Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Rangni aniqlashni
tekshirish uchun maxsus Rabkin jadvalidan 
foydalaniladi. Buning uchun ko‘rsatkichning varaqalarini ochib, bemorga 
ko‘rsatiladi va u yozilgan son yoki shakllarni aytib berishi lozim. 
Ko‘z tubini
oftalmoskop yordamida tekshiriladi. Normada ko‘z tubi och-
qizil rangda bo‘lib, ko‘ruv nervining markazi (diski) dumaloq, chegaralari aniq 
bo‘ladi. Ko‘ruv nervining markazidan tashqariga qarab qon tomirlar ko‘riladi, 
arterial va vena qon tomirlarining yo‘g‘onligini nisbati 2:3 bo‘ladi. Rasm 80. 
Shikastlanish belgilari
Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi – ambliopiya; yo‘qolishi – ko‘rlik (amavroz) 
deyiladi. Ko‘ruv nervining shikastlanishi shu tomonda ambliopiya yoki amavrozga 
olib keladi. Ko‘ruv nervining kesishmasi to‘liq shikastlanganda 2 tomonlama 
amavroz ro‘y beradi.
Ko‘rish maydonini yarmini tushib qolishi – gemianopsiya deyiladi. Bir xil 
tomonlama (gomonim) va 2- har xil tomonlama (geteronim) gemianopsiya tafovut 
qilinadi. Ko‘ruv nervlarininng kesishmasini tashqi tomonlari shikastlanganda 
binazal geteronim gemianopsiya, ichki markaziy qismi shikastlanganda bitemporal 
geteronim gemianopsiya paydo bo‘ladi.
Ko‘ruv trakti, tashqi tizzasimon tana shikastlanganda gomonim 
gemianopsiya hosil bo‘ladi. O‘ng tomondagi ko‘ruv trakti yoki tashqi tizzasimon 
tana shikastlanganda chap tomonlama gemianopsiya va aksincha chapdagi 
yuqorida ko‘rsatilgan qismlar shikastlanganda o‘ng tomonlama gemianopsiya 
paydo bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ining pona pushtasi shikastlanganda pastki 
kvadrant, til pushta zararlanganda esa tepa kvadrant gemianopsiya paydo bo‘ladi.
Pix egatining qitiqlanishi ko‘rish gallyusinasiyasiga olib keladi 18-19 
Brodman maydonlarini shikastlanishi rang ajratib olish qobiliyatini yo‘qolishiga 
olib keladi. Axromatopsiya – rang ajratib olish qobiliyatini yo‘qolishi; daltonizm –
tug‘ma qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik.
Ko‘z tubi har xil patologik o‘zgarishlarda turlicha bo‘ladi: ko‘ruv nervini 
so‘rg‘ichining nevriti bosh miya va uning pardalari yallig‘langanida, birlamchi 
atrofiyasi esa nevritdan keyin yoki og‘ir degenerativ kasalliklarda ro‘y beradi. 
Ko‘ruv nervlari so‘rg‘ichlarining dimlanishi kalla suyagi ichidagi bosimni olib 
ketishi natijasida sodir bo‘ladi (o‘sma, gidrosefaliya va boshqalar). Bu patologik 
o‘zgarishda ko‘ruv nervlari so‘rg‘ichlarining shishib ketishi, chegaralarining 
aniqligini buzilishi, arteriya qon tomirlarini ba’zi joylarini ko‘rinmay qolishi 
(promenensiya), ba’zi hollarda qon quyilishi kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etgan 
ko‘ruv nervi so‘rg‘ichining dimlanishi ikkilamchi atrofiyaga olib keladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish