2 mundarija



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/89
Sana10.07.2022
Hajmi3,9 Mb.
#769074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

 
Rasm.1. Kolonnali flotatsiya mashinasi
 


20 
1
 – xavo dispergatori; 
2
 – Tinchlantiruvchi panjara; 
3
 - 
kamera

4
 – kо‘pik 
maxsulotni 
qabul 
qiluvchilar; 
5
,
6
 – ta’minotni 
tarqatuvchilar; 
7
 - float; 
8
 -
 shiberli flabber; 
9
 - shiberniy chо‘ntak.
Sement sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham bu jarayonga katta 
ahamiyat beriladi. Ayniksa tayyor aralashma - shlamni yetiltirish va saqlash 
texnologiyaning muxim omillaridan biridir. Shlam shlam-basseyn nomli qurilmada 
kranli va boshqa aralashtirgichlar yordamida aralashtirib turiladi. Natijada 
shlamning og‘ir bо‘lakchalarining chо‘kishiga yо‘l kо‘yilmaydi. Shlamning 
kimyoviy tarkibi bir turli bо‘lishiga, uning bо‘lakchalari namligi ham bir xil 
bо‘lishiga erishiladi. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Xom ashyoni saralash jarayoni kanday kechadi? 
2. Xom ashyolarni saralashning kanday usullari sizga ma’lum? 
3. Xom ashyo silikat sanoatlarida kanday jixozlar yordamida dozalanadi? 
4. Dozalash va ta’minlash jarayonlarini kanday sharoit va jixozlar yordamida 
birgalikda olib borish mumkin?
5-MA’RUZA. QURILISH KERAMIKASI VA G’ISHT ISHLAB CHIQARISH XOM 
ASHYOSI . GILLARNING XUSUSIYATLARI
 
Reja: 
Kirish so’zi. 
1. Qurilish keramikasi maxsulotlari. 
2. Qurilish g’ishti ta’rifi, ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilish soxalari. 
3. Qurilish koshinlar (plitkalar) ishlab chiqarish texnologiyasi. 
4. Cherepista ishlab chiqarish tizimi. 
Kirish so’zi 
Qurilish keramikasi maxsulotldari va buyumlari qatoriga yirik – va mayda 
donalik keramika massalari asosida olingan va imoratlar, turli muxandislik 
inshooatlari, yo’llar, suv va kanalizastiya tarmoqlari qurilishida ishlatiladigan 
moddalar kiradi. Ular Yana Fan texnika, bog’ va parklar, turli – tuman sohalar 
uchun xizmat kiluvchi inshoatlar qurilishida ham keng qo’llaniladi. 
Qurilish keramikasi buyumlari texnologik xususiyatlariga ko’ra ikki kata 
guruxga ibo’linadi. Birinchi «A» guruxiga keramika sopolagining suv 
yutuvchanligi 7 % dan kam bo’lgan buyumlar, ikkinchi «B» guruxiga esa suv 
yutuvchanligi 7% dan ko’p bo’lgan buyumlar kiradi. 
Qurilish keramikasi an’anaviy keramika buyumlari guruxiga mos bo’lib, 
uning qatoriga sanoat va grajdan qurilishida keng qo’llaniladigan kuyidagi 
buyumlar kiradi: 
- devorbop keramika materiallari – oddiy qurilish g’ishti va boshqalar; 
- tombop keramika materiallari – cherepista; 
- tashqi yuza keramikasi materiallari yuzali tosh va g’ishtlar oblistovka uchun 
ishlatuvchi plitkalar, arxitektura san’ati obidalari, pech uchun ishlatiluvchi 
izrazstilar; 


21 
- ichki pardozlash materiallari-fayansli plitkalar, izrazsti va boshqalar; 
- sanitariya – texnika buyumlari – vannalar, rakovinalar umivalniklar unitazlar 
va boshqalar; 
- keramikadan yasalgan quvurlar – kanalizastiya va drenaj maqsadlarida 
ishlatiluvchi buyumlar; 
- qurilish keramikasi buyumlar asosan kuydirib olinadigan buyumlar bo’lib, 
g’ovakli (devorbop materiallar, arxitektura pardozlash keramikasi, dekorativ 
keramika, cherepista, issiqlik izolyastiyasi va boshqalar) va tosh - keramika 
buyumlari ( klinkerli g’it, kanalizastiya quviri, kislotaga chidamli quvur va 
buyumlar, pol uchun ishlatiladigan plitka va boshqalari) ga ajraladi. 
Qurilish keramikasi buyumlari orasida devorbop keramika, drenaj quvurlari 
va cherepista aloxida o’rinni egallaydi. Ular ko’p tonnajli buyumlar klassiga 
mansub bo’lib, xar bir shahar va har bir qishloqda ko’p miqdorda ishlab chiqariladi 
va quruvchilarga uzatiladi. 
Devorbop keramika buyumi qatoriga oddiy tuproqdan yasalgan g’isht, 
tuproqdan yasalgan kovakli g’isht, yarim quruq usuli bo’yicha presslangan kovakli 
g’isht, yuzali keramika g’ishti va toshlari (1-rasm), bloklar, yuzali bloklar, sirlangan 
devorbop keramika, angob yuritilgan devorbop keramika, keramzit asosida olingan 
keramika bloklari va boshqalar kiradi. 
1-rasm. Turli xil g’ishtlar. 
Tombop materiallar (shifer, temir tunka va boshqalar) orasida keramikadan 
yasalgan cherepista muhim material hisoblanadi. Shifer vaqt o’tishi bilan darz 
ketadi va sinadi, temir tunka har surish uchun bo’yoq talab etadi. ammo tuproq 
asosida yasalgan cherepista 100 yil va undan ko’p hizmat qiladi. 
Drenaj uchun ishlatiluvchi keramika quvurlarining ham ahamiyati kata. Ular 
botqoqli erlarni quritishda muhim rol o’ynaydi. Ishlab chiqarishda uzunligi 333 va 
5000 mm, diametri esa 125 mm, suv yutuvchanligi 18% - dan oshiq bo’lmagan 
turlari ko’plab ishlab chiqariladi. 
2. Qurilish g’ishti ta’rifi, ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilish soxalari. 
Yuqorida qurilish keramikasi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Keltirilgan 
ma’lumotlardan ular orasida qurilish g’ishtining roli naqadar kattaligi ko’rinib 
turipti. Quyida ko’p tonnajli maxsulot - qurilish g’ishti ta’rifi, turlari, olinishi va 
ishlatilishi xaqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 
Enstiklopediyalarda g’ishtga to’g’ri burchakli paralellepiped formasiga ega 
bo’lgan standart razmerli, mineral materiallardan quyilgan, kuydirish yoki par bilan 
ishlov berish orqali olinadigan sun’iy toshga aytiladi deb ta’rif berilgan. 
Xaqiqatdan ham, qurilish materiali sifatida ishlatiladigan g’isht (mahalliy aholi uni 
xom g’ishtdan ajratish maqsadida pishiq g’isht deb ham aytadi) sun’iy kimeviy 
material bo’lib, bo’yi 250, eni 120 va qalinligi 65 mm, og’irligi 4 kilogrammgacha 
qilib tayyorlanadi.


22 
G’isht turlari. 
Qurilish g’ishti fizik-kimeviy jixatdan kalstiy, magniy, alyumosilikat, temir 
silikati singari tuzlar va kremniy (IV) oksidi asosida qotirilgan suyuqlikning 
evtektik qotishmasidan iborat. Xarorat 1200-1300 bo’lganda u butunlay erib 
ketadi va shishasimon moddaga aylanib qoladi. 
2- rasm. Qurilish g’ishti turlari:
a- oddiy pishiq g’isht; b- ichi kovak g’isht; v- devorbop g’isht. 
Yuzali g’ishtlar ham xuddi oddiy g’isht o’lchamlarida ishlab chiqariladi, lekin 
ularning yuzasi keyinchalik eritma bilan suvalmagani uchun yaxshi kuygan, tashqi 
ko’rinishi tekis va zich bo’lishi kerak. Bu g’ishtlar arxitektura ahamiyatiga ega 
bo’lgan imoratlarning peshtoqini bezashda qo’llanilgani uchun uning yuzasi yupqa 
qavat yaxshi pishadigan oq tuproq yoki sir, angobalar bilan qoplangan. Bunday 
g’ishtlar bilan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, Andijondagi Jomiy masjidi, 
Alisher Navoiy nomli Akademik opera va balet teatrining tashqi devori bezalgan. 
Ularning naqadar ko’rkamligiga bir boqib ko’ring-chi. Ko’pincha bunday 
g’ishtlarni qoliplarda quyish vaqtida unga mexanik usul bilan jo’yak bosilib, shakl 
hosil qilinadi, rangli to’kma quyiladi. 
Yuzali g’isht sifatli lyoss kaolin tuprog’iga turli aralashmalar, jumladan 
shishasimon modda qo’shish orqali olinadi. Yuqori harorat-1100 daraja atrofida 
o’zaro birikish va kristallanish jarayonlari zudlik bilan ro’y berganligi sababli tiniq, 
silliq yuza hosil bo’ladi. 
G’isht deganda yana uning izolyastiya maqsadlarida ishlatiladigan engil vaznli, 
serkovak va serkovak-ichi kovakli turlari ham tushuniladi (4-rasm). Bu g’ishtlar 
hajm og’irligini kamaytirish va issiqlikni izolyastiya qilish xossalarini kuchaytirish 
maqsadida olib borilgan izlanishlar natijasida bunyodga keldi. Nihoyatda engil 
(xatto ular suvda ham cho’kmaydi) bo’lgan bu xildagi engil vaznli g’ishtlarning 1 
tonnasi par qozonlari turbina, pech va issiqlik uzatish trubalarini qurishda ishlatish 
natijasida xalq xo’jaligida bir yilda 200 tonna atrofida issiqlikni tejash imkoniyatiga 
ega bo’linadi. Texnika vositalari orasida qovakli g’ishtga teng keladigan, 
yonmaydigan, issiqlikni tejash koeffistenti 95-97 prostentga etadigan boshqa 
qurilish materialini topish amri mahol. Kovakli qishtda tovush yutish va tovushni 
izolyastiya qilish nixoyatda a’lo darajadadir. 
Serkovak g’ishtlarning mineralogik tarkibi xuddi oddiy qurilish g’ishtining 
tarkibiga aynan o’xshash, ammo tanada sferik shakldagi juda mayda mikroskopik 
bo’shliqchalarning bo’lganligi ularning 1 kub metr hajmi og’irliklarini 600 dan 
1450 kilogrammgacha tushib qolishiga sababchidir. Albatta, har bir g’ishtning 
og’irligi 4 kilogrammdan ancha kam bo’ladi. 
3-rasm. Serkovak g’isht. 


23 
Ichi kovak g’ishtlar 12, 16, 19, 24, 31, 65, 105 teshikli qilib chiqariladi. 
Teshiklarning ko’pligiga qarab g’ishtlarning og’irligi 2,5 kilogrammgacha 
kamayadi, issiqlikni saqlash xususiyati esa ortadi, ammo siqilishga chidamliligi 
kamayadi. Shuning uchun ham ichi kovak g’ishtlarni ishlab chiqarish prostessida 
uning markasini keskin kamayishiga yo’l qo’ymaslik darkor. 
Keyingi yillarda g’ishtning serkovak va ichi kovak turlari o’rniga serkovak-ichi 
kovakli g’isht turi ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Bu effektiv g’isht turi massaga 
kuyuvchi qo’shimchalar (mayda ko’mir, qipiq) va g’isht g’oliplarga maxsus kernlar 
qo’yish orqali amalga oshirilmoqda.
G’ishtning turlari ko’p. Shundan biri kislotaga chidamli g’isht. Fazali tarkibi 
asosan mullit va kvarst minerallaridan tashkil topgan bunday g’ishtlarning markasi 
200 dan, kislotalarga chidamliligi 94 prostentdan kam bo’lmasligi uning asosiy 
xossalaridandir. 
Mamlakatimizda yaratilgan va qurilishda keng foydalaniladigan yana bir g’isht 
bor. U ham bo’lsa kvarst va ohak asosida olingan va formulasi kalstiyli 
gidrosilikatdan tashkil topgan silikat g’ishtdir. Oq rangli silikat g’ishtti 
mamlakatimizda 75, 100, 125 va 150 markalarida chiqariladi. Ularga 0,1-3 prostent 
atrofida bo’yoq qo’shib, hohlagan rangdagi g’ishtni olish mumkin. 
4-rasm. Rangli g’ishtlar. 
Qurilish g’ishti tushunchasi ko’pincha uy-joy qurilishi materiali sifatida talqin 
etiladi. Ammo bu tushunchani texnikada ishlatiluvchi qurilish materialiga ham 
taaluqli deb hisoblansa katta xatoga yo’l qo’yilmaydi. Sostavi asosan mullit, 
stirkonomullit, kvarst, shpinel, xromomagnezit, korund kabi minerallardan tashkil 
topgan va o’tga chidamli material nomi bilan atalgan g’isht turi juda yuqori 
haroratda ham o’z xossalarini yo’qotmaydi. Bunda g’ishtning erish nuqtasi albatta 
1580 darajadan yuqori, og’irlik ta’siridagi deformastiya nuqtasi esa 1500 daraja 
atrofida. O’tga chidamli g’ishtlar o’lchami qurilish g’ishti qolipiga o’xshash 
bo’lsada, ammo mustaxkamlikda tanxodir. Ularning 1 kvadrat santimetriga teng 
yuzasi 1 tonna va undan og’irroq yuk bilan siqilganida ham o’zining formasini 
yo’qotmaydi. 
Oddiy qurilish g’ishtini yasash uchun tarkibida 50 prostent kvarst, 10 prostent 
glinozem, 15 prostent kalstiy va magniy oksidlari, 5 prostent ishqor va temir 
oksidlari va 15 prostent suv va angidrid gazidan iborat lyoss tuproqlari ishlatiladi. 
Bu tuproqning erish temperaturasi 1150-1180 darajaga teng bo’lib, toshga aylanish 
temperaturasi 1050-1100 daraja atrofidadir. 
Engil vaznli izolyastiya g’ishtini olishda lyoss, slanestli tuproq, diatomit, trepel 
kabi plastik moddalar, bazalt, granit, diabaz, traxit kabi tog’ jinslari yoki domna 
toshqoli, issiqlik elektrostanstiyalarining kullari kabi sanoat chiqindilaridan 
foydalaniladi. Mahsulot vaznida atom va molekulalar zichligini kamaytirish 
maqsadida esa gaz, ko’pik, o’tin, torf, qamish, xashak, alyuminat pudrasi, kanifol, 
sovun, vodorod perekisi kabilar massaga qo’shiladi. 


24 
Serkovak va serkovak-ichi kovakli g’ishtlar massasiga pishish temperaturasini 
kamaytiruvchi qum yoxud qipiq yoki kul va ko’mir qo’shish orqali olinadi. 
Granulometrik tarkibi asosan 0,05-0,005 millimetrdan iborat bo’lgan lyosslarga 
daraxt chiqindisi yoki maydalangan ko’mir qo’shiladi. 
Ichi kovak g’isht yuqorida qayd qilganimizdek uvalanishga moyil, siqilishga 
esa chidamsiz. Bu kamchilikni ularga kuchli plastik moddalar qo’shish orqaligina 
bartaraf etish mumkin. Toshkent kimyo texnologiya instituti « Silikat materiallar 
texnologiyasi » kafedrasi olimlarining fikricha, bu maqsadlarda 10-15 prostent 
miqdorda Keles bentoniti yoki Angren kaolinini lyossga qo’shish yaxshi natija 
beradi.
5-rasm. Qurilish g’ishti ishlab chiqarish texnologik tizimi. 
G’ishtning silikat g’ishti deb ataluvchi turini ishlab chiqarishda esa oxaktosh 
va qum ishlatiladi. Ishlatilayotgan kvarst qumida kremniy (IV) oksidining miqdori 


25 
90 prostentdan kam bo’lmasligi, oxak esa to’yinmagan va so’nmagan bo’lishi 
kerak. 90-93 prostent qum va 7-10 prostent miqdorda ohak aralashtirilgandan so’ng 
ohak baraban yoki silosxonalarda suv ishtirokida so’ndiradi. 
6-rasm. Silikat g’ishti. 
O’tga chidamli va yuzali g’ishtlarning olinishida asosan tarkibida alyuminiy 
oksidi ko’p bo’lgan va kimeviy formulasi gidroalyumosilikatga to’g’ri kelgan oq 
kaolin tuprog’i hamda tog’ jinslarining barcha turi qo’llaniladi. Masalan, shamot 
g’isht nomli o’tga chidamli materialning olinishida ishlatiladigan tuproqning 
haroratga chidamliligi 1580 darajadan, undagi alyuminiy (III) oksidining miqdori 
esa 28 prostentdan kam bo’lmasligi kerak. 
G’isht ishlab chiqarish prostessi murakkab prostess bo’lib, bir qancha 
stadiyalarni o’z ichiga oladi. Yuqorida berilayotgan oddiy va effektiv g’isht ishlab 
chiqarishning texnologik sxemasi bu haqida tushuncha hosil bo’lishiga yordam 
beradi. 
G’isht ishlab chiqarish kerakli xom ashyo manbalari bor erlarda amalga 
oshiriladi va xom ashyo bir yoki ko’p cho’michli ekskavator yordamida qizib 
olishdan boshlanadi. So’ngra tuproq 12 tonna yoki undan ham ko’p yuk 
ko’taradigan KrAZ, BelAZ markali avtosamosvallarda tuproq saqlash omboriga 
jo’natiladi va saqlanadi. 
Xom ashyoni maydalash jarayoni g’isht ishlab chiqarish texnologiyasining eng 
axamiyatli jarayonidan biridir. G’isht korxonalarida bu jarayon toshajratgich va 
silliq valli mashina (bulg’alagichlar) yordamida bajariladi. 
150-200 mm razmerli bo’lakchalar toshajratgich stilindrlarida 12 mm gacha, 
silliq vallarda esa 3-4 mm gacha maydalanadi. Mexanik aralashtirgichlar 
yordamida tuproqqa qo’shimcha moddalar va suv qo’shiladi. Sanoatda keng 
tarqalgan SM-447A aralashtirgichda bir soatda 18 m
3
atrofida moddalarning 
qo’shish va namlash mumkin. Namlikning massada bir tekisda tarqalishi, 
tuproqning tez bukishi uchun suv o’rnida 0,5-0,7 atmosferali par ishlatilsa yaxshi 
natijalar berishi mumkin. Texnologlarning fikricha, 1000 dona g’ishtga 100-150 kg 
par sarflash g’isht markasining hech bo’lmaganda 25 kilogrammga oshishini 
ta’minlaydi. 
18-23 prostent namlikdagi g’isht massasi vakuumli va vakuumsiz yotiq lenta 
presslarda 2-5 kg sm
2
li bosim ostida qoliplarga quyiladi. Vatanimizda keng 
tarqalgan 420-700mm simob ustuniga teng vakuumli va 100 kvt tok kuchi 
yordamida ishlaydigan SM-443A pressining unumdorligi soatiga 5000 ming donani 
tashkil etadi. Shuningdek, g’ishtni yarimquruq presslash metodi bo’yicha 100-150 
atmosferali bosim ta’sirida ham qoliplash mumkin. Bu holda namligi 8-12 prostent 
bo’lgan tuproq ishlatiladi. 
Nurli yoki rotastion avtomatlar bilan brusdan kesilgan g’isht “avtomat 
taxlovchi” mashinalar yordamida quritish vagonchalariga joylanadi. Jumladan, 
“SM-562A” markali shunday mashina bir soatda 8000 dona g’ishtni tahlaydi, ya’ni 
ilgari 8-10 kishi bajaradigan ishni mashinaning bir o’zi bajaradi.
Xom g’isht 6-9 prostentli namlikkacha quritiladi. Ilgari bu eng mashaqqatli 
operastiya hisoblanib, g’isht haftalab ochiq maydonlarda quyosh nuri yoki 


26 
yonayotgan o’tin yordamida quritilar edi. hozirgi paytda g’isht quritish prostessi 
zamonaviy, qo’l kuchidan xoli bo’lgan kamera yoki tunnel quritgichlarda 90-120 
darajali issiq yordamida quritilmoqda. Quritish vaqti ham bir necha marta qisqardi: 
u kamera agregatida 40-70 soatni, tunnel agregatida esa 15-40 soatni tashkil qiladi. 
Quritilgan g’isht quritgich vagonchalaridan olinib, maxsus vagon yoki 
xonalarga joylanadi va so’ngra u pishiriladi. 
Qurilish g’ishti olish uchun ishlatiladigan shixta sostavga erish temperaturasi 
past bo’lgan moddalar kirishiga qaramasdan xom g’ishtning pishishi va qattiq 
toshga aylanish temperaturasi hali ham yuqoriligicha (900-1100 daraja atrofida) 
qolmoqda. Shuning uchun g’ishtlar maxsus o’tdonda, ya’ni halqali va tunnel 
pechlarida kuydiriladi yoki avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O’tga chidamli 
g’isht tarkibiga erishi qiyin bo’lgan kaolin tuprog’i, haroratga chidamli tog’ va 
sun’iy jinslar kirganligi sababli ularni kuydirilayotganda harorat ancha yuqori 
(1350-1500 daraja atrofida) bo’ladi va ular asosan tunnel pechlarida tayyorlanadi. 
Xozirgi zamonaviy g’isht kuydirish pechlari gigant inshoatlaridan biri bo’lib, 
uning maydoni o’n, xatto yuz kvadrat metrni tashkil qiladi. Misol tariqasida halqali 
pechning xajmi 950, tunnel pechning xajmi 315-440 m
3
ni tashkil qilishini eslatib 
o’tish kifoya. Bu pechlar elektr toki, gaz yoki mazut orqali qizdiriladi. Bunday 
pechlarning 1 kub metr xajmidan bir oyda 1500-5000 dona g’isht pishirib olinadi, 
bitta 100 kub metr hajmni tashkil etgan pechdan yiliga olinadigan g’isht maxsuloti 
25 million donani tashkil etadi. G’ishtlarni kuydirish vaqti 24 soatdan to 72 
soatgacha davom etishi mumkin. 
Xozirgi paytda silikat g’ishtlari katta hajmli avtoklavlarda pishiriladi. Ishlov 
berishda bug’ning xarorati 150-200 daraja atrofida bo’lib, bosim 7-8 atmosferani, 
avtoklavda ishlov berish vaqti esa 14-16 soatni tashkil etadi. Faqat shunday sharoit 
yaratilgandagina qum oxak va suv bilan kimeviy reakstiyaga kirishadi, g’ishtning 
mustaxkamligini ta’minlovchi monokalstiy gidrosilikat mineralini hosil qiladi. 
Effektiv g’isht turlari ham xuddi qurilish g’ishti singari halqali va tunnel 
pechlarida pishiriladi. Ularni bunday usulda kuydirilganda 20-25 prostent yoqilg’i 
tejaladi, kuydirish vaqti birmuncha qisqaradi, vagonlarini siljishga ketgan energiya 
kamayadi. 
G’ishtning ishlatilishi. 
Oddiy qurilish g’ishti imorat hamda inshoatlarning devorlari va boshqa 
qismlarga ishlatilsa, yuzali g’isht imoratlarning tashqi yuzasini pardozlashda; 
maxsus g’ishtlar esa zavod va fabrika trubalari, kanalizastiya va yo’l inshoatlari 
qurilishida; o’tga chidamli xillari yuqori haroratli qurilmalarini bunyod jtishda, 
xususan stement, gips, shisha pishirish pechlarini qurishda ishlatiladi. 
Silikat g’ishtning tannarxi oddiy pishiq g’ishtning tannarxidan arzon. Ammo 
uning shakli to’g’ri, yuzasi tekis, rangi tiniq. Bu faktorlar qurilish prostessida 
devorlarga g’isht qo’yishni tezlashtiradi, devorlarning ko’rkam va sifatli bo’lishi
ga olib keladi. 
G’isht kime sanoatida ham keng qo’llanilmoqda. U alyuminiy, magniy, 
qo’rg’oshin, 
kalstiy 
karbidi, 
fosfor, 
ferroqotishmalari 
eritish 
pechlarini,stiklonlar,truboprovod va chang to’plash apparatlarini qurish,qattiq 
yoqilg’ida ishlovchi bug’ qozonlarining yuzini qoplashda ishlatiladi. 
1950 yillardan keyin o’tga chidamli g’ishtlarning yangi texnikada qo’llash 
sur’ati yanada tezlashdi. Raketa, reaktiv dvigatel hamda gaz turbinalarining 
mustahkamligi va eroziyaga chidamligini ta’minlovchi kremniy karbidi, disilistid 


27 
molibdeni singari kimyoviy birikmalar bilan qoplangan qismi uglerodli materiallar 
bilan futerovka qilinmoqda. Shunga o’xshash mahsulotlar rektorlarda neytronlar 
harakatini sekinlashtirish, presslash pechlarining isuvchi formalari rolini bajarish, 
vakuum texnikada issiqlikni izolyastiya qilish kabi ishlarni bajarishga yordam 
beradi.

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish