Diffuz aralashgan MRT Suvning molekulalari doimo Broun harakatida bo‘ladi va diffuzli jarayonga
olib keladi. MRT o‘tkazish vaqtida pulslik magnit maydonini tashkil qilish diffuz
jarayonning o‘rganishiga olib keladi. Diffuziya darajasi farqini ajratish tashhisda
fazolik siljish va bu beriladigan signallarni turli zonalarga o‘zgarmagan, oshgan va
pasaygan diffuziya sifatida qaraladi.
Diffuz holati kuchayib-kamayishi suv molekulalarining boshqa organik
molekulalar bilan aloqasiga, birikmani harakatiga, tashqi muhitni rN, hujayra
membranasining o‘tkazuvchanligiga, hujayra ichi, tashqarisidagi suyuqlikka
bog‘liq. Diffuz jarayonning holati diffuziyani nazorat etuvchi koeffisent (apparent
diffusion coefficient) – KND va diffuz konstantaa Deff bilan o‘lchanadi. Bu usul
80 yillarni oxiridan boshlab qo‘llanib kelmoqda. Hozirgi kunda ishemik
jarayonlarda to‘la-to‘kis o‘rganilgan.
Funksional MRT Neyronlarning faolligi miyada qon aylanishi to‘g‘ri va lokal o‘zgarishlariga
va qonni kislorod bilan ta’minlanishini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur
fiziologik o‘zgarishlar bosh miyaning funksional faolliligiga doir karta tuzishda
qo‘llanilishi mumkin. Eksperimentlar seriyalari to‘qima perfuziyasining
xususiyatlari va gemoglabinning shakli T1 va T2 relaksatsiyalarinng
paramertlariga ta’sir ko‘rsatadi. Oksigemoglobin diamagnitlangan holda, kislorod
atomlarini bergandan so‘ng paramagnit dezoksigemogloblinga o‘tadi. Qonda
dezoksigemoglobinning paramagnit molekulasi bo‘lishi magnit gomogen
bo‘lmagan sharoitni tashkil qiladi va magnit qabul qilish borasida qon tomirlar va
tashqi to‘qima orasida farq paydo qiladi. Magnit qabul qilishdagi farq qon tomir
ichidagi suv molekulalari va tashqi to‘qimada “seziladi” exogradienti rejimida
signal kuchini pasayishi holatida namoyon bo‘ladi. Bu holat fiziologik kontrastlik
deb ataladi va qonning oksigenlashuviga bog‘liq deb hisoblanadi. Funksional MRT
miyada qon aylanishini aniqlovchi bosh miyaning aktivligini belgilovchi boshqa
usullardan o‘zini o‘ta ustunligi bilan farq qiladi. Bu usulni bemorda bir necha
marta qaytarish mumkin va tekshiruvchi a’zo haqida jamlangan o‘ta aniq ma’lumot
olish mumkin.
Funksional MRT klinika amaliyotida bosh miyaning funksional faolligiga
karta tuzishda qo‘llanadi va patologik jarayonga uchragan to‘qima funksiyasini
tiklanish mexanizmini va kasallikni prognozini aniqlab beradi.