91
o‘ynaydi. Bosh miya o‘rta arteriyasining 10-12 ta chuqur shoxchalari medial va
lateral guruhlarga bo‘linadi.
Medial guruh shoxchalari ichki kapsulani va ko‘ruv bo‘rtig‘ining ayrim
qismini qon bilan ta’minlaydi.
Lateral guruh shoxchalari esa qobiqni, ichki kapsulani va dumli o‘zakni qon
bilan ta’minlaydi. Qobiqning tashqi tomonidan o‘tuvchi lateral guruh
shoxchalaridan biri yirikroq bo‘lib u qobiq rangpar shar va ichki kapsulani qon
bilan ta’minlaydi, aksari hollarda shu arteriyaning sohasida qon quyilishi ro‘y
beradi. Shunga ko‘ra Sharko uni a.haemorragica deb atagan.
EKSTRAPIRAMIDA TIZIMINING FIZIOLOGIYASI
Anatomik tuzilishi, ayniqsa aloqalarning murakkabligi, filo va ontogenetik
taraqqiyoti bo‘yicha ekstrapiramida tizimi eng nozik, turli-tuman tug‘ma reflektor
vazifalarni bajaradi.
Miqdor va sifat tomonidan nisbatan kam o‘zgaruvchi tashqi muhitda
ekstrapiramida tizimi, bosh miya po‘stlog‘ining ishtirokisiz organizmni yoki butun
bir turkumni hayotini ta’minlashi mumkin. Bu tizimning shartsiz-reflektor
faoliyatlariga quyidagilar kiradi: tashqi muhitga moslashish; o‘z-o‘zini mudofaa
qilish; ovqatlanish; jinsiy; ota-onalik; turni saqlash, instinktlar.
Murakkab shartsiz reflekslar – instinktlar faoliyati N.A.Rojanskiy va
boshqalar tomonidan har tomonlama o‘rganilgan.
Yirik ilmiy tekshirishlar natijasiga ko‘ra murakkab shartsiz reflektor
faoliyatlar po‘stloq osti tugunlariga – ekstrapiramida tizimiga xos bo‘lgan vazifalar
ekanligi hozirgi paytda shubxa tug‘dirishi mumkin emas.
Ekstrapiramida va piramida tizimlari birgalikda eng murakkab holatlarni
bajarishda ishtirok etadi. Har qanday harakatning tarkibiga kiruvchi barcha
murakkab harakatlar (ayrim guruh mushaklarining kelishilgan holda qisqarishiga
boshqalarning bo‘shashishi) ma’lum miqdorda po‘stloq osti tugunlari orqali
ta’minlanadi.
Kishi tanasining ma’lum bir holatda fiksatsiya qilinishi va har qanday
harakatni amalga oshirilishi po‘stloq osti tugunlarining doimiy nazorati ostida olib
boriladi. Bu faoliyat natijasida harakatlarning nozik, tejam va bir tekisda bajarilishi
ta’minlanadi.
Po‘stloq osti tugunlarining vegetativ nerv tizimi markazlari bilan bo‘lgan
chambarchas bog‘liqligi natijasida murakkab shartsiz reflektor harakatlar
jarayonida mimikani o‘zgarishi, hayajonlanish, kayfiyatni, teri rangini buzilishi,
ko‘p terlash kabi belgilar ro‘y beradi.
Targ‘il tana (striatum) mushak tonusini, ixtiyordan tashqari harakatlarning
muvozanatda saqlab turuvchi qismi hisoblanadi. Bu harakatlar chuqur sezgi yo‘llar
orqali propriotseptorlardan doimiy kelib turuvchi impulslarga javoban ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: