32
Ko‘p millatli Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qoloq mamlakatlaridan biri
edi. Mehnatkashlar ommasi kapitalistik va feodal zulm ostida azob chekdi. Birinchi
jahon urushi
mehnatkashlarning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi.
Sanoat kapitalining konsentratsiyasi va markazlashuvi, moliya oligarxiyasi kuchayib ketdi.
Germaniyaning yordami bilangina Avstriya-Vengriya to‘la halokatga uchramay, urushni ma’lum
vaqtga qadar davom ettira oldi. Lekin urushda Avstriya-Vengriya ko‘p talofat ko‘rdi, 4 mlndan
ortiq kishi o‘ldi, yarador bo‘ldi va asir tushdi. Avstriya-Vengriya 1918 yil 3 noyabrda taslim bo‘lish
to‘g‘risida Antanta bilan bitim imzoladi. Avstriya-Vengriya monarxiyasi
urushda yengilishi va milliy
ozodlik harakatining yuksalib borishi natijasida halokatga uchradi. Imperiya parchalandi; Vengriya
va Chexoslovakiya mustaqil davlat sifatida imperiya tarkibidan chiqdilar. Janubiy slavyan
viloyatlarida Serbiya bilan birgalikda yangi Yugoslaviya davlati barpo etildi. Triyent, Triyest va
Janubiy Tirol Italiyaga o‘tdi. Transilvaniyaning bir qismi, Banat va Bukovina Ruminiyaga qo‘shildi.
Shu tariqa, reaksion Avstriya Vengriya imperiyasi yakson bo‘ldi. Mamlakatda monarxiyani bitirish
va respublika tartibini joriy qilish talablari ilgari surildi. 1918 yilda 29-30
oktabrlarda Venada xalq
ommasining ishchilar va soldatlarning respublika barpo qilish shiorlari ostida ommaviy namoyishlari
bo‘ldi. Noyabr oyida ham kurash davom etdi. Shu tariqa, siyosiy kurash keskinlashayotgan bir
sharoitda, 1918 yil 12 noyabrda Muvaqqat millat majlisi Avstriyani respublika deb e’lon qildi.
Gabsburglar monarxiyasi davrida burjuaziya Avstriya mehnatkashlarini va 52 mln. kishidan
iborat
bo‘lgan slovyan aholisini qattiq ekspluatatsiya qilish hisobiga yashadi va boylik orttirdi. Monarxiya
parchalanib ketgandan so‘ng yangi Avstriya davlatining hududi ancha torayib aholisining soni 6,1
million kishidan iborat bo‘lib qoldi, xolos.
Avstriya sanoati agrar mamlakat edi. Ishga layoqatli aholining 33% sanoat va
hunarmandchilikda, 31% qishloq xo‘jaligida va o‘rmon xo‘jaligida ishlar edi. 1919 yil 16 fevralda
Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazildi, demagogiya metodlarini ishga solgan sotsial-demokratlar 170-
deputatlik mandatidan 72 tasini egalladilar. Sotsial-demokratlar burjua partiyalari bilan birga 1919
yil martida yana kaolitsion hukumat tuzdi. Asosiy ministrlik lavozimlarini va hatto muhim davlat
mansablarini egalladilar: Sotsial-demokratlardan Karl Zeyts respublika prezidenti qilib saylandi.
Karl Renner davlat kansleri va ichki ishlar ministri qilib saylandi. 1919 yil 10 sentabrda Parij
yonidagi Sen-Jermenda Antanta bilan Avstriya o‘rtasida sulh shartnomasi tuzildi. Shu shartnomaga
muvofiq, Avstriya ilgari bosib olgan bir qancha hududlaridan mahrum bo‘ldi, hamda ko‘pgina yerlar
Italiya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya va Ruminiya kabi davlatlar ixtiyoriga o‘tdi. Avstriyaga faqat
30 ming kishilik armiyaga ega bo‘lish huquqi berildi va mamlakatda umumiy harbiy majburiyat
bekor qilindi. Avstriyaning Dunay flotiliyasida va boshqa yerlardagi hamma harbiy kemalari Antanta
davlatlariga topshirildi. Avstriya 30 yil davomida Antantaga reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
Maxsus
reparatsiya komissiyasi tuzilib, Avstriya iqtisodiyoti ustidan Amerika, Angliya va Fransiya
davlatlarining nazorati o‘rnatildi. 1920 yil 1 oktabrda ta’sis majlisida Avstriya respublikasi
konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq Avstriya bir necha o‘lkalardan (Yuqori
Avstriya, Quyi Avstriya, Shtiriya, Karintiya, Tirol, Forarlburg, Zalsburg, Burgenland va Venadan)
tashkil topdi va «federativ davlat» deb ataldi. Keyinroq bu davlat «Avstriya respublikasi» nomini
oldi, o‘lkalar avtonom huquqga ega bo‘lib, ularda qonun chiqaruvchi mahalliy organlar
- landtaglar
tashkil qilindi. Avstriya parlamenti quyi palata – «Milliy Sovet» va yuqori palata - «Federal
Sovet»dan iborat edi. «Milliy Sovet» esa, landtaglarning vakillaridan tuzildi. «Federal Sovet» keng
huquqlarga ega bo‘ldi. Prezident ikki palataning qo‘shma majlisida saylandi va uning huquqlari
cheklandi. 1920 yil 17 oktabrda yangi konstitutsiya asosida «Milliy Sovet»ga saylovlar o‘tkazildi.
Katolik cherkovi dehqonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatganligi natijasida hukumat Xristian-
sotsialistlardan tuzildi. Yirik pomeshchik Gaynish respublika prezidenti qilib saylandi. Sotsial-
demokratik partiya
hukumat tarkibidan chiqib, «Oppoitsiya»ga o‘tib oldi va amalda, shu niqob
ostida burjua -pomeshchiklar hukumatini qo‘llab-quvvatladi. Avstriya burjua reaksiyasining asosiy
partiyasi bo‘lgan Xristian-sotsial partiya ishchilar sinfining yangi inqilobiy ko‘tarilishiga qarshi
kurashda xeymver («vatanni himoya qilish soyuzi») qurolli fashist to‘dalariga tayanib ish ko‘rdi.
Xeymver 1919-1920 yillarda tuzilgandi. 1922 yil mayida Xristian-sotsial partiya o‘ng gruppasining
33
lideri Ignats Zeypel boshchiligida «kuchli» hukumat tuzildi. Nemis natsional
partiyasi vakillari ham
shu hukumat tarkibiga kirdi. Bu hukumat ichki siyosatda reaksion diktatura rejimini o‘rnatishga,
tashqi siyosatda Markaziy va Sharqi-Janubiy Yevropada o‘z hukmronligini tiklashga, Dunay
federatsiyasi loyihasini amalga oshirishni ko‘zda tutdi. 1922-1924 va 1926-1929 yillarda
mamlakatni Zeypel hukumati boshqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: