project.gov.uz 06.06.2022 200 T/r Nazorat qiluvchi organ Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar) 32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
organlari
a) Soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining
faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni tahlil qilish asosida kameral soliq
tekshiruvlarini oʻtkazish;
b) Soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish uchun sayyor soliq tekshiruvlarini
oʻtkazish;
v) Muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning toʻgʻriligini soliq auditi asosida tekshirish.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq
qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
a) koʻchmas mulk va barcha turdagi yer uchastkalarigaka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer
uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
b) davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
v) davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik talablariga
rioya etilishini tekshirish;
g) yerlardan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;
d) geodeziya va kartografiya faoliyatining barcha subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona
organlari
a) bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini oʻtkazishda valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini nazorat qilish:
v) bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari
tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
g) bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish
zarurati yuzaga kelganda tergovga qadar tekshirish qilish;
d) bojxona organlari tomonidan tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi
bojxona auditini amalga oshirish.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qoʻmitasi va hududiy boʻlinmalar
a) Atmosfera havosi, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan
obyektlarda noqonuniy ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish holatlarini tekshirish;
b) Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga
oshirish;
v) Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻrmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan
oʻrmonlar) muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi
yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
g) Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat oʻtkazishda
tizimli tekshirishlar.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat
xavfsizligi davlat qoʻmitasi
a) Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari
attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
b) Istirohat bogʻlari attraksionlarini foydalanishga tayyorlash va ularni qabul qilish ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish.