Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

Insonparvarlik.
Zamonaviy fan va texnikaning ulkan yutuqlari sababchisi inson, shaxsdir.
Hozirgi kompyuterlar qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, baribir, uni yaratgan va
boshqarayotgan insondir. XX asr tarixida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi va barcha
tarixiy o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. XX asrda shaxsning o‘zi ham tubdan
o‘zgardi. Yalpi o‘rta ma’lumot, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, ommaviy
madaniyatning paydo bo‘lishi insoniyat umumiy madaniy darajasining yuksalishiga va uning o‘ziga
xos jihatlarining takomillashuviga olib keldi.
1


4
Demokratlashtirish.
Yalpi saylash huquqi va inson omilining tarixiy jarayonlarga hal
qiluvchi ta’sir kuchiga ega bo‘lishi jahon siyosiy hayotini o‘zgartirib yubordi. Xalq vakillari siyosiy
hayotga faol aralasha boshladilar, partiya va davlat, jamoatchilik harakatlari va tashkilotlari
rahbarligiga keldilar. Ular ayni paytda keng xalq ommasining mafkurasini ham olib keldilar.
Davlatni boshqarishga yo‘l topgan ijtimoiy guruhlar doirasi kengaydi, keng xalq qatlamidan chiqqan
professional siyosatchilar paydo bo‘ldi, ommaviy axborot vositalarining siyosiy hayotga ta’siri
kuchaydi. Bularning hammasi provardida jahondagi siyosiy vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Globallashuv. Birinchi jahon urushidan so‘ng dunyo iqtisodiy hayotining baynalmilallashuvi
tez sur’atlar bilan davom etdi. Sof siyosiy g‘oya sifatida paydo bo‘lgan Yevropani “Yevropa
Qo‘shma Shtatlari” shiori ostida birlashtirish, dunyo iqtisodiy hayotining integratsiyasi taraqqiyot,
xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish va chuqurlashtirishning obyektiv jarayoniga
aylandi. Bu jarayon davlatlararo birlashmalar va muassasalar barpo etish, xalqaro mehnat
taqsimotini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va ilmiy kooperatsiyani rivojlantirishga turtki
bermoqda. Integratsiya asta-sekin turli mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini bir-biriga yaqinlashtirish
va tenglashtirish, o‘zaro manfaatli savdo, iqtisodiy va valyuta-xo‘jalik aloqalarini kengaytirishga
yordam bermoqda. Hozirgi paytda mazkur jarayon dunyoviy miqyos kasb etdi va ravnaq topdi.
Dunyo iqtisodiy hayotining globallashuvi muhim hayotiy va milliy manfaatlarga javob
beradi. Chunki u davlatlarning dunyo xo‘jalik jarayoniga qo‘shilishiga va dunyo texnologiyasi, fani
va madaniyati yutuqlaridan foydalanishiga ko‘maklashadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston
Prezidenti I.Karimov shunday yozadi: “Milliy tafakkur o‘z taraqqiyotida madaniy qurilish
vazifalariga dunyo miqyosida yondoshishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning o‘zaro
munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran nuqtalarigacha kirib borishi, milliy
manfaatlarni hisobga olishi kerak”.
XX asrda Yevropa mamlakatlarining ochiqdan-ochiq qarama-qarshiligi jahon harbiy
mojarosiga aylanib ketdi. Ko‘pgina mamlakatlarda bu hol biqiqlik jarayoniga, ya’ni jahondagi
jarayonlardan chetda turishni nazarda tutuvchi yopiq iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga sabab bo‘ldi.
Natijada ular dunyo iqtisodiyotidan ajralib qoldilar. Mazkur mamlakatlarda totalitar, antidemokratik
tuzumlar shakllandi, og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Pirovardida bunday mamlakatlarning
ba’zilari harbiy mag‘lubiyatga uchradilar (Germaniya, Italiya, Yaponiya), boshqalarida esa siyosiy
falokatlar ro‘y berdi (sobiq SSSR va sharqiy Yevropadagi sotsialistik lager mamlakatlari).
Shu sababli XX asr birinchi yarmining asosiy mohiyati demokratiyaning totalitarizm bilan,
insonparvarlikning fashizm bilan va globallashuvning ayrimchilik bilan kurashidan iborat bo‘ldi.
XX asr voqealari asosan shu tariqa kechdi. Bu voqealar bir tekis rivojlanmagan va
kechmagan, albatta, ular har bir mamlakatda o‘z xususiyatlariga, namoyon bo‘lish shakllariga ega
edi. Eng yangi tarix va dunyo siyosati yigirmanchi yuz yillikda ularning ta’siriga bog‘liq holda uch
bosqichni o‘tadi. Bular quyidagilardir:

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish