project.gov.uz 06.06.2022 195 T/r Nazorat qiluvchi organ Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar) 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat
majmui ustidan nazorat qilish
inspeksiyasi
a) qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
b) paxta va don ekinlari urugʻlarini davlat tomonidan buyurtma qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash boʻyicha
talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;
v) Davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq hajmlarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini
shakllantirish boʻyicha talablar bajarilishi nazorat qilish;
g) sunʼiy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi nazorat
qilish;
d) barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa
normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
e) qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi,
shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
j) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, paxta xom ashyosi, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari va ulardan
qayta ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan oʻtkazish;
z) qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urugʻlari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya
sohasiga muvofiq urugʻlarni sertifikatlash, urugʻ hamda koʻchat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish boʻyicha
ishlarning amalga oshirilishini nazorat qilish.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi
a) Litsenziya asosida faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini
nazoratini amalga oshirish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy
kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
huzuridagi Ichimlik suvidan
foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
a) Ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan foydalanish,
kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmatlari koʻrsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar
talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan texnologik jarayonni takomillashtirishga
va energiyani tejashga yoʻnaltirilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari texnologik auditdan oʻtkazilishi ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
v) Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olishga yoʻl qoʻymaslik hamda ichimlik suvi taʼminoti va
kanalizatsiya tizimiga ulanishning texnik shartlari talablariga rioya etilishi, suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida xizmat koʻrsatish
qoidalariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
g) Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar yer osti ichimlik suvi quduqlarining holati va ulardan foydalanish shartlariga rioya
etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy
kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy
fondidan foydalanishni nazorat qilish
inspeksiyasi
a) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik tartibga solish
boʻyicha normativ-huquqiy (meʼyoriy) hujjatlar talablariga rioya etish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish