Ikkinchi jahon urushi


-mavzu: Fashistlar Germaniyasining Sobiq SSSR ga bostirib kirishi



Download 1,47 Mb.
bet4/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)

3-mavzu: Fashistlar Germaniyasining Sobiq SSSR ga bostirib kirishi.

Reja:

  1. Kirish.

  2. Fashistlar Germaniyasining Sobiq SSSR ga bostirib kirishi. Sobiq SSSR xalq xo’jaligining harbiy izga ko’chish muammolari.

  3. Brest uchun janglar.

  4. Minsk ostonalaridagi janglar va uning yangicha talqini.

  5. Smolensk jangi va uning yangicha qarashlari.

SSSR o’z chegaralarining xavfsizligi uchun, mamlakatlar va xalqlarning fashist davlatlar agressiyasiga duchor bo’lmasligi uchun, agressiyani cheklash uchun kurashdi. 1940 yil kuzida Berlinda Sovet — German munosabatlari to’g’risida muzoqaralar olib bordi; o’zaro hujum qilishmaslik to’g’risidagi Sovet—German shartnomasiga to’la amal qildi. Lekin kuchlar nisbati Gitler Germaniyasi foydasiga bo’lib chiqdi. 1941 yil mayiga kelganda Germaniya Evropaning ko’pchilik mamlakatlarini o’ziga bo’ysundirdi. Bu mamlakatlarda «Yangi tartib» - qullik, zulm, terror tartiblarini o’rnatdi. Yaponiya esa Osiyoda o’z mavqeini mustahkamlashni davom ettirdi, o’z qo’l ostidagi mamlakatlarda «Yangi tartib»ni barpo etishga kirishdi.

Gitler Germaniyasining harbiy-iqtisodiy qudrati oshib ketdi. U 290 million kishidan iborat aholisi bo’lgan butun Evropaning deyarli iqtisodiy va harbiy kuchiga ega bo’ldi. Germaniya va unga bo’ysundirilgan mamlakatlarda toshko’mirning yillik mahsuloti hammasi bo’lib 400 million tonnadan oshdi; po’lat quyish esa 45 million tonnaga etdi. (1940 yilda SSSR da toshkumirning yillik mahsuloti 166 million tonna, po’lat quyish esa 18 million 300 ming tonna edi.) Gitler Germaniyasi bevosita SSSRga qarshi hujumga tayyorlandi va o’z qo’shinlarini Sovet—Germaniya chegaralariga to’pladi.

Angliya bilan yarashish va uni SSSRga qarshi urushga jalb qilish maqsadida 1941 yil 10 mayda Gitler o’zining fashistik milliy-sostialistlar partiyasi bo’yicha o’rinbosari — Rudolf Gessni Angliyaga yubordi. Gess Angliya hukumat vakillari — Saymon va Kirkpatrik bilan muzoqara olib bordi. Gess Germaniya bilan separat (bir tomonlama) sulh shartnomasi tuzishni va birga SSSRga qarshi urush boshlashni yoki urushda bir-birlariga halaqit bermaslikni, ya’ni Germaniyaga uning sobiq mustamlakalarining qaytarilishi sharti bilan Britaniyaning butunligini garantiya qilishni, Angliyani esa Germaniyaning Evropa va SSSR territoriyasidagi urush harakatlariga yo’l qo’yib qo’yishi kerakligini taklif qildi. Ingliz jamoatchiligi bunday muzoqaralarga qarshi bo’lganidan va Germaniya talablari Angliyaning imperialistik, mustamlakachilik manfaatlariga birmuncha zid bo’lib chiqqanidan, Gess missiyasi barbod bo’ldi.

1941 yil 18 iyunda Germaniya Turkiya bilan do’stlik va hujum qilmaslik to’g’risida SSSRga qarshi qaratilgai shartnoma tuzdi. Bunday shartnomaga Angliya hukumati e’tiroz bildirmadi, u shartnomaning SSSRga qarshi qaratilganligidan mamnun edi.

Germaniya fashizmi Yaqin va O’rta Sharqda janub tomondan SSSRga hujum qilish uchun plostdarm yaratish maqsadida Iroq, Suriya, Eron va Afg’onistonda qo’poruvchilik faoliyatini kuchaytirib yubordi. 1941 yil 1 aprelda Iroqda davlat to’ntarishini uyushtirdi.

Germaniya SSSRga qarshi urushga zudlik bilan tayyorlanishni davom ettirdi. 1939 yil 23 avgustda imzolangan hujum qilishmaslik shartnomasini va savdo bitimlarini qo’pol suratda buzish yo’liga o’tdi. Nemis samolyotlari Sovet territoriyasi ustida tez-tez paydo bo’lib turdi, ko’plab josus va diversantlar yuborildi. SSSR ga qarshi ig’vo va uydirmalar uyushtirildi. Bundan foydalanib Angliya va AQSh reakstion matbuoti Sovet qo’shinlari Germaniyaga hujum qilish uchun chegara rayonlarida to’planmokda deb ovoza tarqatdi va Angliya razvedkasi SSSR Germaniyaga qarshi urush boshlash niyatida degan soxta material uyushtirib, uni Germaniyaga etkazdi.

1941 yil 22 iyunda erta tong paytida Gitler Germaniyasi SSSR bilan tuzilgan o’zaro hujum qilishmaslik to’g’risidagi shartnomani xiyonatkorona buzib va unga hech qanday da’volar qilmay turib, Sovet Ittifoqiga qarshi qo’qqisdan hujum qildi. Germaniya bilan birga Italiya, Ruminiya, Vengriya, Finlyandiya va Slovakiya ham SSSRga qarshi urush boshladilar. Germaniya va uning ittifoqchilari o’z qurolli kuchlarining 65—70% ni SSSRga qarshi qo’ydilar. Germaniya o’zining o’sha vaqtdagi 214 diviziyasidan va 7 brigadasidan 152 diviziyani va 2 brigadasini, ya’ni diviziyalarniig 70% ni (quruqlikdagi hamma - kuchlarining 90% ni, ya’ni 5,5 millionga yaqin soldat va ofisterni), uning ittifoqchilari 38 diviziyani, hammasi bo’lib 190 diviziyani, tank va mexanizastiyalashgan 35 diviziyani (shu diviziyalar ixtiyoridagi 3 500 dan ortiq tankni), 5000 ga yaqin samolyotni, 50 mingdan ortiq to’p va minomyotni SSSR ga qarshi tashladilar. Fashist Ispaniyasi «Yashil diviziyasi» bilan, Vishi hukumati «Ko’ngillilar legioni» bilan SSSR ga qarshi urushda ishtirok etdi. Podsho Bolgariyasi Germaniyaga yordam ko’rsatib turdi, amalda u SSSR bilan urush holatida bo’ldi. Bir qator «betaraf» mamlakatlar — Shvestiya, Shveystariya, Turkiya, Portugaliya gitlerchilarga harbiy-strategik materiallar bilan yordam qilib turdilar. Gitler surbetlik bilan SSSR ga qarshi urushni go’yo «bolshevizm xavfi»ga qarshi noilojdan boshlangan «ehtiyotkorlik» urushi deb, «bolshevizm xavfining oldini olish uchun» boshlangan urush deb jar soldi.

Gitler Germaniyasi dunyo hukmronligiga erishish yo’lida asosiy to’siq bo’lib turgan Sovet davlatini tor-mor keltirish, uning territoriyasini bo’lib yuborish, Arxangelsk— Volga — Astraxangacha bo’lgan territoriyani bosib olish, sovet xalqlarini qullik asoratiga solish maqsadida SSSRga qarshi urush olib bordi.

Gitler Germaniyasi Sovet Ittifoqining iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumi va kuchini bo’sh, Qizil Armiyani kuchsiz deb hisoblab, o’zining dastlabki vaqtdagi harbiy jihatdan ustunligiga ortiqcha baho berdi. Gitlerchilarning SSSR ga qarshi urush rejasi - “Barbarossa rejasi” to’la avantyuristik reja bo’lsada, sovet mamlakati uchun jiddiy xavf tug’dirdi. Dushman qo’shinlariniig juda ko’p miqdorda tayyorlangan, texnika jihatdan to’liq qurollangan, o’sha davr urush tajribalariga ega bo’lgan «Norvegiya», «Shimol», «Markaz» va «Janub» nomli gruppalari qo’qqisdan hujum boshlab, SSSRning ichkari rayonlariga bostirib kirdi. Dushmanning bu zarbdor gruppirovkalari uch asosiy yo’nalishda:

1) Sharqiy Prussiyadan Baltika bo’yi orqali Leningradga;

2) Varshavaning shimoli-sharqdagi rayonidan Minsk, Smolensk va Moskvaga;

3) Lyublin rayonidan Jitomir, Kiev va so’ngra Donbassga hujumni avj oldirib yubordi.

Gitler Germaniyasi SSSR ga qarshi urushni o’zi uchun juda qulay sharoitda boshlab yubordi. Ko’p sonli to’liq qurollangan va tajribali qo’shinlarga ega bo’lishdan tashqari, u Evropa kapitalistik mamlakatlarining deyarli hammasining sanoat quvvatidan foydalandi.

Mamlakat mudofaasi uchun zudlik bilan anchagina iqtisodiy va harbiy choralar ko’rilgan (qo’shinlar soni 4207 mingga etkazilgan va qo’shinlar dunyoda eng yaxshi deb hisoblangan tanklar ola boshlagan) bo’lishiga qaramay, Sovet Armiyasi noqulay va og’ir sharoitda urushga tortildi. Sovet qo’shinlari qayta qurilishini tugallamagan, yangi texnika bilan qayta qurollanib bo’lmagan, mexanizastiyalashtirilgan qo’shinlarni tuzishda qator kamchiliklar mavjud edi. Sovet Armiyasi tinchlik armiyasi bo’lganligidan, o’sha davr katta urushlarini olib borish tajribasiga ega emasdi. Yuz bergan asossiz repressiyalar oqibatida tajribali komandirlar etishmasdi. I. V. Stalinning bevosita urush arafasidagi harbiy-siyosiy vaziyatga noto’g’ri baho berganidan va u Gitler uchun uning urush boshlashiga bahona keltirib chiqarmaslik vajidan Germaniyaning hujum qilishi haqidagi xabarlarga ig’vogarlik deb qaraldi, Armiyada tinchlik kayfiyati hukm surdi. Sovet qo’shinlari, chegara rayonlaridagi harbiy okruglar tayyor jangovar holatga keltirilmagandi. Yangi chegara rayonlarida mudofaa tadbirlarito’la amalga oshirilmadi. Chegarada faqat 33 diviziya bor edi. Harbiy dengiz flotigina tayyor jangovar holatda edi. Quruqlik va harbiy havo kuchlariga jangovar tayyorgarlik to’g’risida buyruq 21 iyundan 22 iyunga o’tar kechasi, urush boshlanishiga oz vat olgandagina berildi. Urush qo’qqisdan boshlangandan sovet qo’shinlari o’z imkoniyatlaridan etarli foydalana olmay qoldilar. Sovet qo’shinlari og’ir va shiddatli janglarda katta talafot ko’rib, chekinishga majbur bo’ldi.

1941 yil iyul oyining boshiga kelgandayoq dushman Litvani, Latviyaning anchagina qismini, Belorussiya va Ukrainaning G’arbiy viloyatlarini bosib oldi. Dshman 15 kun ichida mamlakatimizniig ichkarisiga 400 km bostirib kirdi. Tez vaqt ichida dushman ko’p talafot ko’rishiga qaramay, Leningrad, Smolensk va Kievga yaqinlashdi; Germaniya SSSR ga qarshi urush boshlashi tufayli ikkinchi jahon urushida yangi bosqich boshlandi, urush fashist agressorlariga qarshi kurashuvchilar uchun uzil-kesil antifashistik, ozodlik xarakterini oldi.

1941 yil iyul oyi o’rtalarida frontdagi holat Sovet armiyasi uchun yaxshi emas edi. Harbiy harakatlar Leningraddan 120 km uzoqlikdagi Smolensk va Kiev ostonalarida ketayotgan edi. Dushman juda muhim ma’muriy ahamiyatga ega hisoblangan yuqoridagi markazlarni bosib olish xavfi bor edi. Faqatgina shimoldan (Kareliya va Zapolyare) va janubdan (Moldaviya) nemis-fashist qo’shinlarining harakati sustroq edi.

Sovet qo’shinlarida juda katta yo’qotishlar bo’lib, armiyani qurol-yarog’, odam soni bilan to’ldirib, qaytadan shakllantirish talab etilardi. Xavf paydo bo’lganda boshqa hududlarga ko’chirilgan zavodlar qurolli kuchlarning talabini qondirishga qodir emas edilar. Harakatdagi sovet qo’shinlari tarkibida iyul oyi o’rtalarida 212 ta diviziya va 3 ta ukchi brigadalar bor edi. Shulardan faqatgina 90 tasi to’liq jihoz va qurol-yarog’lar bilan ta’minlangandi.

Yangi tashkillashtirilgan zahira qismlari qo’shinlarida harbiy texnika va qurol-yarog’lar etishmasligi hamda yuqori manyovrli harbiy harakatlarning olib borilishi uchun Sovet qo’mondonligidan qo’shinlarni tashkillashtirishda katta o’zgarishlar kiritishlarini talab qilardi. Strategik yo’nalishdagi qo’shinlar, armiyalar va harbiy okruglar komandirlariga harbiy shtabning 15 iyulda yo’llagan maktubida bosqichma-bosqich, talafotsiz kichik armiyalarga o’tish operastiyasi haqida «5, ko’pi bilan 6 ta, diviziyalarga bo’linish korpus boshqaruvisiz va to’g’ridan-to’g’ri armiya diviziyalarining qo’mondoniga bo’ysunishi» ko’rsatmasi berilgandi.

29 iyulda qabul qilingan shtat birligi bo’yicha o’qchi diviziyalar soni 30 %, artilleriya aslahalari soni unda 52% ga, avtomashinalar 64% ga kamaygan edi. O’qchi diviziyalarining jang qilish imkoniyati, o’t quvvati va tez harakat qilish imkoniyati cheklanib qoldi. Nemis piyoda diviziyalari bilan solishtirganda odam 1,5 barobariga, o’qo’tar qurollar 1,4 barobar, aslaha va minomyotlar 2,1 barobar kamroq edi. Haqiqiy dalillarga asoslanganda, shaxsiy tarkib va qurol-yarog’ diviziyalarida bundan-da kamroq bo’lgan.

Ahvol tank, otliq va aviastiya qo’shinlari, artilleriya qismlarida bundan ham yomon edi.

Mexanizastiyalashgan korpuslarga o’zlarini tiklab olish va harbiy salohiyatini oshirish uchun ko’plab tanklar zarur edi, lekin sanoat bunga qodir emas edi. Shuning uchun bu korpuslarni tarqatib yuborishga majbur bo’ldilar. Zirhli tank texnikalarining etishmasligi, alohida tank diviziyalarini olib qolish imkonini yo’qqa chiqardi. Zirhli tank qo’shinlarining asosiy birikmalari, brigadalar, otliq qo’shinlarniki esa 3000 kishilik diviziyalar bo’ldi. Aviastiyada 3 polkli aviadiviziyalar 2 polklikka almashtirildi, samolyotlar soni 60 tadan 30 taga, keyinchalik esa 22 taga kamaydi.

Artilleriya ham bunday jiddiy o’zgarishlardan quruq qolmadi. Zirhli tank artilleriya ishlab chiqarishdagi ashyolarning etishmasligi artilleriya brigadalarini tarqatib, ular o’rniga 5 ta batareyalik polklar, keyinchalik esa har birida 16 to’pdan iborat 4 batareyalik polklar tashkil qilindi.

Harbiy qism va birikmalarning qisqa muddatda majburiy tashkillantirish, qurol-aslahalarning etishmasligi, mexanizastiyalashgan texnikalarning yo’qligi, ularning manyovr qilish jangovar kuchini susaytirdi.

Qurol-yarog’ etishmasligi va qo’shinning qayta tashkillashtirilishi qism komandirlarini yangi taktik usullar, bor qurollardan yanada samaraliroq foydalanish yo’llarini o’ylab topishga majbur qilardi. Aviastiyadan yanada maqsadli va samaraliroq foydalanish niyatida avgust oyida Bosh Qo’mondonlikka bo’ysunuvchi zahira aviastiya gruppalarini tuzish boshlandi. Ular jangovar harakatlarni o’zlari mustaqil hal qilardilar va front harbiy havo kuchlariga yordam berar edilar. Jangda artilleriyadan samaraliroq foydalanish maqsadida ularga topshirilgan vazifani bajarish buyrug’ini berishni umumqo’shin komandirlarining o’riibosarlari tayinlagan armiya boshliqlari zimmasiga yuklatildi.

Bosh shtab yuborgan xat asosida Qo’shinlarni qayta shakllantirish, qurol-aslaha bilan ta’minlash bir martalik tadbir bo’lib qolmadi, bu holat 1941 yil oxirigacha davom etdi.

Harbiy komandir kadrlarga bo’lgan ehtiyoj, ularni tayyorlash sistemasiga ham o’zgartirishlar kiritishga to’g’ri keldi. Harbiy o’quv muassasalar ishlari qayta ko’rib chiqildi. Harbiy akademiyalar huzurida, o’quv yurtlarida, front va armiya shtablarida keng miqyosda qisqa muddatli” kurslar ochildi. Sovet armiyasining kichik komandirlar tarkibini tayyorlash sistemasi kengaytirildi.

Janglardagi yo’qotishlar o’rnini to’ldirish, yangi birikmalarni tuzish va front uchun zahira qo’shinlarini shakllantirish uchun SSSR fuqarolaridan harbiy xizmatga qo’shimcha kontingentlarni chaqirish zarur edi. Avgust oyida 1923 yilgacha tug’ilgan Harbiy xizmatga yaroqlilarni armiya safiga chaqiruv e’lon qilindi. Qurolli kuchlar soni xalq lashkarlari, ya’ni o’z Vatani taqdiriga befarq bo’lmagan vatanparvarlar hisobiga ham ancha ko’paydi.

Urushning birinchi kunlarida mamlakat ichkarisiga ancha masofaga yorib kirganlariga qaramasdan, gitlerchilar Sovet armiyasining kundan-kunga kuchli qarshiliklariga uchradilar va o’zlarining «Barbarossa» deb nomlangan rejaning amalga oshishini ancha muddatga kechiktirdilar.

Iyul oyi o’rtalarida dushmanning Sovet-german frontida 182 diviziyasi bor edi. Germaniya quruqlikdagi qo’shinlari zahirasida yana 14 ta diviziya turardi.

Nemis fashist qo’shinlari Direktivada ko’rsatilgan strategik hujum qilish vazifalarini bajarmoqda edilar. Ularning yaqin strategik maqsadlaridan- «Shimol» va Fin armiyasi Leningradii egallashi, «Markaziy» armiyaga Smolensk- Moskva yo’nalishidagi Sovet qo’shinlarini tor- mor qilish, «Janub» armiyasi zimmasiga Kievni egallab, Ukrainaning o’ng sohillaridagi Sovet qo’shinlarini o’rab olish topshirilgan edi. Shular bilan birga «Markaziy» armiya sovetlarning g’arbiy front qo’shinlarini o’rab olib SSSR poytaxti Moskva shahriga yo’l ochishlari kerak edi. «Markaz» armiya gruppasi asosiy kuchlari bilan Moskvaga yurishlaridan asosiy maqsad gitlerchilar ikki daryo oralig’ida joylashgan g’arbiy Dvina va Dneprni egallab general G.Got boshchiligidagi harakatdagi 3-tank gruppasini, Moskva yo’nalishidagi G.Guderin kul ostidagi 2-tank gruppasiga «Shimol» armiyasiga yoki janubiy-sharq yo’nalishidagi «Janub» armiyasiga yordamga tashlash edi.

10 iyul kuni jangga kirgan Fin armiyasi Ladoga ko’lining ikkala tarafidan harakat qilib Leningradni qo’lga kiritishi kerak edi.. Yana ularga sovet Kareliyasini bosib olish vazifasi yuklatilgandi.

Sovet qo’mondonligi dushmanning yanada mamlakat ichkarisiga chuqurroq kirib borishining oldini olish uchun, harakatdagi armiyani kuchaytirish va frontdagi ahvolni o’z tomonlariga og’dirish uchun chora-tadbirlar ko’rishda davom etardi. O’z vaqtida dushmanning g’arbiy frontdan Smolnsk orqali Moskvaga yurishini aniqlab o’sha yo’nalishga mamlakat ichkarisidagi 80% qo’shinlarini tashladilar. Ularning iyul oyi boshlarida kelib qo’shilgan kattagina qismi boshlanib ketgan Smolensk uchun bo’ladigan janglarda o’z ishtiroklarini namoyon qilayotgan edilar.

Stavkaning 14 iyul 1941 yildagi buyrug’i asosida shimoliy-g’arbiy va g’arbiy yo’nalishlarining birlashishlari uchun 29 va 30 armiyalar tarkibida 10 ta diviziya, Sharada Torjok, Rjev, Volokolamsk, Kalining, Ruza, Mojaysk, Maloyaraslavl, Naro- Fominsk rayonlarida 31-32 armiyalarning shakllanishi yakuniga etdi.

Oldinroq jangga kirgan 24 va 28-armiyalar bilan ular qo’shildilar va Staraya Russa, Ostashkov, Belыy, Istomino, Elnya, Bryansk shaharlari himoyasini mustahkamlash uchun hozirlik ko’rdilar. Bu erdan, ya’ni himoya marrasining sharqrog’idan, dushman qo’shinlari g’arbiy Dvina va Dnepr daryolari qirg’oqlarini yorib o’tgan edilar, shuning uchun himoyaning 2-chizig’i tashkil qilindi.

10-12 iyulda Leningrad va Estoniya ostonalarida dahshatli janglarning boshlanishi bilan bir vaqtda, asosiy bo’lgan g’arbiy yo’nalishda Smolensk jangi boshlanib ketdi. Bu jang sovet qo’shinlarining nemis-fashist armiyasining "Цentr" va "Sovet" qismlariga qarshi olib borgan mudofaa va oldinga intiluvchi harakatlarining murakkab kompleksi bo’ldi.

Aynan shu erda, ya’ni Smolensk-Moskva yo’nalishida dushman hal qiluvchi muvaffaqiyatga erishishini ko’zlagan edi.

Smolensk jangi G’arbiy front qo’shinlari uchun qulay bo’lmagan noqulay bir vaqtda boshlangan edi. Chegara oldi rayonidagi holdan toygan, parchalangan 13, 4, 3, 10 armiya diviziyalari front ortiga qayta tuzish, to’ldirishi uchun qaytarilgan edi. Tuzilmalari mamlakat ichidan kelib G’arbiy Dvina va Dnepr daryolarining o’rta qismi bo’ylarida joylashib, hali to’liq moslashmagan edi. Hali ko’plab qismlar boshqa yo’nalishlarda janglar olib borar edi.

G’arbiy front armiyasi eshelonlarining mudofaada 24 diviziya turar edi. Bu diviziyalarning har biriga 25 – 30 km kenglik to’g’ri kelar edi.

Front tomondan yaratilgan mudofaa intenerlik tomondan ham tayyor emas, kerakli darajada barqaror emas edi.

Dushman G’arbiy Dvinadan Kolastkiy yo’nalishida chiqib Dneprga qarab Vitebsdan Rogachevagacha 3-va 2-tank gruppalari kuchi bilan va oldindagi 9, va 2-armiya tuzilmalari bilan harakat qilardi. 10 iyuldan 15 iyulga qadar u G’arbiy frontda qarshi 29 diviziyani tashladi, jumladan 9 ta tank , 7 motorlashgan unviziya , bu erda odam jihatdan 2 baravar ko’p ustunlikka ega edi, artilleriya va samolyotlarda 2 baravar, tanklar jihatdan 4 baravar ustunlikka ega edi.

Gitlerchilarning Moskvaga mo’ljallangan barcha qo’shinlari (Markaz armiyasi, "Shimol" armiyasining 2- korpusi) smolensk jangi oldidan 62 diviziya va 2 ta brigadadan iborat edi.

Germaniya quruqlikdagi qo’shinlarning bosh qo’mondonligi hisoblar ediki – “G’arbiy front hech qanday rezervga ega emas uzoq bardosh bera olmaydi”, – deb hisoblardi.

Ular Smolensk jangida rus armiyasini mag’lub qilgach temir yo’llarni (Volgaga olib boruvchi) kesib, Volgagacha boruvchi barcha joylarni qo’lga kiritishga umid qilgan edi, shu bilan birga harakatdagi qo’shinlar aviastiya yordamida qolgan rus sanoat markazlarini yo’q qilishni ko’zlagan edi.

Smolensk yo’nalishidagi bosqinchilik yurishini dushmanning 2 va 3 tank gruppalari boshladi. 3 tank gruppasining asosiy kuchlari Vitebskdan harakatni boshlab Smolenskni aylanib o’tib shimoldan Yarstevoga; qolgan qismlar sharqiy Polostkdan Nevelga qarab yurdi 2-tank gruppasi, 1-janubiy armiyadan Smolensk Elnyaga, boshqasi Mogilevdan janubroqqa Krichev, Roslavlga udar berdi.

Bir paytda velikoluks yo’nalishida "Shimol" armiyasining 16-armiyasi oldinga qarab yura boshladi.

Gitlerchilar sovet qo’shinlarining mudofaa qo’shinlarini 3 qismga bo’lib tashlash edi va bu bilan birga Moskvaga qarab yurish uchun yaxshi sharoit yaratish edi. 2 oy davomida shafqatsiz janglar ulkan territoriyada davom etdi. Front bo’ylab 600-650 km va ichkariga qarab 200-250 km Smolensk jangi boshida (20 iyulgacha) nemis qo’shinlari ustunlikka ega edilar. G’arbiy front qo’shinlari (chap qanotdagi 21 armiyadan tashqari) juda og’ir ahvolda edilar va chekinishga majbur bo’ldilar. O’ng qanotdagi general Ermakov qo’mondonlik qilgan 22-armiyani dushman 2ga bo’lib yubordi. Uning diviziyalari shu kunlarda qurshovda jang qilar edi.

Armiya generali Konevning 19-armiyasi esa tiklanishiga ulgurmagan edi va dushman zarbasiga dosh berolmadi va Smolenskka o’tib 16 armiya bilan birga janglarda katnashdi. Dushmanning 3 tank gruppasi diviziyalari, Polostk, Nevel, Vyalij, Demidovni bosib oldi va 150 km olg’a siljidi. 2-nemis tank gruppasi 200 km oldinga ketdi, 1 qism kuch bilan Orma, Smolensk Elnyani, boshqasi-Mogilevni o’rab olib Krichevni ishg’ol qildi.

G’arbiy frontda ko’plab qismlar qurshovda qoldi, ba’zilari chekindi.

Lekin G’arbiy frontning chap qanotida janglar boshqacha tus ola boshladi. General Kuznestovning 21-armiyasi 13 iyulda nastupleniega o’tdi. Baxovova Bobruyskni egallab Mogilev Smolensk yo’nalishida dushman pistirmasidan chiqish vazifasini oldiga qo’ydi. General Petrovskiyning 63 diviziyasi Dneprdan o’tib Rogachev, Jlobin shaharlarini kulga kiritdi. Bobruyskka qarab yurish qildi. 232-diviziya 80 km oldinga yurib Berezina va Ptich daryolari kechuvlarini egalladi. 67 strelkoviy korpus va 13 armiya qismlari dushmanning 2-tank qismlari harakatini to’xtatdi.

Bu nemis qo’mondonligi uchun kutilmagan zarba bo’ldi.

Ular shoshilinch tarzda 21 armiyaga qarshi 2-armiya tarkibidagi o’z, 53 armiya korpuslarini jo’natdi, ular sovet qo’shinlari hujumini qiyinchilik bilan to’xtatdi.

Shunday qilib G’arbiy front uzoq vaqt davomida bu holatni egallab ushlab turdi.

Gitlerchilar o’z omadlariga ortiqcha ishongan edilar.

23 iyulda Gitler quruqlikdagi qo’shinlar qo’mondoni Brauxich va shtab boshlig’i Galder bilan suhbatda shuni ta’kidlagan edi: 3 ta maqsad (nishon) bor


  1. Leningrad sanoat markazi sifatida muhim, shu bilan birga dengizga harbiy harakatlar qilish jihatdan ham muhim

  2. Moskva rayoni

  3. Ukraina sanoat markazlari va ular sharqidagi neft rayonlari bilan. Shuning uchun, tushuntirdi itlar, Smolensk jangidan so’ng 2 va 3 tank gruppalari 2 ga bo’linib, 1 chapga, boshqasi o’ngga , "janub" "shimol" armiya gruppalariga madad uchun ketishi kerak. "Markaz" armiyasi gruppalari esa Moskvaga qarab olg’a ketishi kerak.

Gitlerchilar qo’mondonligi tomonidan qabul qilingan qarorlar ularning "Barbarossa" rejasiga optimistik nazar bilan uni amalga oshirishga ishonch bilan qarashlaridan dalolat beradi.

22 iyul 1941 yil, kechqurun nemis aviastiyasi Moskvaga 1 chi havo hujumini amalga oshirdi bunda 250 bombardirovkachi samolyot qatnashdi.

Moskva Havo hujumiga qarshi mudofaasi st-si 350 kiruvchi, 964 zenit qurollari va 166 yirik kalibrli pulemyotlardan iborat edi.

Havo hujumini ular yaxshi aks ettirdilar va Moskva ostonalarida bir qator havo janglari bo’lib, ular 12 fashist samolyotini urib tushirdilar zenitchilar 10 ta samolyot yo’q qildilar. Moskvaga sanoqligina samolyotlar o’tib qoldi va deyarli katta talofat etkaza olmadilar.

Qo’shinlar boshqaruvchini yaxshilash uchun 24 iyulda Fap6 frontining chap qanotdagi 13-21 armiyalari general Kuznestov boshchiligidagi markaziy frontga aylantirildi. Bu frontning chap qanot mudofaasini 3-armiya qismlari egalladi.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish