Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

4-
§
. Ikkinchi jaxon urushi arafasida Angliya
Iqtisodiy va siyosiy sohalarda ko‘rilgan tadbirlar hamda sanoatning rivojlantirilishi natijasida
1934 yildan boshlab umuman Angliya sanoat ishlab chiqarishi bir muncha o‘sdi va 1929 yildagi
darajaga yetib undan bir oz oshdi. Bu esa aviatsiya ximiya va boshqa bir qator sanoat
tarmoqlarining yuksalishi hisobiga bo‘ldi. Tashqi savdo aylanmasi ko‘paydi. Lekin mamlakat ilgarigi
vaqtlardagidek, yangi iqtisodiy yuksalish davriga kirolmadi. Urush xavfiga qarshi, tinchlik uchun
bo‘lgan umumdemokratik harakat sezilarli darajada rivojlana bordi. 1935 yilda “tinchlik plebissiti”
o‘tkazildi. Ovoz berishda 11,5 million kishi qatnashdi. Plebissit ishtirokchilarining mutloq
ko‘pchiligi kollektiv xavfsizlik uchun, qurolsizlanish va agressiv davlatlarga qarshi ta’sirli sanksiya
qo‘llanish uchun ovoz berdi. Hukmron doiralar plebissit natijalarini hisobga olib, hukumat tarkibini
qaytadan tuzdilar.
“Milliy hukumat”ning bosh ministri Makdonald 1935 yil iyunida iste’fo berdi va
konservatorlar lideri Bolduin bosh ministr qilib tayinlandi. 1935 yil noyabrida navbatdagi parlament
saylovida Bolduin boshliq konservatorlar xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish, kollektiv xavfsizlik
siyosatini yuritish kabi va’dalar berish yo‘li bilan g‘alaba qildilar. Konservatorlar keng jamoatchilik
oldida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun 1937 yilga qadar milliy leyboristlar va milliy
liberallar bilan bir blokda bo‘ldilar va Bolduin boshchiligida ikkinchi konservativ “Milliy hukumat”
tuzdilar. 1937-1940 yillarda Nevil Chemberlen ushbu konservativ hukumat tepasida turdilar.
Bolduin va Chemberlen boshliq konservativ xukumatlari tashqi siyosatda leyboristlar
partiyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan Angliya-Germaniya, Angliya-Yaponiya ziddiyatlarini SSSR
hisobiga bartaraf qilishga intildi. Boltiq dengizida Germaniyaning pozitsiyasini kuchaytirish
maqsadida 1935 yil 18 iyunda Angliya Germaniya bilan dengiz bitimini tuzdi.
Angliya AQSH va Fransiya bilan birgalikda “aralashmaslik” siyosati niqobi ostida ish ko‘rib,
fashist davlatlarning agressiyasini rag‘batlantirdi, 1935-1936 yillarda Italiyaning Xabashistonga
qarshi, 1936-1939 yillarda Germaniya va Italiyaning Ispaniyaga qarshi intervensiya qilishlariga va
1937 yilda Yaponiyaning Uzoq Sharqda Xitoyga qarshi urush ochishi uchun keng imkoniyat berdi.
Angliya, AQSH va Fransiya g‘arbda (mavjud holatni) saqlab qolish. fashizm agressiyasini Sharqqa-
SSSRga qarshi qaratish uchun zo‘r berib urindilar. 1937 yil noyabrida Angliya hukumati lord
Ralifaksni Germaniyaga yuborib, SSSRga qarshi Angliya, Germaniya Italiya va Fransiyadan iborat
ittifoq tuzishni Gitlerga taklif qildi. Shu bilan birga Gitlerga Germaniyaning Dansigni, Avstriya va
Chexoslovakiyani bosib olishga Angliyaning rozi ekanligini bildirdi. Angliyaning roziligi bilan
Germaniya 1938 yil 12 martida Avstriyani bosib oldi.
N.Chemberlen fashist agressor davlatlari bilan juda yaqinlashish natijasida konservatorlar
partiyasida va hukumatda oppozitsiya vujudga keldi. Oppozitsiya tashqi siyosatda fashist
agressorlariga qarshi, mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish, ehtiyoj choralari ko‘rishni talab
qildi. Oppozitsiya tashqi siyosat masalalari munosabatlari bilan vujudga kelgan edi. SSSRga qarshi
kurash masalasida esa ularning hammasi bir maslakda edi. Oppozitsiya munosabati bilan hukumat
tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turdi. (1937 yil mayida bosh ministr Bolduin o‘rniga Chemberlenning
kelishi, 1938 yil fevralida tashqi ishlar ministri Iden o‘rniga Ralifaksning kelishi va hokazo).
Uch yil davomida N.Chemberlen Gitlerni ko‘p sonli yon berishlar yo‘li bilan “tinchlantirish”
siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo‘ldi. N.Chemberlenning siyosiy maqsadi to‘rt davlat-
Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya o‘rtasida bitim tuzishdan iborat edi. Uning fikricha, bunday
bitim Yevropaning qolgan qismiga hukmini o‘tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga olib kelardi. Shu
sababli N.Chemberlen hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa yo‘llarini izlashdan
iborat bo‘ldi. N.Chemberlen sharmandali Myunxen kelishuvining bosh mualliflaridan biri edi. Gitler


13
o‘zining Chexoslovakiyani to‘liq yo‘q qilish rejalarini yashirmas va bu bilan Sudet viloyati faqat
boshlanishi ekanini uqtirar edi. N.Chemberlen bunga qarshilik bildirmadi va Chexoslovakiya
hukumatidan Gitlerning Sudet viloyatini berish to‘g‘risidagi talabini qondirishni talab qildi.
Angliya hukumati, Chexoslovakiya hukumati bilan nemis fashistlari o‘rtasida vositachilik
qilish uchun maxsus missiyani Rensimenni Pragaga yubordi. Chemberlenning o‘zi esa ikki marta
(1938 yil 15 va 22 sentabrda) Germaniyada Gitler huzurida bo‘ldi.
1938 yil 29-30 sentabrda Germaniyaning Myunxen shahrida AQShning qo‘llab-quvvatlashi
bilan to‘rt davlat-Germaniya, Angliya, Italiya va Fransiya hukumatlari rahbarlarining kengashi
bo‘lib, sharmandali bitim tuzildi. Myunxen bitimi Chexoslovakiya xalqiga nisbatan o‘ta ketgan
xoinlik va katta jinoyat edi.
Ko‘p o‘tmay Angliya hukumati Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga qarshi emas, G‘arbda
Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi. Bu
ma’lumot 1937 yildayoq Gitlerning G‘arbda urush boshlash, avval Versal bitimi mualliflari va yirik
mustamlakalar egalarini bir yoqli qilib, so‘ng Sharqqa yuz burish niyatida ekanidan dalolat
berardi.Shuning uchun Angliya armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938 yildagiga nisbatan ikki
baravar oshirildi. 1939 yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. 1939 yil 15 aprelda Angliya
tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938 yil oxiriga kelib
Angliya aviatsiyasi son jihatidan o‘sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi
samolyotlar bilan ta’minlandi.
1939 yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini ma’lum qildi. Xuddi
shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga xujum qilgan taqdirda
Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar bilan ham yordam ko‘rsatishini
anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga ham berildi. Biroq, bu “kafolat”larga juda
kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz Germaniya bilan dunyoni bo‘lib olish va Sovet Ittifoqiga
qarshi salib yurishi uyushtirish to‘g‘risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi.
1939 yil martida Gitler Germaniyasi Chexoslovakiyaning hamma qismini bosib olgandan
keyin Chemberlen hukumati tashqi siyosat va harbiy sohalarda ba’zi tadbirlarni ko‘rishga (bir
qancha mamlakatlarning ittifoqchisi bo‘lishga tayyor ekanligini bildirishga, harbiy xarajatlarni
oshirishga, majburiy harbiy ta’limni joriy qilishga) majbur bo‘ldi.
1939 yil bahorida Sovet hukumati kollektiv xavfsizlik sistemasi tuzishni hamda bu haqda
muzokaralar boshlashni Angliya va Fransiya hukumatlariga taklif qildi. Mazkur hukumatlar bu
taklifning xalqaro ta’sir kuchini va fashizmga yon berish siyosatidan mehnatkashlar ommasining
noroziligi kuchayib borayotganligini hisobga olishga majbur bo‘ldilar. Oldin (mart-iyulda)
diplomatik yo‘l bilan siyosiy muzokaralar so‘ngra (avgustda) Moskvada harbiy muzokaralar bo‘lib
o‘tdi. Ayni bir vaqtda Angliya va Fransiyaning ig‘vosi natijasida Polshaning o‘sha paytdagi reaksion
hukumati SSSR bilan hech qanday bitim tuzmasligini va fashist agressiyasiga qarshi kurashda sovet
qo‘shinlarining boshqa mamlakatlarga yordam qilishi uchun Polsha xududlaridan o‘tkazmasligini
bildirdi. Muzokaralar natijasiz tugadi. Shundan so‘ng 1939 yil avgustida Germaniyaning taklifiga
muvofiq Sovet Ittifoqi Germaniya bilan xujum qilishmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzdi.
Keskinlashib borayotgan xalqaro ahvol Angliya, Fransiya va AQSH hukmron doiralari umid
qilganidek rivojlanmadi. 1939 yil 1 sentabrda Fashistlar Germaniyasi Polshaga xujum qildi. Shundan
keyin Angliya va Fransiya hukumatlari xalq ommasi oldida uzil-kesil sharmanda bo‘lmaslik uchun
va Germaniya dunyoni qaytadan ta’sir doiralariga bo‘lish to‘g‘risida Angliya bilan kelishmay,
Yevropa va jahonda o‘z hukmronligini o‘rnatish yo‘liga butunlay o‘tib ketganligi uchun 1939 yil 3
sentabrda Angliya va Fransiya, Germaniyaga urush e’lon qildilar.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish