Ikkinchi jahon urushi



Download 1,47 Mb.
bet7/14
Sana05.09.2021
Hajmi1,47 Mb.
#165917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushi (o'quv-uslubiy majmua)

5-mavzu: Stalingrad jangi

Reja:

  1. Kirish.

  2. Stalingrad jangining boshlanishi. Dastlabki mudofaa janglari muammolari.

  3. Stalingrad ostonalarida qarshi hujumga tayyorgarlik va uning boshlanish muammolari.

  4. Fashistlar qo’shinlarining qurshovga olinishi.

  5. Stalingrad jangining so’nggi davri va yangicha talqini.

  6. Stalingradda dushmanning batamom tor-mor qilinishi va uning katta ahamiyati.

Nemis-fashist qo’mondonligili 1942 yil iyul oyining ikkinchi yarmida sovet german frontining janubiy tomonida muvaffaqiyatga erishib harakatni davom ettirdi. Stalingrad yo’nalishida hujum ("Fishreyer" operastiyasi, "B" armiyasining 30 diviziyasidan, 14 tasi qatnashgan) shimol tomondan sobiq SSSR ning muhim iqtisodiy rayonini egallash rejalarini amalga oshirilishiga karatilgan edi. Bu viloyatda butun mamlakatning 4/5 qismi neftni berildi va marganestning yarmi shu viloyatda mavjud edi.

Stalingrad viloyatidagi kurashni butun dunyo kuzatgan. Ushbu jang butun dunyoning diqqat markazida bo’lgan.

Iyulning birinchi yarmida Stavka Stalingrad yo’nalishida zahiradan 62, 63 va 64-armiyalarni ajratib oldi. Stavka 12 iyulda marshal S. K. Timoshenko rahbarligida Stalingrad frontini tuzdi. (23 iyuldan uning o’rnini general U. N Gordov egalladi). Yuqorida ko’rsatilgan armiyalardan tashqari 21, 28, 38 va 57-armiyalar, shuningdek 8-havo armiyasi va Volga harbiy flotiliyasi Stalingrad fronti tarkibiga kirgan.

17 iyulda sobiq sovet qo’mondonligi dushman rejasini barbod qilish uchun kuchli asos yaratganda, dushman 6-armiyasining 14 ta diviziyasini (bu kuch 270 ming askar, 3 ming qurol, minomyotlar, taxminan 500 tankdan iborat edi) hujumga yo’naltirdi. Ularni 4-havo flotining bir qism aviastiyasi qo’llab-quvvatlagan (uning tarkibida 1200 jangovar samolyotlar bo’lgan). Don daryosining bo’ylarida bu kuchlarga sobiq sovet armiyasining 63- va 62-armiyalari 12 ta diviziyasi (16 ming kishi, 2,2 minggacha qurol va minomyot hamda 400 taga yaqin kuch) qarshi turgan; bu kuchlarni Havoga qarshi mudofaa kuchlari, uzoq aviastiya va 8-havo armiyasining 600 ga yaqin samolyoti qo’llab-quvvatlagan. Son jihatdan raqib sobiq Sovet qo’shinlaridan ustun bo’lgan.

17 iyuldan 22 iyulga qadar sobiq sovet armiyasi 62- va 63-armiyalarining old atryadlari 6-nemis armiyasiga qarshi og’ir urushlar o’tkazilgan. Ana shu kurashlar bilan Stalingrad jangi boshlanib ketdi, jang 6 oydan ziyod - 2 fevralgacha 1943 yilgacha davom etdi.

23 iyulda Stalingrad ostonalarida sobiq sovet armiyasining asosiy mudofaa pozistiyalari uchun kurashlar boshlandi.

Dushman 62- va 64-armiyalar flangalariga zarba berib, o’rab ularni tor-mor qilib Stalingradga yorib kirmoqchi bo’ldi. Ammo yuqorida qayd etilgan armiyalarning mudofaa uchun harakatlari hamda 1- va 4-tank armiyalari, shuningdek 21-armiyalarning qarshi zarbalari dushmanning rejasini barbod qildi.

Avgustning ilk sanalarida Stalingradning janubi-g’arbrog’ida raqibning old qismlariga qarshi kurashlar boshlandi. Bu yo’nalishdagi mudofaa uchun 7- avgustda Stalingrad fronti tarkibidagi Janubi-g’arbiy front ajratildi (tarkibida 64, 57, 51, 1-gvardiya va 8-havo armiyasi, 30 avgustdan 62-armiya kirgan). Uning qo’mondoni A. I Eremenko bo’ldi. Unga Stalingrad fronti ham biriktirilgan edi. Ikkala front ham Volgada dushman hujumini to’xtatish va uni shahar ostonalarida tor-mor qilish vazifalarini oldilar.

1942-yil kuzida Evropa Osiyo va Afrikada fashistik blok akkupastiyasi ostida 12,8 mln. kv km hudud 500 mln aholi bo’lgan. Ammo umumiy kuch antifashist davlatlari foydasiga o’tdi. Erkparvar insonlarning birlashuvi kuchaydi. Evropa va Osiyoning bosib olingan davlatlarida qarshilik harakatlari kengaydi.

Sobiq Sovet xalqi nemis fashistlariga qarshi kurashda bor kuch va gayratini sarflagan.

Oliy Bosh qo’mondonlikning tez sur’atda harbiy texnika bilan ta’minlangan va Stalingrad rayoniga qaratilgan strategik zahiralari tashkil etildi. Stalingrad mudofaasi shuningdek Kavkazga yo’naltirilgan hujumlarga qarshi qaratilgan mudofaa ishlari uchun kuchli tayyorgarlik bo’ldi.

1942 yil noyabr oyida sovet-german frontida fashist bloki butun urush davomida eng yuqori darajada o’z kuchini to’plagan. (266 diviziya). Raqib jami 6,2 million askar, 5080 ta minomyotlar, 3500 ta jangovar samolyotlarga ega bo’lgan.

Fashistlarning bu kuchiga qarshi sovet qo’shinlari tarkibida 390 o’qchi va kavaler diviziyalari, 254 ta o’qchi maxsus tank va mexanizastiyalashgan brigadalar, 30 ta mustahkamlangan hududlar, 17 ta tank va mexanizastiyalashgan korpuslar bo’lgan. Jami armiyada 6,6 mln. askar, 7350 tank, 78 minggacha minomyotlar, 4540 dan ortiq jangovor samolyotlar mavjud bo’lgan.

Sobiq Sovet Ittifoqining harbiyo-siyosiy boshqarmasi 1942-1943 yilning kishiga qurolli kuchlarga quyidagi vazifalarni belgilab qo’ydi: Sovet-german frontining janubi hududlariga fashist blokining asosiy guruhlarini tor-mor qilish va nemislarning strategik maqsadlarini barbod qilish, mamlakatning janubidagi muhim sanoat va qishloq xo’jaligi rayonlarini ozod qilish, Leningrad qamalini barbod qilish, Moskva Smolensk yo’nalishida vaziyatni yaxshilash.

Bu maqsadlar fashistlarga qarshi kurashda boshqa antifashistik xalqlarga yordamga ham qaratilgan edi. Ular qatiy harakatlarga ega edi, real va Sobiq SSSR qurolli kuchlari imkoniyati darajasida edi.

Sovet Oliy bosh qo’mondonligi "Markaz" va "Shimoliy" armiyalarda qarshi ko’p sonli qo’shin saklashga majbur edi.

Raqib kuchiga Stalingrad yo’nalishida bir milliondan ortiq odam, 10290 qurol va minomyotlar, 675 tank va shturmli qurollar 16 jangovor samolyotlardan iborat edi. Sovet armiyasi 1,1 million kishidan iborat edi. 15,500 qurol va minomyotlar, 1463 tank va 1350 jangovor harbiy samolyotlarga ega edi. Noyabrning o’rtalarida sovet qo’shinlari kuyidagicha joylashgan: Don daryosining O’rta oqimi bo’ylab, yuqori Momondan Kletsgacha Janubi-G’arbiy front birikmalari joylashgan.

Kletskiydan Stalingraddagi, Stalingraddan Shimolroqda Don fronti harakat qilgan va shaharning shimoliy chegaralaridan janubga Uttagacha (Elistadan Sharqroqda) Stalingrad fronti, ularga qarshi dushman tomondan "B" armiyasi qo’shinlari (bu 8-italyan qo’shini tarkibida bo’lgan), 3 va 4 rumin qo’shinlari, 6 va 4 nemis tank armiyasi safarbar qilingan. Bu qo’shinlarni ya’ni nemislarning ushbu kuchini "Don"ning harbiy havo kuchlari aviastiya boshqarmasi va 4 havo flotining bir qism qo’shinlari qo’llab-quvvatlangan.

Stalingrad yo’nalishida sobiq sovet qo’shinlarining qarshi hujumga o’tish arafasidagi kuchlar nisbati: Janubi-g’arbiy front chizig’ida sobiq sovet Qo’shinlari 399 ming shaxsiy tarkib, 5888 ta qurol va minomyotlar, 728 ta tank va shturmli qurollarga ega bo’lgan;

Nemis-fashist qo’shinlari 432 ming askar, 4360 ta qurol va minomyotlar, 255 ta tank va shturmli qurollar.

Don fronti chizig’ida sovet qo’shinlarida 296,7 ming askar, 4682 ta qurol va minomyotlar 286 tank va shturmli qurollar; nemis-fashist armiyasida 200 ming shaxsiy tarkib, 1980 ta qurol va minomyotlar, 280ta tank va shturmli qurollar.

Stalingrad fronti chizig’ida sobiq sovet armiyasida 410,4 ming kishi, 4931 qurol va minomyotlar, 455 tank va shturmli qurollar; nemis-fashist armiyasi tarkibida 379,5 ming askar, 3950 qurol va minomyotlar, 140 ta tank va shturmli qurollar bo’lgan.

Janubi-g’arbiy front chizig’ida kuchlar nisbati shaxsiy tarkib bo’yicha 1:1.1, qurol va minomyotlar bo’yicha 1,4:1, tank va shturmli qurollar bo’yicha 2,8:1 ko’rsatgichga ega bo’lgan.

Don fronti chizig’ida kuchlar nisbati askarlar bo’yicha 1,5:1, qurollar va minomyotlar bo’yicha 2,4:1 tank va shturmli qurollar bo’yicha 1:1 ko’rsatkich;

Stalingrad frontida kuchlar nisbati piyoda qo’shin bo’yicha 1,1:1, qurol va minomyotlar bo’yicha 1,2:1, tank va shturmli qurollar bo’yicha 3,2:1 ko’rsatkichga ega bo’lgan.

Sobiq; Sovet armiyasining Stalingrad ostonalarida qarshi hujumga o’tishlari hakidagi qarorlari 1942 yil 13 sentyabrda Oliy Bosh qo’mondonlik general Jukov va Vasilevskiylarning dokladlarini eshitgandan so’ng qabul qilindi.

Ko’proq operastiyasining sir saqlanishi muhim ahamiyat kasb etgan. Bu operastiya "Uran" deb nomlangan. Sentyabrning oxirida Stalingrad yo’nalishidagi frontda stavka vakillari ishlari natijalari muhokama qilindi va frontlarning harbiy ittifoqlarining takliflarini hisobga olib qarshi hujum haqidagi reja qo’llab-quvvatlandi.

Operatstiyasini Janubi-g’arbiy, Don va Stalingrad frontlarida tuzilgan kuchlar yordamida dushman gruppiravkasining Volgaga qarab kirib borishini oldini olish maqsadida amalga oshirish ko’zda tutilgan edi. Yana dushmanni Donbasga bostirib kirishlarini oldini olish va nemis-fashist qo’shinlarining janubi qanotini tor-mor qilish rejada ko’zda tutilgan edi.

Qarshi hujumga tayyorgarlik davri mobaynida hushyorlikni oshirish, tayyorgarlik ishlarini o’tkazishda qat’iy sir saqlashga alohida e’tibor berilgan.

Qo’shin qo’shimcha qurollar va rus millatidan bo’lmagan hatto rus tilini yaxshi bilmaydigan askarlar bilan to’ldirilgan.

Qo’shinga ya’ni askarlarga jangovar vazifalar, vaziyat, frontdagi ahvol tushuntirilgan.

Alohida va guruhli suhbatlarda siyosiy ma’lumotlarda, gazeta va jurnallarda mamlakatning xalqaro va ichki ahvoli yoritilgan va muhokama qilingan.

Qarshi hujumning tarkibiy qismi bu Voronej frontining chap qanot qo’shini va Janubi-g’arbiy frontning o’ng qanot qo’shinlarning zarbalari bo’ldi.

Bu qo’shinlar Don daryosi o’rta oqimining chegaralari bo’ylab Rostovga dushmanning Kavkaz gruppiravkasining shimolga yurishini kesish maqsadida hujum qilganlar. ("Saturn" operastiyasi). Yana shu narsa rejada bo’lganki, Stalingrad ostonalarida qarshi hujum boshlanishida sobiq sovet qo’shinlari g’arbiy, shimoliy-g’arbiy yo’nalishlarda va shimoliy Kavkazda faol tadbirlarni qo’llaydilar.

Sobiq sovet qurolli kuchlarining Stalingrad ostonalarida nemis- fashistlariga qarshi hujumi 1942 yil 19 noyabrida boshlanib, 1943 yil 2 fevralda yakun topdi. Xarakter jihatdan tezkor-strategik operastiyalarni shartli ravishda 3 bosqichga bo’lish mumkin.



  1. mudofaani yorib utish, raqib gruppirovkalarini tor-mor qilish va 6- hamda 4-nemis tank armiyalarini o’rab olish;

  2. dushmanning o’rab olingan gruppirovkasini ozod qilish harakatlarini barbod qilish va tashqi mudofaa qamalida sovet qo’shinining qarshi hujumini kuchaytirish;

  3. o’rab olingan nemis-fashist qo’shinlarining tor-mor qilinishi rejalari.

250 km chiziqda yuqori Mamondan to Kletsk hududlarigacha bo’lgan hududlarni Janubi-g’arbiy front egallangan.

Janubi-g’arbroqda, Kletskadan to Erzovkagacha, 150 km li chiziqni Don fronti egallaydi. Stalingradning Shimoliy chegaralaridan to Astraxangacha 450 km masofadagi uzunlikda Stalingrad fronti joylashgan.

Nemis-fashist armiyasining "B" guruhi 1400 km masofa uzunlikdagi frontda mudofaa ishlarini olib borganlar. Uning Voronejning Shimoli- g’arbida joylashgan chap flanga 2-nemis armiyasi Kursk yo’nalishini himoya qilgan. U bilan kushni 2-venger armiyasi Donning o’ng sohilida Xorkov yo’nalishida o’rnashgan. Keyin Don bo’ylab, Yangi Kalitvadan to Veshenskgacha Voroshilovgrod yo’nalishida 8-italyan armiyasi, Sharqroqda Veshenskdan Kletsgacha bo’lgan hududlarni 3-rumin armiyasi mudofaa qilgan. Stalingradga tutash hududlarda unchalik muvaffaqiyatli bo’lmasada, 6-nemis birikmalari, janubroqda, Krasnoarmeysk shahrining janubida 4-nemis tank armiyalari hujumlar uyushtirib turgan.

Nemis-fashist qo’shinlarini "Don" frontining harbiy havo kuchlari va 4 havo frontining bir qism kuchlari qo’llab-kuvatlagan.

5-tank armiyasi Janubi-g’arbiy front P. L Romanenko boshchilik qilgan hujum gruppirovkasi va general I. M Chistyakovning 21-armiyasi Serafimovich va Kleetskiy hududlarida hujumga o’tishi belgilangan. Unga raqib mudofaasini yorish, 3-rumin armiyasini tor-mor qilish va Kalach yo’nalishidagi hujumni rivojlantirib operastiyaning 3-kunida Stalingrad fronti qo’shinlari bilan qo’shilish vazifalari yuklatilagn edi.

Shu bilan bir paytda general D. D Lelyushenko o’mondonligidagi 1 gvardiyachi armiya yordamida janubi-g’arbiy yo’nalishda zarba yo’llash, Krivaya va Chir daryolari bo’yiga chiqish hamda bu erda kuchli qamal frontini barpo etish ko’zda tutilgan. Qo’shinlarni havodan turib qo’llab-quvvatlash va himoya qilish vazifasi general S. A Krasovskiy qo’mondonligidagi 17-havo armiyasi zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek general K. N Smirnov qo’mondonligidagi 2-havo armiyasi birikmalari ham safarbar qilingan.

19 noyabr tongida Stalingrad ostonalaridagi bepoyon kengliklarda minglab qurolarning alangasi sovet qo’shinlarining qarshi hujum boshlanganidan darak berardi.

Aviastiyasining hujumi noqulay meteorologik sharoitlar tufayli chegaralangan. Shu kun sobiq Sovet Qurolli kuchlarining gruppirovkalari shimolroqda, keyingi kun Stalingradning janubida hal qiluvchi hujumga o’tdi. Oxir-oqibat "ruslarning ko’chalarida bayram" bo’ldi. Bunday natija haqida mudofaa xalq kommissari 1942 yil 7 noyabrda o’z buyrug’ida bayon etgan edi. Bu tarixiy kunni butun sobiq sovet xalqi kutgan edi.

Stalingrad fronti qo’mondoni qarori bo’yicha asosiy zarbani 64, 57- va 51-armiyalar berdilar. Bularga general M. S. Shumilov, F. I Tolbuxin va N. I. Trufanovlar qo’mondonlik qilganlar. Frontning hujum gruppirovkasi Sarpinsk ko’li hududidan hujumga o’tish vazifasini oldi. 6-rumin armiyasi korpusini tor-mor qilish va hujumni rivojlantirish bilan shimoliy-g’arbga, sovetskiy, Kaloch yo’nalishlariga yurish, bu erda Janubi-g’arbiy front qo’shinlari bilan birikish vazifalarini olgan. General T. T. Xryukin qo’mondonlik qilgan frontning 8-havo kuchlari armiyasi hujum fronti qo’llab- quvvatlash va himoyalash uchun mo’ljallandi.

Stavka Stalingrad yo’nalishidagi frontlarga operastiyani amalga oshirish uchun 75 ta artilleriya va minomyot polklari bergan. Frontlarda jami 250 artilleriya va minomyot polklari bo’lgan, 15 mingdan ziyod qurol va minomyodlar bo’lgan-bu Moskva qarshi hujumidagidan 2 baravar ko’p edi. Bundan tashqari frontlarda 1250 ta jangovar mashinalar va reaktiv artilleriya stanoklari bo’lgan, bular bir zarbada 10 mingta snaryad chiqara olgan. Qo’shinlarni himoya qilish va asosiy obektlar uchun 11000 ta zenit qurollar bo’lgan.

13 noyabrda general G. K. Jukov va A. M. Vasilevskiylar Stalingraddan Moskvaga keldilar. Stavkaga frontlar tayyorgarligi, ularning ahvoli to’g’risida ma’lumot berdilar. O’shanda operastiyani boshlash muddatlari belgilandi, bu janubi-g’arbiy va Don frontlari uchun 19 noyabr, Stalingrad frontir uchun 20 noyabr qilib belgilandi.

Hujumga o’tish haqidagi buyruq janubi-g’arbiy va Don frontlariga 19 noyabr tunda, Stalingrad fronti qo’shinlariga 20 noyabr 1942 yil berildi.

Va nihoyat kutilgan tarixiy voqea Volgada sobiq sovet qo’shinlari qarshi hujumining ilk kuni boshlandi. 1942 yil 19 noyabr tongda Janubi-g’arbiy va Don fronti jangga tayyor bo’lib turdi. Aviadromlarda uchishga tayyor ekipajlar dushmanga qarata o’q otish uchun buyruqni kutardilar.

19 noyabrda asosan general A. G. Rodin boshchiligidagi 26-tank korpusi va general A. G. Kravchenko qo’mondonligidagi tank korpuslari muvaffaqiyatli urushganlar, ular 20-35 km ichkari kirganlar. Ilk kunlarda janubi-g’arbiy front armiyalari hujumlari muvaffaqiyat qozongan. 3-rumin armiyasining mudofaasi ikki hududda barbod qilindi: Serafermovichning janubi-g’arbida va Kelforskiy rayonida 2- va 4-rumin korpuslari tor-mor qilindi. Ularning Raspopinskaya hududida joylashgan qoldiqlari 6-armiya korpusi bilan birga har tomondan qurshab olingan edi.

Dushman qo’mondonligi tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida 20 noyabrda janubi-harbiy va Don fronti barcha chiziqlarda raqib qarshiligi kuchaydi. 20 noyabrda Stalingrad fronti qo’shinlari hujumga o’tdi. Sobiq sovet qo’shinlari Stalingraddan janubroqda nemis fashistlarga kutilmagan zarba berdi. German quruqlikdagi qo’shin qo’mondonligi oxir-oqibat amin bo’ldiki, "B" armiya guruhi qo’mondonligi ham, 6-armiya qo’mondonligi ham o’z qo’shinlarini qamaldan qutqarish ahvolida emas edi.

21 noyabrda janubi-g’arbiy frontning 26-va 4-tank korpuslari Monoylin viloyatiga keldilar va kutilmaganda Sharqqa burilib eng qisqa yo’l bilan Donga qarab yurdilar.

Janubi-g’arbiy front qo’mondonligi asosiy e’tiborini Raspopin viloyatida joylashgan, 21 noyabrda qurshab olingan rumin qo’shinlarini yo’qotishga qaratgan edi. 21 armiya qo’mondoniga bu gruppirovkani 23 noyabrda 10 soatga qolmasdan yo’qotishni buyurgan edi.


  1. noyabr 1800 da Paulyus "B" armiyasi guruhi shtabida radio orqali armiya qurshab olingani, yoqilg’i zahirasi tugab borayotganini, qurol-yarog’ zahirasi kamayib borayotganini, mahsulot faqat 6 kungagina etishini aytib ma’lum qiladi.

Dushmanni qurshab olish operastiyasi 23 noyabr soat 16 da kulminastiyasiga etdi. 24-30 noyabr davomida frontlar qo’shinlari hujumini davom ettirdilar. 30 noyabrga kelib dushman qurshab olgan hududlar ikki martaga kengaydi.

Dekabr boshida Stalingrad ostonalarida raqibning o’rab olingan kuchlarini tor-mor qilish bo’yicha "Halqa" operastiyasi ishlab chiqildi.

Kurashning ilk ikki soatida sovet qo’shinlari dushman mudofaasiga qarab bir necha kilometr ichkariga yorib kirdi. Bundan keyin dushman mudofaasini yorish va qo’shinni tezkor hujumga yo’naltirish uchun urushga tanklar, mexanizastiyalashgan va kavaler birikmalar safarbar qilingan. Bu qismlar o’z ta’sirida tarqoqlik bo’lishi ma’lum edi. Bu narsa sobiq sovet oliy bosh qo’mondonligini bezovta qilardi. Shu vaqtning o’zida sobiq sovet qo’shini qurshab olingan dushman qo’shinini tor-mor qilish maqsadida unga zarba berdi. 30 noyabrda dushman bosib olgan hudud 2 barovar qisqardi. Dushmaning qurshab olinishi bilan Stalengrad ostonalaridagi qarshi hujumning asosiy bosqichi nihoyasiga etdi.

Nemislar bunday holatda qanday yo’l tutgan? Ularning bosh qo’mondonligi o’rtasida ichki qarama-qarshi nuqtai-nazar paydo bo’ldi. Birinchi taraf 6-armiya egallangan pozistiyani saqlab turish, ammo xavfni bartaraf etib uni yo’q qilish uchun Stalingrad hududiga qo’shimcha kuch kuzatishni yoqlagan, ya’ni shu taklif bilan chiqqan. Boshqa ikkinchi taraf 6 armiyasini g’arb tarafdan yorib o’tishini tashkillashtirish va bu bilan oldini olish fikrini ilgari surgan. Fyurer 1-pozistiyani qabul qildi.

Nemis fashist qo’mondonligi qurshovdagi gruppirovkalarga unda yordam uchun ma’lum qism bilan yorib o’tishga o’rinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun feldmarshal Manshteyn rahbarligida "Don" armiya guruhini tuzishga tezkor ravishda kirishdi. Uning tarkibida Donning o’rta oqimi bo’ylab janubga qarab Qalmiq cho’llarigacha harakat qilayotgan qismlar va qurshab olingan qo’shni guruppirovkalari kirgan. "Don" armiyasi 4-havo flotlari (500 ga yaqin samolyot) qo’llab-quvvatlagan. Qamaldagi qo’shinlarni qurshovdan qutqarish vazifasi armiyaning "Sot" guruhiga yuklatilgan. Bu grupparovkaning tarkibida asosan qamaldan qochgan 4-nemis tank va 4-rumin armiyalari bo’lgan. 12 dekabrda bu armiya guruhlari Kotelnikovskiy rayonidan Stalidgradga kuchli qarshi zarba qo’lladi.

Nemis o’shni o’z o’lik soldatlari yordamida yo’lni qulay qilib qamal qilingan guruhgacha yo’lni ancha qisqartirishga muvaffaq bo’ldi. Ammo 51 armiya jangchilari o’z chegaralarida o’limga tik boqib turdilar. Yuqori Kumskiy qishlog’idagi qahramonlik muhim. Bu erda podpolkovnik M. S. Dvasamudze boshchiligidagi o’qchi polki va podpolkovnik Aslanovning tank polklari 4-mexanizastiyalashgan korpusning boshqa qismlari bilan hamkorlikda dushmanlarning ko’p hujumlarini qaytargan. Sobiq Sovet qo’shini tomonidan nemislarning 40 tanki, 50 avtomashinasi va 3 bataloni yo’qotilgan. Sobiq Sovet qo’mondonligi tezkor va qat’iy choralar ko’rdi: Mishkov daryosining shimoliy qirg’og’i bo’ylab armiyaning 2-gvardiyasidan ajratib olingan qo’shin tashlandi. Bu qo’shin 22 dekabrda raqibning keyingi harakatlariga chek qo’yib 8 ming askarini o’ldirgan, 230 tank, 82 samolyot va 100 ga yaqin qurol-yarog’larini yo’qotgan 2- va 51-armiyalar hal qiluvchi hujumga o’tdilar. 24 dekabrdan 30 dekabrgacha bo’lgan davrda dushmanning Kotelnikovskiy yo’nalishdagi qo’shinlariga zarba berdi. Qolgan qismi Stalingrad fronti qo’shinlari tomonidan chekintirildi.

3. Dushmanning deblokada bo’yicha rejalarining barbod bo’lishi uchun sobiq sovet qo’shinlarining O’rta Donga yurishi muhim ahamiyatga ega edi. Janubi-g’arbiy frontning dekabrda ishlab chiqilgan rejalarini o’zgartirgan edi. Rostovka zarba berish rejasi 16-dekabrda frontning Millerova Morozovskga ("Kichik saturn" operastiyasi) hujumi rejalashtirildi. Buning natijasida armiyaning "Don" qismi krizis holatiga tushib qoldi. Italo-nemis qo’shinlarining mudofaasi uch kunlik jangda singdirilgan edi. Tank korpuslari tezlik bilan ichkariga kirib boraverardi. General Badonov boshchiligidagi 24-tank korpusi jangchilari mohirlik bilan harakat qilib 24 dekabrda dushman kutmagan ravishda Tatsinskaya stanstiyasi va aerodromni egalladilar va Lixaya-Stalingrad temir yo’lini kesib tashladilar. Uch kun davomida ular o’rab olgan holatda mardlarcha kurashdilar. 54-tank, yoqilg’i va qurol tanqisligi holatida ham korpus dushman tomonidan uyushtirilayotgan hujumlarni bartaraf etardi keyin qo’mondonlikning ruxsati bilan korpusning bo’limlari qurshovdan chiqdilar va frontning asosiy kuchlarga qo’shildilar.

O’rta Don hududidagi shiddatli urushlar ikki hafta davom etdi. Shu vaqt mobaynida sovet qo’shinlari 200 km ichkariga kirib bordilar 8-italyan armiyasi va 3-rumin armiyasi qoldiqlari tor-mor qilindi. Janubi-G’arbiy front qo’shinlari "Don" armiyasi guruhining orqa tomonida paydo bo’ldilar. Bu ishlarning bari Stalingrad-Rostov yo’nalishida vaziyatni tubdan o’zgartirdi va 6-armiyaning taqdirini oldindan hal qilib qo’ydi.

Sobiq Sovet qurolli kuchlari dekabr oyida katta muvaffaqiyatlarga erishishi Janubi-g’arbiy front va Voronej frontining chap qanot qo’shinlari 8-italyan diviziya va brigadalarni yo’qotdi. 5-rumin diviziyasi va nemis diviziyasini tor-mor qilishdi, 6-nemis piyoda va tank diviziyalariga jiddiy zarar etkazdi. Rakdbning 60 ming soldat va ofisterlarini asirga olishdi va juda katta o’ljalarni qo’lga kiritdilar. Ular 1250 ga yaqin aholi punktlarini ozod qildilar. Stalingrad fronti askarlari dushmanning Kotelnikovskiy grippirovkasiga zarba berib uni jiddiy mag’lubiyatga uchratdilar, 24-31 dekabr oraligida 16 ming dushman soldat va ofisterlarni o’ldirdilar hamda asir oldilar juda ko’p harbiy texnikalarni o’lja sifatida qo’lga kiritdilar,

Sobiq Sovet qo’shinlari 130 dan ortiq aholi punktlarini ozod qildilar.

1942 yilning so’nggi kunlarida Stalingrad frontining chap flanga armiyasi Rostovga hujumni davom ettirish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edilar.

Janubi-g’arbiy front qo’shinlari esa Donbass va Harkov yo’nalishidagi hujumga tayyorgarlik ko’rayotgan edilar.

Stalingrad ostonalarida qurshovga olingan dushman gruppirovkalari Don frontti qo’shini tomonidan qattiq siquvga olingan edi. Dushmanga bu siquvdan kutilishga umid yo’q edi. Dushman qo’shinlarini batamom yo’qotish uchun Sovet qo’mondonligi shartli ravishda "Halqa" deb nomlangan operastiya tayyorladi. Shu bilan bir vaqtda sobiq sovet qo’shinlari sekin ammo mustahkam va tizimli ravishda front qamalini davom ettirdi. Shunday pozistiya bilan dushmanni siquvga oldi. Aviastiya va havo kuchlari esa dushmanni havodan turib mustahkam qurshab oldi.

Qarama-qarshi kuchlar ya’ni nemis qo’shining ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi.

Ta’minot miqdori pasaydi, qurol-yarog’larning etishmasligi boshlandi. Soldat va ofitserlarning ruhini ko’tarish maqsadida nemis qo’mondonligi ularni tashqi zarba bilan qamaldan chiqishga ishontirar edi. 1943 yil yanvar boshlarida qurshab olingan raqib gruppirovkasi 250ming askar 300 tagacha tank, 4300 qurol va minomyotlar, 100 jangovor samolyotga ega bo’lsa ham va bu bilan sobiq sovet kuchlarining ma’lum qismini siqib qo’ysa ham, umuman olganda u o’zining strategik ahamiyatini yo’qotib borardi.

Sobiq sovet askralarining faoliyati va harakatlari haqidagi ma’lumotlar tarqatildi. Jangovor faollikning oshishiga harbiy ittifoqlar va siyosiy organlarning qo’shinga murojaati, shuningdek ularga yo’llagan maktublari sabab bo’ldi. Birgina Don fronti qo’shiniga 1942 yilning 20 dekabridan 1943 yilning 1 fevraligacha 4500 taga yaqin alohida va 2 mingdan ortiq jamoaviy maktublar yo’llangan.

Bularning barchasi qo’shinning jangovar qobiliyatini oshirishga ularda jangovarlik shijoatini rivojlantirishga, nemis-fashistlariga qarshi kurashda ommaviy qahramonlik ko’rsatishlari sabab bo’ldi.

1943 yilning ilk kunlarida Don frontining qo’shinlari hal qiluvchi hujumga o’tish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda edilar. Harbiy Komitet Stavkasi Stalingrad ostonalariga o’z vakili sobiq savet armiyasi artilleriyasi qo’mondoni general N.N Voronovni yuboradi. Janubi front nomi bilan o’zgartirilgan Stalingrad fronti (qo’mondon general A. I Eremenko) Rostovka hujumni rivojlantirdi.

Don fronti qo’shinlari (qo’mondon K. K. Rokossovskiy) 20 ming askar bilan to’ldirildi va artilleriyalar bilan kuchaytirildi.

Raqibning hujumga o’tishi vaqtida Stalingrad frontining 51- va 5-hujum armiyalari tarkibida 115 ming askar, 329 ta tank, 1133 ta qurol va minomyotlar bo’lgan. Ularni havodan turib himoyalash yordam berish uchun 220 ta samolyot safarbar qilingan. Bu armiyaga qarshi raqib 124 ming askar, 650 tank, 852 ta qurol va minomyotlar, 500 samolyotdan iborat bo’lgan armiyani tayyorlagan. Raqib tank va samolyotlarda sobiq sovet qo’shinidan 2 marta ustunlikka erishishga muvaffaq bo’ldi. Shu bilan birga raqib asosiy kuchini janglarga toliqib qolgan. 51 armiyaga qarshi yubordi. Odam soni va artelleriyada raqib kuchlari ushbu armiyaga nisbatan 2 barobar ustun edi, tanklar bo’yicha esa 6 marta 51-armiyadan ustun edi. 12 dekabr tongda raqibning 2 tank diviziyalari sobiq sovet Ittifoqining Tixoretsk-Stalingrad temir yo’llari bo’ylab zarba berdi. Tank diviziyalari sobiq sovet qo’shinlarining mudofaasini yorishga va keyingi kun Yuqori Kumnskiy viloyatiga chiqishga muvaffaq bo’ldi. Stalingrad frontining raqib qo’shinlarini 51-armiya hududlarida 13-tank korpusi bilan urush paytida to’xtatishda o’rinishlari zoe ketdi. O’shanda raqib hujum kuchlarining bir qismini chalg’itish uchun front qo’mondonligi 5-armiyaga Nijnechirskda hujumga o’tish va nemis jangchilarini plostdarmdan yo’qotishni buyurdi. 14 dekabrda bu armiya birikmalari dushman mudofaasini yorib o’tdilar. Nijnechirskni egalladilar va dushmanni plostdarmdan uloqtirib, 51- armiyaning ung flangini qo’shimcha kuchlar bilan ta’minladilar. Bu urushlarda general P. A. Rotmistrov qo’mondonligidagi 7-armiya muvaffaqiyatli harakatlar olib borgan.

Raqib qurshab olingan guruhlarga yaqinlashish uchun ularning oldiga borish maqsadida hujum kuchini oshirar edi.


  1. dekabrda Janubi-g’arbiy, Voronej frontlarining hujum gruppirovkalarining artelleriya tayyorgarliklaridan so’ng hujumga o’tdilar. Qalin tuman natijasida artilleriya olovlarining cho’g’i juda past bo’lgan, samolyotlar havoga ko’tarila olmagan. Natijada raqib mudoffasi etarli darajada sindirilmadi. Bularning natijasida sovet qo’shinlari raqibning tashkillashtirilgan qarshi hujumiga duch keldilar.

  2. dekabr tongida 6-va 1-gvardiya armiyalar birikmalarining (qo’mondonlari general F. M. Haritonov, V. I. Kuznestov) artilleriya va aviastiya tayyorgarliklaridan so’ng hujumni yangiladilar.

Raqibning kuchli qarshiligini engib va uning shafqatsiz qarshi hujumlarini qaytarib 6- va 1-gvardiyachi armiyalar 2 kuni raqibning mudofaa hududini yorib kirdilar va 20-25 km ichkari kirdilar. Asosan 18 dekabr kuni raqib qattiq qarshilik ko’rsatgan Italyan va u bilan birga harakat qilayotgan nemis birikmalari katta yo’qotishlarga duch kelgandan so’ng janub va janubi-sharqqa chekina boshladilar. 3-gvardiyachi qo’shinlar Bokov viloyatida juda qattiq qarshilikka duch keldilar.

Stavka qo’shini boshqarish oson bo’lishi uchun 1942 yil 19 dekabrda Voronej fronti tarkibidagi 6-armiyani janubi-g’arbiy front tarkibiga o’tkazishni buyurdi.

7 tank korpusi hujumni rivojlantirib 29 dekabr tongda Katelnikova shahrini egalladi. 51-armiya birikmalari janubi-g’arbiy yo’nalish bo’ylab muvaffaqiyat bilan harakat qilganlar va 28 dekabrda Kotelnikovdan g’arbrokdagi temir yo’lni kesib o’tdilar. Ularga qarshi turgan raqib kuchlari tartibsiz ravishda Sal daryosiga qarab chekindilar.

31 dekabrdan 2-gvardiya va 51-armiyalar (bular Stalingrad fronti tarkibida bo’lgan) qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajargan holda Rostov yo’nalishidagi hujumda tayyorgarlikni ham boshlaganlar. Shu paytda janubi-g’arbiy front qo’shinlari Donbass yo’nalishida yangi hujum boshlash maqsadida o’z qo’shinlarini qayta tuzdilar.

Natijada O’rta Don va Kotelnikovda muvaffaqiyatli operastiya olib borilgani sababli nemis-fashist qo’shinlarining Stalingrad ostonalarida qamalda bo’lgan grupirovkalarini qamaldan ozod qilish rejalari barbod bo’ldi. Qamaldagi nemis gruppirovkalarini tor-mor qilish qulay sharoit paydo bo’ldi. Asosan dekabr voqealarida "Kichik Saturn" operastiyasini muhim ahamiyat kasb etadi. Janubi-g’arbiy front qo’shinlari Voronej frontining chap qanotlari dushman kuchlariga yangi katta mag’lubiyatlar keltirdi va Stalingradda boshlangan qarshi hujum masshtabini kengaytirdi. Bu operastiya natijasida raqibning 340 km kenglikdagi chiziqda mudofaasi yo’q qilindi. 8 italyan armiyalarining asosiy kuchlari, "Xollidt" tezkor guruhi va 3-rumin armiyasining qolgan qismi tor-mor qilindi. Jami 5 italyan diviziyalari va 3 brigadalari yo’qotilgan edi. 5-rumin va 1-nemis diviziyalari tor-mor qilingan edi. 4 piyoda va 2 tank nemis diviziyalari mag’lubiyatga uchratilgan edi. Sobik sovet qo’shinlari 60 mingga yaqin soldat va ofisterlarni asirga olishdi. 368 ta samolyotni qo’lga oldilar, 176 tank, 1927 qurol va boshqa narsalarni o’lja oldilar.

Hujum vaqtida 1246 ta aholi punktlari ozod qilindi, 10 minglab sovet fuqarolari ham ozod etildi.

Dekabr urushlarida shuningdek Stalingrad fronti ham jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Stalingrad fronti qo’shinlari Kotelnikov yo’nalishidagi raqib gruppirovkalarini mag’lubiyatga uchratib, ularni Manch daryosi narigi qirg’og’iga uloktirdilar.

24 dekabrga qadar front qo’shinlari 130 ta aholi punktlarini ozod qildilar, 16 ming dushman soldat va ofisterlarini asirga olib ularni yo’qotdilar, 70 tank, 347 ta qurol va minomyotlar, 20 samolyot va juda ko’p sonli harbiy texnika vositalari o’lja olindi.

Stalingrad ostonalaridagi jangning 10 yanvardan to 2 fevralgacha davom etgan (1943 yil) yakunlovchi bosqichi "Halqa" operastiyasi bilan amalga oshirilgan. Uning maqsadi 6-nemis armiyasini to’la yo’qotish edi.

O’rab olingan raqib armiyasini yo’q qilish rejasini amalga oshirish 18 dekabrdan boshlangan. Raqib aviastiyasi bilan kurash 4 zonada amalga oshirilgan. Havoda dushmanga qarshi kurashda frontning zenit qismlari va Stalingrad korpusining havo kuchlariga qarshi mudofaa hududlari muhim rol o’ynagan.

Bu erda jami 395 ta o’rta va kichik kalibrdagi zenit qurollari va 241 ta zenit pulemyotlari to’plangan.

Dekabr davomida zenit, va er artilleriyasi, qiruvchi va bombardimonchi aviastiya Stalingradda, aerodromlarda va havoda raqibning 700 dan ortiq samolyotini yo’qotgan. Dushmanning tashuvchi aviastiyasi jiddiy zarar ko’rganligi tufayli qo’shinni turli mahsulotlar bilan etarlicha ta’minlay olmagan.

1942 yil 24 noyabrdan to 1943 yil yanvar oyining o’rtalarigacha bu qismga qo’shinga bir sutkada 100 tonnadan kamroq turli yuklar etkazgan xolos, ammo o’sha paytda sutkalik ehtiyoj 1000 tonnani tashkil etardi.

6 armiya qo’mondonligi kundan-kunga askarlarning oziq-ovqat normasini kamaytirar edi. Paulyus shundan guvohlik berardiki, oxirgi paytlar armiya generallari va hatto qo’mondonlar 1 kunda 150 gramm, soldatlar esa 50 gramm non olishardi.

22 yanvar sobiq sovet qo’shinlari butun qamal frontida hujumini yangiladilar. 4 kunlik shafqatsiz urushlar natijasida ular yana 10-15 km ichkari kirdilar.

25 yanvarda nemis-fashistlar juda tor hududda shimoldan janubga 20 km, g’arbdan sharqqa 3,5 km hududda siquvga olingan edi. 10 yanvardan to 25 yanvargacha raqib o’ldirilgan, yaralanganlar va asir olinganlar jami 100 ming kishini yo’qotdi. Ammo shunga qaramay qattiq qarshilikni davom ettiraverganlar.

27 yanvardan raqib kuchlarni yo’qotish bo’yicha kurashlar boshlandi. 26 yanvar tongdan boshlab front qo’shinlari qo’yilgan vazifalarni bajarish bo’yicha chora-tadbirlar ko’ra boshladilar. Xuddi shu kuning kechki paytida Qizil oktyabr qishlog’i va Mamay qo’rg’onida 21- va 62-armiyalarning tarixiy uchrashuvi bo’ldi. Shunday qilib 19 noyabrda boshlangan qarshi hujum 2 fevralda yakun topdi.

10 yanvardan to 2 fevralgacha davom etgan Stalingrad ostonalaridagi jangning hal qiluvchi bosqichi qurshab olingan 6-nemis armiyasini to’la-to’kis yo’q qilish maqsadini ko’zda tutgan "Halqa" operastiyasidan iborat edi.

6 armiya qo’mondonligi kundan-kunga oziq-ovqat normasini kamaytirishga majbur edi. Paulyus shuni ta’kidlaganki, kapitulyastiya oldidan armiyaning barcha generallari, shu bilan birga qo’mondonning o’zi ham bir kunda 150 gramm non soldatlar 50 gramm non olganlar. Ammo fashistik Germaniya rahbarlari 6- armiyaning ahvolini xalqdan yashirganlar.

Armiyaning ruhini ko’tarish uchun fashist qo’mondonligi keng targ’ibot ishlarini olib bordi. Qo’mondonlik soldat va ofisterlarni Gitler ular haqida qayg’urayotganligini yordam yaqinda etib kelishini, oxirgi patrongacha kurashish kerakligini ta’kidlaydi. Agar kimki, ko’ngli bo’shlik qilsa, qarshilikni to’xtatsa, otib tashlanishi aytilgan. Bu ta’kidlashlar, qo’rqitishlar aniq ishlar bilan mustahkamlangan: urush qilishdan bosh tortish va mag’lubiyat kayfiyati uchun 6-armiyada 360 dan ortiq o’lim jazosi qo’llangan.

Ammo bu ham yordam bermagan. Soldatlarning ruhi pasayib borgan. Jangchilar och qolgan va qurol-yarog’lar taqchiligi kuchli sezilgan. Stavka va Don frontiring Harbiy Ittifoq bilan birgalikda ishlab chiqilgan raqibni yakuniy tor-mor qilish rejasi 6- 5-armiya kuchlari g’arbdan sharqqa qarab zarba berishini ko’zda tutgan. Birinchi bosqichda operastiyasining birinchi bosqichida bu armiyaga janubi-sharqiy yo’nalishda yangi Regochikda yurish va 21-armiya va 64 va 57-armiyalarning hujum gruppirovkalari bilan ittifoqda Rossoshka daryosidan g’arbga qarab mudofaada bo’lgan raqib kuchlarini yo’q qilish vazifasi yuklatilgan. Asosiy zarbani bergan 65 armiya tarkibida butun Don frontining 1/4 qism kuchlari va qurollarini o’z ichiga olgan. Shuningdek 16-armiya aviastiya kuchlari ham asosiy zarba yo’nalishiga mo’ljallanadi. 65-armiyadan chaproqda hujum qilgan 24-armiya uning flangalarini ta’minlashi kerak edi.

Operastiyaning dastlabki bosqichida Don fronti qanday harakat qilishi 1943 yil 4 yanvarda Stavka tomonidan belgilab qo’yildi. Bu vazifani bajarish uchun Don fronti qo’shinlari kuchaytirilishi kerak edi. Shaxsiy tarkib mustahkamlanishi uchun 20 ming kishi bilan to’ldirildi. "Halqa" operastiyasi boshlanishi arafasida Don fronti tarkibiga 39 o’qchi diviziya, 10 ta o’qchi moto o’qchi va dengiz brigadalari kirgan, yana shu bilan birga 7 ta aviastiya diviziyasi, 45 minomyot va artilleriya polklari, 5 ta tank brigadasi, 14 tank polki, Rovaga qarshi mudofaaning 17 artilleriya polklari kirgan. Ammo bu qism va birikmalar shaxsiy tarkib bilan yaxshi to’ldirilmagan shu sababli sobiq sovet qo’mondonligi raqibga nisbatan umumiy son jihatidan ustunlikka ega bo’lmagan.

1943 yil 10 yanvarda Don fronti chizig’ida kuchlar nisbati Sobiq Sovet kuchlari shaxsiy tarkibi 212 ming, 6860 qurol va minomyotlar, 257 tank, 300 jangovor samolyotlarga ega bo’lgan.

Nemis-fashist armiyasida 250 ming shaxsiy tarkib, 4130 qurol va minomyotlar, 300 tank, 100 ta jangovor samolyotlarga ega edi. Umumiy kuchlar nisbati shaxsiy tarkib bo’yicha 1:1,2 qurol va minomyotlar bo’yicha 1:1,2 jangovor samolyotlar bo’yicha esa 3:1 ga teng ko’rsatkichga ega edi.

Bu Don fronti qo’shinlarining tarkibi va kuchlar nisbati edi. Shunday qilib Don fronti qo’shinlari raqibdan faqat artilleriya va aviastiya jihatdangina ustun bo’lgan xolos. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki qamal natijasida dushman yoqilg’i va qurol-yarog’ zahirasining etishmasligi sababli texnikaning shuningdek tanklarning ham katta qismini ishlata olmagan.

Sobiq Sovet qo’mondonligi qo’shinlarini qayta tuzilishi natijasida asosiy zarba yo’nalishida kuchlar nisbati bo’yicha ustunlikka ega bo’ldi. 65 armiya o’z chizig’ida ya’ni hujum chizig’ida odam soni bo’yicha raqibdan 2 marta, qurol va minomyotlar bo’yicha 4 marta ustun bo’lgan.

8 yanvarda Sobiq Sovet qo’mondonligi xunrezliklarni to’xtatish maqsadida Stalingrad ostonalarida qurshovga olingan dushman qo’shinlariga bema’ni qarshiliklarni to’xtatish va taslim bo’lish to’g’risida ultimatum yubordi.

Quyida keltirilgan ultimatum matni bu hujjatning insoniylik xarakteriga ega ekanligini ko’rsatadi.


"Stalingrad ostonalarida qurshab olingan 6 german armiyasi qo’mondoni general polkovnik Fon Paulus yoki uning o’rinbosariga"

6-german armiyasi, 4-tank armiyasi birikmalari va ularga biriktirilgan qismlar 1942 yil 23 noyabrdan to’liq qamalda. Qizil armiyaning bir qismi german qismlarining bu guruhlarini mustahkam xalqa yordamida o’rab oldi.

German qo’shinlaring janubdan va janubi-g’arbdan hujumlari orqali barcha qo’shinlarni qutqarib qolish umidi barbod bo’ldi. Qurshab olingan qo’shinlaringizning ahvoli og’ir. Rus qishi endi boshlanyapti; Kuchli izg’irinlar, sovuq shamollar hali oldinda, sizlarining soldatlaringiz esa, hali qishki kiyim-kechak va mahsulotlar bilan ta’minlanmagan va juda og’ir antisanitar sharoitdalar. Siz qo’mondon sifatida va barcha qamaldagi qo’shinlar ofisterlari tushunasizlarki, sizda xalqani yorib o’tish uchun hech qanday imkoniyat yo’q.

Sizlar umidsiz bir ahvoldasizlar va yana qarshilik ko’rsatishlaringiz be’manilik.

Siz uchun imkonsiz bir vaziyatning tug’ilganini inobatga olib, ko’p qon to’kishlarni oldini olish maqsadida sizga quyidagi kapitulyastiya shartlarini qabul qilishingizni taklif kilamiz:


  1. Qamalga olingan barcha german qo’shinlari sizning boshchiligingizda va shtab bilan birga qarshilikni to’xtatsin.

  2. Tashkiliy ravishda shaxsiy tarkib qurol-yarog’, barcha jangovar texnikalar va harbiy buyumlarni to’laligicha bizning ixtiyorimizga topshiring.

Biz qarshilikni to’xtatgan barcha ofister, unter-ofister va soldatlarga hayot va xavfsizlikni kafolatlaymiz, urush tugaganidan so’ng esa Germaniyaga qaytishini yoki xohlagan mamlakatiga ketishini ta’minlashni kafolatlaymiz.

Taslim bo’lgan shaxsiy bo’lim askarlarinig harbiy kiyimlari belgi va ordenlari shaxsiy narsalari, qimmatbaho narsalari o’zida saqlanib qoladi, oliy ofisterlik tarkibini esa hatto quroli o’zida qoldiriladi.

Taslim bo’lgan barcha ofister, unter-ofister va soldatlarga tezda me’yordagi oziq-ovqat normalari joriy qilinadi.

Barcha yaralangan, kassalangan, muzlab qolganlarga tibbiy yordam ko’rsatiladi.

Sizning javobingizni 1943 yil 9 yanvar Moskva vaqti bo’yicha 15:00 da kutamiz, javob shaxsan siz tomondan yozma ravishda yozilib, engil mashinada oq bayroq ko’tarilgan holatda Kamniy yo’li bo’ylab olib kelinishi kerak. Sizning vakilingiz ishonchli rus komandirlari tomonidan "B" huddudda 564 burilishdan janubi-sharqda 15:00 1943 yil 9 yanvarda kutib olinadi. Ogohlantiramiz siz tomondan kapitulyastiya haqidagi taklif rad etilsa qizil armiya qo’shinlari va qizil havo floti qo’shinlari o’rab olingan german qo’shinlarini tor-mor qilishga majbur bo’ladi. Ularning yo’qotilgani uchun esa siz javob berasiz.

"Qizil Armiya Bosh Qo’mondon Stavka vakili artilleriya qo’mondoni general-polkovnik VORONOV, Don fronti Qo’shinlari qo’mondoni general-leytenant ROKOSOVSKIY"

Ultimatum matn nemis tilida bir necha marta radio orqali o’qib eshittirildi va raqib qo’shinlari orasida qog’ozlarda tarqatildi. Bu haqda katta targ’ibot ishlarini mashhur german va xalqaro ishchilar harakati arbobi Valter Ulbirixt va nemis antifashist yozuvchilari Erix Vaynert hamda Villi Bredel kabi arboblar olib borganlar. Ular 6-armiya soldat va ofisterlari bema’ni qarshilikni tugatib qurollarni tashlashga chorlaganlar. Ammo fashist qo’mondonlari sobiq sovet qo’mondonligining insoniylik takliflarini rad etib o’uz soldatlarini o’lim yoqasiga uloqtirdilar.

10 yanvar ertalab Don fronti qo’shinlari kuchli artilleriya va aviastiya tayyorgarligidan so’ng hujumga o’tdi. Raqibning kuchli qarshiligini sindirib kun chiqishiga bir qator hududlarda raqib mudofaasini sindirishga muvaffaq bo’lindi va 6-8 km ichkariga kirildi.

12 yanvar arafasida frontning asosiy zarba gruppirovkasi Rossoshka darajasida chikdi. 64- va 57-armiyalarning birgalikdagi kuchi Bosorgina stanstiyasiga hujum qilib raqibning Chervlenaya daryosidagi qarshiligini yorib o’tdilar. Sobiq Sovet armiyasi kuchli hujum boshlandi. Dushman titrardi va ko’p yo’qotishlar qilganidan Stalingradga qarab chekinishi boshladi.

Chekingan dushmanni kuzatgan Sobiq Sovet jangchilari 20 darajali izg’irin, sovuq shamol dovullarga qaramay kuchli iroda bilan dushmanni ta’qib qilardi. 17 yanvarda Don fronti qo’shinlari Katta Rassoshka hududiga chikdilar, Ganchara qishlog’igacha bordilar.

Bu erda raqibning oldindan tayyorlangan kuchli qarshiligiga duch keldilar. Sobiq sovet qo’mondonligi qurshab olingan dushmanga kapitulyastiyani ikkinchi marta taklif qildi yana rad qilindi. Agar dushman taslim bo’lmasa u yo’qotiladi. Sovet armiyasi shunga tayyorlandi.

22 yanvarda Sobiq Sovet qo’shinlari butun qamal frontida hujumni yangilashdi. 4 kunlik shafqatsiz urushlardan so’ng ular yana 10-15 km ichkariga kirdilar. 21-armiya Gumralning Sharkdagi temir yo’lni kesib tashladi, 64 va 57-armiyalar Stalingradning janubi qismini egallaganlar, 65-armiya esa Aleksandrovka va Gordishani egallagan. Raqib so’nggi aerodromlardan judo bo’ldi, tashuvchi va jangovor samolyotlar qabuli to’xtatildi.

6-armiya qo’mondonligi 24 yanvar kuni nemis-fashist Oliy Bosh Qo’mondonligi va Don armiya guruhi qo’mondonligiga ma’lumot beradi. "Mudofaani davom etirish aqlga sig’maydi. Mag’lubiyat aniq, qolganlarni ham tirik qoldirish uchun armiya tezda kapitulyastiya qilishni so’rayapti". Bu iltimos rad qilindi. 25 yanvarga borib qamal hududi maydoni 100 kv km dan oshmadi. Nemis qo’shinlari katta bo’lmagan huddudda ya’ni shimoldan janubga 20 km, G’arbdan-Sharqqa 3,5 km maydonga siqib qo’yildi. 10 yanvardan to 25 yanvargacha ular halok bo’lganlar yaralangalar va asir olinganlar bilan jami 100 ming kishini yo’qotdilar, ammo shunga qaramay qarshilikni davom etirdilar.

Stalingrad g’alabasi Sobiq Sovet xalqining bardoshi va uning qurolli kuchlari tomonidan shonli solnomalaridagi fashizimga qarshi kurashning bir sahifasi edi.

Ushbu g’alabani ruhlantirgan va amalga oshirishga katta hissa qo’shgan omillar odamlar soni, resurslarni boshqarib, ularni harbiy siyosiy maqsadga yo’naltirgan jang yo’nalishini tashkil etgan va bosqinchilarni vatan hududidan haydab chiqarishni boshlab berdilar. Sobiq Sovet armiyasining qarshi hujumi natijasida nemislarning 6 va Ruminiyaning 3 va 4-italyanlarning 8-tank qo’shini tor-mor qilindi. Dushman qo’shinini Volga va Don daryosidan 100 km gacha quvib borishdi. Muhim Strategiyaning tuzilganligi sababli Stalingrad butunlay ozod bo’ldi. Stalingraddagi yorqin g’alaba sobiq sovet qurolli kuchlarining qarshi hujumining kuchayishiga sabab bo’ldi. Hujum davri 200 kun davom etdi. Fashistlar 1/4 qism kuchini yo’qotdi. Dushmanning umumiy yo’qotishi vafot etganlar, jarohatlanganlar, asirlar va izsiz yo’qolgan askar va ofisterlar 1,5 millionni tashkil qildi. Nemis fashist qo’shini Stalingrad ostonasida 1942 yil 19 noyabrdan 1943 yil 2 fevralgacha 800 ming odam 2 ming tangchi shturm bilan qurollanganlar, 10 ming minomyotlar bilan qurollaganlar, 3 minga yaqin jangari samolyotlarni yo’qotdi.

Vermoxt 32 diviziyadan va 3 ta brigadadan ajraldi. 16-diviziya og’ir ahvolda qoldi. Stalingrad qamalda 22 nemis diviziyasi tor-mor keltirilgan. Don fronti 91 mingdan ortiq soldat va dushman ofisterini qo’lga olgan. Xususan 2500 ofister va 24 general asirga olingan. Jang maydonida 140 ming nemis soldat va ofisterlari o’ldirilgan.

Stalingrad g’alabasi 2-jahon urushining borishiga ta’sir ko’rsatdi. Sobiq sovet armiyasining Stalingrad ostonasidagi g’alabasi Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibidagi xalqlarning iqtisodiy va siyosiy yuksalishiga olib keldi. Frontdagi g’alabadan ruxlangan ishchilar ishni yanada kuchaytirishdi. Bu g’alaba ular ruxini kutardi. Ular ishonchini mustahkamladi va tez orada qamaldan qutulib, nemis fashistlarini to’laligicha tor-mor qilishlariga ishonch oshdi. Sobiq Sovet xalqi va uning qurolli kuchlarining Stalingrad ostonasidagi harakati insoniyat xotirasiga abadiy muhrlandi. Shu erdan afsonaviy qahramon shahardan butunjahon tarixiy g’alabasi 2 jahon urushidagi antifashist koalistiyasining g’alabasi uchun yo’l ochildi.

AQSh prezidenti F. Ruzvelt 1943 yil 3 fevralda Stalinga yuborgan xatida Stalingraddagi jang, og’ir kurash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini va g’alaba bilan butun Amerika xalqi nomidan tabriklashini yozgan.

Stalingrad ostonasidagi mag’lubiyat Germaniya uchun qiyin holatga olib keldi, yo’qotishlarni to’ldirish, jangovar holatga o’rgatish qiyin edi. Iqtisodiy bo’lim boshlig’i general Tomas nemislarning yo’qotishiga sabab faqat Stalingraddagi mag’lubiyat deb ta’kidlagan edi. Stalingraddagi asosiy zarbani quruqlik qo’shin artilleriyasi berdi. Barcha operastiya bosqichlarida artillerichilar dushmandan himoyalanish uchun jon- jahdi bilan harakag qildi, qarshi hujumga tanklarning harakati umid bag’ishladi. Qarshi, hujum artilleriyachilar tomonidan amalga oshirildi. Bu tajriba Sobiq sovet qo’shinlarining keyingi hujumlarida asosiy o’rin tutgan. Stalingrad jangidagi qarshi hujumning boshlanish kuni 19 noyabrda boshlandi va bu kun artilleriyachilar kuni deb belgilandi.

Aviastiya orqali havodan bo’lgan zarba nemis-fashist qo’shinlarining tor-mor keltirishidagi asosiy zarba bo’lib xizmat qildi. Aviastiyaning faol Harakati tufayli qurshab turgan dushman qo’shinlariga hujum uyushtirildi. Bu qarshi zarba dushman qo’shinlarini orqaga siljitishga sabab bo’ldi. Nemis-fashist qo’shinlariga berilgan aviastiya hujumi omadli yakunlandi. Stalingraddagi jangda aviastiya hujumidan keyin tanklarning harakati dushmanning tor-mor bo’lishidagi asosiy vosita bo’lib xizmat qildi.

Stalingrad jangidan so’ng qo’shindagi ta’minot yaxshilandi. Qo’shin orti qatnashchilari zarur barcha materiallarni etkazib berishdi. Oldinga qo’yilgan maqsadlarni hal qilish uchun ulkan sharoit yaratildi. Qo’shinni to’g’ri tashkil qilish g’alabaning muhim sababi bo’ldi.

1943 yil 13 yanvarda nemis-fashist qo’shinlari butunlay tor-mor keltirish uchun qurshab olindi, nemis qo’shinlari o’zlarining qo’shinlarini qurol-aslahalarini yo’qotmaslik uchun harakat qildilar. Germaniya uchun bu juda muhim edi. Nemis-fashist qo’shinlariga etgan katta talofat Gitler armiyasi uchun katta yo’qotishlarga olib keldi.

Nemis-fashist generallaridan E. Butler ushbu jiddiy fojeani shunday baholaydi.

"Germaniya bu urushda shunchaki engilmadi, balki sinalgan yuqori darajadagi armiyasini yo’qotdi, bir so’z bilan aytganda u urush boshida olgan erlari Moskva ostonalaridagi urushdan boshlab to shu paytgacha egallagan hududlari qisqardi. Bu shunday katta yo’qotish ediki, juda qisqa vaqt oralig’ida Germaniyaning tashqi siyosatiga salbiy ta’sir qildi". Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill 1943 yil 1 fevralda I. V. Stalinga yuborgan maktubida Sobiq Sovet Armiyasining Stalingrad ostonalaridagi g’alabasiga hayrat bilan munosabat bildiradi. Buyuk Britaniya qiroli esa Stalingradda sovg’a tariqasida qilich yuboradi, qilichning tig’ida rus va ingliz tillarida quyidagi so’zlar bitilgan: "Po’latdek mustahkam Stalingrad ahliga qirol Georg VI dan britan xalqining chuqur hayrati belgisi sifatida".

Stalingrad urushi arafasida va asosan uning g’alaba bilan tugaganidan so’ng AQSh, Angliya va Kanadaning turli jamoa birlashmalari o’z faoliyatini kuchaytirdi. Bu tashkilotlar Sobiq Sovet Ittifoqiga fashist agressiyasiga qarshi kurashish uchun yordam bergan.

Nyu-York shahri kasaba uyushmalari vakillari Stalingradda kasalxona qurish uchun 250 ming dollar pul yig’ishni yo’lga qo’yganlar.

Evropa xalqlari 1939 – 40 yillarda G’arbiy Evropa mamlakatlaridan o’z alangasi va tig’i bilan o’tib ketgan nemis-fashist kuchlarining Volga va Don oralig’ida Sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingani haqidagi xabarni katta zavq bilan kutib oldi.

1943 yil 9 fevralda Moskva radiosi orqali franstuz antifashist yozuvchisi Jan – Rishar Blok quyidagi so’zlarni aytgan: "... diqqat, parijliklar! 1940 yil iyunda Parijga bostirib kirgan 3-diviziya, franstuz generali Dents taklifi bilan bizning poytaxtimizni xo’rlagan 3-diviziya, bu 3-diviziya yozuvchi, bir yuz o’n uchinchi va ikki yuz to’qson beshinchi diviziyalar - ular endi yo’q! Ular Stlingrad ostonalarida yo’q qilindi. Ruslar Parij uchun qasos oldi. Ruslar Franstiya uchun qasos olyapti!".



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish