project.gov.uz 06.06.2022 198 T/r Nazorat qiluvchi organ Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar) 18. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi va uning
hududiy boʻlinmalari
a) Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini
amalga oshirish;
b) Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
v) Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat
qilish;
g) nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan toʻsqinliksiz foydalanish, shuningdek, barcha turdagi
transportlardan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanish aloqa vositalari hamda axborotlardan foydalanish uchun
sharoitlar yaratish yuzasidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni
saqlash vazirligi
a) Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda koʻpi bilan bir marotaba
(qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan
maʼlumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar oʻtkazish.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni
saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat
salomatligi xizmati
a) Oziq-ovqat xom ashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan nazorat qilish;
b) Mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalar tayinlash
va oʻtkazish;
v) Aholi salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar oʻtkazish;
g) Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan davlat
sanitariya nazoratini amalga oshirish.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni
saqlash vazirligi huzuridagi
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish
agentligi
a) Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning dori vositalarini va
tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat qilish;
b) Farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi
belgilangan tartibda nazorat qilish;
v) dorixonalar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar
organlari
a) Taqiqlangan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazish;
b) Sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining,
psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining muomalada boʻlishi sohasida nazoratni amalga oshirish;
v) Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish zarurati yuzaga kelganda tergovga qadar tekshirish va (yoki)
taftish qilish.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar organlari
a) Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ulardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda
kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talablarga rioya etilishi
ustidan nazorat olib borish;
Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat oʻtkazishda tizimli
tekshirishlar;
b) Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlarni amalga
oshirish.