105
pardada joylashgan. Bu yerda 5 sm
2
maydonini tashkil qiladigan yuqori darajada
rivojlangan neyroepitelial to‘qima joylashgan. Ularning
umumiy soni tahminan bir
millionga yaqindir. Hid bilish tolalarida nerv qo‘zg‘alishi hosil bo‘lishi uchun
kamida 40 ta nerv tolalari qitiqlanishi kerak. Hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish I
neyronning aksonlari, ya’ni 15-20 ta hid bilish ipchalari orqali oldingi kalla
chuqurchasiga g‘alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasi orasidan o‘tadi va
bosh miya peshona bo‘lagini pastki yuzasida joylashgan hidlov piyozchasida
(bulbus olfactorius) tugaydi.
II neyron hidlov piyozchasi hujayralari aksonlari hidlov traktini (tractus
olfactorius) hosil qiladi va hidlov uchburchagi (trigonum olfactorius), oldingi ilma-
teshik modda va tiniq to‘siqda (septum pellicidum) joylashgan po‘stloq
osti hidlov
markazlarida tugaydi. Shu sohalar hujayralaridan boshlangan III neyron aksonlari
qisman kesishma hosil qilib, bir qismi qadoqsimon tananing tepasidan, bir qismi
pastidan o‘tib, hidlov po‘stloq markazi, chakka bo‘lagini medial yuzasida
joylashgan gippokamp pushtasining ilmog‘ida (uncus gyri hyppocampi) tugaydi.
Hidlov analizatori
hidli moddalarni qabul qilish, ularni ajrata bilish va to‘g‘ri
tasavvur etish vazifasini bajaradi.
Bolalar va kattalarda tekshirish usuli. Hidlov nervini tekshirish har xil
xushbo‘y hidli moddalar (yalpiz, kamfora moyi, valeriana va boshqalar) solingan
idishchalar yordamida olib boriladi. Buning uchun bemorning ko‘zi yumilib, burun
teshigiga alohida hidli moddalar hidlatiladi va ularning nomlari so‘raladi. Kuchli
hidli modda (masalan: novshadil spirt) qo‘llash
man etiladi, chunki ular uch shoxli
nerv retseptorlari bilan qabul qilinadi. Chaqaloq va yosh bolalarda hid bilish ularni
hidli moddalarga beradigan yuz mimikasi va imo-ishora reaksiyasiga qarab xulosa
qilinadi.
Zararlanish sindromi.
Hidlov nervi shikastlanganda quyidagilar ko‘riladi:
Anosmiya – hid bilishni yo‘qolishi, giposmiya – pasayishi, giperosmiya –
kuchayishi, dizosmiya – noto‘g‘ri qabul qilinishi.
Ikki tomonlama giposmiya yoki anosmiya ko‘pincha burun bo‘shlig‘ini
kasalligida (rinit, gripp va boshqalar), uchraydi.
Bir tomonlama gipo – yoki anosmiya hidlov nervi,
piyozchasi hidlov
uchburchagi, oldingi ilma-teshik modda va tiniq to‘siqning shikastlanishida
uchraydi. Masalan: bosh miya peshona bo‘lagini pastki yuzasidagi o‘sma, absess,
pardalarining yallig‘lanishi, qon quyilganda, kalla suyagining peshona qismi darz
ketganda yoki singanda, g‘alvirsimon bo‘shliq yallig‘langanda (etmoidit), bir
tomonlama gipo – yoki anosmiyaga olib keladi.
Giposmiya yana qandli diabet, gipotirioz, sklerodermiya, hamda ba’zi
dorilar ta’sirida (penitsillin, L-dofa) ham uchrashi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan yo‘q hidlarning kasal tomonidan
sezilishi hid bilish
gallyusinatsiyasi deyiladi. Bu holat hidlov nervining po‘stloq markazini
qo‘zg‘atilganda paydo bo‘ladi. Giperosmiya, dizosmiya kasalligi ayollarda
homiladorlik vaqtida uchrashi mumkin.