101
Statik usullar miyacha chuvalchangini zararlanishidagi ataksiyani aniqlaydi.
1. Romberg usuli – bemor ko‘zini yumib, ikkala tovonini jipslashtirgan holatda
turadi. Ataksiya bo‘lsa bemor oldinga, orqaga, biror bir tomonga gandiraklaydi
yoki qulaydi. Murakkablashgan Romberg usuli statik
ataksiyani yengil shaklini
aniqlash uchun ko‘llaniladi. Tekshiriluvchi ikkala tovonini bir chiziqda
joylashtirgan holatda, oyoqlarini oldinma-ketin qo‘yadi. Bir tovonini barmoqlari,
ikkinchi tovonini orqasiga tegib turadi, keyin oyoqlarini holati o‘zgartiriladi.
Yurishni tekshirish – buning uchun oldin bemor ko‘zini ochiq holda to‘g‘ri
chiziq
bo‘ylab yuradi, keyin ko‘zini yumib yuradi.
Miyacha zararlanganida oddiy harakatlarni birgalikda bajarilishi (sinergiya)
buziladi va buni Babinskiy usuli bilan aniqlanadi: bemor taxta ustida orqasiga
yostiqsiz yotadi, qo‘llarini ko‘kragi ustida bir-biri bilan qovushtiradi, shunday
holatida o‘tirish so‘raladi. Asinergiya bor bo‘lsa, bemorni tanasi ko‘tarilmasdan
miyacha yarim shari zararlangan tomonida oyog‘i ko‘tariladi.
Lokomotor (harakat koordinatsiyasi) usullari
miyacha yarim sharlarini
zararlangan tomonidagi ataksiyani aniqlaydi.
1. Barmoq-burun usuli: bemorga ko‘zini yumib, qo‘lini chetga olib borib,
ko‘rsatkich barmog‘i bilan burni uchiga tegizishini tavsiya qilinadi (oldin bir
tomonda, keyin ikkinchi tomonda). Ataksiya bo‘lsa, qo‘li qaltirab burnini uchiga
tegmaydi, bu sinovni bajara olmaydi.
2. Adiadoxokinezni aniqlash: bemorga oldinga cho‘zilgan qo‘lini kaftini tez-
tez pronasiya va supinasiya qilish tavsiya qilinadi. Zararlangan tomonidagi qo‘lida
harakatlar chaqqon bajarilmaydi va ortiqcha harakatlar qilinadi. Ana
shunga
adiodoxokinez deyiladi.
3. Dizmetriyani aniqlash: bemor nevrologik bolg‘acha sopini bir qo‘li bilan
ushlaydi, ikkinchi qo‘lini bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan bolg‘achani sopini
va keng rezinkalik qismini galma-gal ushlaydi. Agarda dizmetriya bo‘lsa,
barmoqlarni tarqatib yuborish va ushlash bir o‘lchovda bo‘lmaydi.
4. Styuart Xolms sinamasi (qarama-qarshi tortilish belgisi). Bemorga
barmoqlarini
mushtum qilib, tirsak bo‘g‘imida bukilgan qo‘lini mahkam ushlash
tavsiya qilinadi, vrach shu qo‘lni yozmoqchi bo‘ladi va to‘satdan qo‘yib yuboradi.
Ataksiyasi (gipermetriyasi) bor bo‘lsa va mushak tonusi kamaygan holda bemorni
mushti ko‘kragiga borib uriladi. Bu usulni o‘tkazishi
vaqtida bemor boshini
qarama-qarshi tomonga burib turishi kerak. Chap tomonini tekshirganda bemor
boshini o‘ng tomonga burishi, o‘ng tomonini tekshirganda buni teskarisi bo‘lishi
kerak.
5. Tovon tizza usuli: orqasida yotgan bir oyog‘ini ko‘tarib, tovoni bilan
ikkinchi oyog‘ini tizzasiga tekkizib, bosmasdan
boldirini oldi tomondan
sirg‘antirib pastga tushirish (oldin ko‘zi ochiq holatda, keyin ko‘zini yumib)
tavsiya qilinadi. Ataksiyasi bor tomonida oyog‘i qaltiraydi va bir tekisda silliqlik
bilan bajara olmaydi. Miyacha zararlanganda statik va lokomotor usullardan
tashqari
yana nistagmni borligi, gapirishni o‘zgarishini va xat yozish tekshiriladi.