Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
 
Qo‘l, oyoq va tananing boshqa qismlarida ro‘y beruvchi har qanday harakat 
bajarilishi paytida mushaklarda tonusni guruhlarga bo‘linishi ro‘y beradi. Buning 


 92
asosida afferent tolalar orqali proprioretseptiv impulslarning ko‘ruv bo‘rtig‘iga 
kelishi, undan targ‘il tanaga o‘tishi va striatumning efferent tolalari orqali keluvchi 
impulslar tana holatini o‘zgarishida ishtirok etadilar. Har bir angonist mushakni 
innervatsiya qilinishi uning antogonistini denervasiya qilinishi bilan kuzatiladi, 
aksincha angonist mushakning qisqarishi uning antogonistini bo‘shashiga olib 
keladi. Bunday kinetik va statik harakat mexanizmida hamma harakat tizimlari 
ishtirok etadi. Natijada, ixtiyoriy harakatlarning bir tekisda, aniq, nozik o‘lchovda, 
tejamlik bilan bajarilishi ta’minlanadi.
Odam va maymunlarda ekstrapiramida tizimi murakkab harakatlarni 
boshqarilishini ta’minlaydi. U mushaklar tonusini, tananing holatini, tonik va 
fazoviy aktivlikni piramida tizimi bilan birgalikda ta’minlab turadi. Bunday birlik 
harakatni mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri – bu birlikni anatomik yoki 
funksional buzilishi, mushak tonusi va muvozanatni saqlash mexanizmlarining 
buzilishiga, ixtiyorsiz harakatlarni – giperkinezlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shunday qilib, ekstrapiramida tizimi fiziologik jihatdan eng qadimgi harakat 
va tonik apparat hisoblanadi.
Ekstrapiramida tizimi oliy shartsiz reflekslar markazidir. Bosh miya yarim 
sharlarining taraqqiyoti esa ixtiyoriy harakatning kelib chiqishi bilan miya 
po‘stlog‘iga bo‘ysinuvchi rolni o‘ynaydi.
Pallidumning jarohatlanish belgilari 
Pallidum jarohatlanish belgilarining to‘plami parkinsonizm yoki akinetik-
rigidlik, amiostatik, gipertonik-gipokinetik sindrom nomi bilan yuritiladi. Bu 
sindromning kelib chiqishi asosida pallidar tizim faoliyatining yetishmovchiligi, 
uning to‘r formatsiyaga nisbatan bo‘lgan ta’sirini o‘zgarishi, impulslarni bosh miya 
po‘stlog‘i, po‘stloq osti tugunlari va miya ustuni neyronlariga yetib kelmasligi 
yotadi.
Markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi impulslar oqimini boshqarib, 
nazorat qilib turuvchi miya so‘g‘oni to‘r formatsiyasining, qora modda bilan 
aloqasini buzilishi, mushaklarga keluvchi keraksiz impulslar oqimini tartibga 
solish qoidasini buzilishiga olib keladi, natijada ortiqcha keraksiz impulslarning 
yog‘ilib kelishi ro‘y beradi va mushaklarning plastik tonusi oshib ketadi.
Pallidar tizimning zararlanish belgilaridan asosiysi ixtiyoriy harakatni 
chegaralana borishi, mimikani susayishidir (oligokineziya, bradikineziya). Bunday 
bemor kam harakat, inert bo‘ladi. Ixtiyoriy harakat erkinligining chegaralana 
borishi natijasida tinch holatdan harakatga o‘tish vaqtida harakat qila olmay u 
o‘ziga noqulay holatda qotib qoladi (mumqo‘g‘irchoq pozasi – poza voskovoy 
kukli, maneken fenomeni). Bunday bemorda maxsus poza ro‘y beradi: tana va 
bosh bir oz oldinga bukilgan; qo‘llar tirsak bo‘g‘inida bukilib ko‘krak qafasiga 
keltirilgan, nazar tashlash oldinga bir nuqtaga qaratilgan. Ixtiyoriy harakatni 
boshlash qiyinlashadi – parkinsonik bir yerda qadam tashlash ro‘y beradi. 
Keyinchalik qiyinlik bilan bemor mayda-mayda qadam tashlab harakat qila 
boshlaydi. Normal fiziologik sinkineziyaning yo‘qligi natijasida yurish paytida 
qo‘llar harakat qilmaydi. Bunday bemorni orqasidan ozgina turtib yuborilsa, o‘zini 


 93
to‘xtata olmay oldinga (propulsiya), agar yon biqinidan turtib yuborilsa, orqasi 
bilan yuguradi (retropulsiya). Dashat buziladi (mikrografiya).
Tana mushaklarida plastik tonus oshib ketadi. Passiv harakatni 
tekshirishning boshlanish davridan sekin-sekin tonusning oshishi kuzatiladi, bu xol 
«tishsimon g‘ildirak» («
Зубчатое
колесо
») fenomeni deyiladi. Ba’zan 
«parodoksal kineziya» ro‘y beradi. Harakat qila olmay kursida o‘tirib chiqqan 
bemor hayajonlanish ro‘y berganda birdaniga vaqtincha yugurib ketishi, o‘yinga 
tushishi mumkin.
Tinch holatda kuzatiladigan parkinsonik qaltirash asosan panja barmoqlarida 
ko‘rinadi (fenomen kataniya pilyul, scheta monet). Qaltirash tinch turgan holatda 
kuchayib, ixtiyoriy harakatga intilish vaqtida kamayadi.
Postural reflekslardan Vestfalning tovon va boldir fenomeni chaqiriladi.
Vestfal fenomenini chaqirish uchun oyoq kaftini yuqoriga passiv holda 
bukiladi, bu vaqt oyoq kaftini yozuvchi mushaklarning tonusini oshishi 
taranglanishi sodir bo‘lib, oyoq kafti yuqoriga bukilgan holda qotib qoladi.
Boldir fenomini – qorinda yotgan bemor oyog‘ini tizza bo‘g‘imida 90
0
ostida 
passiv holda bukilsa, u shu holda qotib qoladi. Bunday bemorlar shilqimsimon, 
ayrim so‘zlarni bir necha bor qaytarib so‘rayveradi, fikr qilish sekinlashadi 
(bradipsixiya), tovush past (bradilalgiya) monoton ohangga ega bo‘ladi.
Pallidar tizimning zararlanish sindromlari epidemik ensefalitni surunkali 
bosqichida, og‘ir ateroskleroz natijasida pallidar tizimda qon aylanishining 
buzilishida, rangpar shar o‘zagida o‘sayotgan o‘smalarning boshlang‘ich 
bosqichida, dorilar bilan zaharlanish (aminazin bilan) va ba’zi irsiy kasalliklarda 
uchraydi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish