92
asosida afferent tolalar orqali proprioretseptiv impulslarning ko‘ruv bo‘rtig‘iga
kelishi, undan targ‘il tanaga o‘tishi va striatumning efferent tolalari orqali keluvchi
impulslar tana holatini o‘zgarishida ishtirok etadilar. Har bir angonist mushakni
innervatsiya qilinishi uning antogonistini denervasiya qilinishi bilan kuzatiladi,
aksincha angonist mushakning qisqarishi uning antogonistini bo‘shashiga olib
keladi. Bunday kinetik va statik harakat mexanizmida hamma harakat tizimlari
ishtirok etadi. Natijada, ixtiyoriy
harakatlarning bir tekisda, aniq, nozik o‘lchovda,
tejamlik bilan bajarilishi ta’minlanadi.
Odam va maymunlarda ekstrapiramida tizimi murakkab harakatlarni
boshqarilishini ta’minlaydi. U mushaklar tonusini, tananing holatini, tonik va
fazoviy aktivlikni piramida tizimi bilan birgalikda ta’minlab turadi. Bunday birlik
harakatni mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri – bu birlikni anatomik yoki
funksional buzilishi, mushak tonusi va muvozanatni
saqlash mexanizmlarining
buzilishiga, ixtiyorsiz harakatlarni – giperkinezlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shunday qilib, ekstrapiramida tizimi fiziologik jihatdan eng qadimgi harakat
va tonik apparat hisoblanadi.
Ekstrapiramida tizimi oliy shartsiz reflekslar markazidir. Bosh miya yarim
sharlarining taraqqiyoti esa ixtiyoriy harakatning kelib chiqishi bilan miya
po‘stlog‘iga bo‘ysinuvchi rolni o‘ynaydi.
Pallidumning jarohatlanish belgilari
Pallidum jarohatlanish belgilarining to‘plami parkinsonizm yoki akinetik-
rigidlik, amiostatik, gipertonik-gipokinetik sindrom nomi bilan yuritiladi. Bu
sindromning kelib chiqishi asosida pallidar tizim faoliyatining
yetishmovchiligi,
uning to‘r formatsiyaga nisbatan bo‘lgan ta’sirini o‘zgarishi, impulslarni bosh miya
po‘stlog‘i, po‘stloq osti tugunlari va miya ustuni neyronlariga yetib kelmasligi
yotadi.
Markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi impulslar oqimini boshqarib,
nazorat qilib turuvchi miya so‘g‘oni to‘r formatsiyasining, qora modda bilan
aloqasini buzilishi, mushaklarga keluvchi keraksiz
impulslar oqimini tartibga
solish qoidasini buzilishiga olib keladi, natijada ortiqcha keraksiz impulslarning
yog‘ilib kelishi ro‘y beradi va mushaklarning plastik tonusi oshib ketadi.
Pallidar tizimning zararlanish belgilaridan asosiysi ixtiyoriy harakatni
chegaralana borishi, mimikani susayishidir (oligokineziya, bradikineziya). Bunday
bemor kam harakat, inert bo‘ladi. Ixtiyoriy harakat erkinligining chegaralana
borishi natijasida tinch holatdan harakatga o‘tish vaqtida
harakat qila olmay u
o‘ziga noqulay holatda qotib qoladi (mumqo‘g‘irchoq pozasi – poza voskovoy
kukli, maneken fenomeni). Bunday bemorda maxsus poza ro‘y beradi: tana va
bosh bir oz oldinga bukilgan; qo‘llar tirsak bo‘g‘inida bukilib ko‘krak qafasiga
keltirilgan, nazar tashlash oldinga bir nuqtaga qaratilgan. Ixtiyoriy harakatni
boshlash qiyinlashadi – parkinsonik bir yerda qadam tashlash ro‘y beradi.
Keyinchalik qiyinlik bilan bemor mayda-mayda qadam tashlab harakat qila
boshlaydi. Normal fiziologik sinkineziyaning yo‘qligi
natijasida yurish paytida
qo‘llar harakat qilmaydi. Bunday bemorni orqasidan ozgina turtib yuborilsa, o‘zini
93
to‘xtata olmay oldinga (propulsiya), agar yon biqinidan turtib yuborilsa, orqasi
bilan yuguradi (retropulsiya). Dashat buziladi (mikrografiya).
Tana mushaklarida plastik tonus oshib ketadi. Passiv harakatni
tekshirishning boshlanish davridan sekin-sekin tonusning oshishi kuzatiladi, bu xol
«tishsimon g‘ildirak» («
Зубчатое
колесо
») fenomeni deyiladi. Ba’zan
«parodoksal kineziya» ro‘y beradi. Harakat qila olmay kursida o‘tirib chiqqan
bemor hayajonlanish ro‘y berganda birdaniga
vaqtincha yugurib ketishi, o‘yinga
tushishi mumkin.
Tinch holatda kuzatiladigan parkinsonik qaltirash asosan panja barmoqlarida
ko‘rinadi (fenomen kataniya pilyul, scheta monet). Qaltirash tinch turgan holatda
kuchayib, ixtiyoriy harakatga intilish vaqtida kamayadi.
Postural reflekslardan Vestfalning tovon va boldir fenomeni chaqiriladi.
Vestfal fenomenini chaqirish uchun oyoq kaftini yuqoriga passiv holda
bukiladi, bu vaqt oyoq kaftini yozuvchi mushaklarning tonusini oshishi
taranglanishi sodir bo‘lib, oyoq kafti yuqoriga bukilgan holda qotib qoladi.
Boldir fenomini – qorinda yotgan bemor oyog‘ini tizza bo‘g‘imida 90
0
ostida
passiv holda bukilsa, u shu holda qotib qoladi.
Bunday bemorlar shilqimsimon,
ayrim so‘zlarni bir necha bor qaytarib so‘rayveradi, fikr qilish sekinlashadi
(bradipsixiya), tovush past (bradilalgiya) monoton ohangga ega bo‘ladi.
Pallidar tizimning zararlanish sindromlari epidemik ensefalitni surunkali
bosqichida, og‘ir ateroskleroz natijasida pallidar tizimda qon aylanishining
buzilishida, rangpar shar o‘zagida o‘sayotgan o‘smalarning boshlang‘ich
bosqichida, dorilar bilan zaharlanish (aminazin bilan) va ba’zi irsiy kasalliklarda
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: