Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

2-
§
 Stabillashuv yillarida Germaniya
Nemis burjuaziyasi hukumatga qarshi yuz bergan harakatlarni bostirib o‘zining iqtisodiy va
siyosiy mavqeini vaqtincha mustahkamlab oldi. 1923 yil oxirida o‘tkazilgan pul islohoti inflyatsiyani
bir muncha bartaraf qildi. 8 soatlik ish kuni nogironlar va keksalarga beriladigan nafaqalar bekor
qilindi. 1924 yil boshida harbiy holat yo‘qotilib, yana parlament boshqaruviga o‘tildi.
Germaniya iqtisodiyotini izdan chiqarish AQSH rejasida yo‘q edi. Shu sababli Amerika
hukumati vaziyatni o‘zgartirishga qaror qildi. AQShning taklifi bilan amerikalik bankir Daues
boshchiligida ekspertlar komissiyasi tashkil etildi. Komissiya Germaniyaning tovon to‘lovlarini


25
tartibga solish rejasini ishlab chiqdi. Uning takliflari 1924 yil 16 iyulda Londonda bo‘lib o‘tgan
mamlakatlar konferensiyasida qabul qilindi.
Daues rejasiga ko‘ra Germaniya sanoatini chet el zayomlari va kreditlari yordamida,
shuningdek, Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish yo‘li bilan tiklash ko‘zda
tutilgandi. Reja bo‘yicha Germaniya 1924-1925 budjet yilida g‘olib davlatlarga oltin bilan 1 milliard
marka tovon to‘lashi kerak edi. Keyingi yillarda to‘lov miqdori yiliga 2,5 milliardgacha ko‘payishi
ko‘zda tutilgandi. Asta-sekin to‘lovlar kamaytirilib, Germaniya iqtisodiyotining ahvoliga ko‘ra
amalga oshirilishi mo‘ljallangan edi. Bu shart qabul qilingan taqdirda AQSH Fransiyaning
qarzlaridan voz kechishini bildirdi. Fransuzlar bu rejani qabul qildilar va 1925 yilda so‘nggi fransuz
askari Rurdan chiqib ketdi. “Daues rejasi”ga muvofiq, AQSH Germaniyaning moliya ishlarini o‘z
nazoratiga oldi, hamda Germaniyaning og‘ir va harbiy sanoatini tiklash uchun mo‘ljallangan uzoq
muddatli zayom va kreditlarning 70% ini berdi. 1924-1929 yillarda chet eldan Germaniyaga
berilgan uzoq muddatli qarz 10-15 milliard markani va qisqa muddatli qarz 6 milliard markani
tashkil qildi. Bu esa Germaniyaning shu yillardagi reparatsiya to‘lovlaridan ikki hissa ko‘p edi.
Daues rejasi qabul qilingach, Germaniyaga Amerika sarmoyasi to‘xtovsiz oqib kela boshladi.
AQShda Germaniya sanoatini zaruriy xom ashyo bilan ta’minlovchi qo‘shma korxona tashkil etildi.
Germaniyaning o‘zida ham Amerika kompaniyalari o‘z sho‘balarini ochib, yangi turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqara boshladi. 1925 yildan 1930 yilgacha AQSH Germaniya iqtisodiyotiga
10 milliard dollar sarmoya kiritdi. Bu esa Germaniya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan yuksalishi
uchun zamin yaratdi.
Xorijiy sarmoya yordamida Germaniya sanoatchilari sanoatni tamomila qayta tikladilar va
zamonaviylashtirdilar. Sarmoya va ishlab chiqarishni birlashtirish va markazlashtirish tez sur’atlar
bilan davom etdi. Germaniyada kimyo, po‘lat quyish va boshqa sohalarda ulkan monopol
birlashmalar (IG Farbenindustri, “Po‘lat tresti” va boshqalar) vujudga keldi. 1930 yilda bunday yirik
konsernlar soni 2100 taga yetdi. Xo‘jalik sohasi, trasport, gazeta-jurnallar, kinostudiyalar,
ko‘ngilochar ermaklar, sport ularning tasarrufida edi. Iqtisodiyot va jamoatchilik fikrini belgilashda
ular hal qiluvchi mavqega erishdilar.
Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Veymar respublikasi
yirik burjuaziyaning boyishi va sanoatning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yaratgan
ideal siyosiy ustqurma bo‘lib chiqdi. Davlat iqtisodiy yuksalishni faollashtirish maqsadida o‘zining
budjet mablag‘laridan o‘rinli foydalandi.
Veymar respublikasi eski sarmoya sohiblari guruhini boyitibgina qolmay, yangi
sanoatchilarning paydo bo‘lishiga ham imkoniyat yaratdi. Masalan, 1925 yilda tashkil etilgan “IG
Farbenindustri” kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropadagi eng yirik trestga
aylandi. Germaniyaning butun kimyo sanoati uning tasarrufida edi. 1926 yilda tashkil etilgan
birlashgan “Po‘lat tresti” barcha temir va po‘latning 40 foizini, ko‘mirning 25 foizini ishlab
chiqarardi.
1928 yilda Germaniyada 1913 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p elektr energiyasi, 7 barobar
ko‘p avtomobil, 32 barobar ko‘p alyuminiy ishlab chiqarildi. Shu yili Germaniya kimyo mahsulotlari
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi va po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni
egalladi. 1929 yilda Germaniya 16 mln. tonna po‘lat ishlab chiqardi (Angliya - 10 mln., Fransiya-10
mln.), mashinalar eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni oldi. Kapitalizmning stabillashuvi
yillarida Angliyadan, ayniqsa, AQShdan olingan qarzlar hisobiga Germaniya sanoatida
ratsionalizatsiya keng avj oldi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi hamda markazlashuvi
yanada kuchaydi. Harbiy sanoat quvvati tiklanib bordi. Nemis-Amerika, Nemis-Ingliz
monopoliyalarning aloqalari kengaydi. Germaniyada xususan Amerika kapitalining, ayniqsa,
Morgan, Rokfeller, Mellon moliya gruppalarining mavqei tobora mustahkamlandi.
Germaniya G‘arb davlatlari bilan yarashish yo‘lini qidirardi, Sharqda esa, o‘zining azaliy
hududlarini qaytarib olish niyatida edi. Shu maqsadda, Germaniya 1925 yil oktabrda Angliya,
Fransiya, Italiya, Belgiya, Polsha va Chexoslovakiya bilan birga Lokarno (Shvetsariya)
konferensiyasida qatnashdi. Konferensiyada bir qancha bitimlar, jumladan Reyn ahdnomasi


26
imzolandi. Sobiq dushmanlar muzokaralar stoli atrofida Yevropada yangi tartiblar o‘rnatish haqida
kelishib oldilar. Fransiya va Germaniya Versalda belgilangan o‘zaro chegaralarning qonuniyligi va
buzilmasligini tasdiqladilar. Angliya va Italiya bu bitimning kafolatchisi bo‘ldi. Lokarno
konferensiyasida qatnashgan davlatlar Germaniyaning g‘arbiy chegaralarini buzmaslik to‘g‘risida
o‘zaro kelishib oldilar, lekin uning sharqiy chegaralari haqida hech qanday majburiyat olishmadi.
Germaniya Lokarno bitimlariga binoan, 1926 yil 10 sentabrda Millatlar Ittifoqiga kirdi. Ayni
paytda Germaniya Versal tartibini yo‘qotish va ittifoqchilar nazorati ostidan xolos bo‘lishga
intilmoqda edi.
Germaniya Amerika-Angliya moliya kapitalining yordami va AQSH monopolist
doiralarining vakili Yungning aktiv ishtiroki bilan 1929 yil fevral-avgustida reparatsiya plani o‘rniga
yangi “Yung plani” qabul qilindi va u 1930 yil yanvaridan kuchga kirdi. Bu planga muvofiq,
reparatsiya to‘lovlari 20% kamaytirildi, reparatsiyaning umumiy summasi 113,9 milliard oltin
markaga keltirilib, yillik to‘lash summasi 2 milliard markagacha qilib belgilandi, to‘lash 59 yilga
(1988 yilgacha) uzaytirildi. Antantaning Germaniya iqtisodi ustidan nazorati batamom tugatildi.
Stabillashuv yillarida nemis burjuaziyasining siyosiy mavqei ham birmuncha
mustahkamlandi. Burjuaziya bilan yunkerlar bloki tuzildi. 1923 yil oxiridan 1928 yil iyunigacha
mamlakatni “Kichik koalitsiya”- o‘ng burjua respublikachi partiyalari (katolik “Markaz”, “Xalq
partiyasi”) koalitsiyasi boshqardi. Vilgelm Marks va Lyuter shu davrda tuzilgan hukumatlar
tepasida turdilar. 1925 yil Ebert vafotidan keyin Kayzer armiyasining feldmarshali, birinchi jahon
urushi jinoyatchilaridan biri bo‘lgan ashaddiy monarxist Gindenburg prezident qilib saylandi.
Gindenburg reaksiya kuchlarini yanada mustahkamlash maqsadida 1928 yil martida
reyxstagni tarqatib, may oyida yangi saylovlar o‘tkazdi.
Gindenburgning topshirig‘iga mufoviq, 1928 yil iyunida reyxstagdagi Sotsial-demokratiya
fraksiyasining lideri German Myuller sotsial-demokratlardan va o‘ng burjua partiyalari vakillaridan
iborat “Katta kaolitsiya” hukumatini tuzdi va 1930 yil martigacha mamlakatni boshqardi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish