Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

3-
§
. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Italiya
1929 yilda Italiya iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Inqiroz yillarida sanoat mahsuloti 33%,
tashqi savdo 3 marta qisqardi, mehnatkashlarning turmush darajasi yanada pasayib ketdi. Ish haqi
keskin suratda kamaydi. Ishsizlar soni 200 ming kishidan 1 mln. kishiga yetdi. Soliqlar ko‘paydi.
Ko‘p minglab mayda va o‘rta korxona egalari, hunarmandlar xonavayron bo‘ldi. Yirik sanoat
kompaniyalarining tayanchi hisoblangan uchta eng yirik bank kasodga uchradi. Davlat birinchi
navbatda kasodga uchragan uchta eng yirik bankni qutqarish choralarini ko‘rdi. 1933 yil boshida
Italiyada davlat moliya idorasi - Sanoatni qayta qurish instituti tuzilib, u kasodga uchragan
banklarning qimmatbaho qog‘ozlarini davlat hisobiga sotib oldi. Bu harakat natijasida Sanoatni
qayta qurish instituti banklar ustidan, ular orqali esa metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining
aksar qismi, kemasozlik va deyarli butun harbiy sanoat ustidan nazorat o‘rnatdi.
Burjuaziya pozitsiyasini butunlay moliya kapitaliga bo‘ysundirish maqsadida 1933-1934
yillarda mamlakatda «Korporativ sistema» tuzildi. Xalq xo‘jaligining hamma sohalarini qamrab
oladigan 22 ta korporatsiya tuzuldi. Korporatsiyalar tarkibiga fashistik kasaba soyuzlari
(sindikatlar)dan ham vakillar kiritildi. Fashistik matbuot, korparativ tuzum sharoitida go‘yo mehnat
bilan kapital o‘rtasida nizolar sinfiy hamkorlik asosida hal qilinmoqda deb, ishchilar ishlab
chiqarishni va davlatni boshqarishda ishtirok etmoqdalar deb jar soldi. Korparatsiyalar Mussolini
boshchiligidagi maxsus korparatsiyalar ministrligiga bo‘ysuntirildi. Korparatsiya sistemasi
parlamentchilik qoldiqlarini tugatib rahbarlik rolini o‘ynadi.
Italiya fashizmi o‘ttizinchi yillarda mamlakat hayotining barcha tomonlarini o‘ziga
bo‘ysundirib, totalitar diktaturani o‘rnatdi. Demokratiyaning barcha, hatto rasmiy belgilari, shu


39
jumladan, parlament ham tugatildi. Parlamentning saylanuvchi palatasi o‘rniga fashi di
kombattimento va korparatsiyalar palatasi tuzilib, unga tayinlanuvchi «deputatlar» kirdilar.
Fashistlar partiyasi esa davlat tizimiga to‘liq qo‘shildi. Partiya nizomiga ko‘ra u duche Mussolini
buyruqlariga bo‘ysunib, davlat xizmatini bajaruvchi «fuqarolar militsiyasi» (lotincha «milicia-
qo‘shin»)ga aylandi.
Ommaviy axborot vositalari fashizmga xizmatga o‘tib, fashist senzurachilari tomonidan
qattiq nazorat qilindilar. Dorilfununlarda professorlar duchega (Duche - (italyancha duce-dohiy)-
Italiyadagi fashistlar diktatori B.Mussolinining unvoni.) sodiqlikka qasamyod qildilar. Ommaviy
tashkilotlar tizimi, fashistik matbuot va maktab orqali, sershovqin targ‘ibot kompaniyalari
yordamida fashist g‘oyalari ommaga singdirildi.
Biroq, fashizm italiyaliklarning ongini zaharlay yoki unga chuqur singa olmadi. Fashizm
Italiya millati ongiga, uning diniy va demokratik an’analariga tamomila zid edi. Demokratik
kuchlarning vakillari yashirin sharoitda fashistlarga qarshi kurashni davom ettirdilar. Fashistlarning
tashkilotlariga joylashib, ularga qarshi faol qo‘poruvchilik ishlarini olib bordilar, yoshlar orasida
fashizmga qarshi kayfiyatlarning uyg‘onishiga sabab bo‘ldilar. Fashizmga qarshi kurashda katolik
cherkovining qator vakillari ham munosib hissa qo‘shdilar. Korparatsiya sistemasi parlamentchilik
qoldiqlarini tugatish va militarizmni kuchaytirishga imkon berdi. Turli fashistik tashkilotlar
ko‘paytirildi va ularning a’zolari soni 12 mln. kishiga yetdi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish