42-rasm.
Miyachani sitoarxitektoniyasi.
1. Savatsimon hujayralar
2. Tashqi yulduzsimon hujayralar
3. Purkine hujayralari dendritlari
4. Purkine hujayralari
5. Ko‘ndalang tolalar
6. Donasimon hujayralar
7. Goldji (ichki yulduzsimon) hujayralar
8. Molekulyar qavat
9. Donador qavat
Ba’zi mualliflarni fikriga ko‘ra
moxsimon tolalar spino va
olivotserebellyar yo‘llar tarkibiga kirib, donachasimon hujayralar bilan aloqa hosil
qilib, impulslarni tarqoq holatda uzatishda ishtirok etadi.
Sudraluvchi tolalar esa vestibulyar va ko‘prik o‘zaklardan tarqalib Purkine
hujayralar denritlariga impulsni lokal uzatadi.
Miyacha po‘stlog‘i ostida oq modda joylashgan bo‘lib, ular nerv tolalaridan
iborat. Bu tolalar miyacha po‘stlog‘i hujayralari va o‘zaklari o‘simtalaridan iborat.
Miyacha o‘zaklari.
43-rasm.
Vestibulo-sereblyar yo‘l.
1. Yuqorigi vestibulyar o‘zak
2. Tashqi vestibulyar o‘zak
3. Ichki vestibulyar o‘zak
4. Pastki vestibulyar o‘zak
5. Chuvalchang
6. Cho‘qqi o‘zagi
7. Sharsimon o‘zak
8. Po‘kaksimon o‘zak
9. Tishsimon o‘zak
10. Vestibulyar tuguni
11. Vestibulyar nerv
12. Yarim oysimon naychalardan
kelayotgan tolalar
13. Qopcha va bachadonchadagi oq
dog‘dan kelayotgan tolalar
97
Miyacha oq moddasida uning markaziy o‘zaklari joylashgan. Har bir yarim
sharda 4 ta o‘zak qayd etiladi. O‘rtada ya’ni miyacha chuvalchangida cho‘qqi
o‘zagi (nucleus fastigi) joylashgan. Bu o‘zakni yon tomonida sharsimon, so‘ng
po‘kaksimon, eng tashqarida, tishsimon o‘zak joylashgan.
Miyacha o‘zaklarining gistologik tuzilishi.
1. Cho‘qqi o‘zagi katta va kichik hujayralardan iborat bo‘lib, katta hujayralar
tashqi va kichik hujayralar ichki tomonda joylashadi. Kichik hujayralardan efferent
tolalar tarqalib ular kesishma hosil qiladi.
2. Sharsimon o‘zakda ham katta va kichik hujayralar bo‘lib, ular to‘plam-
to‘plam joylashadi. Bu o‘zakning afferent yo‘llarini chuvalchangning Purkine
hujayralarining tolalari va Bexterev o‘zagini tolalari hosil qiladi. Efferent tolalar
esa miyachaning ustki oyoqchalarini tashkil qiladi.
3. Po‘kaksimon o‘zak ganglioz hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib,
to‘plam-to‘plam bo‘lib joylashadi. Ular tishsimon o‘zak hujayralariga o‘xshash
bo‘lib, farqi ulardan kattaroqdir. Ularning afferent tolalarini Purkine
hujayralarining o‘q silindrlari, efferent tolalari esa miyachani yuqori oyoqchasini
hosil qiladi.
4. Tishsimon o‘zak – katta multipolyar, hamda mayda ganglioz
hujayralardan iborat. Bu hujayralarni tanasida Nissel moddasi va lipofussin
pigmenti bor. Bu o‘zak hujayralaridan juda ko‘p dendritlar tarqalgan bo‘lib, ular
kollaterallar hosil qiladi. Aksonlari esa miyachani ustki oyoqchasini tashkil
bo‘lishida ishtirok etadi. Bu o‘zakni dorzomedial qismi chuvalchang bilan, hamda
miya po‘stlog‘ini sensomotor sohasi bilan aloqada (tepa va chakka bo‘lagi).
Efferent tolalari esa miyacha ustki oyoqchasini asosini tashkil qiladi.
Miyacha po‘stlog‘ini o‘rta qismi (chuvalchangi) sharsimon va cho‘qqi
o‘zaklar bilan, miyacha yarim sharlarini po‘stlog‘i tishsimon va po‘kaksimon
o‘zaklar bilan bog‘langan. Miyacha po‘stlog‘i o‘z tomonidagi o‘zaklar bilan
bog‘liq.
Miyachani markaziy nerv tizimi boshqa bo‘limlari bilan aloqalari.
Miyacha oq moddasida quyidagi tolalar qayd etiladi: proyeksion, assotsiativ,
komissural.
Proyeksion tolalar miyachani markaziy nerv tizimi bilan bog‘laydi.
Bu bog‘lanish esa miyachani 3 juft oyoqchalari orqali ro‘y beradi.
Miyachada quyidagi oyoqchalar mavjud: ustki yoki oldingi oyoqcha, o‘rta
oyoqcha, pastki yoki orqa oyoqcha.
Miyachani pastki va o‘rta oyoqchalari afferent tolalardan iborat bo‘lib,
impulsni miyachaga olib keladi. Ustki oyoqcha esa aralash tolalardan iborat
(afferent va efferent).
Miyachani pastki oyoqchalari uni uzunchoq va orqa miya bilan bog‘laydi.
Unda ikki qism qayd etiladi – tashqi va ichki. Tashqi qismi arqonsimon tanacha
bo‘lib, u orqa va uzunchoq miyadan keluvchi yo‘llardan iborat. Arqonsimon
tanacha Burdax o‘zagi oldidan boshlanadi. Bu oyoqchadan quyidagi yo‘llar o‘tadi:
1. Chuqur sezgi yo‘lini bir qismi, kesishma hosil qilishdan oldin.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |