Gidrotsefaliya sindromi.
Kalla suyagi choklari ajralishi bilan kechadigan
ochiq tashqi gidrotsefaliya bosh o‘lchamlarining kattalashishi, Grefe belgisi, ko‘z
olmalarining protruziyasi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zan nistagm,
g‘ilaylik, piramidal belgilar kuzatiladi. Mikrotsefaliya bilan kechadigan ichki
gidrotsefaliyada gipertenziv sindrom bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda
yakuniy tashhis transillyuminatsiya, ExoEG va pnevmoEG natijalariga asoslanib
qo‘yiladi. Bosh aylanasining tez va keskin kattalashishi hamda gidrotsefaliyani
mikrotsefaliya bilan birgalikda kechishi noxush oqibatga olib keladi.
Psixomotor va nutq oldi rivojlanishi ortda qolish sindromi
. Bolaning
rivojlanish darajasini aniqlash uchun 4 ta asosiy doira tekshirilishi zarur: yirik
motorika, qo‘l kaftlarini mayda harakatlari, atrof muhit bilan muloqoti (analizator
vazifalari), nutq oldi va nutq rivojlanishi. Rivojlanishni sifat jihatdan baholash
bilan birga son jihatdan rivojlanish koeffitsentini hisoblash mumkin, u normada
85-120 birlikni tashkil qiladi. Statik-motor vazifasi buzilganda bola me’yordan
kechroq boshini tutadi, aylanadi, o‘tiradi, turadi va yuradi. Psixik rivoji ortda
qolganda bola nigohini fiksatsiyalashi, o‘yinchoqni kuzatishi, uni qo‘lga olib
o‘ynashi, onasini tanishi va atrof-muhitda orientatsiyasi kech bo‘ladi. Nutq oldi va
nutq rivojlanishining buzilishida qichqiriqning sust bo‘lishi yoki uning bo‘lmasligi,
nutq rivojlanishi bosqichi va templarining buzilishi (artikulyatsiya shakllanishining
ortda qolishi, alaliya, dizartriya aniqlanishi va boshqalar) kuzatiladi. Shuni
ta’kidlash kerakki, bu sindromda ko‘rsatilgan doiralarning birgalikda rivojlanish
tempining orqada qolish bilan birga, ulardan birining funksiyasini buzilishi
ustunlik qilishi mumkin. Eng noxush oqibat bo‘lib psixik rivojlanishining davomli
ortda qolishi hisoblanadi.
Tiklanish davrining sanab o‘tilgan sindromlari turli xil davom etish va
namoyon bo‘lishi MNS zararlanishining darajasi va davo muolajalarini o‘z vaqtida
o‘tkazilganligiga bog‘liqdir. YaTCh lar miyasining juda katta kompensator
imkoniyatlarini hisobga olgan holda kompleks davosi qanchalik erta boshlansa,
buzilgan funksiyalar shunchalik tezroq tiklanadi, ba’zan esa bola hayotining 1-2-
yiliga to‘liq sog‘ayishi kuzatiladi. Ba’zi holatlarda ensefalopatiyalar (o‘choqli
mikrosimptomlar, sezilarli kalla ichi gipertenziyasi, serebrastenik sindrom,
psixomotor va nutq rivojlanish tempining ortda qolishi), gidrotsefaliya rivojlanishi,
markaziy serebral falaj va MNS zararlanishining boshqa organik shakllari
shakllanishi mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, chaqaloqlarni tekshirilganda asosiy
e’tiborni og‘irlashgan irsiyatli oilalarda tug‘ilgan yoki urug‘lanish vaqtigacha
kasallangan ota-onaga ega bo‘lgan bolalarga qaratish kerak, bu nerv tizimi
zararlanishi aniq xavf omili bo‘lib hisoblanishi mumkin. Bunda onaning yoshi
katta ahamiyatga ega, chunki MNS rivojlanish buzilishlari yoki nuqsonlari
ko‘pincha yoshi katta birinchi marta tuqqan yoki juda yosh onadan (30 yoshdan
katta va 18 yoshdan kichik) tug‘ilgan bolalarda kuzatiladi. Onaning o‘tkir va
surunkali kasalliklari (bronx-o‘pka, yurak-qon tomir) va dori moddalarni qabul
qilishi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
198
Homilaga eng yomon ta’sir qiladigan holat bu onasining kasbiy zararlari
(ximik moddalar, radiatsiya va boshqalar). Homila rivojlanishining oqibatini
oldingi homiladorlikdagi homila tushishi va abort holatlari yomonlashtiradi.
Homiladorlikni to‘xtatish, ayniqsa, mexanik va farmokologik moddalarni qabul
qilish, shuningdek, ota-onaning zararli odatlari – alkogol ichish, chekish va
boshqalar juda salbiy ahamiyat kasb etadi.
Xavfning bevosita ko‘rsatkichlari bo‘lib, bola tashlash xavfi holatlari,
homiladorlikni birinchi va ikkinchi yarmidagi toksikozlar, nefropatiyalar,
shuningdek, tug‘ruqning noxush kechishi (muddatdan oldin, kech, tez yoki katta
suvsiz oraliq bilan kechadigan davomli, kindik tizimi bilan o‘ralishi, homilaning
patologik joylashuvi, homila siqib chiqarilishi, operativ usullarni qo‘llanilishi,
yo‘ldosh va kindik tizimchasi patologiyasi, tug‘ruqdagi davomli asfiksiya)
hisoblanadi. Nerv tizimining organik zararlanish belgilarining borligi shubxa
qilinayotgan va nevropatolog dinamik nazoratida 1-2 yil turishi kerak bo‘lgan
bolalar guruhini ajratish muhim ahamiyatga ega. Bu guruhga statik, motor, psixik
va nutqiy vazifalarning ortda qolishi, mushak tonusi va reflekslarning keskin
bo‘lmagan o‘zgarishlari, yengil gipertenziv sindrom va boshqalarga ega bo‘lgan
bolalar kiritilishi kerak. Kuzatuv davomida bu bolalarning rivojlanishi
me’yorlashsa, ularni sog‘lom guruhga o‘tkazish kerak.
Havf omillari va xavf guruhi bolalarini ajratish 3 yo‘nalishda o‘tkazilishi
kerak.
1.
YaTCh larda MNS zararlanishining ahamiyatga molik xavf
omillarini ajratish (jad. 4.).
2. O‘tkir va tiklanish davrida MNSning turg‘un organik zararlanishining
paydo bo‘lish va shakllanishi yuqori xavfi bo‘lgan guruhlarni ajratish (jad. 5,6.).
3. Nerv tizimi organik zararlanishini shakllanishi bo‘yicha shubxali, kichik
xavf guruh bolalarini ajratish.
Shunga e’tiborni qaratish kerakki, xavf omillari o‘zi bolaning patologik
rivojlanishiga olib kelishi shart emas, balki ular miyaning patologik rivojlanishi
yoki shakllanib bo‘lgan miya strukturalarining destruktsiyasiga sabab bo‘luvchi
sharoitlarni yaratadi. Lekin havf omillari fonida tug‘ilgan bolalarning NSsi ularga
qarshi chiqish mumkin va bu bolalar chaqaloqlik davridagi yoki hayotining
birinchi oylari davridagi xarakterli nevrologik belgilarga ega bo‘lgan yuqori xavf
guruhi bolalariga kiritmasligi kerak. (4-5 jadvalga qaralsin). Klinik jihatdan
baholashning qiyinligi uchun informativ diagnostik usullarni qo‘llash kerak.
Tekshiruvlar quyidagicha: o‘tkir davrida – bioximik usullar, EEG, ExoEG,
REG; tiklanish davrida esa – EMG, ExoEG, EEG, kalla suyagi
transillyuminatsiyasi. Shubhali holatlarda bolalarni dinamikada kuzatish uchun
kichik xavf guruhiga kiritiladi. Xavf omillari yig‘indisi bo‘yicha bemorlarni nerv
tizimi zararlanishi xavfining yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan guruhga kiritish
mumkin. Xavf omillarining birgalikda kelishi miya turg‘un organik
zararlanishining eng og‘ir shakllarini rivojlanishiga olib keladi. Ularni erta
aniqlash esa bemorlarga tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyani o‘tkazish uchun
shifokorga yordam beradi.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |