Eng yangi tarix


V -bob. MAVZU: 1918-1939 YILLARDA ITALIYA



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

V
-bob. MAVZU: 1918-1939 YILLARDA ITALIYA
1
-
§
. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz
yillarida Italiya
Birinchi jahon urushi xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirdi. Urush harakatlari natijasida
Italiyaning shimoliy-sharqiy viloyati vayron bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi juda katta ziyon ko‘rdi. Savdo
flotining 60% ishdan chiqdi. 635 ming kishi halok bo‘ldi, 2 mln kishi yarador bo‘ldi va asir tushdi.
Mamlakatning moliyaviy ahvoli yomonlashib ketdi. Italiyaning ko‘proq Angliya va AQShga
qaramligi kuchaydi va ulardan katta qarzdor bo‘lib qoldi. Urush Italiya imperializmining butun ichki
zaifligini yaqqol ko‘rsatdi. Urush yillarida iqtisodiyotda tengsizlik kuchayib ketdi. Militaristik
siyosatning avj oldirilishi va chet eldan olingan zayomlar natijasida mashinasozlik metallurgiya,
ximiya sanoati kabi ayrim sanoat tarmoqlari rivojlanib, mamlakat agrar mamlakatdan industrial-
agrar mamlakatga aylandi. Sanoat bir yoqlama taraqqiy qildi, davlat buyurtmalariga muvofiq, urush
extiyojlariga kerakli mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tashqi savdo rivojlandi. Ishlab chiqarish va
kapital konsentratsiyasi kuchaydi. «Onsaldo», «Fiat», «Breda» kabi konsernlar o‘sdi.
Bu kabi iqtisodiy gigantlar Italiya sanoatining o‘zagini tashkil etgan avtomobilsozlik, qora
metallurgiya, konchilik va kimyo sanoatida hukmron mavqega erishdilar. Ayni paytda umumiy soni
120 mingga yetgan kichik korxonalar ham mamlakat iqtisodiy hayotida katta o‘rin egallardi. Ularda
800 mingdan ortiq ishchi ishlardi.
Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri qishloq xo‘jaligining nihoyatda qoloq
ekanligi edi. 40 ming yirik zamindor 10 mln. gektar yerga ega bo‘lsa, 2,5 mln. dehqonning bor-
yo‘g‘i 6 mln. gektar yeri bor edi. Dehqonlarning yarmi yersiz bo‘lib, yirik zamindorlardan dala ijara
olishga majbur qilingandi. Ijara uchun dehqon hosilning yarmini berardi. Urushdan keyin xo‘jalik
qiyinchiliklari kuchayib ketdi. Aholi xarid quvvatining pasayib ketishi, xomashyo va yoqilg‘i
yetishmasligi harbiy buyurtmalarning kamayishi natijasida sanoat ishlab chiqarish xajmi qisqardi.
Ishsizlar soni asta- sekin ko‘payib bordi. Real ish haqi urushdan oldingi davrdagiga qaraganda
kamayib ketdi. Mehnatkashlarning turmush darajasi yanada pasaydi.


36
Italiya iqtisodiyoti katta harbiy xarajatlarni ko‘tara olmadi. Ichki davlat qarzlari to‘rt yil
ichida uch barobar ko‘paydi. Bundan tashqari, Italiya o‘z ittifoqchilaridan ham anchagina qarzdor
bo‘lib qoldi. Natijada soliqlar keskin oshib ketdi, pul qadrsizlandi. Pulning qiymati 1920 yilning
oxiriga kelib 1914 yilga nisbatan besh barobar pasaydi. Italiya burjuaziyasining Orlando
boshchiligida, 1919 yil iyunida Nitti boshchiligida tuzilgan so‘l liberal hukumatlari zo‘rlik va
senzura yo‘li bilan, shuningdek, ayrim yon berish va nayranglar yo‘li bilan inqilobiy harakatni
bostirishga urindi. Nitti hukumati 8 soatlik ish kuni to‘g‘risida qonun chiqardi. Bir qancha
tumanlarda narx-navo qisman pasaytirildi, siyosiy mahbuslarga amnistiya e’lon qilindi, hatto
yerlarning dehqonlar tomonidan egallanganligi ham tan olindi. Italiya davlati 1919 yilgi Parij sulh
konferensiyasidan norozi bo‘ldi, chunki hududlar masalasida Antanta 1915 yilgi London
shartnomasida bergan va’dalarini bajarmagan edi. 1919 yil mayidayoq Italiya Turkiyaning janubiy-
g‘arbiy qismini va birinchi galda Smirnani bosib olish maqsadida Turkiyaning g‘arbiy qirg‘oqlariga
qo‘shin tushirdi. Bu esa Italiyaning xalqaro pozitsiyasiga yanada salbiy ta’sir etdi. Smirna
masalasida Italiya va Gretsiya o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi. Italiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
1919 yil sentabrida Antanta bilan Avstriya o‘rtasida imzolangan Sen-Jermen shartnomasiga
muvofiq, Italiya faqat Trentino va Janubiy Tirolni oldi, Albaniyani boshqarish mandatiga ega bo‘ldi.
Albaniyaning Vlora portidan Sarantada portigacha bo‘lgan dengiz qirg‘oq tumanlarini italyanlar
okkupatsiya qilib turdilar. Lekin va’da qilingan bir qancha janubiy slavyan yerlari, masalan
Dolmatsiya, Turkiya Smirnasi (Izmir) Italiyaga berilmadi. Italiya davlati agressiv siyosatni davom
ettirdi. Ular Adriatik dengiz bo‘ylarida hukmron bo‘lib olish va alban xalqining okkupantlarga
qarshi kurashini bostirish uchun Albaniyaga qarshi harbiy avantyurani rejalashtirdi, albanlarga qarshi
Tripolitaniyaga qo‘shin yuborishga tayyorlandilar. O‘sha yillarda hukmron doiralar inqilobiy
harakatlarni bostirish va agressiv siyosatni kuchaytirish maqsadida yangi reaksion partiya va
tashkilotlar («Harakat ligasi», «Antibolshevistik xalq soyuzi» va boshqalar) tuza boshladi va
Vatikanga tobora ko‘proq tayandilar. Vatikan tashabbusi bilan 1919 yil yanvarida katolik «Xalq
partiyasi» tuzildi. Bu partiyaning sotsial bazasi quloqlar va mayda burjuaziyasi edi.
Italiya burjuaziyasining eng ilg‘or va zarbdor kuchi siyosiy demogog, avantyurist, sobiq
sotsialist, renegat Benito Mussolini boshchiligida 1919 yil boshida tuzila boshlagan «fashist
soyuzlari» va ularning qurolli fashist otryadlari edi. Terroristik totalitar tuzum ramziga aylangan
«fashizm» atamasi Italiyada tug‘ilgan va u italyanchadan «bog‘lam», «dasta» degan ma’noni
anglatadi. Bu atama 1919 yilda, frontdan qaytgan sobiq askarlar o‘z manfaatlari himoyasi uchun
«Fashi di kombattimento» («Quroldoshlar uyushmasi») deb nomlangan tashkilot tuzgan paytda
tug‘ilgan. Mussolining «milliy sotsializm» dasturiga ko‘ra, davlatning mohiyati o‘zgarishi, u mehnat
va sarmoya o‘rtasidagi hamkorlik shakliga, «korporatsiya»ga aylanishi lozim edi. Mehnat va
sarmoyaning samarali o‘zaro ta’siri natijasida Italiya yagona korporatsiyaga aylanishi, barcha
sarmoya egalari va ishchilar, zamindorlar va dehqonlar bir oila a’zolari sifatida ishlashlari targ‘ib
qilinardi. Albatta, bunda demokratik va progressiv kuchlar siyosiy hayotdan quvilishi kerak edi.
Fashistlar keng demogogik «dastur» bilan ish boshladilar va fashistik partiya bo‘lib uyushdilar. Ular
monarxiya va senatni yo‘qotishni hamda Ta’sis majlisini chaqirishni, yirik kapitalga soliq solishni,
harbiy sanoatni natsionalizatsiya qilishni, agrar islohat o‘tkazishni, mehnatkashlarga yaxshi
turmushni va’da qildilar.
1919-1921 yillardagi ichki kurash burjuaziyani mamlakatda «tartib» o‘rnata oladigan kuchli
hokimiyat qidirishga majbur qildi. Fashistlar bu maqsadga eng mos keladigan kuch edilar. 1920
yilning kuzidan boshlab fashist tashkilotlari tez ko‘paya bordi. Fashistlar «Ulug‘ Italiya» shiori
ostida keng bosqinchilik g‘oyalarini, ashaddiy shovinizmni targ‘ib qildilar. 1920 yil avgustida
Antanta bilan Turkiya o‘rtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasiga binoan, Italiya Egey dengizidagi
Dodekanes orollariga ega bo‘ldi. Italiyaga Millatlar Ittifoqi sovetidan doimiy o‘rin berildi. 1921-
1922 yillardagi Vashington konferensiyasida katta harbiy kemalar bo‘yicha Italiyaning harbiy dengiz
floti Fransiya floti bilan tenglashtirildi. Italiya ko‘p qiyinchiliklar evaziga o‘z hududini ancha
kengaytira olganligi va ayrim imtiyozlarga ega bo‘lishi natijasida uning ulug‘ davlat sifatidagi
ahamiyati oshgan bo‘lsada, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli beqaror bo‘lib qolaverdi.


37
Fashistlar yirik monopoliyalarning qo‘llab-quvvatlashidan, burjua hukumatlarining keng yo‘l
berib qo‘yishi va sotsialist islohatchilarning murosachiligidan foydalandilar.
Fashistlar shiddat bilan hokimiyat sari intildilar. 1921 yil may oyidagi saylovlarda ular
parlamentda 35 o‘ringa ega bo‘ldilar. 1922 yil kuziga kelib, ko‘pgina munitsipalitetlar ustidan
nazorat o‘rnatdilar. Mamlakatning Emiliya, Toskana va Lombardiya kabi eng nufuzli viloyatlari
ham fashistlar nazorati ostiga o‘tdi. 1922 yil oktabrida ular o‘z vakillariga bir necha vazirlik
lavozimini berish talabi bilan hukumatga murojaat qildilar. Rimga yurish qilish uchun tayyorlanish
maqsadida fashist guruhlarining yalpi safarbarligi e’lon qilindi.
Qirol fashist isyoniga qarshi armiyani qo‘llash huquqini beradigan farmonni imzolashdan
bosh tortdi. Buning o‘rniga 29 oktabr kuni u Milanga telegramma yo‘llab Mussoliniga bosh vazir
bo‘lishni taklif qildi.
1922 yil 27-28 oktabrda fashist otryadlari «Rimga yurish» qildilar. Hukumat qo‘shinlari va
politsiya ularga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. Yirik sanoat egalari konfederatsiyasi korol
Viktor Emmanual 111 ga murojaat qilib, Mussolini boshchiligida yangi hukumat tuzilishini talab
etdi. Mussolini 30 oktabrda fashistik partiyaning 4 ta, liberal, katolik va monarxistlarning 10 ta
vakilidan iborat koalitsion hukumat tuzdi. Fashistlar hukumatda asosiy lavozimlarni egallab oldilar.
Shunday qilib, Italiya hukmron doiralarning qo‘llab-quvvatlashi bilan mamlakatda moliya
kapitali va yer aristokratiyasining eng reaksion, eng shovinistik, eng imperialistik elementlarining
diktaturasi - Mussolini fashistik diktaturasi o‘rnatildi.
1922 yil 23 noyabrda qirol va parlament Mussoliniga cheklanmagan hokimiyat berdi. Endi u
vazifalarga tayinlash tartibini ham belgilar edi. Shundan keyin barcha amaldorlar va davlat
xizmatchilari fashist partiyasi a’zolari bo‘lishi yoki partiya rahbarlari roziligi bilan tayinlanishi
zarurligi belgilab qo‘yildi.
1924 yil oxirida Mussolinining tazyiqi ostida parlament saylov qonunini o‘zgartirdi. Yangi
qonunga ko‘ra, saylovlarda eng ko‘p ovoz olgan partiya (kamida 25 fozi ovoz) deputatlar
palatasida o‘rinlarning uchdan ikki qismini olar edi. 1924 yilgi saylovlarda fashistlar katta g‘alabaga
erishdilar va deputatlar palatasini to‘la o‘z nazoratlari ostiga oldilar.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish