Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


XI BOB  NEVROLOGIYADA IMMUNOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

XI BOB 
NEVROLOGIYADA IMMUNOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI 
Immunologik statusni tekshirish usullarini nazariy asoslari. Hozirgi kunda 
nerv kasalliklaridan: neyroinfeksiyalar (meningitlar, ensefalitlar), miyaning qon 
tomir jarohatlanishi demielinaziya chaqiruvchilar (tarqoq skleroz, o‘tkir tarqoq 
ensefalomiyelit) kabi kasalliklarini patogenezida immunologik mexanizmni 
ishtirok etishi hech qanday shubxa chaqirmaydi. Miyadagi barcha yallig‘lanish 
jarayonlari miyada albatta immunopatologik (autoimmun) mexanizmlarni jalb 
etishga olib keladi. Miya yuqori immunologik ustunlikka ega bo‘lgan a’zo 
hisoblanadi, uning antigenlari normada qonning immun tizimiga yeta olmaydi yoki 
unga javobi o‘ziga xos bo‘lgan mexanizmlar yordamida tolerantlikni bosib turadi.
Oxirgi yillardan immunologiyaning rivoji yangi yuqori darajalik aniq 
ma’lumot beruvchi usullarni ishlab chiqilgani bilangina emas, balki inson 
kasalliklarining etiologiya va patogenezida immun tizimini ishtirok etishga doir 
bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘p darajada to‘planganligiga ham bog‘liq.
Immun tizimi hozirgi kunda organizmni asosiy himoya qiluvchi va nazorat 
etuvchi, organizmni o‘ziga xosli bo‘lgan bir butunligini ta’minlovchi vosita 
hisoblanadi. Immun tizimi xuddi nerv tizimidek tashqi sharoit impulslariga 
ta’sirlanib, javob beradi. Mana shunday ichki va tashqi ta’sirlovchilar – antigenlar, 
virus, bakteriyalar, o‘sma hujayralarining oqsil komponentlari hisoblanadi. Immun 
tizimi antigenlarni o‘z vaqtida ajratib, organizmda ularni zararsizlatib chiqarib 
yuborishni ta’minlaydi yoki ularga tolerantlikni ta’minlaydi.
Immun tizimi faoliyatining asosiy xususiyati uning o‘ziga xosligidir. Bu 
holat immun reaksiyalarini o‘ziga xos bo‘lmagan yallig‘lanish jarayonidan ajratib 
turadi va antigenga bo‘ysunmay, bog‘liq bo‘lmagan mexanizmlarga tushib qolishi 
imkoniyatini beradi. O‘ziga xos bo‘lmagan mexanizmlarni tashqi ta’sirga javobi, 
odatdan tashqi agentni organizmga o‘tishi bilanoq paydo bo‘ladi, birinchi navbatda 
kapillyarlar o‘tkazuvchanligi kuchayadi, lokal shishlar va bunga granulositlarni 
jalb etilishi sodir bo‘ladi. Antigenga bo‘lgan o‘ziga xos immunologik javob o‘ziga 
xos effektor limfotsit hujayralarini generasiyasiga kerak bo‘lgan vaqtga qarab 
cho‘zilishi mumkin.
Immunologik javobning o‘ziga xosligi, yo‘nalishi, davom etish muddati va 
kuchi ko‘p sharoitlarga bog‘liq, masalan: antigenni shakli, tuzilishi, tarkibiy qismi, 
immun tizimining irsiy xususiyatlari, avvalgi kontaktlar yoki o‘xshashliklar, 
antigenni kesishma ta’siri, nazorat tizimining holati va immun tizimini qayta 
tinchlanishi, antigen reaksiyasini keraksiz xolga kelishi, ya’ni javob berish 
mexanizmini to‘xtatishi kabilarga bog‘liq. Nazorat etuvchi tizimlar qatori, xususan 
erituvchi regulyator molekulalar sitokinlar barobarligida qayta aloqa xalqasi 
holatida ta’sir ko‘rsatadi. Bunda ma’lum vaqtda faoliyatlashtiruvchi mediatorlar 
konsentratsiyasining oshib ketishi tormozlovchi mexanizmlar ishga tushishiga olib 
keladi.
Immun tizimining tarkibiga kiruvchi a’zolar va to‘qimalarni 2 guruhga 
bo‘lish mumkin. Birinchisiga immun regulyatsiyasining “markaziy” a’zolari-timus 


 171
va ilik, ikkinchisiga – limfa tugunlari, Peyer pilakchalari, yutqin limfa xalqasi, 
taloq kiradi. Limfotsitlar yetiladi va immun tizimining markaziy a’zolarida 
antigenga nisbatan o‘ziga xoslik paydo bo‘ladi, ularning antigenga xos faolligi esa-
ikkilamchi a’zolarda sodir bo‘ladi. Limfotsitlar faollashgandan so‘ng, ularning 
yerigan mahsulotlari periferiyaga o‘tib ketadi va antigen joylashgan yerga borib 
o‘zining himoya vazifasini ado etadi.
Immun kompetent hujayralar subpopulyatsiyaga bo‘linadi. Har bir 
subpopulyatsiya ma’lum o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga ega va alohida yuzaki 
molekulalarni olib yuradi va ular alohida monoklonal antitelalar deb tan olinadi.
Antigenga immunologik javob – ko‘p ketma-ket bo‘luvchi jarayon bo‘lib, 
bunda turli xil hujayralar va hujayra oraliq o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi – sitokinlar 
ishtirok etadi. Avvaliga antigenlarni tanish, ajrata bilish, so‘ngra antigenni alohida 
hujayralarda tasavvur etish, o‘ziga mos keluvchi hujayralarni faolligi (proliferasiya 
va differensirovka) e’tirof etildi, bular sitokinlar nazoratida bo‘ladi. Mazkur 
regulyator molekulalarni asosiy qismini interleykinlar, interferonlar va o‘stiruvchi 
omillar tashkil etadi. Immun tizimining effektor qismi bu faollashtirilgan hujayra 
va antitela bo‘lib, turli usulda elimentlashgan antigendan iborat. Bu jarayonda 
fagositar hujayralar va komplement ishtirok etadi. Antigenlarni olib tashlovchi ikki 
asosiy usulning mavjudligi immun tizimini ikkiga hujayra va gumoral qismga 
bo‘linishiga olib keladi. Hujayra va gumoral immunitet o‘zaro bog‘langan bo‘lib, 
birgalikda harakat qiladi, faqat ular o‘rtasidagi farq effektor javob vaqtida 
namoyon bo‘ladi. Hujayraga oid javob T-limfatsitlar bilan bog‘langan bo‘lib, 
shartnoma holda subpopulyatsiyaga bo‘linadi. Immunologik javobni faol 
tarqalishiga va kuchayishiga sababchi asosiy hujayralar – T-xelperlar hisoblanadi. 
T-xelperlar faollik vaqtida sitokinlar ishlab chiqaradi, ular o‘z navbatida antitela 
ishlab chiqishini va antigenlar eliminasiyasini kuchaytirib yuboradi. Bakterial va 
virus antigenlari eng ko‘p darajada hujayra immunitetini faollovchi T-xelperlarni I 
tipini kuchaytiradi. Allergenlar va parazitar antigenlar esa gumoral immunitetni 
faollashtiruvchi T-xelperlarni II tipini kuchaytiradi deb hisoblanadi. (Del. Prete G. 
et al. 1994).
T-hujayralar timusda o‘sib yetiladi va periferik qonni 70-80 % ni tashkil 
qiladi. Barcha yetilgan yirik T-hujayralar o‘zini yuzasida T-hujayra retseptori 
molekulasi bilan bog‘langan marker-SDZ molekulasini olib yuradi. Boshqa 
markerlarning ekspressiyasiga bog‘liq bo‘lgan T-hujayralar orasida ikki asosiy 
subpopulyatsiya ajratilgan: SD4-retseptorlik hujayralar (xelperlar/induktorlar) va 
SD8-retseptorlik (supressor/killer) hujayralar. Hozirgi kunda ma’lumki, T-
hujayralarning ekspressiyasiga bog‘liq bo‘lgan SD4 va SD8 molekulalarini hujayra 
membranasida bo‘linishi ularning funksional faolligiga to‘la mos kelmaydi, 
aksincha bu hujayralarning qobiliyati o‘ziga mos keluvchi hujayralar yuzasidagi 
molekulasining xususiyatini aks ettiradi (Germain R. 1994).

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish