2 mundarija



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/89
Sana10.07.2022
Hajmi3,9 Mb.
#769074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)




 



 
 
MUNDARIJA 
 
T.s 
Nomlanishi 
Sahifasi 

Kirish 

Ma’ruzalar matni 

Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy 
qo’llanma 

Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish 
va baholashga doir uslubiy ko’rsatmalar 

Referat mavzulari ro’yxati 

Glossariy 

Fanning o’quv dasturi 

Fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi 

Tarqatma materiallar 
10 
Nazorat savollari 
11 
Test savollari 
12 
Baholash tartibi va mezonlari 
13 
Adabiyotlar ro’yxati 
14 
Muallif haqida ma’lumot 



1

MAVZU
:
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI. SHISHA VA KERAMIK 
MATERIALLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Reja: 
1. Keramika buyumlari texnologiyasi tarixi. 
2. Keramika va olovbardosh buyumlar ta’rifi. 
3. Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. 
4. Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning umumiy 
texnologik tizimi. 
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Keramika buyumlari texnologiyasi tarixi. 
Keramika mahsulotlarining dastlabkisi idish bo’lgan. Unda oziq-ovqat 
pishirilgan va ortiqchasi saqlangan. Jumladan, neolit davrida tuxumsimon qilib 
ishlangan dastlabki idishlardan ovqat saqlash va pishirishda foydalanilgan. 
Xitoyda miloddan avvalgi 3 ming yillikdagi Yanshao davrida keramikaning 
rivojlanishi boshlangan. XII-XIII asrlarda esa ularning shuhrati butun dunyoga 
tarqalgan. Chinni nomi bilan atalgan bunday mahsulotlar Markaziy Osiyo va 
Eronga ham keltirilgan. 
Markaziy Osiyoda VIII-XII asrlarda sopol idishlar ishlab chiqarish yuqori 
pog’onali ko’tarilgan. Bu erlarda yashil, kulrang buyumlar olish odat tusiga kirgan. 
Ismoil Somoniy maqbarasi shu davrda yaratilgan noyob inshoatlardan namunadir. 
Keramika chinnisi ishlab chiqarish Evropada 1700 yillarning boshiga to’g’ri 
keladi. Birinchi chinni zavodi 1710 yili Meysenda, ikkinchi 1717-1718 yillarda 
Venada ishga tushirilgan. Rossiyada birinchi chinni zavodi Peterburgda 1744 yilda 
qurilgan. 
XIX-XX asrlarda keramika sanoati Markaziy Osiyoda jadal sur’atlar bilan 
rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Xiva, 
Regar kabi ulkan chinni korxonalari qurildi va ishga tushirildi. Farg’ona 
viloyatining Rishton qishlog’ida 1970 yili keramika zavodining ishga tushirilishi 
sopol idish va badiiy buyumlar assortimentini ko’paytirish imkonini berdi. 
O’zbekistonda barpo etilgan keramika sanoatining yirik korxonalari qatoriga 
nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik 
yodgorlik buyumlari, Andijon, Chimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik 
buyumlari zavodlari, Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari 
kombinati kiradi. 
2. Keramika va olovbardosh buyumlar ta’rifi. 
Keramika so’zi grekcha keramike - kulol san’ati ma’nosini anglatadi. U aslida 
yunoncha keramos - tuproq, sopol, kuydirilgan gil so’zidan kelib chiqqan. 
Keramika - maxsus tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar aralashmasidan 
hosil qilingan aralashmani pishitib, undan tayyorlangan va keyin qattiq qizdirib 
hosil qilingan mahsulotdir. 
Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqarilgan va 
olovbardoshligi 1580°C dan kam bo’lmagan keramika buyumi. 
3. Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. 



Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi 
yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi. 
Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga 
bo’linadi:
1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari;
2) texnika materiallari;
3) maishiy-xo’jalik materiallari. 
Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi 
mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, 
tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan 
sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, 
agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga 
quyidagicha talqin berish mumkin: 
-
qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika 
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va 
cherepista kabi materiallar; 
-
devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda 
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot; 
-
tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka 
o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti; 
-
drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari 
asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini 
bosuvchi mahsulot; 
-
tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali 
tosh, g’isht va koshinlar; 
-
ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan 
koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar; 
-
effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak 
keramika materiallari; 
-
sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan 
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar; 
-
qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950-
1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht; 
- sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda 
tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon 
mahsulotlar. 
Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga 
mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga 
chidamli 
oksidlar 
keramikasi, 
elektroizolyastiyaga 
moyil 
silikatli 
va 
alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan 
keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan 
kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar. 
Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan. 
Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi. 
Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq 
mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi, yuzasining 
ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism, 
gruppa va turlarga bo’linadi. 



Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker 
yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik 
bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan 
arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga qarab esa ushbu 
mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti) va eritib 
qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi. 
Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan, 
emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi 
mumkin. 
Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar 
ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan 
buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan 
bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun 
buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali 
g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi. 
Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga 
ajraladi: 
1. Oddiy keramika buyumi va materiallari - qurilish g’ishti, sopol, chinni, 
koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580°C li haroratda o’zgaradi. Odatda 
qurilish g’ishti 1250°C dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1400-1500°C dan 
yuqori haroratda eriydi. 
2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari - shamot, dinas g’ishti va 
boshqalar. Ular 1580°C li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi. 
Keramika buyumlari xom-ashyo va kuydirish temperaturasiga ko’ra 2 klassga 
ajraladi: 
1.
Suv yutuvchanligi 15% gacha bo’lgan va qisman pishgan serkovak 
buyumlar klassi - devorbop, tombop va pardozlash materiallari; 
2.
Suv yutuvchanligi 0,5% dan yuqori bo’lmagan va batamom pishgan 
zich zarrachali buyumlar klassi - chinni, texnika keramikasi va boshqalar. 
Olovbardosh materiallar klassifikastiyasiga kelsak, ular kimyo-mineralogik 
tarkibga ko’ra quyidagicha turlanadi: 
1.
Kremnezemli buyumlar - dinasli olovbardosh buyumlar va kvarst 
shishasi asosida olingan buyumlar
2.
Alyumosilikatli buyumlar - yarim nordon g’isht, shamot g’ishti va 
yuqori glinazyomli buyumlar; 
3. Magnezialli buyumlar - magnezialli o’tga chidamli buyumlar va 
magnezialli-ohakli (dolomitli) buyumlar; 
4.
Magnezial - shpinelli buyumlar - magnezit-xromitli o’tga chidamli 
buyumlar, shpinelli buyumlar va boshqalar; 
5.
Magnezial-silikatli buyumlar - forsteritli o’tga chidamli buyumlar va 
boshqalar; 
6.
Uglerodli buyumlar; 
7.
Karbid kremniyli buyumlar; 
8.
Цirkonli buyumlar - baddelitli va stirkonli olovbardosh buyumlar; 
9.
Oksidli buyumlar - berilliyli, magniyli, kalstiyli va boshqa oksidli 
olovbardosh buyumlar; 
10. Kislorodsiz buyumlar - nitridli, boridli va boshqa olovbardosh 
buyumlar. 



Olovbardoshlik xossalariga ko’ra barcha materiallar 3 gruppaga ajraladi: 
1.
Olovbardoshligi 1580-1770°C bo’lgan o’tga chidamli buyumlar; 
2.
Olovbardoshligi 1770-2000°C bo’lgan yuqori o’tga chidamli buyumlar; 
3.
Olovbardoshligi 2000°C dan yuqori bo’lgan o’ta yuqori o’tga chidamli 
buyumlar. 
4. Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning umumiy 
texnologik tizimi. 
Keramika materiallari ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi 
quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi: 
1. Xom ashyo (shamot, kaolin, kvarst, kvarst qumi, magnezit, dolomit va 
boshqalar) ni maydalash; 
2.
Xom-ashyoni frakstiyalarga ajratish; 
3.
Xom-ashyoni tortish; 
4.
Xom-ashyoni aralashtirish; 
5.
Aralashmaga shakl berish; 
6.
Qoliplangan buyumni quritish; 
7.
Quritilgan buyumni kuydirish; 
8.
Kuydirilgan buyumni sortlash; 
9.
Kuydirilgan buyumni upakovkalash; 
10. Mahsulotni tayyor buyumlar omboriga joylash. 
Keramika mahsulotlari xom-ashyosi 3 gruppa - yopishqoq, kengayuchan va 
eritgich materiallari orasidan tanlanadi. 
Plastik xom-ashyo - keramika masalalarining asosiy komponenti bo’lib, u 
kuchli yopishqoqlik xususiyatiga ega ekanligi tufayli samarali shakllashni 
ta’minlaydi. U keramika mahsulotlari tarkibi, tuzilishi va xossalariga kuchli ta’sir 
o’tkazadi. Ularga gil va kaolinlar kiradi. Chinni, sopol va shamot olovbardosh 
g’ishtlarida kaolin A1
2
O
3
· 2SiO
2
· 2H2O quyidagicha parchalanib, asosiy mineral 
faza mullit 3Al
2
O
3
· 2SiO
2
ni hosil qiladi: 
Al
2
O
3
·2SiO
2
·2H
2
O Al
2
O
3
·2SiO
2
+ 2H
2

Kaolinit 
Metakaolinit 
3 (Al
2
O
3
·2SiO
2
) 3 Al
2
O
3
·2SiO
2
+ 4SiO

Mullit 
Kengayuchan 
xom-ashyolar 

quritish 
va 
kuydirish 
jarayonlarida 
mahsulotlarni deformastiyalanishdan asraydi, shakllangan keramika buyumining 
qiyshayishi va darz ketishining oldini oladi. Ular tabiatiga ko’ra 3 turli bo’ladi: 
- tabiiy-kvarst qumlari, kvarst, unlangan kvarstitlar, gilli slanest va boshqalar; 
- texnogen-toshqol va kullar; 
- sintetik-shamot - past temperaturada kuydirilgan (odatda 1000°C) va 
unlangan gillar; 
Eritgichlar - pastroq temperaturada eritma hosil qilish hisobiga gillarning 
pishish temperaturasini pasaytiradi. Natijada qattiq fazada pishishdan suyuq 
fazoviy pishish mexanizmiga o’tiladi. Eritgichlarning gal va kengayuvchan 
moddalarga ta’siri 2 xil bo’lishi mumkin: 



- ularning erish temperaturalari asosiy gilli minerallarning erish 
temperaturalariga nisbatan pastroq bo’ladi - dala shpatlari, nefelin-sienitlar, 
spodumenlar va hokazo. 
- eritgich moddalari shixtaning asosan minerallari bilan past haroratda 
eruvchan evtektika hosil qiladi - bo’r, dolomit, magnezit va boshqalar: 
Chinni toshi tarkibiga plastik moddalardan tashqari kengayuchan va 
eritgichlar ham kiradi. 
Olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishning tipik sxemasi xom-ashyo (o’tga 
chidamli tuproq, kaolin, magnezit, kvarstit va boshqa) larga oldindan ishlov berish, 
pishgan yarim fabrikat olish uchun ularni (kvarstitlardan tashqari) kuydirish, 
maydalash, bog’lovchi komponent (shamotli olovbardosh buyumda tuproq, dinasli 
olovbardosh buyumda ohakli sut va boshqa) larni qo’shish, ularni aralashtirish, 
og’irligi 3-25 kg li buyumlar olish uchun shakllash (presslar yordamida yoki 
boshqa usullarda) va quritish, qoliplardan chiqarilgan buyumlarni tunnel yoki 
boshqa pechlar yordamida 1300-1750°C li haroratda kuydirish. 
Shisha qattiqligi, mustahkamligi, amorfligi bilan xarakterlanadigan shaffof jism 
sanaladi. Shaffofligidan tashqari shishaning yuqorida aytilgan hossalari hamma 



qattiq jismlar uchun xosdir. Lekin shisha bir qator hossalarga ham egaki, bu suyuq 
holat uchun ham tipik hisoblanadi. 
Shishaga jahon olimlari turlicha aniqlik kiritishdi. 1939 yil Rossiya Fanlar 
Akademiyasi olimlari tomonidan shishaga quyidagicha izoh berildi:
“Shisha deb qotish, suyuqlanish temperaturasi va kimyoviy tarkibidan qattiy 
nazar qizdirib suyuqlantirilgan moddani sovitishdan xosil bo’lgan va qattiq jism 
xossalarini o’zida namoyon etuvchi hamma amorf jismlariga aytiladi, unda suyuq 
holatdan shisha xolatga o’tish jarayoni qaytar bo’lishi shart”.
AQSh olimlari tashkiloti shisha tushunchasiga quyidagi aniqlikni kiritishdi: 
«Shisha kristallizastiyasiz qattiq xolatgacha sovitilgan noorganik mahsulotdir». 
Shisha rangsiz va rangli, shaffof va noshaffof bo’lishi mumkin. Ularni qattiq 
xolatgacha kristallizastiyasiz sovitish mumkin va ular bu ko’rinishda ko’pgina 
spestifik xossalarga ega bo’ladilar. Shisha strukturasi to’g’risida yanada aniqroq 
tassavurga ega bo’lish uchun qattiq va suyuq faza orasidagi bog’lanishni ko’rib 
chiqish kerak.
Suyuqliklarning rentgenostrukturali analizi shuni ko’rsatadiki, suyuqliklarda 
yaqin masofa tartibliligi mavjud bo’lib, uzoq masofa tartibliligi mavjud emas. 
Qattiq jismlarda uzoq va yaqin masofa tartibliligi mavjud bo’lib, strukturasi esa 
butun hajm bo’yicha tartibliligi ta’minlanadi. 
Toza kristall modda eritmasi sovitilsa, ularda aniq muzlash nuqtasi borligi 
ko’rinadi, bu nuqtada kristallar hosil bo’lishi hisobiga qotish sodir bo’ladi. Lekin 
ba’zida suyuqlikni muzlash temperaturasidan past temperaturasigacha kristallar 
hosil qilmasdan sovitish mumkin. Bu holda suyuqlik juda sovitilgan holda bo’ladi. 
Juda sovitish holati tez uchrab turadigan holatdir. Suyuqlikka chang tushishishnig 
oldini olinsa, juda tez sovitish jarayoni mukammal sodir bo’ladi. Suyuqlikda 
begona bo’laklar paydo bo’lsa (yot qo’shimcha, chang, soch tolasi va boshqalar)
kristallizastiya markazlari hosil bo’lish imkoniyati paydo bo’ladi. Juda sovitilgan 
suyuqlik metastabil holatda bo’ladi, negaki, uning ozod energiyasi unga mos 
kristallning ozod energiyasidan katta bo’ladi. Lekin juda sovitilgan suyuqlik 
strukturasida har qanday unga yaqin strukturaga qaraganda ozod energiyasi 
bo’ladi. Shisha holati bilan normal qattiq yoki suyuq holat orasidagi bog’lanishni 
suyuqlik sovishida ro’y beradigan jarayonlar bilan tushintirish mumkin. 
MAVZUNI MUSTAXKAMLASh UChUN VAZIFALAR: 
“Keramik materiallar ishlab chiqarish” va “Shisha materiallar ishlab 
chiqarish” texnologiyasining asosiy jarayonlarining “Venna diagrammasi” 
yordamida solishtiring. 
Umumiy jixatlari 



Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 

Keramika - grekcha keramike (yunoncha keramos) - tuproq, sopol, 
kuydirilgan gil, kulol san’ati manolarini anglatadi. 

Keramika materiali - tabiiy tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar va 
organik moddalar aralashmasidan hosil qilingan loyni pishitib, quyib, quritib va 
keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulot. 

Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha ishlab 
chiqarilgan, o’txona va pechlar qurishda ishlatiladigan, olovbardoshligi 1580°C 
dan kam bo’lmagan keramika buyumi. 

Qurilish keramikasi - oddiy tuproq yoki tuproq bilan maxsus 
qo’shilmalardan yasalgan, yuqori haroratda ishlov berish yo’li bilan olingan va 
qurilishda devor kabilarni yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot. 

Texnika keramikasi buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan 
o’tkazgich, yarim o’tkazgich, izolyator, magnit xossali buyum va boshqalar. 

Maishiy-xo’jalik materiallari - keramika texnologiyasi bo’yicha gil, 
kaolin, kvarst va dala shpati aralashmasidan olingan chinni va sopol kabi nafis 
mahsulotlar. 
Nazorat savollari. 
1. 
Keramika so’zi nimani anglatadi. 
2. 
Keramika mahsulotlariga ta’rif bering. 
3. 
Keramika tadbiq etish oblasti va texnologik xususiyatlariga ko’ra qanday 
bo’linadi? 
4. 
Qurilish keramikasi buyumlari qatoriga qanday sanoat va grajdan qurilishida 
ishlatiladigan buyumlar kiradi? 
5. 
Devorbop, tombop, drenaj va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan keramika 
buyumlariga ta’rif bering. 
6. 
Texnika keramikasi buyumlari qanday xossalari bilan bir birlaridan farqlanadi? 
7. 
Maishiy- xo’jalik materiali deb qanday mahsulotga aytiladi? 
Sun’iy keramika buyumlari qaysi mamlakat va o’lkalarda paydo bo’lgan? 

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish