185
-
po‘stloq
osti strukturalari
-
so‘g‘on
-
miyacha
-
orqa miya
-
periferik nervlar
-
aralash shakllar
Klinik sindromlar:
I.
O‘tkir davri sindromlari
1.
Neyro-reflektor qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi.
2.
Umumiy so‘nish (bo‘shashish, adinamiya).
3.
Gipertenziv
4.
Gipertenziv-gidrotsefal
5.
Tutqanoq
6.
Komatoz holat
II.
Tiklanish
davri sindromlari
1.
Astenonevrotik (serebrastenik).
2.
Vegetativ-vitseral disfunksiyalar.
3.
Harakat buzilishlari (markaziy va periferik parezlar, paralichlar,
giperkinezlar).
4.
Tutqanoq sindromi
5.
Gidrotsefaliya
6.
Psixomotor va nutq oldi rivojlanishning orqada qolishi:
a) statiko-motor funksiyalar buzilishining kuchayishi bilan.
b) psixika buzilishining kuchayishi bilan.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar:
1.
Tuzalish
2.
Psixofizik va nutqiy rivojlanishning orqada qolishi
3.
Ensefalopatiya:
a) tarqalgan o‘choqli mikrosimptomlar bilan namoyon bo‘lgan
b) o‘rta darajada kalla ichi gipertenziyasi bilan
v) kompensirlangan gidrotsefaliya
g)
astenonevrotik sindrom, nevrozsimon va psixopatsimon holatlar
bilan namoyon bo‘ladigan.
4. Harakat, nutq psixikaning keskin zararlanishi bilan kechadigan qo‘pol
organik shakllari (oligofreniya, epilepsiya, progressivlanuvchi gidrotsefaliya va
boshqalar).
Diagnoz qo‘yishda (strukturasida) bola kasalligi klinikasini aks ettiradigan
tasnifning har bir rubrikasidan (anamnez, shakli,
kasallik davri, klinik sindrom)
olish kerak. Tashhisning taxminiy tuzilishi:
1.
Prenatal toksiko-infeksion ensefalopatiya, tiklanish davri,
episindrom, ruhiy-nutqiy rivojlanishni ortda qolishi.
2.
Perinatal gipoksiko-travmatik ensefalopatiya, og‘ir shakli, o‘tkir
davri, komatoz holat.
186
3.
Intranatal gipoksiya – ensefalopatiya,
yengil shakli, o‘tkir osti
davri, nerv reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi sindromi.
4.
Intranatal travmatik ensefalopatiya, o‘rta og‘ir shakli, o‘tkir davri,
umumiy so‘nish sindromi, tutqanoqlar.
5.
Intranatal ensefalomiyelopatiya, tiklanish davri, serebroastenik
sindrom, pastki sust paraparez.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa chiqargan holda shuni ta’kidlaymizki,
asfiksiya homila organizmiga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishi mumkin.
Ba’zan asfiksiya homila miyasining nuqsoni fonida yoki aynan shu nuqson
bo‘lganligi tufayli kelib chiqadi. Bunday holatda tug‘ilayotgandagi asfiksiya m.n.s.
zararlanishining
sababi emas, balki natijasi bo‘lib hisoblanadi va tashhisda
dominant omil sifatida ko‘rilmasligi kerak. Agar gipoksik omil homila
rivojlanishining u yoki bu bosqichida homila patologiyasini keltirib chiqarsa, uning
ta’sir muddatiga asoslangan
holda prenatal gipoksiya, tug‘ilayotgandagi asfiksiya
bilan birgalikdagi kechishi esa perinatal gipoksiya deb belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: