project.gov.uz
06.06.2022
199
T/r
Nazorat qiluvchi organ
Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)
24.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq
xoʻjaligi vaziriligi va hududiy qishloq
xoʻjaligi boshqarmalari
a) Qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlaridan
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlarga muvofiq, ular
tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini (gʻoʻza, don va boshqalar) ekish boʻyicha oʻrnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
25.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligi
a) Qurilish sohasida litsenziya asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya
etilishi holatini nazorat qilish;
b) Uy-joy qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
26.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida
inspeksiyasi
a) Aholi punktlari kompleks qurilishlarini, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunlar, shaharsozlik meʼyorlari, qoidalari va standartlarga
rioya qilinishini, qurilish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat
nazoratini amalga oshirish;
b) Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, obyektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek,
inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishi yuzasidan davlat nazoratini
amalga oshirish.
27.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika
vazirligi huzuridagi Elektr energetikada
nazorat inspeksiyasi
a) Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va
isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik qoidalar va normalar
talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va
isteʼmol qilish, koʻmirdan foydalanish xavfsizligini taʼminlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi,
shuningdek, elektr energetika obyektlari va isteʼmolchilarning elektr va issiqlik qurilmalarida baxtsiz hodisalarning, shu jumladan,
elektr energetika obyektlari ishida texnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish.
28.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika
vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va
gazdan foydalanishni nazorat qilish
inspeksiyasi
a) Neft, gaz, gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish hamda ularni qayta ishlash mahsulotlaridan
foydalanish, shuningdek, ularning miqdor jihatidan va sifatli saqlanishini taʼminlash sohasida yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan (aholidan tashqari) normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada neft, neft mahsulotlari va gazni isteʼmol qilishni qisqartirish va ulardan oqilona
foydalanishni taʼminlash tadbirlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) bajarilishi ustidan davlat nazoratini
amalga oshirish;
29.
Turizm va sport vazirligi huzurida
Madaniy meros agentligi
a) Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan
yuridik shaxslar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
30.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat
vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert”
davlat muassasasi
a) Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasiga ega boʻlgan ijrochi-jismoniy va ijodiy jamoa-yuridik shaxslar
tomonidan litseniya talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
31.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq
xoʻjaligi vazirligi
a) Qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini
muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |