project.gov.uz
06.06.2022
202
T/r
Nazorat qiluvchi organ
Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)
41.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini
nazorat qilish inspeksiyasi
a) Yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash,
shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik taʼminoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi
ustidan tekshiruvlar;
b) Yer qaʼri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik
oʻlchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan koʻp boʻlmagan tekshirish oʻtkazish;
v) Yer qaʼri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish
uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, oʻzboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazorat
tadbirlarini oʻtkazish;
g) Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat oʻtkazishda
tizimli tekshirishlar.
42.
Oʻzbekiston Respublikasi
Axborotlashtirish va
telekommunikatsiyalar sohasida nazorat
boʻyicha davlat inspeksiyasi
a) Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari,
normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar,
fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish choralarini
taʼminlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
v) Fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning eʼtiboriga
yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini
amalga oshirish.
43.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi huzuridagi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga
solish agentligi
a) Texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini va
oʻlchashlarning toʻgʻriligini taʼminlash, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish yuzasidan davlat nazoratini amalga
oshirish;
b) Texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va majburiy sertifikatlashtirish qoidalari
talablariga nomuvofiq mahsulotlarni (xizmatlar) realizatsiya qilish holatlarini aniqlash yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirish;
v) Majburiy sertifikatlashtirishga doir faoliyatni va mahsulotlarni sinashda majburiy sertifikatlashtirishda ishtirok etadigan obyektlar
faoliyati davlat nazoratini amalga oshirish;
g) Yagona oʻlchash birligi va toʻgʻriligini taʼminlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |