Saylov
Saylov
— ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa
tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning
davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov oʻtkazish tartibi va
qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy
hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning
vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning
umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov boʻlishi mumkin.
Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan
oldingi; bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona
nomzod koʻrsatilsa); toʻgʻri yoki koʻp bosqichli; asosiy yoki qoʻshimcha saylov oʻtkazilishi
mumkin.
Yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladigan saylovlarda saylovchilar oʻz tanlovlarini berilgan varaqaga yozib, saylov
qutisiga tashlashadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik
organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda —
dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, teng,
toʻgʻridantoʻgʻri S huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi (yana qarang
Saylov
tizimi
,
Saylov huquqi
)
[1]
.
2021-yil
8-fevral kuni qabul qilingan „Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
toʻgʻrisida“gi qonunga binoan saylovlar oktabr oyida oʻtkazilishi belgilandi. Yaʼni Prezidentlikka
saylov,
Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasiga,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Joʻqorgʻi
Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov
tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktabr oyi uchinchi oʻn
kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi)
[2]
.
Markaziy
saylov komissiyasi
tomonidan tayyorlangan
qonunning
konsepsiya
variantida saylovlarni mart
oyiga koʻchirish haqidagi taklif ham boʻlgan.
Fuqarolar
bilan oʻtkazilgan seminar tadbirlarda
hamda
ommaviy axborot vositalari
orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va
sentabr oylari qayd etilgan. Biroq saylovlarni oktabr oyida oʻtkazish boʻyicha 70 foizdan ortiq
taklif fuqarolardan kelganligi bois shu oyga koʻchirilgan.
[3]
Saylovlarning
statistik
tahlili bilan shugʻullanuvchi fan
psefologiya
deyiladi.
Oʻzbekistonda saylovlar
Yana q.
Manbalar
Havolalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Saylov&oldid=2916940
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |