz qarshiligini engib Sovet armiyasi qarshi hujumni rivojlantirib bordi. 9 dekabrdayoq general D. D. Lelyushenko boshchiligida 30-armiya Moskva Kalinin temir yo’lini kesib, undan keyin 1-hujum armiyasi bilan birgalikda Klin rayonidagi dushman guruhdarini qo’lga olishdi va uch tomondan qurshab olishdi. Ayni vaqtda esa general K.K. Rokossovskiy boshchiligidagi 16-armiya birlashmasi dushman katta qarshilik kilayotgan Kryurkovni egallab, Istra shahriga muvaffaqiyatli yurishlarni davom ettirishgan. 20-armiya qo’shinlari Solnechnogorsk shahriga bostirib kirishni kuchaytirib 12 dekabrda bu shaharni ozod qilishdi.

Gitler rahbariyati o’z birlashma qo’shinlarini Klinga, Istra suv ombori bo’ylab joylashtirishga va bu bilan sovet armiyasini to’xtatmoqchi bo’lishdi. Ammo bu o’rinishlar samarasiz bo’lgan. 15 dekabrda 30-armiya, 1-armiya bilan birgalikdagi qo’shini dushmanning Klindagi guruhlarini yo’q qilib Klin shahrini ozod qilishdi. Ertasi kuni Kalininskiy fronti Kalin shahrini ozod qilishdi. Undan so’ng tezlik bilan g’arbiy front Volokolamsk shahri dushmandan tozalandi.

Chekinayotgan dushman qo’shinlarini ta’qib qilib dushmanning Lama va Ruza daryosi bo’yidagi himoya qo’shinlariga ro’baro’ kelishdi. Kalininskiy fronti armiyalari 1942 yil yanvarida dushmanning kuchli qarshiliklarini engib Rjev, Zubtsov, Lotoshino chegaralariga etishdi va dushmanning Moskva yo’nalishi bo’yicha harakatlanayotgan guruhlarini qo’lga olishdi.

G’arbiy frontning chap qanoti muvaffaqiyatli yurishlar qilib, qanotlardan va markazdan raqibning 2-tank armiyasiga qaqshatkich zarbalar berishdi. General F. I. Golikov boshchiligidagi 10- armiya qo’shinlari kutilmagan kechki hujumlari bilan Kumush Prud aholi shaharchasini va Mixaylov shahrini egallashdi va chekinayotgan gitlerchilarni ta’qib etishdi.

General P. A. Belov boshchiligidagi 1-gvardiya Venovoni 11 dekabrda Stalinogorskni egallashdi. Bu vaqtga kelib general Boldinning 50-armiyasi Tula janubidagi dushman himoyasini yorib kirishadi.

Dekabr oyining o’rtalariga kelib Tulaning janubi va janubi- sharqiy qismidagi dushman qo’shini qarshiliklari batamom sindirildi. Bu vaqtga kelib general I. G. Zaharkinning 49-armiyasi Tarusi va Aleksina rayonlaridagi dushman qo’shinlarini mag’lub etishdi. Hujum kuchaytirilib G’arbiy frontning chap qanoti 220 – 250 kmgacha cho’zilgan Kaluga, Kozelsk, Belev va yuzlab aholi punktlarini ozod qilishdi.

General Kreyzer boshchilik qilayotgan 3-armiya, general Gorodnyanskiy-ning 13-armiyasi va general F. Ya. Kostenko dekabr o’rtasiga kelib qaqshatqich zarbalar bilan gitlerchilarning 2-dala qo’shinlarini mag’lub etishdi. Ular 80 – 100 kmga harakatlanib Yelets va Efremov shaharlarini ozod qilishdi. Bu armiyalar 61-armiya qo’shinlari bilan yana qayta Bryansk frontida birlashib, 1942 yil yanvargacha Orlovskiy yo’nalishi bo’yicha harakat qilishdi.

1942 yil 8 yanvardan yakuniy kurashlar boshlandi. Yanvar – aprel bostirib kirish bilan sovet armiyasi shimoli-g’arbiy, Kalininskiy, G’arbiy va Bryanskiy frontlarida raqib qo’shinlarini 100 – 150 kmgacha g’arbga chekinishga majbur qildilar.

Yakunlovchi bosqichda Sovet armiyasi dushmanni og’ir mag’lubiyatga uchratdi. Dushmanning 16 diviziyasi ishdan chiqdi. 1 yanvardan 30 martgacha o’lganlar, yaradorlar, bedarak yo’qolganlar 333 ming kishini tashkil etgan.

Sovet Qurolli kuchlarining himoya holatidan hujumga o’tishi va nemis-fashist qo’shini Moskvada mag’lub bo’lishi harbiy siyosiy va xalqaro ahamiyat kasb etdi. Moskva, Ryozansk, Leningrad, Kalinin, Smolensk, Orlov, Xarkov va Stalinsk viloyatlari Kerchenskiy yarim oroli va 60 dan ziyod shahar bosqinchilardan tozalandi. Dushman juda katta talofot ko’rdi.

50 ta diviziya vayron qilindi, 1941 – 1942 yillarda o’lganlar, yaradorlar, bedarak yo’qolganlar 833 ming kishini tashkil qilgan. Hammasi bo’lib 1941 yil iyun va 1942 yil aprel ayiga Sovet va Nemis frontida o’lganlar, bedarak yo’qolganlar, yaradorlar soni 1,5 mln kishiga etdi. Bu vaqtda nemis-fashist qo’shinlari 4 ming tankidan ayrildi. Himoyalanishga majbur bo’lgan va chekingan dushman qo’shinlari g’arbga qarab siqildi. Moskva jangidagi tarixiy g’alaba urushda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish