181
gepatosplenomegaliya, trombositopeniya, pnevmoniya bilan namoyon bo‘ladi.
Toksoplazmozda ham homila tushishi va o‘lik tug‘ilish holatlari ko‘p kuzatiladi.
Homiladorlik toksikozlari
ham homila miyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay
qolmaydi. Bunda yo‘ldoshning morfofunksional o‘zgarishlari homilaning trofikasi
va yetilishining buzilishiga olib keluvchi infeksiyalarda kuzatiladigan
o‘zgarishlardan qolishmaydi.
Gipoksiya va tug‘ruq travmasi
. O‘tkir gipoksiya va tug‘ruq travmasi 10 yil
avval bolalarda miya zararlanishining yetakchi sabablaridan biri bo‘lib
hisoblangan. So‘nggi yillarda esa homila va YaTCh patologiyasida yetakchi faktor
bo‘lib tug‘ruq davrida miyaga ta’sir qiluvchi zararli omillar emas, balki ko‘proq
yetilayotgan homila miyasiga ko‘plab noxush omillar ta’siri natijasida uning
strukturalaridagi o‘zgarishlar asosiy ahamiyatga ega. O‘tkir gipoksiya (asfiksiya)
va mexanik miya ichi tug‘ruq travmasi ko‘p holatlarda asoratlangan tug‘ruq
faoliyatining buzilishlarida kuzatiladi, chunki homilaning to‘liq
yetilmaganligi
holatida doyalik yordamchi qo‘llanmalarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Haqiqatan ham bizning kuzatishlarimiz va boshqa avtorlarning ma’lumotlari
bo‘yicha ko‘p holatlarda asfiksiyada tug‘ilgan bolalarda psixomotor, nutqiy va
bola shaxsiyatini rivojlanishini orqada qolishi, ba’zan esa BMF bilan yakunlanishi
mumkin. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p holatlarda buning sababi natal
asfiksiyaning o‘zida emas ekan. Bizga ma’lum misollar va jahon adabiyoti
shundan dalolat beradiki, natal asfiksiya o‘tkazganligiga qaramasdan,
bolaning
keyingi rivojlanishi asoratsiz bo‘lishi mumkin, ba’zi bir bolalar esa intelektual
rivojlanishning yuqori cho‘qqilarini egallashlari mumkin. Ko‘plab kuzatuvlar
tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘tkir natal asfiksiyani o‘tkazgan bolalar kuzatiladigan
oqibatlar faqatgina su’niy nafas berish tezligi, davomiyligi va adekvatligi, hamda
miya shikastlanishining darajasiga bog‘liq emas. Kasallik oqibatini natal
asfiksiyaning davomiyligi emas, balki prenatal davrdagi omillarning ta’siri,
qanday
holat fonida bolada asfiksiya yuzaga kelganligi belgilab beradi. Aynan shu bilan
BMF sindromidagi nerv tizimining barcha zararlanishidan 75-80% ni markaziy
nerv tizimining defektlari va prenatal buzilishlari tashkil qilishi tushuntiriladi,
perinatal buzilishlari esa 15-20 % ni tashkil qiladi (P.V.Melnichuk 1982). Lekin
har bir holatda markaziy nerv tizimi zararlanishining sababini aniqlash, zararlanish
sindromlarini tasniflash kerak, bu esa patogenetik davoni ishlab chiqishda katta
ahamiyatga ega.
Natal asfiksiyani o‘tkazgan bolalar holatining
retrospektiv bahosi shuni
ko‘rsatadiki, nerv tizimi tomonidan keskin namoyon bo‘ladigan asoratlar 10
minutdan ko‘p bo‘lgan davr davomida su’niy nafas olganlarda kuzatiladi; ularning
1/3 da statik-motor va psixomotor rivojlanishning ortda qolishi kuzatilgan,
shundan 2/5 qismida og‘ir darajada. 2-3 oylik bolalarning deyarli yarmida keskin
namoyon bo‘lgan gipertenzion-gidrosefal sindrom saqlangan (1/5 qismida oqibati
gidrotsefaliya). Bolalarning 1/5 qismida tutqanoq sindromi epilepsiyaga aylangan,
¼ da BMF shakllangan. Shu bolalarni anamnezini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki,
ularning ko‘pchiligida (75%) homila ichi rivojlanishi davrida juda noxush fon
kuzatilgan.
182
Bunday bolalarning anamnezidagi noxush omillar orasida ota-onasining
zararli odatlari (chekish, alkogol) kasbga bog‘liq bo‘lgan zararlar (ximikatlar), ota-
onasining yoshi (30 yoshdan katta), o‘z-o‘zidan
homila tushishi va abort,
homiladorlik toksikozlari va boshqalar katta ahamiyatga ega. 25 daqiqa davomida
su’niy nafas olgan, ammo homila rivojlanishi davri yaxshi kechgan bolalarda o‘tkir
natal asfiksiya yoki uning fonida miyaning intranatal shikastlanishi oqibatlari
unchalik og‘ir bo‘lmagan. Shunday qilib, asfiksiyaning og‘irlik darajasi,
reanimatsiya davomiyligi va miyaning zararlanishlari orasida to‘liq korrelyasiya
yo‘q deb hisoblash mumkin.
Homila va YaTCh gipoksiyasi (asfiksiya) – murakkab, ko‘p fazali jarayon
bo‘lib, kislorod kelishini o‘tkir to‘xtashi yoki qayta-qayta cheklanishi hamda
organizmda SO
2
ni va boshqa oksidlanmagan mahsulotlarni ko‘p to‘planishi bilan
xarakterlanadi. Tug‘ilganlarning umumiy soni ichida YaTCh asfiksiyasi 4-6% ni
tashkil qiladi.
Asfiksiya – sindromologik tushuncha bo‘lib, sababi polietiologik.
Homila
“homila ichi gipoksiyasi” ni yoki “homila gipoksiyasi”, deb ataladigan homilaning
kislorod yetishmovchiligi ko‘pincha tug‘ruq davrida yoki tug‘ilgandan keyin
darhol paydo bo‘ladigan YaTCh asfiksiyasi bilan birga kuzatiladi. Asfiksiya
perinatal o‘limning asosiy sabablaridan bo‘lib 40% ni tashkil qiladi (E.I. Andreeva,
1974.). Homila organizmi uchun jiddiy xavf bo‘lib, aynan shu bilan birgalikda
uchraydigan pre va perinatal gipoksiya hisoblanadi.
Homila ichi gipoksiyasiga olib keladigan omillar bo‘lib, MNS funksiyasi
buzilishi bilan kechadigan homila miyasini rivojlanishini nuqsonlari va
kasalliklari, onasining endokrin va somatik kasalliklari,
homila va ona qonining
immunologik mos kelmasligi, infeksiyalar, homiladorlik toksikozlari va ona
tomonidan boshqa patologiyalar, shuningdek yo‘ldosh patologiyalari hisoblanadi.
Bachadon-yo‘ldosh qon aylanishining buzilishlari oksidlanish–qaytarilish
jarayonlarining, intermedial almashinuvning buzilishi, elektrolitlar disbalansi bilan
kechadi. Keskin namoyon bo‘lgan metabolik asidoz nafas markazining falajiga
olib keladi.
Patogenezida homila kislorod yetishmovchiligining 4 ta turi farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: