9-mavzu : Fashistlar Germaniyasi va Militraistik Yaponiyaning batamom tor-mor qilish muammolari
Reja:
Kirish.
Berlin operastiyasi. Fashistlar Germaniyasining so’zsiz taslim bo’lish muammolari.
Uzoq Sharqda Yapon bosqinchilariga qarshi hujum harakatlarining boshlanishi. Yaponiyaning batamom tor-mor qilish muammolari.
Ikkinchi jahon urushining tugashi. Uning yakunlari va saboqlari.
Ikkinchi jahon urushining so’ngida Evropadagi "Berlin operastiyasi" urushda muhim o’rin egallaydi. Berlin operastiyasining asosiy mazmuni 1944-yilning noyabr oylariga kelib yuzaga chiqa boshlagan edi. Mazmuni jihatdan bu operastiya Vislo-Oder, Sharqiy-Prussiya va Pomeran operastiyalariga aniqlik kiritdi. Berlin operastiyasini ishlab chiqishda, ittifoqchilarning jangovar ekspedistiyalari harakatlarining natijalari hisobga olindi .
Bu harakatlar boshlanishi 1945-yilning mart oyi oxiri aprel oyi boshlariga mo’ljallangan edi . Operastiyada katta front, Reyn daryosi bo’ylab, Germaniyaning markaziy rayonlari butunlay bosib olish maqsad qilib qo’yilgan edi . Ittifoq jangchilarining oliy qo’mondonligi maqsadi esa – dushmanni yo’q qilish va sanoat markazi hisoblangan Rur havzasini egallab olish hamda Amerika va Angliya qo’shinlarini Berlin yo’nalishida Elba daryosi bo’ylab harakatlantirish edi.
Bir vaqtning o’zida Amerika va Franstiya jangchilari janubiy yo’nalish bo’ylab Shtutgart, Myunxen va Avstriya hamda Chexoslavakiya markaziy rayonlarini olish uchun harakat qilayotgan edi. Sobiq Sovet ittifoqi Berlindan 60- 100 kilometr uzoqlikdagi Oder va Neysni egallab, aynan shu nuqta orqali operastiyani boshlashga tayyor edi. Lekin, Angliya qo’shinlari qizil armiya qo’shinlaridan oldinroq Berlinni egallashni orzu qilar edilar. Lekin, hatto amerikaliklar, inglizlar siyosatdonlari va harbiylari o’rtasida bu urush hakida yagona strategik tayyorgarlik yo’q edi .
I. V. Stalin Gitler hukumatining keyingi vaqtlarda Angliya va Amerika hukumati bilan yashirin munosabat va faoliyat olib borishga urinayotganini bilardi. Gitler g’arb tomonda qarshilik qilmay, Amerika va Ingliz qo’shinlariga Berlin yo’lini ochib, qizil armiyaga Berlinni bermaslik uchun harakat qilishi aniq edi. Chunki Germaniya kuchsiz va qizil armiya qo’shinlaridan qattiq xavfsirardi. G’arbda nemislar hisobida umumiy jangovarlik uchun 60 ta diviziya va umumiy xavfsizlik uchun 26 ta shtat diviziyasi bor edi. Amerika va inglizlarda esa 80 ta to’laqonli diviziya, 23 ta tank diviziyalari bor edi . Ularning aviastiyasi juda kuchli edi. Ularning erdagi kuchlari qancha bo’lsa, havo hujumi kuchlari ham shunchani tashkil qilar edi . Shunday ekan, Reyn daryosi hududi nemislarning hech qanday qarshiligisiz ular tomonidan egallandi. Bu paytda kutilmaganda nemis qo’shinlari asosiy qo’shinini Elbaning Berlin yo’nalishidagi kirish nukqtasiga joylashtirdi.
Berlin operastiyasi uchun sovet hukumati marshal G. K. Jukov qo’mondonligida 1-Belorus fronta, marshal K. K. Rokossovskiy qo’mondonligida 2-Belorus fronti, marshal I. S. Konev qo’mondonligidagi 1-Ukraina frontlarini tashkil qildi. Ularga qarshi esa Berlin yo’nalishida nemislarning general G. Xeynristi qo’mondonligidagi "Visla" va feldmarshal F. Shyorner qo’mondonligidagi "Markaz" armiya guruhlari kurash olib borish uchun tayyorlangan edi.
Bu bo’lajak urush uchun taraflarning tayyorgarligi quyidagicha edi :
|
Sovet armiyasi
|
Nemis armiyasi
|
Shaxsiy tarkib (ming kishi)
|
2500
|
1000
|
To’p va minometlar
|
41600
|
10400
|
Tanklar
|
6250
|
1500
|
Samolyotlar
|
7500
|
3300
|
Berlin operastiyasini boshlash uchun sovet armiyasi puxta tayyorgarlikdan o’tkazildi. Bundan tashqari Berlin shahri hududi puxta o’rganildi. 6 aprel kuni Berlin hududi aviastiya yordamida tepadan tasvirga olindi. Ushbu tasvir va razvedka ma’lumotlari bo’yicha reja, sxema va xaritalar tuzildi. 900 kv. km. maydonga ega bo’lgan Berlin shahrining kichraytirilgan maketi tayyorlandi. 5-apreldan 7-aprelgacha bo’lgan vaqt davomida yaratilgan maket bo’yicha qo’mondonlik o’yini bo’lib o’tadi. Bunda armiya shtab boshliqlari, siyosiy boshqarma boshliqlari, artilleriya va front qo’mondonlari boshliqlari ishtirok etdilar. Shunday qilib, dushmanni yo’q qilish rejasi tuzildi. Rejaga muvofiq hujum tunda projektorlar yordamida amalga oshirish ko’zda tutildi. Bunda 140 "Zenit" projektorlari dushman pozistiyasini birdaniga yoritib berishi kerak edi .
Bu paytda Berlin shahri bo’ylab uch kapali mudofa chizig’i tayyorlangan edi. Bular tashqi qal’a, ichki qal’a va shahar mudofaa chizig’i qal’alaridan iborat edi. Ushbu himoya qal’asining egallagan hududi 87 ming gektar maydonni tashkil etar edi . Bunda 9 ta himoyalovchi sektor joylashgan bo’lib, shulardan 8 tasi himoya kalalarida va 1 ta sektor himoya markaziga joylashtirilgan edi. Asosiy himoya markazida hukumat binosi, Imperiya konsileriyasi, Gestapo va reyxstag joylashgan edi. Berlin x,imoyasi uchun kuchalarda barikadalar tayyorlandi . Berlin mudofaa shtabi tayyorlandi. Uylar derazalari mahkamlanib, aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ularni hujum havo orakli yoki er osti orqali ham bo’lishi mumkinligi hakida ogolantirildi. Barcha Berlin kuchalarida turli shiorlar osilgan edi. Ularda "Wnp kapitulieren nie!" (Biz hech qachon taslim bo’lmaymiz), “Har bir nemis o’z poytaxtini qiladi", "qizil armiyani o’z devorlarimizda to’xtatamiz", "Yo g’alaba yo Sibir" kabi so’zlar bitilgan edi. Ko’chalarda aholi to oxirgi qonlari qolguncha kurashishga chorlab turli jangovar qo’shiqlar yangrardi. Berlin himoya chiziqlari minalashtirildi. Ko’cha janglari uchun 200 ta batalon jalb qilindi. 600 dan ortiq zenit qurollari, yirik va o’rta kalibrli qurollar shahar mudofaasi uchun tayyor qilib qo’yildi. Hatto jangga yaroqsiz tanklar ham ko’chalar va Temir yo’llar atrofiga qo’yildi. Yangi mudofaa uchun 16-17 yoshli yigitlar xizmatga olindi. Ulardan "Gitleryugent" deb nomlangan, tank bilan qurollangan otryad tuzildi. Berlin mudofaasi uchun jami 400 ming kishi jalb qilindi. Shaharda tanlangan polistiyachilar va eseschilar guruhi tashkil qilindi. Berlin shahrini reyxstagini ko’rikdan uchun eseschilar polki tuzilib, bularni Gitlerning shaxsiy qo’riqchisi Monke boshqarardi. Shularga qaramay Germaniya o’zining asosiy resurslaridan ajragan va tang ahvolda jangga tayyorgarlik ko’rayotgan edi.
Ruslarning 1-Belorus frontida 83 ta ukchi diviziya, 1155 ta tanklar va uzi yurar qurollar, 14628 ta qurol minomyotlar, 1531 reoktiv artileriya Qurollari bor edi. Ruslar shu qurollar bilan dushmanni engishlariga ishonar edilar. Anashu hamma qurollar Odre daryosidan olib utildi. Odre daryosi kengligi 380 metrgacha edi. 23 ta ko’prik va 25 ta kemalar to’xtash joyi qurildi. Surib o’tish joylari ko’p sonli zenit qurollari bilan ta’minlangan askarlar va patrul qo’shinlari tomonidan qo’riqlanar edi .
Minglab kilometr telefon simlari tayoqlarga osilgan havoda ishga tayyor qilib qo’yildi. Berlinni qo’lga kiritishda 1 - Belorus va 1 - Ukrain frontlari birgalikda harakat qilishlari kerak edi. Ikkala front o’rtasida taktik va strategis tayyorgarliklar olib borildi. 1945-yil 1- aprel kuni qilingan barcha ishlar va operastiyaga tayyorgarlik haqida yuqori Qo’mondonlikda bayonnoma tinglandi. Unda umumiy reja hakida A.I.Antonov dokladi tinglandi. Bundan tashqari 1- Belorus fronti tayyorgarligi hakida G. K. Jukov va 1- Ukrain fronti tayyorgarligi haqida I. S. Konevlarning bayonoti ham tinglandi. Umuman olganda 1- Belorus va 1- Ukrain frontlari janub tomondan Berlin hujumiga tayyor edilar. Jangda asosiy hujumni 1-Belorus fronti boshlashi kerak edi. Shuning uchun bu frontning qo’shinlari dushmanga yuzma-yuz qilib qo’yildi. Yon tomondan esa 1-Ukrain fronti va 2-Belorus frontlarining harakatlanishi ko’zda tutilgan edi. Umumiy hisobda Berlin yo’nalishida sovet qo’shinlarining 19 ta umumqo’shin armiyasi, 2 ta Polsha armiya qo’shinlari, 2 ta tank qo’shin armiyasi, 4 ta havo hujumi armiyasi, 41600 ta tup va zambarak, 6250 ta tank va o’zi yurar artilleriya qurilmasi, 7500 ta samolyot tayyorlangan edi .
Berlin hujumidan 2 kun oldin yani 14- va 15- aprel kunlari 32 ta razvetka guruhi razvedka ishlarini olib bordilar. Bu guruh, nemislarning mudofaa sistemasini, uning guruhlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini o’rganib chikdi. Dushman bu razvetka harakatlarini ruslarning hujumga o’tishi deb qabul qildi. Bu jarayonda birnecha nemis qism lari yo’q qilib tashlandi. Dushmanlar artilleriya otishmalari yog’inida qoldilar. Oldingi yo’nalishda himoya chizig’i yo’q qilib tashlandi ammo dushman qo’shinlari o’zlarini o’nglab olgach qattiq himoyaga o’tdilar. Sovet qo’shinlari shunda ham 1 yarim-2 kilometr oldinga siljishdi. Buni yanada tezlatish uchun marshal Jukov tank va mexanizastiyalashgan korpus, birinchi va 2- tank gvardiyasini tashladi. 1-Ukraina fronti ham tezlik bilan oldinga borayotgan edi. Bombardimonchilar va shturmchilar og’ir artilleriyadan hujumga o’tib, qo’mondonlik punktlarini yorib o’tdilar. 15-aprelda sovet-german frontida urush olib borganlar soni 414 ta diviziya, 34 ta tank, 14 ta motorlashgan qurolli brigada edi. Angliya va Amerika qo’shinlariga qarshi 60 nemis diviziyasi va va 5 ta tank diviziyasi qarshilik qildi .
Nihoyat ruslar kutgan vaziyat yuzaga kelgan edi. Dushman ikkinchi jarayonda rezervlarini kiritayotgan edi. Berlin mudofaasi juda kuchli tashkil etishga o’rinildi. Hatto Berlinning eng chuqur joylarida kam himoya vositalari tayyorlandi. G’arbiy Oder va Neys sohillarida himoya tayyorgarlik ko’rildi. Eng kuchli himoyalangan hudud bu Berlin shahri bo’ldi. Undagi eng katta bino 6 qavatli erosti bunkeri bo’lib, uning ichiga 1000 tagacha kishini sig’dirish mumkin edi .
2-savolning bayoni :
Berlin operastiyasining asosiy faoliyati 1945-yilning 16-aprelida boshlandi. Operastiya puxta tayyorgarlik bilan shoshilmay amalga oshirishga kirishildi. Tonggi soat 3 lardagi so’nggi ko’rikdan so’ng, soat 5:00 da sovet qo’shinlari o’z hujumlarini boshladilar. Minglab qurollar, minomyotlar, katyushalar bilan dushman tomonga tinmay o’q yog’dirildi. Dushman tomondan esa bir necha daqiqa o’q ovozi eshitildiyu tinib qoldi. Endi sovet qo’shinlari hech qanday qarshiliksiz ochiq, umumiy hujumga o’tgan edilar. havoda minglab raketalar ko’rinib, har 200 metr masofada 140 projektorlari yoritildi. 100 minglab projektorlar jang maydoni yo’nalishini yoritib turardi. Asosiy hujumni 1-Belorus fronti va 1- Ukraina fronti uyushtirdi. 1-Belorus fronti birinchi kun hujumida 1. 236 ming snaryadni dushman tomon yo’naltirgan. Jami 2450 vagon yani 96 ming tonna metal dushmanga qarshi otilgan. Havodan esa 16-va 4-avo harbiy bo’linmalari tezkor hujumlar uyushtirdilar. Tunggi janglar 2 soat davom etib , bu janglar tongda ham davom ettirildi. General S. I. Rudenkoning 16- havo armiyasi 5342 ta harbiy samolyotini uchirdi va ular dushmanning 165 ta harbiy samolyotini urib tushirishga muvaffaq bo’ldilar. 16-, 4- va 18-havo armiyalaridan jami 6550 ta samolyot uchirilgan bo’lib, ular jami 1500 tonna bombani dushman ustiga tashlaganlar. Soat 10 larda general I. F. Kirichenkoning 9-tank diviziyasi jang sur’atini oshirish uchun tezkor hujumga o’tdi. Tezkor hujumlar natijasida Zelov tepaligi egallandi va keyingi hujumlar uchun tayanch markazga aylantirildi. Nemis qo’shinlari tezlik bilan himoya uchun o’z rezervidan 3 ta tank diviziyasini tashladi. 1- Ukraina fronti dushmanning kuchli himoyasini buzib, asosiy himoya chizig’ini yorib o’tdilar.
Jangning 2-kuni yana bir muham himoya chizig’i yorib o’tildi. Havo hujumlari ham bir zum tinmay davom etib turdi. Oderga kirish uchun uning chap qirg’og’i egallandi. Zelov shahrining janubiy - Sharqiy qismini egallab turgan kapitan N. N. Chusovskiy katta jasorat ko’rsatdi. U buyruq berish bilan cheklanmay, o’zi ham bevosita dushman bilan yuzma yuz turib jang qildi. Shaxsan o’zi 4 ta gitlerchi bilan mushtlashib, ularni er tishlatdi. Keyinchalik u ushbu jasoratlari uchun "sovet qahramoni" ordeni bilan mukofotlangan.
18-aprel kuni og’ir janglar davom etdi. Gitlerchilar deyarli asosiy rezervlaridan mahrum bo’lgan edilar. Kunning ilk janglaridanoq 4-himoya chizig’ining 3-6 km masofasi yorib o’tildi. Bu kundagi eng yaxshi natijani 1- Ukrain fronti ko’rsatdi. U shiddatkorlik bilan Berlin tomon intilardi.
4-kuni yani 19- aprel kuni asosiy hujumlar havodan amalga oshirildi. Shu kuni 147 ming samolyot uchirilgan bo’lib, ular dushmanning jami 474 hujumkor samolyotini urib tushirganlar. Bu janglarda mayor I. N. Kojedubning shaxsan o’zi 62 ta dushman samolyotini urib tushirgan va buning uchun u 4-darajali oltin yulduz bilan taqdirlangan. 4-kun janglari uchun 1-Belorus frontidan jami 17 ming samolyot uchirilgan. Shu kuni og’ir qiyinchilik bilan Oder kechib o’tildi.
20-aprelda 3 ta front chizig’ida muvaffaqiyatli harakatni davom ettirish uchun qulay vaziyat yuzaga keldi. 1-ukraina fronti qo’shinlarining yurishi ayniqsa muvaffaqiyatli kechdi. Nesi va Shpree himoyasini yorib o’tish natijasida dushman rezervlari tugatildi va shundan keyin ular Berlinga qarab yo’l olishdi. Ular Gitler qo’shinlarining Frankfurt-gubensk qo’shinlarining o’ng qanotiga zarba berishdi. Bu masalani hal qilishda tank armiyasi asosiy rol o’ynadi.
3-4- tank gvardiyasi va 13-armiyaning 20-apreldagi shiddatli hujumi Visla armiya guruining Markaz armiyasidan ajralishiga sabab bo’ldi. Katbus va Shprembergdagi dushman qo’shinlari qurshab olindi. Shu kuni uzoqqa otar artilleriya 79-o’qchi korpusi, 3-hujumkor armiya general polkovnigi Kuznestov Berlin shahriga qarab asosiy bombardimonni boshladi. 3-4-tank armiya gvardiyasi 95 km masofada oldinga siljidi. 1-belorus frontlari ham shiddatkor hujumlarni davom ettirdilar.
Operastiyaning juda tezlashib ketishi sovet qo’shinlari va amerika- angliya qo’shinlarining uchrashishiga sabab bo’ldi. O’sha kuni yuqori qo’mondonlik 1-va 2-Belorus va 1-Ukrain frontiga, hamda harbiy havo kuchlariga, sovet armiya qo’shinlariga derektiva yubordi. Unda qo’shinlarga alohida belgilar o’rnatilishi kerakligi ta’kidlandi Kelishuv bo’y icha vaqtinchalik taktikani qo’llashga buyruq berildi.
Shimoliy-g’arbga tomon yo’nalishni davom ettirib 1-Ukraina fronti armiyasi 21- aprelda dushman himoyasini yorib o’tib, Berlingacha etib kelishdi. Bu erdagi harbiy xarakterni hisobga olib, 1-Ukraina fronti qo’mondoni P. S. Ribalkoning 3-tank gvardiya armiyasini harakatini kuchaytirishga buyruq berdi. Bundan tapщari general A. A. Luchinskiy 28- armiyasining 2 ta o’qchi diviziyasi urush uchun zarur bo’ldi.
22 aprel kuni ertalab 3-tank gvardiya armiyasi dushmanga nisbatan hujum harakatlarini boshladi. Armiya qo’shinlari Berlin himoya devorini yorib kirib, Germaniyaning janubiy chegaralarida jang harakatlarini uyushtirishdi. Shimoliy-sharq chegaralarida ham 1-Belorus fronti qo’shinlari jang harakatlarini olib bordilar. General D. D. Lelyushenko tank armiyasining chap tomonida harakat qilayotgan 4-gvardiya 22-aprelda ichki himoya devorlarini yorib o’tib, Zarmund, Belitsga chiqishdi. O’zlariga qulay vaziyatni vujudga keltirib, Berlindagi dushman guruhlarini tugatdi. 5-va 13-armiya gvardiyasi Belite, Tryoyenbritsen, Sanani egallashdi. Tryoyenbritsenda 4-gvardiya tank armiyasi fashist zulmidan 1600ga yaqin turli millatga mansub kishilarni ozod qilishdi. Ularni ichida Angliyalik, Amerikalik va Norvegiyaliklar kam bor edi hattoki bular qatorida Norvegiya armiyasining sobiq qo’mondoni O. Ryuge ham bor edi. Bir necha kun o’tgandan so’ng xuddi shu armiya qo’shinlari konstlagerdan Franstiyaning premier-ministri E. Erriyoni qutqarib olishdi. 13-va 5-armiya gvardiyasining qo’shinlari tezda g’arbga yo’l olishdi.
23 aprel kuni Gyorlitsda qonli janglar bo’ldi. Dushman sovet armiyasini va Polsha armiyasini 20 kilometrlik uzoqlikka uloqtirib tashlashga muvaffaq bo’ldi. Sovet va Polsha armiyalariga yordam uchun Polshaning 2-armiyasi, 52-armiyaning 5-qism gvardiya qo’shinlari, 4-tank gvardiyasi va 4 ta aviastiya qismlari etib keldi. Natijada, dushmanga qattiq zarba berildi va 24-aprel kuni dushman qo’shinlarining harakatlari to’xtatildi.
1-Ukraina fronti janubdan Germaniyaning shaharlariga yurish qilayotgan paytda 1-Belorus frontining kuchli guruhi sharqdan Berlinga yurish qilayotgan edi. Oder hududlarining front qo’shinlarini yorib o’tgandan keyin, dushman qarshiligini bartaraf etib, oldinga harakatni davom ettirishdi.
20-aprel 13:50 da 79-artileriya, 3-hujumkor kuchli armiya 2 ta asosiy hujumni fashist hududiga tashladi. Keyinchalik sistematik tarzda otishmalar boshlanib ketdi. 3-va 5-kuchli gvardiya va 2-tank gvardiya armiyasi 20-aprel kuni Berlin ichki himoya devori qarshiligini yorib o’tib Berlinning shimoliy-sharqiy chegaralariga chiqishdi. 9-tank gvardiya korpusi 22-aprel kuni ertalab Xafel daryosiga chiqdi. 21-aprelda chiqqan 1- tank gvardiyasi va 8-armiya gvardiyasi ham muvaffaqiyatli dushman himoya devorlarini yorib o’tishga muvaffaq bo’ldi. Keyingi kun tong saharda frontning kuchli guruhi Berlinning o’zida dushman bilan jang qilishdi.
20-aprel kuni sovet qo’shinlari Berlin dushman guruhini tugatishni maqsad qilishdi. 47-va 2-tank gvardiya armiyasi hamda 4-tank gvardiyasi orasidagi masofa 40 kilommetrni tashkil etar edi, 8-gvardiyasi va 3-tank armiyasi gvardiyalari orasida esa masofa 12 kilommetrni tashkil etar edi. Yuqori qo’mondonlik bu holatdan kelib chiqib, front qo’shinlaridan 24-aprel kuni dushman qo’shinlarini o’rab olib, ularni Berlinga yoki g’arbga chekinishiga yo’l qo’ymaslikni talab qildi. Bu buyruqning bajarilishini ta’minlash uchun 1-Belorus frontining 2-eshelyoni, general A. V. Gorbatov qo’mondonligidagi 3-armiya va general V. V. Kryukovning 2-gvardiya korpusini jangga yubordi. Ular 1-Ukrain frontining o’ng qo’l qo’shinlari bilan birgalikda dushman qo’shinlarining asosiy kuchlarini mag’lub etishi kerak edi. 47-armiya va 9-tank gvardiyasiga harakatni tezlashtirish va 24-25- aprelgacha Berlindagi dushmanlarni o’rab olishga buyruq berildi.
Gitlerchilar o’z hududlarini egallanishini oldini olish maqsadida tezlik bilan turli choralar ko’rishdi. 22-aprel kuni kun botar paytida imperiya kanstelyariyasida oxirgi opperativ majlis o’tkazildi. Bu majlisda V. Keytel, A. Yodil, M. Borman, G. Krebs va boshqalar qatnashdi. A. Yodel bunda bir taklif bilan chiqdi. Bu taklif shundan iborat ediki, g’arbdan qo’shinlarni olib Berlin uchun kurashga tashlash edi. Gitler Yodelning bu taklifini qabul qildi. Shuni natijasida general V. Venkaning 12-armiyasi Elbani himoya qilishni to’xtatib, sharqqa arab Potsdam va Berlinga tomon 9-armiya bilan birgalikda yurishga buyruq oldi. Bir vaqtning o’zida SSSR generali F. Shteyner qo’mondonligi ostidagi armiya guruhi sovet qo’shinlariga shimoldan o’tib zarba berishi kerak edi.
12-armiyaning hujumini tashkil etish uchun feldmarshal Keytel yuborildi. Vaziyatning faktik holatidan kelib chiqib, German qo’mondonligining bu armiyasi shimoldan bo’ladigan hujumlarni oldini olishga mo’ljallangan edi. 9-nemis armiyasiga g’arbga qarab yo’l olish, Berlinning 12-armiyasi bilan qo’shilish buyrug’i berildi. 23-24-aprel kuni harbiy harakatlar barcha yo’nalishda murakkab xarakterga ega bo’ldi. Sovet Qo’shinlarining harakati anchagina sustlashgan bo’lsa ham, lekin gitlerchilar ularning harakatlarini butunlay to’xtata olishmadi. 24- aprelning o’zidayoq 1-Belorus frontining 8-gvardiya va 1-tank gvardiyasi, 1- Ukrain frontining 3-tank gvardiyasi va 28-armiyasi bilan janubiy-Sharqiy Berlinda qo’shilishdi. Natijada, dushmanning 9-va 4-tank armiyasining asosiy kuchlari shahardan uzib qo’yildi va o’rab olindi. Keyingi kun, G’arbiy Berlindagi qo’shilishidan keyin, Ketsin rayonida 1-Ukrain frontining 4-tank gvardiyasi 1-Belorus frontining 2-tank gvardiyasi va 47- armiyasi bilan birgalikda dushmanning Berlin guruhiga zarba berib, dushman qo’shini qurshab olindi .
25-aprelda sovet va Amerika qo’shinlarining uchrashuvi yuz berdi. Ayni shu kunda Torgau rayonida 58-ukchi gvardiyasining 5-armiya gvardiyasi Elbaga qarab yo’l oldi va buyruqga etib kelgan 69-piyoda diviziyasining 1- Amerika armiyasi bilan aloqa o’rnatildi. Germaniya 2 qismga bo’lindi.
Drezden yo’nalishida vaziyat o’zgardi. Polshaning harbiy qo’shinlari 25-aprel kuni dushmanning Gyorlitsk guruhiga zarba berdi.
Shunday qilib sovet qo’shinlari 10 kun ichida Oder va Neysidagi dushman qo’shinlarining himoya guruhlariga juda katti zarba berishdi.
2- Belorus frontining asosiy kuchlarining harakati 20-aprelda Vest- Oder qirg’og’ini dushman qo’shinlaridan tozalash bilan boshlandi. Ertalabki tuman va havoning noqulayligi sabab sovet aviastiyasining harbiy harakatlari bir qadar cheklangan. Lekin soat 9lardan so’ng ko’rish imkoniyati yaxshilandi va sovet aviastiyasi quruqlikdagi armiyaga yordamini kuchaytirdi. Bu kungi operastiyaning 1-kunidayoq general P. I. Batovning 65-armiyasi muvaffaqiyatga erishdi. Kechga yaqin bu armiya daryo qirg’og’ining chap tomonidagi plastdarmni egalladi. Bu hududni egallanishida 31 ta o’qchi batalon, artilleriyaning bir qismi va 15 ta uzi yurar artilleriya ishlatilgan.
General V. S. Popov qo’mondonligi ostidagi 7-armiya qo’shinlari muvaffaqiyatli harakat qilishdi. Ular tomonidan egallangan plastdarmga 12-ta o’qchi batalon yo’naltirildi. General I. T. Grishinning 49-armiya qo’shinlari Vest-Oderni operastiyaning 2-kunida egallashga muvaffaq bo’lishdi. Keyingi kunda front qo’shinlari harakatni kuchaytirishdi va qo’shinlarini Oder qirg’oqlarining chap tarafiga qaratdi.
25-aprel kuni 65- va 75- armiyalarning qo’shilishi natijasida dushman himoyasining asosiy chizig’i yorib o’tildi. 6 kunlik harbiy harakatlar davomida 20-22 kmlik masofani egallashdi. 49- armiya qo’shnisining muvaffaqiyatli yurishlaridan foydalanib asosiy kuchlari bilan 26-aprel kuni Vest-Oderga yo’l olishdi. Xuddi shu kunda 65-armiya, general I. I. Fedyuninskiyning 2-armiya qo’shiniga Vest-Oderning chap qirg’og’ida zarba berdi. Harbiy harakatlar natijasida 3-nemis tank fronti qurolsizlantirildi.
24-aprelda janubiy-shariy Berlinda 8-gvardiyaning 1-tank gvardiya armiyasi, 1-beloruse fronti hamda 3-tank gvardiyasi, 28-armiya, 1-Ukraina frontlari chap qanotda uchrashdilar. 25-aprel kuni 1-Ukraina fronti va 5- gvardiya armiyasi generali A. S. Jodov Elba qirg’og’ining Torgan rayonida uchrashdilar. 5-razvedka korpusi va 1-Amerika armiyasi generali Obretsion uchrashdilar. Bu bilan nemis front chizig’i butunlay yorib o’tilgan edi. Bu paytda 2-Beloruss fronti qo’shinlari Vest-Oderni kechib o’tib, dushman himoya chizig’ini yorib, Sharqiy qirg’og’iga chiqdilar. Nemislarning 3-tank armiyasining hujumini to’xtatib, shimoldan sovet qo’shinlari Berlinni qamal qildilar.
Sovet qo’shinlariga 10 kun ichida nemislarning barcha himoyasi, Oder va Nesni barcha gruppirovkalarini yorib o’tib, Berlinni olish majburiyati topshirildi.
3-savolning bayoni :
Aprel oyining oxirlarida sovet qo’mondonligi endigi asosiy e’tiborni faqatgina Berlin shahriga qaratdi. 23-aprelda 1-belorus harbiy frontining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda harbiylarga qarata shunday so’zlar aytildi; "Sovet qahramonlari! Sizning oldingizda Berlin turibdi. Sizlar Berlinni egallab olishingiz kerak. Uni shunday tez egallangki, dushman o’zini o’nglab ololmasin. Vatan shani uchun olg’a! Berlinga olg’a!".
Harbiy yig’ilishda ishonch paydo bo’ldi. Bu ishonch shundan iborat ediki harbiylar o’zlariga berilgan topshiriqni a’lo darajada bajarishlariga ishonchlari juda baland edi. Harbiy gazetalar jangchilarni: "Dushman ustidan to’liq g’alabaga olg’a!" kabi so’zlar bilan qo’llab-quvvatlardi. Yuqori boshqaruv ishchilari har kuni harbiy maslahat a’zolari bilan, frot qo’mondonlari bilan aniq topshiriqlar berilib, maslahatlar uyushtirilar edi. Asosiy bosh siyosiy boshqaruvi harbiylardan Vatan uchun kurashishni talab qilardi.
Gazetalarda, shitlarda, avtomashinalarda: "O’rtoqlar Berlin dushman himoyasi yorib o’tildi! g’alaba onlari yaqin!". "Olg’a o’rtoqlar, olg’a!", "Yana bir harakat va g’alaba bizniki", "Biz kutgan uzoq onlar yaqin! biz Berlin devori oldidamiz!".
Sovet qo’shinlari endi zarbalarini kuchaytirdilar. Hattoki oldingi jangchilar ham jang maydonini tashlab ketishmadi. Shunday qilib, 2000 qo’shindan iborat bo’lgan 65-armiya ham Tilga ko’chib o’tishdan voz kechishdi. Soldatlar va komandirlar partiyaga qabul qilishlarini so’rab har kuni ariza berishardi. Masalan 1-Ukraina frontiga aprelda 11776 ta jangchi qabul qilindi. Partiya va komsomol tashkilotlari komandirlarga yordam berar edi. Berlinni qo’lga olish topshirig’ini hal qilish paytida sovet qo’mondonligi Frankfurt-Gubensk gruppirovkasiga bepisandlik bilan qaramasli kerakligini tushunardi.
Frankfurt -Gubensk gruppirovkasi tarkibida 200 ming kishi mavjud edi. Unda 2000 dan ortiq qurol, 300 ga yaqin tank va shturmli qurol bor edi. Dushman guruhi tarkibini hisobga olgan holda sovet qo’mondonligi uni yo’qotish uchun 1-Beloruss frontining 2- gvardiyasini va 3-, 69-, 33-armiyani, 1-Ukrain frontining o’qchi korpusini yubordi. Quruqlik qo’shinlarini 7 ta havo korpuslari qo’llab turardi. Sovet tank qo’shinlarining asosiy qismi bu vaqtda Berlinda jang olib borayotgan edi. Taraflar kuchi son jihatdan teng edi. Dushman qo’shinining g’arbga tomon yo’l olmasligi usun 1-Ukrain frontining 28-, 3-armiya gvardiyasi himoyaga o’tdi. Dushmanning yurish yo’llarida ular 3 ta himoya chizig’ini tayyorlashdi, minalar o’rnatishdi.
26-aprel tong sahar sovet qo’shinlari dushmanga nisbatan jiddiy yurish boshladi. Dushman faqatgina qarshilik ko’rsatmasdan, g’arbga tomon qo’shinlarni yorib o’tishga harakat qildi. Shunday qilib, 2 ta piyoda qo’shin qismlari, 2 ta motorli va tank diviziyalari 28- va 3- armiya gvardiyasiga zarba berdi. Asosiy kuchni. tashkil etgan gitlerchilar himoyani yorib o’tib g’arbga qarab yo’l olishdi. quruqlik qo’shinlariga harbiy havo kuchlari yordam berdi, ular dushman qo’shinlari va texnikasini yo’q qilib tashladi.
Keyingi kunlarda nemis fashist qo’shinlari 12-armiya bilan aloqa o’rnatishga harakat qilishdi. Dushmanning g’arbga tomon yo’nalishini to’xtatish uchun Sossena, Lukkenvalde, Yuterbogda 28-va 3-armiya gvardiyasi himoyani kuchaytirishdi. 1-Belloruss fronti qo’shinlari 26-28-aprelda dushmanning sharqdagi gruppirovkasining harakatini to’xtatishga urinishdi. Mag’lubiyatdan qo’rqib gitlerchilar 29-aprel kechasi yana qurshovdan chiqishga harakat qilishdi. Tongga yaqin katta yo’qotishlar bilan harbiy Vendish- Buxols rayonlaridagi sovet qo’shinlarining asosiy himoya chizig’ini yorib o’tishga muvaffaq bo’ldi. 2-himoya chizig’ida ularning harakati to’xtatildi. Lekin dushman katta yo’qotishlarga qaramasdan g’arbga tomon intildi. 29- aprel, kunning 2-yarmida dushman hujum salohiyatini tiklab oldi, 3-o’qchi gvardiya va 28-armiya himoyasini 2 kilometrgacha yorib o’tishdi. Shu hudud orqali Lukenvaldga o’tishni boshlashdi. Xuddi shu yo’nalishda g’arbdan 12- nemis armiyasi hujum uyushtirdi. 29-aprel kuni sovet qo’shinlari hal qiluvchi harakatlar bilan Shperemberg, Kumersdorf hududlarida dushman harakatlarini to’xtatdi. Dushman qo’shinlari 3 tomondan o’rab olindi shunga qaramasdan dushmanning juda kuchli qism qo’shini 3-, 4-tank gvardiyasi va 28-armiya yo’nalish yo’llarini ajratib tashladi.
Ayniqsa, kuchli janglar 30-aprelda bo’lib o’tdi. Yo’qotishlarga qaramasdan gitlerchilar g’arbga tomon yana 10 killometr yurishdi. Kunning yarmiga kelib dushman qo’shining ma’lum bir qismi yo’q qilindi. Lekin, shu guruhlardan biri (20ming kishidan iborat) 1-may kechasi 13-, 14-tank gvardiyasini yorib o’tib Belite hududiga chiqishga muvaffaq bo’lishdi. 12- armiyadan uni faqat 3-4 kilometr ajratib turar edi.
Frankfurt-Gubensk guruhining asosiy qism qo’shinlari qurshab olindi. Fashist qo’shinlarining barcha orzu umidlari puchga chikdi. Sovet qo’shinlari 120 ming soldat va ofisterni asirga oldi. 300 tadan ortiq tank, 1500 dan ortiq qurol 17600 ta avtomashina va turli xildagi ko’pgina harbiy boyliklarni qo’lga kiritishdi. Dushman qo’shinlaridan 60 ming kishi halok bo’lgan edi.
Elbaning chap qirg’og’idagi 12-nemis armiyasining olgan qismlari Elba ko’priklarida Amerika qo’shinlariga taslim bo’ldilar. Berlinni himoya qilayotgan hudud maydoni taxminan 325 kilometrni tashkil etib, sovet qo’shinlarining Berlinga kirib kelishiga 100 kiometr qolgan edi.
Drezden yo’nalishida nemis qo’shinlari sovet qo’shinlarini yorib o’tishni mo’ljallagan edi va Bautsenga chiqishni xohlar edi. 26-aprel ertalab fashist qo’shinlari kuch bilan yurish uyushtirishga harakat qilindi. 30-aprelgacha bu erda juda qattiq janglar bo’lib o’tdi. Lekin tomonlarning vaziyati o’zgarmadi. Gitlerchilar bor kuchlarini ishga solib himoyalanishga harakt qildi.
Shunday qilib sovet qo’shinlarining aktiv harakatlari natijasida ular Elba rayonini qo’lga olib, Pragaga zarba berishdi.
4-savolning bayoni :
Shunday qilib Berlinda jang o’z cho’qqisining yuqori nuqtasiga chiqdi. Garnizon mahalliy aholining qo’shilishi natijasida ko’payib borib, 300 ming kishini tashkil qildi. Bu qo’shin tarkibida 300 ming qurol va minomyotlar, 250 tank mavjud edi. 25 aprel oxirida dushman qo’shinlari poytaxtni egallashdi. Bu hudud 325 kv. Km ga teng kelar edi. Berlinnig janubiy-Sharqiy qismi mustahkamlangandi. Himoya uchun hatto vayron bo’lgan binolar ham qo’l kelar edi. Temir-beton bunkerlar qurildi.
26 aprel Berlin g’ururini yo’qotishdagi harakatlarda 1-Belorus va 1- ukrain qo’shinlari ishtirok etdi. Bu qo’shin tarkibida 464 ming kishi, 12.7 ming qurol va minomyot, 1500 ga yaqin tank mavjud edi.
Oldingi janglardagi tajribasidan kelib chiqib sovet qo’mondonligi har bir diviziyada alohida shturm otryadlarini tashkil qildi. Har bir otryad o’zinig tank artilleriyasiga ega edi. Egallanishi kerak bo’lgan hududlarning katta yo kichikligiga qarab shturmlar tashkil qilindi.
Buning natijasida Tempel Xofe aerodromi sovet qo’shinlari tomonidan egallandi, shundan so’ng gitlerchilar o’zlarining samolyotlarini Sharlotenbrug shtrase ko’chalariga qo’ndirishga tayyorlandilar. Ammo bu reja barbod bo’ldi. Chunki ko’chalarni sovet qo’shinlarining 16-havo qo’shinlari tinmay qo’riqlab turardi. Bu paytda qurshovda qolgan nemis askarlariga parppot orqali qurol tashlash ham foyda bermadi. Dushmanning ko’p samolyotlari qurshovda qolgan hududga etib kelmay turib urib tushirilar edi. 28-apreldan keyin esa qurshovdagi garnizon yordamdan butunlay uzilib qoldi.
26- aprelda esa sovet qo’shinlari Berlin-Potsdam guruhini hamma narsadan maxrum qilgan edi. Keyingi kundan esa 2 front dushmanning eng kerakli nuqtalariga zarba berib kirib kelardi. 27- aprel kuni sovet qo’shinlari kuchli zarbalar bilan dushman qo’shinlarini o’ta kichik hududga qisib qo’ydi. Qurshovning masofasi janubdan sharqqa qadar 16 kmni tashkil qilar edi. Hududning eni esa bor yo’g’i 2-3 kilometr edi. Nemis fashist qo’shinlarining qo’mondonlari nima qilib bo’lsa ham qurshovdagi qo’shinlarga yordam berishni o’ylar edi. Bu paytda Vermaxt qo’mondonligining Berlin garnizoniga yordam berish harakati ham barbod qilindi. Fashist qo’shinlarining bunday holatdan siyosiy ruhi tushib ketdi. Gitler barcha shtab qo’shinlarini chaqirib, askarlarning ruhiyatini tushirmaslik kerak deb uqtirdi. Visla armiyasining qo’mondoni general G. Xeynristi o’rniga qo’mondon etib general K. Shtudent tayinlandi. Negaki, general Xeynrist qurshovdagi qo’shinga yordam berish taklifini rad etgan edi.
28-apreldan so’ng ham shiddatli janglar davom etardi. Chunki endiki janglar Reyxstag maydoniga yaqin joylarda bo’layotgan edi.
Reyxstag binosini egallash topshirig’i generl S. N. Perevertkinning 79-o’qchi korpusiga topshirildi. 29-aprel kuni Moltke ko’prigini egallab, korpus qismlari 30-aprelda 4 soatlik qarshilik harakatiga duch keldi. Faqatgina tunda general Shatilov va polkovnik Negodning qo’shinlari binoga bostirib kirishga muvaffaq bo’lishdi.
O’qchi qismlardan tashqari Reyxstagni 23-tank brigadasi shturm qildi. Fashistlar juda katti qarshilik ko’rsatishdi. Koridor va zinalarda qo’l janglari bo’ldi. Bu janglar 1-may ertalabgacha davom etdi.
Soat 14 dan 25 daqiqa o’tganda Reyxstag binosiga kirgan 171-ochiq batalonning katta leytenanta K. Ya. Sansonov va batalon kapitani S. A. Naustroyev hamda 150-o’qchi diviziyaning mayori V. I. Davidov reyxstag binosini butunlay qo’lga olishdi. Soat 18 larda reyxstag binosiga qayta shturm uyushtirildi. 171- va 150-o’qchi batalon qismlari dushmanlarga qarshi reyxstag binosining barcha qavatlarida kuchli janglar olib borishdi. Soat 21 dan 50 daqiqa o’tganda serjant M. A. Yegorov va kichik serjant M. V. Kantari reyxstag binosining yuqori qismiga g’alaba bayrog’ini tikdilar. Bu haqda 3- hujumkor armiya generali V. I. Kuznestov shaxsan o’zi tarixiy jang guvohi sifatida ulkan g’alaba haqida bosh qo’mondonlikka xabar berdi.
1-may kuni ertalab Reyxstag butunlay qizil armiya qo’shinlarining qo’liga o’tdi. Reyxstag binosining kirish joyidan to uning yuqori qismigacha sovet askarlari o’z g’alabalarining nishonasi sifatida turli yozuvlarni yozib tashlashdi.
1- may kuni oxirlariga kelib nemis qo’shinlarining umumiy hasobda 1500 askari qolgan edi xolos. Shu qolgan askarlar bilan ham 2-may tongga qadar kichik to’qnashuvlar bo’lib turdi.
2-may kuni tunda Berlin himoyasining qo’mondoni general G. Veydlin sovet qo’mondonligida 56-tank korpusining kapitulyastiyasi haqida xabar berdi. Soat 6 da 8-gvardiya armiyasi liniyasi frontidan o’tayotganda u asirlikka olindi. Sovet qo’mondonligining taklifiga ko’ra Vedling Berlin garnizoning qarshilikni to’xtatib qurollarni topshirish haqida buyruq imzoladi. Sal keyinrok esa xuddi shu mazmundagi buyruqni "vaqtinchalik imperiya hukumati" nomidan Gebbelsning 1-o’rinbosari G. Friche imzoladi. Shu munosabat bilan Gitler qo’shinlarining Berlindagi boshqaruvi to’xtatilgan. V. Veydlin va G. Friche imzolagan buyruqlar ba’zi bir harbiy qo’shinlarga etib bormadi. Shuning uchun 2-may kuni ertalab dushman qo’shining alohida guruhlari qarshilik harakatini davom ettirishdi. Hattoki ular g’arbga qarab yurishga harakat qilishdi. Faqatgina Veydling va Fridche imzolagan buyruqning radio orqali e’lon qilinishi natijasida ommaviy kapitulyastiya boshlandi. Soat 15 da dushman qo’shinlari Berlindagi qarshilikni butunlay to’xtatishdi. Faqatgina shu kuni sovet qo’shinlari shahar hududidan 135 ming kishini asir oldi.
Yuqorida keltirilgan raqamlardan ko’rinadiki, Gitler hukumati o’zining poytaxt shahrini himoya qilishga oz sonli qo’shinini jalb etmadi. Sovet qo’shinlari ba’zi bir burjuaziya faylasuflari ta’kidlaganidek, Germaniya mahalliy aholisi bilan emas balki juda katta dushman qo’shinlari bilan kurashdilar.
Operastiya davomida millionlab nemislar sovet armiyasining tinch aholiga nisbatan insoniy munosabbatda ekanligiga amin bo’lishdi. Berlin ko’chalarida jang davom etayotgan bir paytda sovet askarlari uzlarining issiq taomlariga bolalarni, ayollarni va qariyalarni sherik qilishdi. May oyi oxiriga kelib Berlinning barcha aholisiga norma kartochkalar berishdi va mahsulot tarqatish ishlarini tashkil qilishdi. Bu norma miqdori uncha ko’p bulmasa ham Gitler davridagidan ko’ra yaxshiroq edi.
5-savolning bayoni :
Berlin operastiyasi davomida sovet qo’shinlari 70-ta piyoda qo’shin, 12 ta tank, 11 motor diviziya va Vermaxtning aviastiya qo’shinlarining mag’lubiyatga uchratdi. Asirlikka 480 ming soldat va ofister asirlikka olindi. Ko’pgina qurol va minomot, 1.5 mingdan ortiq tank hamda 4.5 ming samolyotlar qo’lga olindi. Sovet qo’shinlari bilan birgalikda dushman qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratishda Polsha qo’shinlari armiyasi ham qatnashdi. Bunda 2 ta Polsha armiyasi sovet frontining 1-operativ eshelonida harakat qildi. Polshaning 12.5 qo’shinlari shu front bilan birgalikda harakat qildi. Brandenburg darvozalari yonida qolib sovet armiyasi bayrog’i bilan bir qatorda Polshaning milliy bayrog’i ham hilpirab turardi. Bu sovet va Polsha harbiy ittifoqidan darak edi.
Berlin operastiyasi 2-jahon urushidagi eng katta operastiyalaridan biri edi. Bu operastiya shunisi bilan xarakterlanardiki bu jang ikki tomonlama shiddat bilan olib borildi. Kurashlarning shafqatsiz bo’lganligini sovet qo’shinlarining katta yo’qotishlaridan bilsa bo’ladi. 16- apreldan 8-maygacha ular ya’ni sovet armiyasi 102ming kishi yo’qotdi. Bular qatorida harbiy frontda Amerika – Angliya qo’shinlari 1945-yil davomida 260 ming kishini yo’qotdi.
Oldingi kurashlardagidek Berlin operastiyaida sovet qo’shinlari tahsinga loyiq harbiy harakatlar qilishdi. 600 dan ortiq kishi "sovet ittifoqi qahramoni" unvonini olishdi. Sovet ittifoqi marshali G. K. Jukov birinchilar qatorida mukofotlandi, sovet ittifoqi marshallari I. S. Konev va K. K. Rokossovskiy "Oltin yulduz" medali bilan taqdirlandilar. 2-darajali "Oltin yulduz" medali bilan V. I. Andrianov, S. E. Artenenko, P. I. Batov, P. Ya. Begeldenov, D. A. Dragunskiy, N. Yefimov, S. I. Kretov, M. V. Kuznetsov, I. X. Mixaylichenko, M. P. Odinsov, V. S. Petrov, P. A. Plotnikov, V. I. Popkov, A. I. Rodinsev, G. Ryazanov, Y. Ya. Savitskiy, V. V Senkov, Z. K. Slusarenko, N. G. Stolyarov, I. P. Fyodorov, M. G. Fomichevlar taqdirlanishdi. 1-Belorus va 1-Ukraina frontidan 1141ming jangchi sovet ittifoqining turli orden va medallari bilan takdirlanishdi. 1.082ming shturm qatnashchilari esa Berlin egallanganligi uchun turli orden va medallar bilan takdirlanishdi.
Berlin operastiyasi uchun qisqa vaqt tayyorlanildi. Dushmanning asosiy kuchlarini qurshab olib mag’lubiyatga uchratib, Berlinni olish uchun 16-17 kun sarflandi. Mana shu vaziyat borasida marshal A. M. Vasilevskiy shunday so’zlarni yozdi: "tayyorgarlik darajasi shundan dalolat beradiki, sovet harbiy iqtisodi va harbiy salohiyati 1945-yilda shunaqangi darajaga ko’tarilgan ediki, bu qo’shin oldin mo’’jiza bo’lib ko’ringan harakatlarni qilishga imkon berardi". Operastiyaga tayyorgarlik vaqtining cheklanganligi komandirlardan ko’proq harakat talab qilardi. Faqatgina front va armiyalardagina emas, hattoki qism va diviziyalarda mashg’ulotlar parallel tarzda olib borilar edi.
Berlin operastiyasi strategik jihatdan aniqligi bilan ajralib turardi. Bu operastiya davomida sovet armiyasi qo’shinlari tarixidagi eng kuchli dushman qo’shinlarini qurshab olib mag’lubiyatga uchratishdi.
Bir vaqtning o’zida 3 ta frontning harakati 300 kilommetr masofada qo’shiniga 6 marta zarba berishdi .
Berlin operastiyasida turli bronetank va mexanizastiyalashgan qo’shinlardan foydalanildi. Unda 4 ta tank armiyasi, 10 ta alohida tank va mexanizastiyalashgan qism, 16 ta alohida tank va o’ziyurar artilleriya brigadasi hamda 80 dan ortiq Polshaning alohida tank va o’ziyurar artilleriyasi bor edi. Operastiya faqat taktik jihatdangina emas balki tank va mexanizastiyalashgan qo’shinlarning borligi bilan ajralib turardi. Bu janglarda muvaffaqiyatga erishilganiga sabab mana shu tank armiya va qo’shinlardan samarali foydalanganliklari edi.
Berlin operastiyasi davomida sovetlar tomonidan dushmanga karata 1 mln 800 ming artilleriyadan o’q otilgan. Berlin shahriga umumiy sonda yo’llangan metal o’qlarning og’irligi 36 ming tonnani tashkil etadi. Aynan poytaxtning o’zidagi bu hisob yarim tonnani tashkil etgan edi. Berlin operastiyasida asir tushgan nemislar soni 480 ming kishini tashkil etadi. Sovet qo’shin qo’shinlarining talofati esa 350 ming kishini tashkil etadi.
Harbiy harakatlarning muvkaffaqiyatli kechishiga sabab bo’lgan yana bir narsa bu topografik ma’lumatlardan foydalanganliklari edi. O’z vaqtida harbiy topografik xizmati qo’shinlarni topografik va maxsus xaritalar bilan ta’minlab turdi va koordinatalar o’rnini aniq belgilab berardi. 1-Belorus va 1-Ukrain frontiga 6.1 mln nusxa xarita, 15 ming kodlangan aerosuratlar, 1.6 ming artilleriya nuqtalari belgilab berilgan edi. Harbiy qo’shinlarning Berlindagi harakatlarni ta’minlash maqsadida 1-Belorus frontiga shaharning relyeft plani tayyorlab berilgan edi. Bu rejalar jangga tayyorlanish vaqtida juda katta baxs va munozaralarga sabab bo’lgan edi.
Berlin taslim bo’lgandan 6 kun o’tgach yani 8-9 may kunlari Germaniya kapitulyastiya haqidagi hujjatni tasdiqladi.
Berlin operastiyasi tarixga kommunistok partiya sovet qurolli kuchlarining og’ir va uzoq yo’lining oxiri edi. Operastiya sovet qo’shinlarining harbiy texnik jihatdan kuchli ekanligini yakqol ko’rsatib berdi. Bu sovet sotsialistik hukumatining yuqori tashkilotchiligi va iqtisodiy jihatdan kuchliligini ko’rsatar edi.
Berlin egallangandan so’ng sovet qo’shinlarining quvonchi ichiga sig’may ketdi. Ayniqsa front generallari va qo’mondonlari bu g’alabadan sarmast edilar. Bu ular kutgan natija edi. Chunki shuncha mehnat bekorga ketmadi. Buni harbiy operastiyada qatnashgan generallarning yozib qoldirgan esdaliklaridan bilib olishimiz mumkin. Ayniqsa general G. K. Jukov xotiralarida bu o’z ifodasini topgan. Bu kitobda aytilishicha, Berlinning egallanishi harbiylar xotirasida ulkan g’alaba sifatida abadiy muhrlanib qoldi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, 2 xafta (16-aprel-2-may) davom etgan Berlin operastiyasi o’z maqsadiga erishdi. Ko’pgina davlatlar boshiga zulm kunlarini solgan fashist germaniyasi sovet qo’shinlari tomonidan yakson qilindi.
Bu zulm ostida qolgan davlatlar sovet armiyasidan juda mamnun edi. Agarda fashist germaniyasi mag’lubiyatga uchratilmaganida edi, ko’pgina xalqlarning madaniyati, an’analari va bosha ko’plab milliy meroslaridan mahrum bo’lar edi. Oyoq
osti qilingan davlatlar bunga qarshi qattiq kurashlar olib borgan bo’lsa ham lekin ularning bir o’zi fashist qo’shinlariga bas kela olmasdi. Sovet qo’shinlari esa buni uddalab, ulkan g’alabaga erishishdi.
Adabiyotlar :
1 . Istoriya Vtoroy mirovoy voynы : B 12 T. M., 1973-1 1979. T. 10.
2. Niqolay Shefov "Bitvы Rossii" Voenno - Istoricheskaya bibloteka M., 2002.
3. Stit. Po; "Voenno-istoricheskiy jurnal" 1975, № 5
4. G. K. Jukov, Vospominaniya i razmыshleniya
5. F. Pogyu, Verxovnoe komandovanie
6. A. Vasilevskiy. Delo vse jizni
7. Internet ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |