48-rasm.
Bosh miya nervlari.
1. Hidlov nervi
2. Ko‘ruv nervi
3. Ko‘zni harakatlantiruvchi nerv
4. G‘altak nervi
5. Uch shoxli nerv
6. Uzoqlashtiruvchi nerv
7. Yuz nervi
8. Oraliq nervi
9. Dahliz chig‘anoq nervi
10. Til-yutqin nervi
11. Adashgan nerv
12. Qo‘shimcha nerv
13. Til osti nervi
I juft – hidlov nervi (n.n.olfactorius).
49-rasm.
Hidlov nervi.
1. Ichki burunning hid sezish tolalari
2. Tashqi burun hid sezish tolalari
3. Hid sezish piyozchasi
4. Hidlov nervi
5. G‘altaksimon suyakning ilma-teshik plastinkasi
6. Hid sezish trakti
7. Qanotsimon tanglay tuguni va uning shoxlari
8. Qanotsimon kanal nervi
9. Katta tosh nervi
10. Chuqur tosh nervi
Mazkur nerv 3 neyrondan tashkil topgan.
Bu nervning retseptorlari burun bo‘shlig‘ining
yuqorigi chig‘anog‘i va to‘sig‘idagi shilliq
105
pardada joylashgan. Bu yerda 5 sm
2
maydonini tashkil qiladigan yuqori darajada
rivojlangan neyroepitelial to‘qima joylashgan. Ularning umumiy soni tahminan bir
millionga yaqindir. Hid bilish tolalarida nerv qo‘zg‘alishi hosil bo‘lishi uchun
kamida 40 ta nerv tolalari qitiqlanishi kerak. Hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish I
neyronning aksonlari, ya’ni 15-20 ta hid bilish ipchalari orqali oldingi kalla
chuqurchasiga g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi orasidan o‘tadi va
bosh miya peshona bo‘lagini pastki yuzasida joylashgan hidlov piyozchasida
(bulbus olfactorius) tugaydi.
II neyron hidlov piyozchasi hujayralari aksonlari hidlov traktini (tractus
olfactorius) hosil qiladi va hidlov uchburchagi (trigonum olfactorius), oldingi ilma-
teshik modda va tiniq to‘siqda (septum pellicidum) joylashgan po‘stloq osti hidlov
markazlarida tugaydi. Shu sohalar hujayralaridan boshlangan III neyron aksonlari
qisman kesishma hosil qilib, bir qismi qadoqsimon tananing tepasidan, bir qismi
pastidan o‘tib, hidlov po‘stloq markazi, chakka bo‘lagini medial yuzasida
joylashgan gippokamp pushtasining ilmog‘ida (uncus gyri hyppocampi) tugaydi.
Hidlov analizatori hidli moddalarni qabul qilish, ularni ajrata bilish va to‘g‘ri
tasavvur etish vazifasini bajaradi.
Bolalar va kattalarda tekshirish usuli. Hidlov nervini tekshirish har xil
xushbo‘y hidli moddalar (yalpiz, kamfora moyi, valeriana va boshqalar) solingan
idishchalar yordamida olib boriladi. Buning uchun bemorning ko‘zi yumilib, burun
teshigiga alohida hidli moddalar hidlatiladi va ularning nomlari so‘raladi. Kuchli
hidli modda (masalan: novshadil spirt) qo‘llash man etiladi, chunki ular uch shoxli
nerv retseptorlari bilan qabul qilinadi. Chaqaloq va yosh bolalarda hid bilish ularni
hidli moddalarga beradigan yuz mimikasi va imo-ishora reaksiyasiga qarab xulosa
qilinadi.
Zararlanish sindromi.
Hidlov nervi shikastlanganda quyidagilar ko‘riladi:
Anosmiya – hid bilishni yo‘qolishi, giposmiya – pasayishi, giperosmiya –
kuchayishi, dizosmiya – noto‘g‘ri qabul qilinishi.
Ikki tomonlama giposmiya yoki anosmiya ko‘pincha burun bo‘shlig‘ini
kasalligida (rinit, gripp va boshqalar), uchraydi.
Bir tomonlama gipo – yoki anosmiya hidlov nervi, piyozchasi hidlov
uchburchagi, oldingi ilma-teshik modda va tiniq to‘siqning shikastlanishida
uchraydi. Masalan: bosh miya peshona bo‘lagini pastki yuzasidagi o‘sma, absess,
pardalarining yallig‘lanishi, qon quyilganda, kalla suyagining peshona qismi darz
ketganda yoki singanda, g‘alvirsimon bo‘shliq yallig‘langanda (etmoidit), bir
tomonlama gipo – yoki anosmiyaga olib keladi.
Giposmiya yana qandli diabet, gipotirioz, sklerodermiya, hamda ba’zi
dorilar ta’sirida (penitsillin, L-dofa) ham uchrashi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan yo‘q hidlarning kasal tomonidan sezilishi hid bilish
gallyusinatsiyasi deyiladi. Bu holat hidlov nervining po‘stloq markazini
qo‘zg‘atilganda paydo bo‘ladi. Giperosmiya, dizosmiya kasalligi ayollarda
homiladorlik vaqtida uchrashi mumkin.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |