Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


YaTCh da me’yordagi va subaraxnoidal qon quyilishdagi orqa miya



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

YaTCh da me’yordagi va subaraxnoidal qon quyilishdagi orqa miya 
suyuqligi. 
1-jadval.
Ko‘rsatkich
Me’yorda
Subaraxnoidal qon quyilishda
Rangi
O‘zgarmagan
Ksantoxrom, gemorragik 
Tiniqligi
Yengil ksantoxromiya 
to‘lgan 
Orqa miya suyuqlgi tiniq, loyqalangan.
Sitoz
10-15 hujayra
30 tadan 1000 tagacha hujayralar, 
limfotsitlar, neytrofillar, makrofaglar va 
eritrotsitlar 
Pandi reaksiyasi
Manfiy 
++ dan +++++ gacha
Umumiy oqsil, g/l 
33-49 
69-1350 
Albumin g/l 
0,25-0,59 
0,3-0,99 
Globulinlar g/l 
0,1-0,42 
0,12-0,6 
Fibrinogen g/l 
0-0,1 
0,11-0,55 
Ammiak g/l 
0,45-0,5 
0,5-4,47 
Azot ammiak
0-0,3 
0,32-3,2 
Elektrolitlar g/l: 
Natriy
2,92-3,4 
3,45-3,9 
Kaliy
0,1-0,147 
Kalsiy
0,03-0,08 
0,08-0,22 
Xloridlar
6,5-8,0 
8,2-12,0 
Temir
0,0008-0,009 
0,00-0,18 
Qand g/l 
0,4-0,5 
0,3-0,8 
Bilirubin
0,0005-0,005 
0,004-0,001 
Laktat degidrogenaza Ed 32,3-54,3 
71,5-275 
Parenximatoz qon quyilishlar asosan chala tug‘ilgan bolalarda uchraydi. 
Hajmli miya ichi qon quyilishlari ko‘pincha sinuslar, Galen venasi, terminal 
venalar va arterial qon tomirlarning yorilishi natijasida paydo bo‘ladi. Yirik va 
o‘rta markaziy arteriyalar kamroq zararlanadi. To‘g‘ri yoki ko‘ndalang sinus 
yorilganda juda kuchli qon ketish kuzatiladi. Oqqan qon orqa miya chuqurchasida 
to‘planadi. O‘lim tug‘ilgan zahotiyoq o‘sib boruvchi asfiksiya natijasida kelib 
chiqadi. Galen venasining yorilishi ham kuchli qon ketishlarga olib keladi. Undan 
chiqqan qon esa katta yarim sharlar orasiga va miya asosiga to‘planadi. Qon miya 
so‘g‘oni va po‘stloq osti hosilalarini ezib, chaqaloqning to‘satdan o‘limiga sabab 


 192
bo‘ladi. Miyacha chodiri sinusining yorilishi natijasida kelib chiqadigan qon 
quyilishlar ham bola hayoti uchun katta xavf tug‘diradi.
Parenximatoz qon quyilishlar klinikasida quyidagi nevrologik simptomatika 
kuzatiladi: adinamiya, kam kuzatiladigan qo‘zg‘alish, fokal tutqanoqlar, qo‘l-
oyoqlar tremori vegetativ-tomir assimetriyasi, gipertoniyaga aylanadigan mushak 
gipotoniyasi. Tonusning assimetriyasi, anizokoriya (qon quyilgan tomonda 
qorachiqni kengayishi), g‘ilaylik, ptoz, nistagm (gorizontal, vertikal, rotator), 
so‘rishning buzilishi, tug‘ma va pay reflekslarning assimetriyasi. Orqa miya 
suyuqligi o‘zgarmaydi. ExoEG da Mexo ning siljishi aniqlanadi. REG da qon 
quyilgan tomonda tomirlar qon bilan to‘lishining kamayishi bilan birgalikda 
tonusining turg‘un assimetrik kuchayishi ko‘rinadi.
Qorincha ichi qon quyilishlari ko‘pincha chala tug‘ilgan bolalarda kuzatiladi. 
Sabab bo‘luvchi omil bo‘lib homiladorlikning patologik kechishi va tez tug‘ruq 
hisoblanadi. Asosan, bunday qon quyilishlar hajmli bo‘lib, plexus choroideus qon 
tomirlarining yoki Galen venalar tizimiga kiradigan venalarning yorilishi natijasida 
kelib chiqadi. Chaqaloqlarda shok holati paydo bo‘lib, ko‘pincha o‘lim bilan 
yakunlanadi. Klinikada oq asfiksiya, keskin adinamiya, tonik tutqanoqlar, yirik to‘lqinli 
tremor, vegetativ-vistseral belgilar (termoregulyatsiya, nafas ritmi va yurak 
faoliyatining buzilishi, keskin namoyon bo‘lgan assimetrik terlash), tug‘ma va pay 
reflekslarining yo‘qolishi, gipertenziv-gidrotsefal sindrom, g‘ilaylik, nistagm (vertikal, 
gorizontal, rotator) kabi belgilar kuzatiladi. So‘rish, yutishning buzilishi ham 
kuzatiladi. Orqa miya suyuqligi gemorragik yoki ksantoxrom bo‘lib, hujayra-oqsil 
dissotsiatsiyasi rivojlanishi mumkin. ExoEG da ventikulyar indeksning assimetrik 
ortishi kuzatiladi. REGda keskin namoyon bo‘lgan tomirli distoniyasi aniqlanadi.
Chaqaloqlardagi subependimal qon quyilishlar dumli o‘zak va ko‘ruv 
do‘mbog‘i orasidagi venalar shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Bunday qon 
quyilishlarni klinik belgilari yetarlicha o‘rganilmagan.
Ko‘p sonli mayda markaziy qon quyilishlar ko‘p uchraydi, lekin ularni 
boshqa miya ichi zararlanishlardan farqlash qiyin. Shu bilan birga xarakterli 
oftalmologik o‘zgarishlar kuzatiladi: to‘r parda shishishi, ko‘z tubiga va to‘r 
pardasiga qon quyilishlar. Ko‘z tubidagi mayda qon quyilishlar (chiziqlar yoki 
dog‘lar shaklidagi) 3-7 kun davomida, yirigi esa (olov tili shaklidagi) 10-26 kun 
davomida so‘riladi. Ko‘z to‘r pardasidagi o‘zgarishlar miya shikastlanishining 
topik belgilaridan ertaroq aniqlanishi mumkin. Qon quyilishi bilan kechadigan 
miya ichi tug‘ruq travmasidagi EEG da tojlar, chetka, gipersinxronizirlashgan 
razryad (ko‘p qismi generalizatsiyalashgan) ko‘rinishida epileptoid xarakterga ega 
bo‘lgan donali va guruhli potentsiallar aniqlanadi. Ko‘pchilik bolalarda miyaning 
elektrik aktivligi hayotining ikkinchi haftasiga borib me’yorga tushadi va parallel 
ravishda klinik holatining yaxshilashi bilan kechadi. YaTCh larning kalla ichiga 
qon quyilishlarining topik diagnostikasi juda qiyin. Shuningdek, tutqanoqlarning 
xarakteri va fokalligi, nistagmdagi ko‘z olmalari harakatining yo‘nalishi, 
nigohning spazmi, boshning burilishi, anizokoriya, vertikal nistagm, bosh miya 
nervlarining boshqa disfunksiyalari, bulbar buzilishlar, bola holati, reflektor 
doiradagi o‘zgarishlar o‘choqning joylashuvi haqida aniqlik kiritish mumkin.


 193
Orqa miyaning tug‘ruq shikastlari. Orqa miyaning tug‘ruqdagi 
shikastlanishining asosiy sabablari bo‘lib mexanik omillar: ezilish, cho‘zilish, 
uzilish hisoblanadi. Homila va uning umurtqasiga bo‘lgan mexanik ta’sirlar 
dumbasi yoki oyoqlari bilan kelganda, qo‘pol akusher qo‘llanmalari (qo‘l bilan 
burash, tozi bilan chiqarish, qisqich qo‘yilishi) da ko‘proq kuzatiladi. Umurtqa 
pog‘onasini cho‘zilishi adashgan va diafragma nervlari, hamda vegetativ nerv 
tizimi gangliyalarini jarohatlanishiga olib keladi. Orqa miyaga qon quyilishlar, 
epidural, intra va subdural, subaraxnoidal, orqa miya moddasiga (gematomiyeliya), 
orqa miya ildizchalariga va umurtqa arteriyasi devorlariga (intramural) bo‘lishi 
mumkin. Bundan tashqari tug‘ruq jarohatlarida orqa miya va pardalarini to‘liq yoki 
qisman uzilishi kelib chiqishi mumkin.
Epidural qon quyilishlar ko‘proq orqa miyaning bo‘yin-ko‘krak sohasida, 
ba’zida uning butun davomida kelib chiqadi. Kam miqdorda qon quyilishlarida 
klinik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Katta miqdordagi qon quyilishlar esa chanoq 
buzilishlari, paralichlarga olib keladi.
Gematomieliya uchrash tezligi bo‘yicha epidural gemorragiyalardan keyin 
ikkinchi o‘rinda turib, orqa miyaning bo‘yin-ko‘krak sohasi, ayniqsa uning kulrang 
moddasida joylashadi. Orqa miyani shikastlanishining asosiy belgilari shok, 
nafasni buzilishi (diafragmal), harakat va sezgi doirasi, chanoq a’zolar vazifasini 
buzilishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, nafas yetishmovchiligi miyaning 
kraniospinal qismlarining shikastlanishi natijasida ham kelib chiqadi. O‘tkir spinal 
shokda bosh miya so‘g‘onining pastki qismlari, orqa miyaning yuqorigi bo‘yin 
qismlarini siljishi, mahalliy qon aylanishining buzilish, shish, davriy nafas 
ritmlardan tortib to gasping bilan namoyon bo‘ladigan o‘zak tuzilmalarining 
zararlanishi kuzatiladi. Klinik ko‘rinishlar orqa miyaning zararlanish joyiga bog‘liq 
(2-jadval). 
Joylashuvi
Belgisi va sindromi 
Kraniospinal
Spastik tetraparez, vegetativ-vistseral sindrom: nafas va 
yurak faoliyatining aritmiyasi, oshqozon-ichak 
diskineziyalari, termoregulyatsiyaning buzilishi, 
gipotalomo-gipofizar-buyrak usti tizimining disfunksiyasi, 
shok. 
Yuqorigi bo‘yin 
qismi (S
I-IV

Diafragma funksiyasining buzilishi: epigastral sohasini 
parodaksal harakati (nafas olganda ichiga kirishi), ko‘krak 
qafasi R-skopiyasida diafragma gumbazining baland 
bo‘lishi, spastik tipdagi tetraparez.
Bo‘yin qismi (S
V
-
Th
I

1 ta yoki 2 ta qo‘lning sust parezi. Gorner sindromi, 
oyoqlarning spastik parezi.
Ko‘krak qismi
(Th
I
-Th
XII

Spastik tipdagi oyoqlarning parezi.
Bel-dumg‘aza (L
I
-S
I
) Oyoqlarning periferik parezi, chanoq a’zolar funksiyasini 
buzilishi.


 194
Spinal travmalardagi subdural qon quyilishlar kam kuzatiladi. Bunda qon 
miyacha chodirining yoki bosh miya tomirlarining yorilishi natijasida kalla 
bo‘shlig‘idan o‘tishi mumkin. Orqa miyaga sub- va intradural hamda 
subaraxnoidal qon quyilishlar klinik belgilari jihatidan gemorragik orqa miya 
suyuqligi bilan kechadigan meningitni eslatadi.
Orqa miyaning tug‘ruq shikastlanishlarining eng og‘ir turiga orqa miya va 
umurtqa pog‘onasining qisman yoki to‘la uzilishi kiradi. Bu patologiya ko‘pincha 
patologo-anatomik yorib ko‘rilgandagina aniqlanadi. Orqa miyaning uzilishi 
asosan bo‘yin qismining V-VII bo‘yin umurtqalar sohasida va kam hollarda 
yuqorigi ko‘krak qismining I-II yoki II-III ko‘krak umurtqalar sohasida bo‘ladi. 
Orqa miya shikastlanishining og‘irlik darajasi umurtqalarning uzilgan sohasidan 
qanchalik siljiganligiga bog‘liq. Uzilish epi- va subdural qon quyilishlar bilan 
birga kechadi. Orqa miyaning uzilishining (to‘liq yoki qisman) asosiy belgisi 
bo‘lib, o‘tkazuvchanlikni buzilishi hisoblanadi. Kasallik kechishida 3 ta bosqich 
farqlanadi.
Birinchi bosqich 7-10 kun davom etib, spinal shok bilan xarakterlanadi. Bu 
bosqichda bolalarning ko‘p qismi o‘lib ketadi. Bir necha oy davom etuvchi 
ikkinchi bosqichda keskin namoyon bo‘lgan reflektor aktivlik kuzatiladi. O‘lim 
ko‘pincha qo‘shimcha infeksion kasalliklardan kelib chiqadi. Uchinchi bosqichda 
trofik buzilishlar hamda boshqa a’zo va sistemalar tomonidan uchraydigan 
asoratlar rivojlanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish