paraklinik ma’lumotlar).
5-jadval.
Klinik belgilar Vital (hayotiy) funksiyalarining buzilishi bilan kechadigan bulbar
va psevdobulbar sindrom. Shakllanayotgan mikrotsefaliya.
Shakllanayotgan gidrotsefaliya. Qaytuvchi va seriyalari
tutqanoqlar. Diffuz mushak gipertoniyasi. Umumiy mushak
gipotoniyasi. Statiko-motor funksiyalarning qo‘pol ortda qolishi.
201
Atrofga emotsional reaksiyasining yo‘qligi yoki kamligi. Distant
analizatorlar rivojining ortda qolishi. Turg‘un assimetrik bo‘yin-
tonik refleksi labirint va to‘g‘rilanuvchi zanjirli tonik
reflekslarning ortda qolishi yoki yo‘qligi.
ExoEG
ko‘rsatkichlari
M-exoning 1 mm dan ko‘pga siljishi. Exo signallarining 20% dan
past va 90% dan yuqoriga pulsatsiyasi. Keskin, uriluvchi,
gorizontal elementli, xaotik. Qorincha indeksi 2,6 dan yuqori.
Exo-signallar miqdorining kamayishi III qorincha kengligi 8
mmdan ko‘p.
EMG
ko‘rsatkichlari
Tinchlikdagi va reflektor reaksiyalardagi mushak
biopotentsiallarining turg‘un kamayishi. Spontan harakatlarda
mushak elektrogenezining keskin kamayishi.
EEG
ko‘rsatkichlari
Tremor ko‘rinishdagi patologik impulsatsiyasining borligi. Uyqu
holatida EEG aktivligining turg‘un pasayishi. Yarim sharlar
orasidagi keskin assimetriya. Patologik aktivlikning bo‘lishi.
Asosiy o‘sish ritmini shakllanishining ortda qolishi. Aniq
namoyon bo‘lgan zonali farqlarning yo‘qligi.
REG
ko‘rsatkichlari
Miya yarim sharlarining puls to‘laqonligining turg‘un pasayishi.
Miya tomirlar tonusining turg‘un kuchayishi yoki pasayishi.
Venoz oqimning turg‘un kamayishi. Yarim sharlar orasidagi
keskin assimetriya.
Ishqoriy preparatlar kislota-asos holati, qonning elektrolit tarkibi,
plazmaning osmotik bosimi nazorati ostida qo‘llaniladi. Degidratatsiya maqsadida
furosemid 1-3mg/kg 2-3 mah ichishga, 25% MgSO
4
eritmasini 0,2-0,3 ml/kg har
kuni 5 kun davomida m/o, shish-gipertenziv holatlarning tez kechganda furosemid
m/o, bir martalik dozasi 0,001 g/kg 2-3 mahal, 4-5 kun davomida pananginning ¼
tab. dan 2 mahal yoki 5% kaliy atsetat 1 mahal birgalikda beriladi (furosemid
bilan). Shish-gemorragik sindromda furosemidni osmotik diuretiklar bilan birga
qo‘llash tavsiya qilinadi.
Infuzion terapiyada (GOMK, reopoliglyukin) Na bikarbonat eritmasi
miqdorini 2 martaga kamaytirish kerak.
MNS zararlanishining og‘ir shaklida tinchlik, boshga muz qo‘yish bilan
birgalikda gemostatik terapiya qo‘llaniladi (1% vikasol 0,3 ml 2 mahal 4-5 kun
davomida m/o) va yuqorida keltirilgan boshqa preparatlar.
Degidratatsion terapiya: og‘ir holatlarda mannitol 0,5-1,5 g/kg NaCl ning
izotonik eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasida v/i tomchilab, furosemid v/i yoki
m/o 0,001 g/kg va panangin ¼ tab. 2 mahal ichishga. Shu bilan birga
dezintoksikatsion maqsadda v/i gemodez 10-15 ml/kg, 10% reopoliglyukin 10
ml/kg, plazma 5-10 ml/kg, GOMK 100-150 g, 8-10 ml/kg, 4% Na gidrokarbonat
bola tana vazniga qarab, 10% glyukoza insulin bilan (1 ED 3-4 gr glyukozaning
quruq moddasiga), Ringer eritmasi plazmaning gipertonik eritmasi 5-10 ml/kg 5%
1 ml vitamin C eritmasi bilan birga qo‘llaniladi. Yuqorigi sanab o‘tilgan moddalar
ketma-ketlik bilan kindik tizimchasi venasiga doimiy kateter orqali yuboriladi.
Infuzion terapiyani 4-5% Na gidrokarbonat eritmasi bilan boshlash tavsiya etiladi.
202
Suyuqlikning umumiy miqdori bolaning tana og‘irligiga qarab 90-140 ml ni tashkil
qiladi.
Degidratasiya maqsadlarida siydikchilni qo‘llash xavfli deb hisoblaymiz,
chunki u asfiksiya va kalla ichi travmalaridagi gemorragik holatlarni kuchaytirishi
mumkin.
Arterial bosimni pasayishi bilan kechadigan buyrak usti bezi
yetishmovchiligida infuzion terapiya bilan birga gidrokortizon 5-10 mg/kg m/o
yoki v/i glyukoza bilan 2-3 marta yuboriladi. Keyinchalik ko‘rsatmalar bo‘yicha
prednizalon 5 mg/kg 7-10 kun davomida, K preparatlari fonida qo‘llaniladi.
Tomirlar rezistentligini oshirish, perivaskulyar shishni kamaytirish, to‘qima
nafasini chuqurlashtirish uchun 5% vit C eritmasi 1,0mldan 1 max v/i 10-20%
glyukoza eritmasi bilan, 15-20 ml 3-4 g/l glyukozaning quruq moddasi bilan, 1 ED
insulin, kokarboksilaza 0,025-0,05 g (extiyotkorlik bilan).
Qo‘zg‘alishlar va tutqanoqlarda MgSO
4
li degidratatsion terapiya fonida
fenobarbital 0,001 g/kg 2-3 mah, 0,25% aminazin eritmasi 2-4 g/kg m/o, 0,25% li
5,0 ml novokain eritmasi bilan 3-5 kun davomida qilinadi.
YaTChlarning, ayniqsa, og‘ir holatdagilarning davosida nafas buzilishlariga
qarshi kurash asosiy o‘rin egallaydi. Nafas yetishmovchiligi shilliqlarni so‘rilgandan
keyin chaqaloqqa havo va O
2
(1:1) aralashmasini uzatuvchi niqob yordamida
o‘pkalarning sun’iy ventilyatsiyasi o‘tkazish zarur. Nafasning juda og‘ir buzilishlari
yoki niqob orqali kislorod yuborishning noeffektivligida traxeyani intubatsiyasi va
tozalanganidan keyin apparatli sun’iy nafas oldiriladi. U bilan birgalikda kindik
venasiga 4-5% natriy gidrokarbonatning 10-25 ml eritmasi yuboriladi.
Gipertermiyaga qarshi kurashda boshga va yirik qon tomirlarga sovuq
qo‘yish qo‘llaniladi. 4% amidopirin eritmasini 0,1 ml/kg m/o, 4
0
C gacha
sovutilgan 50% analgin 0,1 ml/yoshiga m/o, 20% glyukozani birgalikda
qo‘llanilganda effekti kuchayadi. Tana harorati 37
0
C dan pasayib ketmasligini
nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Nafas ritmi, chuqurligi va chastotasining
buzilishi, apnoe xurujlari, sianoz (ikkilamchi asfiksiya uchun xos) kuzatilganda
bolani dozalangan oksigenoterapiyali O
2
palatkasiga joylashtirish bilan birga
markaziy ta’sirga ega bo‘lgan eng yaxshi analeptiklardan biri bo‘lgan etimizolning
qo‘llanilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning 1,5% li eritmasini m/o siga sutkasiga 2-
4 marta 0,1-0,2 ml yuborilishi nafaqat nafas, balki qon tomirlar markazini
faoliyatini kuchaytiradi.
Yurak faoliyatini yaxshilash uchun 0,06 % korglikon eritmasini 0,1 ml v/i
tomchilab yuborish mumkin. Agar o‘tkazilgan muolajalarga qaramay bola ahvoli
yaxshilanmasa, miya shishishi (tutqanoqlar, komatoz holat) kuchayib borsa, 1,5-2
soat davomida kraniotserebral gipotermiya o‘tkazish ko‘rsatilgan.
Gipotermiya o‘tkazishdan oldin 100-150 mg/kg miqdorda GOMK va 0,5
mg/kg droperidol yuborish tavsiya qilinadi (agar bu moddalar avval
qo‘llanilmagan bo‘lsa).
Subaraxnoidal qon quyilishda ko‘rsatilgan aktiv gomeostatik terapiya bilan
birga bakterial infeksiya qo‘shilishini oldini olish uchun antibiotiklar (200 ming
ed/kg penitsilin m/o, yoki shu dozada yarim sintetik moddalar) qo‘llaniladi.
203
O‘tkazilgan kalla ichi tug‘ruq travmasining 3-4 haftasida MNS
funksiyalarining tezroq tiklanishi maqsadida davo kompleksiga vit. V
1
– 5% mg,
ko‘rsatmalar bo‘yicha V
12
50 mkg dan m/o, shuningdek serebrolizin 0,5-1 ml m/o
30 ta inyeksiya kiritiladi. Serebrolizin tutqanoq va gidrotsefal sindromda qarshi
ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. Nerv hujayralari funksiyalarining tiklanishiga sabab
bo‘ladigan glutamin kislotasi reparatsiya davrida 0,1 gr 2-3 mahal metionin bilan
birga 0,25-0,5 gr 2-3 mahal ichishga, lipotserebrin 0,12-0,25 gr ichishga
buyuriladi.
Shuningdek amminalon 1 tabletkadan 2 mahal kuniga qo‘llaniladi. Bu
preparatlar bilan birgalikda anabolik ta’sirli stimulyatorlar qo‘llaniladi: retabolil
0,5-1 mg/kg oyiga 3-5 ta inyeksiya, nerobol 0,5-0,1 mg/kg kuniga 2 mahal 1 oy
davomida to‘laqonlik ovqatlanish fonida. Bu preparatlar azot almashinuviga ta’sir
qiladi, oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan kaliy, oltingugurt, fosfor ajralishini
sekinlashtiradi. Ijobiy trofik ta’sirga ega bo‘lgan apilak ham 0,0025-0,005 dan
kuniga 3 mahal shamlar ko‘rinishida 7-14 kun qo‘llaniladi.
Nerv reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi tiklanish davrida magniy sulfat
va diakarbdan (1/4-½ tab.dan 3 kunlik qaytalanuvchi sikllar) iborat bo‘lgan
degidratatsion terapya fonidagi tutqanoqlarda bolani emotsional tarangligini,
harakat qo‘zg‘aluvchanlik paroksizmlarini pasaytiruvchi preparatlar qo‘shiladi:
nitrazepam (eunoktin), diazepam (seduksen) ¼ tab. dan kuniga 1 mah 3-4 hafta
davomida. Shuningdek fenobarbital, dilantin kabi sedativ preparatlar qo‘llaniladi.
Umumiy qarshilikni oshirish, trofik funksiyalarni kuchaytirish maqsadida
tiklanish davrida qon, plazma, gemodez transfuziyalari qo‘llaniladi. Yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan allergik reaksiyalar profilaktikasida preparatlar kompleksi
qo‘llaniladi: dimedrol m/o 0,1 ml, 10% SaSl 0,1 bemorga transfuziyadan oldin v/i
yuboriladi.
Septik asoratlar bilan qarshi kurashda keng doirali antibiotiklar qo‘llaniladi:
tetraolean, seporin, ampitsillin, oksatsillin, linkomitsin.
YaTCh lar va hayotining 1 chi oylaridagi bolalarning tiklanish terapiyasida
asosiy o‘rin davolash gimnastikasi va massajga ajratiladi. Massajni davo
gimnastikasi bilan qo‘llash qon tomirlar tonusini me’yorlashtiradi, almashinuv
jarayonlarini yaxshilaydi, organizm reaktivligini oshiradi. Massaj va davo
gimnastikasi MNS zararlangan, harakat buzilishlari bor bo‘lgan hamma bolalarga
hayotining 10-12 kunidan buyuriladi.
Tiklanish davridagi reabilitatsion terapiyaning effekti davoni erta boshlash,
uning davomiyli va to‘htovsiz olib borishiga asoslangan. Turli xil fizioterapevtik
usullar bilan birga qo‘llaniladigan massaj va davo gimnastikasi zararlangan
mushak tonusini boshqaruviga to‘g‘ri reflektor faoliyatini rivojlanishiga, tug‘ma
harakat reflekslarning tiklanishiga yo‘nalgan.
MNS ning gipoksik (gipoksiko-travmatik) zararlanishlari nutq buzilishlari
asosida ham yotadi. Yig‘ining sustligi yoki butunlay yo‘qligi yoki ba’zi bir tug‘ma
shartli reflekslarning sustligi, artikulyatsiya shakllanishining ortda qolishi va uning
kinestetik xissiyotlar hamda obrazlarni bog‘liqligi turida nutq rivojlanishini
204
bosqich va templarini keltirib chiqaradi. Bu nutq buzilishlarni erta logoped
profilaktikasining ahamiyatligini va zarurligini ko‘rsatadi.
MNS ning gipoksiko-travmatik yoki travmatik (ko‘proq uchraydigan)
shikastlarini o‘tkazgan YaTChni davolashdagi kompleks patogenetik
yondashuvgina buzilgan funksiyalarning tiklanishida effektli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |