Tuberoz skleroz (Burnevill-Pringl kasalligi)
50% holatlarda kasallik autosom-dominant yo‘l bilan o‘tadi, qolgan
holatlarda gen mutatsiyasi bilan bog‘liq.
Tuberoz skleroz uchlik simptomi bilan kechadi:
1.
Yuz terisini o‘ziga xos o‘zgarishi.
2.
Dementsiya.
3.
Talvasa xurujlari.
Patogenezi asosida ektodermani shakllanishi buzilishi yotadi. Bu nerv
tizimida, teri va ichki a’zolarda displaziyalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘proq
373
o‘zgarishlar MNS da aniqlanadi. Miya yuzasini patomorfologik tekshirilganda och
rangli bitta yoki ko‘p sonli tugunlar aniqlanadi. Bu tugunlarning kattaligi har xil,
ularning markazida glial hujayralar, periferiyasida – katta o‘zakli pigment
hujayralar joylashadi. Hamda miya tomirlarining giperplaziyasi aniqlanadi. MNS
dan tashqari o‘smalar yurakda, buyrakda, me’da osti bezida, qalqonsimon bezda va
boshqa ichki a’zolarda uchraydi.
Klinika: uchlik belgilardan eng erta epileptik xurujlar paydo bo‘ladi. Ular
bola tug‘ilgandan keyin o‘sha zahoti yoki 1-2 oyda ba’zan pubertat davrida paydo
bo‘ladi. Hurujlar har xil xarakterda bo‘lib, generallashgan yoki parsial bo‘lishi
mumkin. Vaqt o‘tgan sayin ularni xarakteri o‘zgarib, tezlashishi mumkin. EEG da
spetsifik o‘zgarishlar yo‘q, o‘tkir to‘lqinlar, pik to‘lqinlar, sekin to‘lqinlarni
aniqlanishi mumkin. Tuberoz skleroz oqibatida kelib chiquvchi epileptik xurujlar
talvasaga qarshi davoga chidamli. O‘choqli nevrologik simptomatika kam
uchraydi.
Teri qoplamlarini zararlanishi
juda ko‘p uchraydi va katta diagnostik
ahamiyatga ega. Yuz terisida ko‘p sonli tugunchalar kapalak ko‘rinishida
joylashadi, ularning diametri 1 dan 3,5 mm gacha, rangi sarg‘ish-pushti va
jigarrang-qizg‘ish rangda. Burnini uchida bu dog‘lar qo‘shilib yaxlit silliq dog‘
telengiektaziyalar hosil qiladi. Tugunchalar erta bolalik davrida paydo bo‘ladi va
pubertat davrida ko‘rinarli bo‘ladi. Ba’zi bemorlarda depigmentlashgan dog‘lar,
poliplar yoki fibroz giperplaziya sohalari (ko‘pincha bel sohasi) aniqlanadi. Kam
hollarda yumaloq shaklli o‘smalar-fibromalar aniqlanib, ular bitta yoki ko‘p sonli
bo‘lishi mumkin. Shu narsani bilish kerakki bu hodisalar tuberoz sklerozning
yagona ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi bemorlarda och jigarrang rangli
giperpigmentatsiyalashgan dog‘lar aniqlanadi. Bu dog‘lar tana va oyoqlar terisida
joylashadi.
Shuni bilingki depigmentatsiya va giperpigmentatsiya dog‘lari 90%
bemorlarda uchrab boshqa belgilarga nisbatan erta paydo bo‘ladi. Shuning uchun
teridagi o‘zgarishlar shu kasallikni tashhisotida ahamiyatga ega, ayniqsa bolalik
davrida kamdan-kam hollarda boshqa teri nuqsonlari uchraydi: keratoz,
giperkeratoz, ixtioz va boshqalar.
Ko‘z belgilari 5-50% bemorlarda uchraydi. Asosan fakoma-retinal o‘sma
xarakterli bo‘lib, ko‘z olmasining orqa sohasida joylashadi. O‘sma kulrang-oqish
bo‘lib, yuzasi tekis bo‘lmagan, to‘r pardadan biroz ko‘tarilib turib, tutga o‘xshaydi.
Fakomalar o‘sishi mumkin bo‘lib, ko‘proq kattalarda uchraydi, ba’zi hollarda
kasallikni yagona ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Fakomalar ko‘rish faoliyatini
buzmaydi. Bulardan tashqari to‘r parda chekkasida kulrang va sarg‘ish rang
dog‘lar paydo bo‘lishi va ko‘ruv diskini dimlanishi va ko‘ruv nervi atrofiyasiga
uchrashi mumkin.
Dementsiya. Aqliy rivojlanishni orqada qolishi erta boshlanadi va asta-sekin
progressivlanadi, lekin har doim ham uchramaydi.
Tashhisot: uchlik belgilari 1) aqliy rivojlanishni orqada qolishi, 2) teridagi
o‘zgarishlar, 3) epileptik xurujlarni birga uchrashi qiyinchilik tug‘dirmaydi.
374
Kasallikni nasliy xarakterga ega ekanligi ahamiyatga ega. KT, MRT
periventrikulyar kaltsifikatlar (miya toshlari) borligini aniqlashga yordam beradi.
Davosi: foydasiz. Kasallikni progressivlanishini to‘xtatib bo‘lmaydi. Aqliy
faoliyati saqlangan holda dermobraziya qilinadi, ya’ni yuzda kosmetik defektni
olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |