Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

2-
§
. Stabillashuv yillarida Avstriya
Avstriyada beqaror stabillashuv 1925 yildan boshlandi. Lekin inqiroz davom etdi. Hukumat
inqirozdan qutulish maqsadida chet el davlatlariga Millatlar ittifoqiga yordam so‘rab murojaat qildi.
1924 yil 4 oktabrda Jenevada Avstriya bilan Angliya, Fransiya, Italiya va Chexoslovakiya o‘rtasida
bitimlar imzolandi. Jeneva bitimlariga muvofiq Avstriyaga iqtisodiy va moliyaviy jihatdan yordam
berish uchun oltin bahosida 650 mln kron uzoq muddatli zayom berildi, reparatsiya to‘lash muddati
20 yilga uzaytirildi. 1923 yilda Rurning Fransiya tomonidan okkupatsiya qilinishi natijasida G‘arbiy
Germaniya sanoatining og‘ir ahvolda qolishi munosabati bilan Avstriyadan temir va metal buyumlari
ko‘p eksport qilindi. Natijada mamlakatning xo‘jalik ahvoli bir muncha yaxshilandi. Biroq, Rur
okkupatsiyasi tamom bo‘lishi bilan Avstriya eksportining qisqarishi orqasida 1924 yilda yangi
iqtisodiy inqirozi so‘ngra depressiya boshlandi. 1927 yili Avstriya sanoat ishchilarining 1|3 qismi
ishsiz qoldi. Faqat 1928 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi rivojlanib, urushdan oldingi darajaga
yetdi. Sotsial-demokratik partiya siyosati va taktikasi Avstriya burjua reaksiyasiga juda ham qo‘l
keldi. Mamlakatda fashistik tendensiya va fashistik tashkilotlari kuchaya bordi. Hukmron doiralar
ishchilar harakatiga qarshi kurash olib borish uchun fashist tashkilotlarining o‘sishiga yo‘l ochib
berdi. German fashizmining to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlari bo‘lgan natsist gruppalar va partiya
rasmiylashdi va aktivlasha bordi. Buning ustiga xeymver va frontaviklar (jahon urushi
qatnashchilarining qolgan qismlari) ko‘plab qurollantirildi, fashistik xeynver natsistlarning terrori
kuchaya bordi. Sotsial demokratiya esa fashizmga qarshi kurash niqobi ostida 1923 yilda yangi
harbiylashtirilgan tashkilot Shutsbund (himoya qilish soyuzi) tuzdi. Fashizmga qarshi kurash
maqsadida unga juda ko‘p ishchilar va kommunistlar kirdilar. Shutsbund a’zolarining soni tezda yuz
ming kishidan oshdi. Lekin sotsial demokratiya liderlari 1925 yilda Shutsbenddan kommunistlarni
chiqarib yubordilar. Shutsbund amalda burjuaziya reaksiyasiga xizmat qildi va inqilobiy harakatga
qarshi qaratildi. Shober 1929 yil sentabrda hokimiyat tepasiga keldi u sotsial demokratiyaning
qo‘llab-quvvatlashi bilan konstitutsiyani ochiqdan-ochiq fashistik ruxda o‘zlashtirilishiga erishdi.
1929 yil dekabrida yangi konstitutsiya qabul qilindi: saylovchilar soni cheklandi, prezidentning
huquqlari oshirildi. U parlamentni tarqatish va hukumatni tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, parlament
muassasalariga fashistik korparativ elementlar kiritildi. Toifalar (sanoatchilar, yer egalari va
hokazo) soveti degan uchinchi palata tuzildi. 1929 yilda konstitutsiya Avstriya burjua davlatini
fashistlashtirish yo‘lida katta bir qadam bo‘ldi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish