27
reyxstang tarqatildi. Mehnatkashlarning moddiy turmush darajasini yanada pasaytirib yubordi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqi, ishsizlarga beriladigan nafaqalar ancha kamaytirildi. To‘g‘ri va
egri soliqlar oshirildi. Jazo choralari kuchaytirildi. U buyuk iqtisodchi hisoblanadi, xalqqa uning
asosiy maqsadlari iqtisodiyotni
tushirishdan iborat, deb tushuntirishdi. Biroq, u bu niyatlarining
birortasini ham amalga oshirishni uddalay olmadi. Aksincha, Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishini
aynan u ta’minladi, deb hisoblash uchun barcha asos bor. AQSH hukumati 1931 yilda reparatsiya
to‘lovlari muddatini kechiktirdi. 1932 yilda esa, bu to‘lovlarni butunlay bekor qildi. Amerika
monopolistlari fashistlar partiyasini qo‘llab-quvvatladilar. 1929-1931 yillarda ular Gitlerga 25
million dollar berdilar.
Mamlakatda fashistlar va millitaristlar aktivlashdi, terror siyosati kuchaydi. Ular
Germaniyada Versal sulh shartnomasini bekor qilishga chaqirdilar. Fashistlar partiyasi qoloq
ishchilar va ishsizlarni, dehqonlar va mayda burjuaziyani o‘z tomoniga ko‘proq jalb etish uchun
inqiroz qiyinchiliklaridan foydalanib, ishsizlikni tugatish, agrar islohat o‘tkazish, trestlar ustidan
davlat nazoratini o‘rnatish kabi shior va yolg‘on va’dalar bilan, millatchilik va shovinizm,
tajovuzkor irqiy “nazariya”ni tobora keng tashviqot qilish yo‘li bilan, “Buyuk Germaniya” barpo
qilish shiori bilan o‘z ijtimoiy tayanchini kengaytirdi. Ular “SS” (soqchi qo‘riqchi otryadlari) va
“SA” (shturm otryadlari) tuzdilar. Ular
Tyuringiyada, Braunshveyg va Oldenburgda hokimiyatni
qo‘lga oldilar. 1930 yil sentabrida, ayniqsa, 1932 yil iyulidagi reyxstagga bo‘lgan saylovlarda
fashistlar ham ancha ko‘p (6,4 va 13,7 million) ovozga ega bo‘ldi. (1928 yilgi saylovlarda esa 800
ming ovoz olgan edilar). Ularning deputatlik mandatlarining soni 230 ga yetdi. 1932 yilda
prezidentlikka Gitler nomzodi ko‘rsatildi. Gitler saylovning birinchi davrasida 11,3 million (30%),
ikkinchi davrasida 13,4 million (37%) ovozga ega bo‘ldi. Saylov kompaniyalarida Gitlerchilarning
muvaffaqiyat qozonishi o‘ng burjuaziya lagerida ularning mavqeini kuchaytirdi. Burjua hukumati
esa fashizmga keng yo‘l ochib bermoqda edi. Sotsial-demokratiya xoinlari 1932 yil mart-aprel
oylarida xalq ommasiga murojaat qilib prezident saylovlarida Gindenburg uchun ovoz berishga
chaqirdilar. Gindenburg 19 million ovozga ega bo‘lib, 83 yoshda bo‘lishiga
qaramay prezidentlikka
qayta saylandi.
Bryuning parlamentning emas, shaxsan Gindenburgning qo‘llab-quvvatlashiga tayanib
mamlakatni 2 yil davomida boshqardi. Iqtisodiy ahvol yaxshilanmadi, siyosiy vaziyat esa
keskinlashib bordi. Bryuning Germaniya hukmron doiralaridagi konservativ kuchlarning
ko‘magidan mahrum bo‘ldi. 1932 yil 30 mayda Bryuning vazifasidan chetlashtirildi va uning o‘rniga
Frans fon Papen (1879-1969) tayinlandi. “Baronlar kabineti” degan nom olgan hukumat tarkibiga
prezident o‘g‘li va Birinchi jahon urushida nom chiqargan bir nechta harbiy arboblar kiritildi.
Reyxstag faoliyati to‘xtamadi, yangi kabinet bir necha oy davomida nazoratsiz hukmronlik qildi.
1932 yil mayida prezident tomonidan katolik “Markaz” partiyasining reaksion arbobi Fon
Papen boshchiligida manapolistik xukumat tuzildi. U gitlerchilar bilan yaxshi aloqada edi.
Gindenburgning qayta saylanishi va Fon Papen (1932 yil dekabrida esa general Shleyxer)
hukumatining tuzilishi fashistlar uchun tag‘in ham qulay sharoit yaratdi. Mamlakat yanada
fashistlashib bordi. Xuddi shu hukumatning yordami bilan Tyurengiya kabi ba’zi o‘lkalarda milliy-
sotsialistlarning hukumatlari tuzildi.
Gitlerning hokimiyatga bunday tez ko‘tarilishiga Germaniya yirik sarmoyasi ko‘maklashdi.
Gitlerning o‘z homiylari bilan birinchi uchrashuvi 1932 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tdi. “Po‘lat
tresti”ning direktori Tissen uni Germaniya sanoatchilariga tanishtirdi. Gitlerning 4 soatga cho‘zilgan
nutqi shunday iboralardan tuzilgan edi: “Demokratiya - axmoqlar ishi”, “Biz Germaniyada
marksizmning ildizini quritishga qaror qildik”, “Oq irq Yer kurrasida yashovchi boshqa barcha
xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirishi lozim”. Stinnesning “Buning uchun nima kerak?”- degan savoliga,
Gitler qisqa qilib: “8 mln. kishilik armiya”, deb javob berdi.
Germaniya sanoatchilari mamnun edilar. Ularga serharakat odam kerak edi, Gitler ularning
millat rahbari borasidagi talablariga to‘liq javob berardi. Ular Gitlerni
rasman fyurer, ya’ni dohiy
deb atay boshladilar. Sanoatchilar Gitlerning hokimiyatga kelishini ta’minlash uchun juda qattiq ish
olib bordilar.
28
Gitlerning boshqa homiylari ham bor edi. Yirik Amerika tijoratchilari Gitlerga Germaniya
sanoatchilaridan ham oldinroq e’tibor bergandilar. Amerikaning avtomobil qiroli Genri Ford
Gitlerni 1922 yildayoq mablag‘ bilan ta’minlay boshladi. 1938 yilda, hokimiyat cho‘qqisida bo‘lgan
paytda Gitler G.Fordni Germaniyaning oliy ordeni - Katta Xoch bilan mukofotladi. Gitlerning
hokimiyatni egallashiga ko‘maklashgan yana bir Amerika kompaniyasi “Jeneral Elektrik” edi. Shu
ikki kompaniya ko‘magining o‘zi Gitlerni butun Amerika yirik tijorati qo‘llab-quvvatlashi uchun
yetarli bo‘ldi. Gitler - urush degan so‘z ekanini hamma yaxshi tushunardi, Yevropadagi urush esa
Amerika tijorati uchun daromad manbai edi. Ikkinchi jahon urushi davrida Ford
ikkala tomondan -
Gitler vermaxti uchun transport vositalari ishlab chiqargan Fransiya va Germaniyadagi korxonalari
hamda Amerika armiyasi uchun undan harbiy avtomobillar xarid qilgan AQSH hukumatidan foyda
olgani ma’lum.
1932 yil sentabrda Fon Papen Reyxstagni tarqatdi, general Shleyxer hokimiyat tepasida
turgan vaqtda (1932 yil dekabr - 1933 yil yanvar) Gitlerchilar, “Po‘lat Dubulg‘a”, reyxsver va o‘ng
burjua partiyalari bilan birgalikda harakat qilish to‘g‘risida qat’iy bitimga keldilar. Barcha eng
reaksion partiya va bloklarning “Milliy konsentratsiya” degan bloki paydo bo‘ldi. Yirik
monopoliyalar, banklarning vakillari va generallar uzil-kesil fashistlar tomonga o‘ta boshladilar.
Gendenburgga Germaniyaning 20 dan ortiq moliya magnatlari imzolagan noma yuborilib, unda
Gitlerni darhol reyxskansler etib tayinlash talabi qo‘yildi. 1933 yil 4 yanvarda Gitler Germaniyaning
yirik va yetakchi sanoatchi va sarmoyadorlari ishtirokida majlis o‘tkazdi, unda Gitler kansler
bo‘lishi kerak, degan qarorga kelindi. 1933 yil 30 yanvarda prezident Gendenburg fashistlar
partiyasining boshlig‘i Gitlerni reyxskansler qilib tayinladi. Fon Papen vitsekansler lavozimini
egalladi. Shunday qilib, Germaniyada oshkora fashistik diktatura-moliya kapitalining eng reaksion,
eng shovinistik va eng imperialistik elementlarining terroristik diktaturasi o‘rnatildi.
Natsistlar partiyasining qat’iy nizomga bo‘ysundirilgan tizimi va ommaviy siyosiy targ‘ibot
totalitar tuzum apparatini vujudga keltirdi. U yirik sarmoya manfaatlarining ijrochisi, hukmron
sinflarning quroliga aylandi, biroq uning ommaviy tayanchi shaharlar va qishloqlar, ulardagi
sinfsizlashgan unsurlar hisoblanardi. Bu ijtimoiy guruhlar oldingi hukumatlar tomonidan o‘z holiga
tashlab qo‘yilgan bo‘lib, umidsizlikka tushgan va qashshoqlashgan, keskin o‘zgarishlar ro‘y
berishiga mushtoq edilar. Gitler ularga ish, faravonlik va yashash sharoitlarini yaratib beruvchi
hukumat va’da qildi. U buyuk va qudratli Germaniyani tiklashga, Germaniya xalqining barcha
musibatlari sababchisi bo‘lgan Versal bitimini bekor qilishga so‘z berdi. Bu uning bayroqlari
ostiga
juda ko‘pchilikni jalb qildi, ular Gitlerga ko‘r-ko‘rona ergashdilar. 1933 yil iyulida Germaniyada
shturmchilar nazorati ostida umumxalq plebissiti o‘tkazilib, unda 36 mln. aholi Gitler siyosatini
qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Bu Gitlerni ruhlantirdi va o‘z siyosatining amalga oshishiga to‘liq
ishonch bag‘ishladi.
Natsistlar rahbariyatining bosh maqsadi Yevropa qit’asida hukmronlik o‘rnatish edi; bunga
oldin barcha nemiszabon xalqlarni birlashtirish, so‘ng esa hayotiy kenglik (“lebenstraum”) uchun
kurash shiori ostida hududlarni bosib olish yo‘li bilan erishish ko‘zda tutilardi. Gitler asosiy
e’tiborini shu maqsadni amalga oshirishga qaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: