Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Klinikasi
. Tug‘ma gidrotsefaliya uchun kalla o‘lchamlarining kattalashishi 
va uning shaklini o‘zgarishi xos. Boshning kattalashishi tug‘ilgandayoq kuzatilishi 
mumkin va ko‘pincha bunday bolalar tug‘ruq vaqtida nobud bo‘ladi. YaTCh bosh 


 206
aylanasi 34 sm (normada) o‘rniga 50-70 xattoki 100 sm gacha yetishi mumkin. 
Tug‘ilgandagi kalla o‘lchamlari nisbatan normal bo‘lgan tug‘ma gidrotsefaliya 
holatlarda ular hayotning birinchi oylarida tez kattalashadi, ayniqsa, saggital 
o‘lcham hisobiga bosh dolixotsefal shaklga kiradi. Lekin bosh yana ham sharsimon 
bo‘lib, braxitsefal shaklni egallashi mumkin. Peshona va tepa do‘mboqlari keskin 
bo‘rtib chiqadi, peshonasi yuz qismiga nisbatan chiqib turadi. Turk egari 
deformatsiyalangan, kalla suyaklari yupqalashgan. Kalla suyagi choklari 
kengayadi. 
66-rasm.
 Gidrotsefaliya.
Keskin rivojlangan tug‘ma gidrotsefaliya 
holatlarida gidroanensefaliya kuzatilganda 
hayotiy tashhis transillyuminatsiya yoki 
diafanoskopiya usulida qo‘yiladi. Qorong‘u 
xonada 100 Vtli lampa nurlari ostida bolaning 
boshi ko‘riladi, bunda uy yorug‘lashadi. Ko‘z 
kosasini o‘zgarishlari juda xarakterli ularni 
yuqori devori pastga bosilgan, ko‘zlar keng 
joylashgan va chaqchaygan. Burun ildizi keng 
bo‘rtgan, burun kataklari oldinga va xatto 
yuqoriga yo‘llangan. Bolaning nigohi ko‘z kosasi 
tuzilishining xususiyatlariga ko‘ra pastga 
yo‘nalgan, yuqorigi qovog‘i sklerani butunligicha yopmaydi, pastki qovog‘i 
kamalak pardani bir qismini yopib turadi. Kalla suyaklari yupqalashgan, ba’zan 
barmoq bilan bosilganda, keskin ichga botishi mumkin. Kalla suyaklarini 
yupqalishishi auskultatsiyada baland tomirli shovqinlarni eshitilishiga olib keladi. 
Venalar to‘ri keskin kengaygan, ayniqsa, burun to‘sig‘i, chakka va peshona 
sohasida, ba’zan esa bo‘yin va yuqori ko‘krak sohasida. Bola baqirayotganda yoki 
yig‘layotganda venoz to‘r bo‘rtadi. O‘lchamlari kattalashgan va 
deformatsiyalashgan kalla kichik, uch burchakli shaklli yuz bilan keskin 
farqlanadi. Uchburchak asosi yuqoriga, cho‘qqisi esa pastga yo‘nalgan bo‘ladi. 
Yuzi rangpar, yupqa teri bilan qoplangan. Boshidagi sochlari siyrak. Ba’zi 
bemorlarda gidrotsefaliya mikrotsefaliya bilan kechadi. Bunday holatlarda bosh 
o‘lchami kattalashmay balki kichrayadi. Tishlari kechikib chiqadi, lekin umumiy 
jismoniy rivojlanishi ham kechikadi.
Gidrotsefaliyadan tashqari ko‘pincha turli xil anomaliya va rivojlanish 
nuqsonlari kuzatiladi: turli umurtqalarni Spina bifida yoylarining bitishmasligi, 
gidroysefaliya, siringomiyeliya, albinizm, nanizm, erta jinsiy rivojlanish, adipozo-
genital distrofiya va boshqalar. Myeloschisis yoki myelocele bilan kechadigan orqa 
miya churralari ko‘pincha gidroysefaliya bilan birga namoyon bo‘ladi. Leber 
(1964) bel sohasidagi orqa miya churrasi bor bo‘lgan hayotining birinchi oylardagi 
bolalarning ventrikulografiyasida 80%, churraning boshqa joylashuvda esa 63% 
gidrotsefaliya aniqlagan ma’lumotlari qiziqish tug‘diradi. Muallif shunga e’tibor 


 207
beradiki, gidrotsefaliya pastki paraplegiyada deyarli har doim, paraplegiyasiz orqa 
miya churrasida ko‘pincha Arnold-Kiari sindromi bilan birga kechadi va bunda 
gidrotsefaliya ham paydo bo‘ladi. Arnold-Kiari sindromi patogenezi haqidagi 
masala haligacha murakkabligicha qolmoqda. Bunda miya so‘g‘oni rivojlanish 
nuqsoni kuzatiladi. Kalla rentgenogrammasida orqa miya chuqurchasi o‘lchamlari 
kichrayishi va katta ensa teshigining kengayishi kuzatiladi. O‘lchamlari va 
tuzilishida o‘zgargan uzunchoq miya va miyacha katta ensa teshigi sohasida zich 
fibroz to‘qima xalqasi bilan o‘ralgan, bu to‘qima miyaning yumshoq va qattiq 
pardalari bilan birikib, subaraxnoidal bo‘shliqni bloklab qo‘yadi.
Tug‘ma gidrotsefaliyaning nevrologik belgilari juda polimorf. Birinchi 
o‘ringa harakat va ruhiyat buzilishlari chiqadi: spastik falaj va parezlar, ko‘pincha 
pastki paraplegiyalar, kam hollarda mushaklar tonusini oshishi bilan gemiplegiya, 
oshgan pay reflekslari, tizza qopqog‘i va oyoq kafti klonuslari, kam holda qo‘l 
kaftlari klonusi, bukuvchi va yozuvchi patologik reflekslar bilan kechadigan 
gemiplegiyalar. Babinskiy belgisi deyarli har doim chaqiriladi, lekin shuni 
unutmaslik kerakki, hayotini birinchi yilidagi bolalarda Babinskiy belgisi 
fiziologik hisoblanadi. Piramida zararlanish belgilari miyacha ataksiyasi va titrash 
bilan kechadi.
Piramida tizimlarini zararlanishi yoki ularni yetishmovchiligi harakat 
funksiya kechikishi asosida yotadi. Bemor bolalarni boshini tutishi, o‘tirishi, 
turishi, yurishi kechikadi. Og‘ir bemorlarda esa umuman kuzatilmaydi. Juda kech 
yurishni boshlagan bolalarda boshi og‘irligi hisobiga osilib turadi, gavdasi 
bukchaygan, qo‘llari pastga tushirilgan, yurishi spastiko-ataktik. Gidrotsefaliyada 
ko‘p uchraydigan belgi bo‘lib ko‘zni harakatlantiruvchi nervni zararlanishi 
natijasida kelib chiqadigan yaqinlashtiruvchi yoki uzoqlashtiruvchi g‘ilaylik 
hisoblanadi. Ko‘pchilik bemorlarda nistagm, qorachiq reaksiyalarining buzilishlari, 
ko‘ruv nervini dimlangan so‘rg‘ichlari yoki ularning atrofiyasi (birlamchi yoki 
ikkilamchi) aniq namoyon bo‘ladi. Orqa miya suyuqligi tiniq, rangsiz bo‘lib, 
yuqori bosim ostida oqib chiqadi. Gidrotsefaliyali bemorlarning ko‘pchiligida orqa 
miya suyuqligida oqsil va hujayra miqdori kamayadi. Vasserman reaksiyasi 
ko‘pincha manfiy, xattoki zaxm etiologiyali bemorlarda ham. Ba’zi bir bemorlarda 
burunda, kam hollarda liqildoqdan va kalla suyagi choklaridan suyuqlikni o‘z-
o‘zidan oqib chiqishi kuzatiladi. Nutq rivojlanishi turli darajada kechikadi, ba’zi 
bir og‘ir holatlarda bolalar gapirishni boshlamaydilar ham. Aqliy rivojlanishning 
buzilish darajasi turli xil bo‘lib, yengil ortda qolishdan to chuqur debillik hamda 
idiotiyagacha bo‘lishi mumkin. Psixik rivojlanishni nisbatan yuqori darajasida ham 
gidrotsefaliya bilan og‘rigan bolalar uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlar 
kuzatiladi: sergaplik, qo‘pol xazillarga moyillik, baland, chiroyli iboralarni o‘rni 
bo‘lmasada qo‘llashi. Buning ortida onson yodda qoladigan iboralarni mexanik 
ravishda mazmunsiz qaytarish yotadi. Harakatlar nutq kabi avtomatlashtirilgan.
Gidrotsefaliyali bolalarda mexanik xotira yaxshi rivojlangan. Xatto debil 
bolalar ham ko‘pincha murakkab ibora va so‘zlarni mazmunini tushunmagan holda 
yodlab qoladi va qaytaradi. Bunday bemorlarning affektiv doirasi pasayadi, o‘zini-
o‘zi ishontirish kuchayadi. Kayfiyati noturg‘un, ko‘pincha noadekvat ko‘tarinki, 


 208
eyforik bo‘ladi. Yaxshi kayfiyat fonida, hech qanday sababsiz g‘azab, agressiya, 
umumiy, psixomotor qo‘zg‘alish xurujlari rivojlanishi mumkin. Kallaning 
kattalashishi va psixik vazifalarning buzilishi orasida parallellik bo‘lmaydi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish