38
Italiyada G‘arbdagi birinchi totalitar tuzum tashkil topdi. Bu tuzum iqtisodiy qayta qurish
sohasida nihoyatda katta vazifalarni ilgari surdi. Fashist davlati mamlakatdagi butun ijtimoiy va
iqtisodiy hayotni qamrab oladigan «korporativ tartib» yaratishni rejalashtirgan edi. Bu tartibning
asosiy tamoyillari Katta fashist kengashi tomonidan 1927 yilda qabul qilingan «Mehnat xaritiyasi»da
bayon etilgan edi. U ishlab chiqarish muammolarini birgalikda hal etish uchun kasaba uyushmalarini
va ishbilarmonlarni teng asosda korporatsiyalarda birlashtirishni nazoratda tutardi. Ishbilarmonlar
va ishchilar bir tashkilotning teng huquqli a’zolariga aylanardilar. Xalq xo‘jaligining sanoat, qishloq
xo‘jaligi, savdo, banklar, transport kabi sohalariga mos keladigan 22 korporatsiya tuzildi. Bu
beso‘naqay tashkilotning tepasida Korporatsiyalar milliy kengashi turardi.
Italiyadagi voqealar xalqaro imperialistik burjuaziyaga juda ma’qul keldi, Rim xalqaro
reaksion doiralarining ziyorat markazi bo‘lib qoldi. 1925-1929 yillar davomida Angliya-Amerika
bankirlari Italiyaga 7 mlrd. lira kredit berdilar. 1928 yil yana bir qancha qonunlar qabul qilinib,
amalda parlamentchilik rejimi tugatildi. Parlament batamom o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Yirik
burjuaziya va pomeshchiklar manfaatini ko‘zlab «Ulug‘ Rim imperiyasi» tuzish rejasi ishlab chiqildi.
Bu rejaga muvofiq Bolqon, Tunnis, Misr, Angliya-Misr Sudani, Baleor orollari va Korsikani bosib
olish mo‘ljallandi. O‘rta dengizni Italiyaning ichki dengiziga aylantirish ko‘zda tutildi. Italiya
fashistlari Yaqin Sharqda ham hukmron bo‘lib olishni xayol qildilar. 1923 yilda Italiya Bolqonda
ustun bo‘lishga intilib, Gretsiyaga qarshi agressiv harakat boshladi va Korfu orolini bosib oldi.
Birok, Angliya jiddiy e’tiroz bildirgach, Italiya o‘z qo‘shinlarini Korfudan olib chiqib ketdi. 1923 yil
sentabrda Italiya 1920 yilgi Rapollo shartnomasini buzib, Fyumenni bosib oldi. 1924 yil yanvarida
Italiya bilan Yugoslaviya o‘rtasida Rimda imzolangan shartnomaga muvofiq «Fyumen shahri va
Fyumen porti Italiyaniki» deb tanildi. Italiya fashistlari 1920 yilda qo‘lga kiritilgan Egey dengizidagi
Dodekanes orollarini butunlay o‘zlariniki qilib oldilar. Yugoslaviyaning qarshiligiga qaramay, Italiya
Albaniyani o‘ziga tobe qildi. Italiya 1926 yili Albaniya bilan do‘stlik to‘g‘risida, 1927 yili esa
«ittifoqlik» to‘g‘risida shartnoma tuzdi va Albaniya ustidan o‘z protektoratini o‘rnatdi. Italiya 1926
yili Ispaniya bilan, 1927 yili Ruminiya va Vengriya bilan, 1928 yili Gretsiya va Turkiya bilan
«Do‘stlik» to‘g‘risida shartnomalar tuzdi. U Yevropa sharqi-janubida, hatto uning markaziy
tumanlarida hukmron bo‘lishga zo‘r berib urindi. Bu masalalarda Italiya bilan Fransiya o‘rtasidagi
ziddiyatlar keskinlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: