project.gov.uz 06.06.2022 201 T/r Nazorat qiluvchi organ Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar) 37. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish davlat
qoʻmitasi va hududiy boʻlinmalari
a) Barcha chorvachilik obyektlarining, kushxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni qayta
ishlovchi korxonalarning, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni realizatsiya qiladigan va saqlaydigan savdo
shoxobchalarining, omborlarning veterinariya-sanitariya holatini nazorat qilish, bu obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning,
shuningdek yer qazish ishlarining veterinariya ekspertizasini amalga oshirish;
b) Xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi
ustidan nazoratni amalga oshirish.
38. Alkogol va tamaki bozorini tartibga
solish hamda vinochilikni rivojlantirish
agentligi
a) Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini, shu
jumladan zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish orqali monitoring qilish;
b) Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi
hamda saqlanish sifatini, shu jumladan ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat
qilish;
v) Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi
boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga
qarshi kurashish qoʻmitasi va uning
hududiy boʻlinmalari
a) tovar (ish va xizmatlar), moliya va raqamli bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni taʼminlash
boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga davlat organlari, ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tabiiy
monopoliya subyektlari tomonidan rioya qilinishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qilish;
b) ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish;
v) savdolar va eng yaxshi takliflarni tanlab olishda va auksion hamda birja savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshirish;
g) tovar-xomashyo birjalari, ularning aʼzolari va ishtirokchilari tomonidan tegishincha litsenziya talablari va shartlariga hamda
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
d) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan insofsiz raqobatni taqiqlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat
qilish;
e) tabiiy monopoliya subyektlari davlat reestriga kiritilgan va tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik
yurituvchi subyektlarga davlat reestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga rioya
qilinishini nazorat qilish;
i) tovar (ish va xizmatlar), moliya va raqamli bozorlarida iqtisodiy konsentratsiyani nazorat qilish;
40. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga
qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi
Istyemolchilar huquqlarini himoya qilish
agentligi
a) Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
b) Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish;
v) Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.