177
Subpopulyatsiya hujayralarini miqdorini baholashda hozirgi kunda oquvchi
sitometriya usuli va SD sinfi molekulasiga tegishli yuzaki molekulalarga oid
monoklonal antitela (mAT) qo‘llanadi.
Nevrologiyada limfotsitlar subpopulyatsiyasini miqdori va
boshqa
immunologik ko‘rsatgichlarni tekshirish ko‘pincha dimielinizatsiyaga oid
kasalliklarda faol o‘rganilgan. Tarqalgan sklerozda supressor hujayralar (SD8)
miqdori pasayadi.
Eng aniq o‘zgarishlar autoregulyator SD4/SD8 munosabatini qo‘llanilganda
aniqlangan.
Mazkur hujayralarni kamayishi kasallikni faol davrida sodir bo‘lib,
remissiya davrida tiklanishi haqida ma’lumotlar bor. (Rose L. et al. 1988).
Limfotsitlar blastotransformatsiyasi reaksiyasi (RB TL)
Bu test limfotsitlarni funksional holatini baholashda ishlatiladi, ularni turli
xil ta’sirotlarga proliferasiya xususiyati bilan
javob berishini baholashda
qo‘llanadi. Ta’sirotga qarab, mitogenlar antigenspesifik reaksiyalar bilan hujayrani
ta’sirlovchi reaksiyalar va spesifik bo‘lmagan javob tafovut etiladi.
A, G va M sinfi immunoglobulinlari miqdorini biologik sharoitlarda (qon
zardobi, likvor, faollashtirilgan hujayralar supernatanti) aniqlash hozirgi kunda
immunoglobulinlar miqdorini turli suyuqliklarda qattiq fazali immunoferment
analiz (ELISA) larda o‘rganish usuli keng tus olgan.
Sitokinlar miqdori va ishlab chiqqan mahsulotini tekshirish.
Yuqorida
qayt etilgandek, sitokinlar immunoregulyatsiyasida markaziy o‘rin
tutadi, informatsiyani bir hujayradan ikkinchi hujayraga o‘tishini ta’minlaydi.
Sitokinlar miqdori turli xil sharoitlarda turlicha usulda baholanadi, ko‘pincha
biologik, immunoferment va radioimmunologik usullarda (oxirgi usulda hujayra
sitokinda RNK miqdori) aniqlanadi. Ko‘pincha qattiq fazali immunoferment
analizi (ELISA) qo‘llaniladi va bunda turli firmalarni
standart birikmalari
ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, nerv kasalliklarida qon zardobida sitokinlarni
miqdorini aniqlash kam ma’lumot beradi.
Likvorda va faol hujayralarni supernatantida aniqlash esa yaxshi natija
beradi. Barcha mononuklear hujayralarning
supernatanti yoki ularning
subpopulyatsiyasi (masalan, monotsitlar) mitogen yoki antigen bilan yoki ularsiz
3-5 kunlik kultivasiya natijasida olinadi. So‘nggi yillarda hujayra ichi sitokinlarni
aniqlash mATni qo‘llash yordamida o‘tkazilmoqda. SD3-pozitiv va SD3-negativ
hujayralar orasida hujayra sitokinlari sitometr yordamida aniqlanmoqda. Yana bu
sohada m RNK ni aniqlash usuli ham faol qo‘llanmoqda.
Bir qator kasalliklarda muhim ma’lumotlarni
komplimentni tekshirish
immun kompleksini sirkulyasiyasi va turli sitokinlar, xemokinlar, adgeziya
eritilgan
molekulalar, muhim ahamiyatga ega va immun statusini ta’riflab beradi.
Bular bilan tanishish uchun alohida adabiyotlar tavsiya etiladi, ular immun
reaksiyalarga baho berish imkoniyatiga ega (Petrov R.V., 1982, Pol U., 1989,
Ketlenskiy S.A., 1992 va boshqalar).