Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Gipoksik gipoksiya
. Homila qonining kislorod bilan yetarlicha darajada 
to‘yinmasligi sababli kelib chiqib, onasining yurak qon tomir va bronx o‘pka 
kasalliklaridan, kindik tizimchasining chin tugunlarida, uning tushib va toz 
suyaklari bilan siqilib qolishida, yo‘ldoshni degenerativ jarayonlarida, muddatidan 
o‘tgan homiladorlikda, kechki toksikozlarda, onasining qandli diabetida, homila 
oldi suvining muddatidan avval ketishida va bachadon kontraktasiyalarida 
kuzatiladi.
Gemik gipoksiya
. Homilada oksigenasiya pasayishi natijasida kelib chiqib, 
toksemiya, onasining anemiyasi, rezus-kelishmovchilikda kuzatiladi. Bu holatlarda 
qonda Nv miqdorining kamayishi to‘qimalarga keladigan kislorodning 
konsentratsiyasini pasaytiradi. Shu bilan birga homilaning gemolitik kasalligida 
qonga tushayotgan bog‘lanmagan bilirubin to‘qima nafasini bloklab qo‘yadi.


 183
Sirkulyator gipoksiya
. Qon oqimi tezligining pasayishi natijasida kelib 
chiqib, kindik tizimchasi patologiyasi, homila oldi suvlarining muddatdan avval 
ketishi, homila boshining tug‘ruq yo‘llarida uzoq muddat turib qolishi kabi 
holatlarda kuzatiladi. Bu esa homilada qon aylanishini, unda serebral 
gemodinamika tezligini sekinlashtirib, qonning kislorod bilan yetarli darajada 
to‘yinganligiga qaramay, to‘qimalarga kislorod yetishmasligiga sabab bo‘ladi. 
To‘qima gipoksiyasi. 
To‘qimalarda oksidlanish jarayonlarini kataliz qiluvchi 
to‘qimaning ferment sistemalari faoliyati bloklanganda kuzatiladi, natijada 
hujayralar kelayotgan kislorodni sarflay olmaydi. Bu o‘zgarishlar onaning 
zaharlanishlarida, bog‘lanmagan bilirubinemiyada, homiladorlik toksikozlarida 
kuzatiladi.
Tug‘ruq paytida gipoksiyaning paydo bo‘lishi va kuchayishi ko‘pincha nafas 
markazining qitiqlanishi natijasida homilada muddatdan oldingi chin nafas olish 
harakatlarini keltirib chiqaradi, bu esa homila oldi suvlari aspirasiyasi, nafas 
yo‘llarining obturasiyasi, asfiksiya va nafas to‘xtashiga olib keladi. Shunday qilib, 
ko‘pincha gipoksiyaning turli xil shakllarining birgalikda kechishi kuzatiladi va 
gipoksiya o‘zining dastlabki kelib chiqishidan qat’iy nazar, nafas zanjiri 
fermentlarining zararlanishiga olib keladi.
Gipoksiya sharoitlariga adaptatsiyaning kuchli filogenetik mexanizmlardan 
biri bo‘lib anaerob glikoliz hisoblanadi, shu tufayli homila va yangi tug‘ilgan 
chaqaloq homila gipoksiyasi va intranatal asfiksiyaga nisbatan katta chidamlilik 
xususiyatiga ega. Glikoliz ma’lum bir vaqt davomida kislorod kelishidan maxrum 
bo‘lgan to‘qimalarda zaruriy energetik potensialni ta’minlaydi. Gipoksiyada 
anaerob glikolizning kuchayishi laktatdegidrogenaza va boshqa izofermentlar 
aktivligining oshishi bilan kechadi. Glikolizning kuchayishi bilan miya 
to‘qimasida laktat miqdori oshadi. To‘qimalardagi makroergik birikmalar 
konsentratsiyasi esa kamayadi. Mitoxondriyalarda oksidlanish-fosforlanish 
reaksiyasi kechishi buziladi. Bu esa miya strukturalarning mitoxondriyalarda turli 
xil distrofik o‘zgarishlarga olib keladi. Shu bilan birga miya shishishining 
rivojlanishiga sabab bo‘ladigan metabolitlarni ko‘payishi ham katta ahamiyatga 
ega. Asfiksiyada rivojlanuvchi proteoliz mochevina hosil qiluvchi funksiyalar 
buzilgan sharoitlarda giperammonemiyani keltirib chiqaradi, bu YaTCh larda 
neyrotoksikoz sindromi, koma va miya shishishi bilan kechadi. Miya shishishining 
rivojlanishida qon plazmasi va miya suyuqligining osmotik bosimidagi keskin 
siljishlar to‘qima strukturalarida osmotik gradiyentni uning ortishi tomoniga 
siljishi, hamda hujayradagi lesitin miqdorining kamayishini keltirib chiqaradigan 
elektrolit muvozanatining buzilishi boshqa metabolik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.
Asfiksiyani sababi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, patologik o‘zgarishlar 
O
2
bilan yetarli darajada ta’minlanganligi, to‘qima nafasining buzilganligi 
natijasida kelib chiqadi.
So‘nggi tekshiruvlar ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, gipoksiyani 
o‘tkazgan YaChT larda (fermentli reaksiyalarning pasayishi fonida) lipidlarning 
erkin-radikal oksidlanish intensivligi homilaning yetuklik va gipoksiya darajasiga 
bog‘liq ravishda ortadi. Erkin radikal oksidlanishning oraliq mahsulotlari – diyenli 


 184
kon’yugatlar va shifli asoslar fraksiyalarining ortishi aniqlangan. Ularning miqdori 
gipoksiya natijasida boshlanayotgan psixomotor rivojlanishning ortda qolishi, 
tutqanoq sindromining chuqurligi bilan va gipoksiya natijasida kelib chiqadigan 
membranoliz jarayonining og‘irlik darajasini aks ettiradi.
YaTCh va erta yoshdagi bolalar MNS dagi morfofunksional o‘zgarishlar 
etiologiyasining turlicha bo‘lishi ta’sirot davrini hisobga olgan holda serebral 
zararlanish tashhisiga differensial yondoshish zarurligini ta’kidlaydi.
Quyida YaTCh va erta yoshdagi bolalarda asab tizimi zararlanishining klinik 
tasnifi keltirilgan. (Moskva ITI klinik nevrologiya bo‘limi va RSFSR Minzdravi 
bolalar xirurgiyasi bo‘limi xodimlari kollektivi tomonidan ishlab chiqilgan –
Yu.A.Yakunin; E.I.Yampolskaya; S.L.Kipnis; A.S.Burkova). 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish