Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Diagnoz.
Kalla suyagining kattalashishi va deformatsiyasi, liqildoqlarning 
taranglashuvi va pulsatsiyasi, kalla choklarining kengayishi, kichik, uchburchak
bujmaygan, qarisimon yuz tug‘ma gidrotsefaliya haqida dalolat beradi. Keyingi 
tekshiruvlar gidrotsefaliya shaklini va imkoniyat darajasida uning etiologiyasini 
aniqlab beradi. Raxitik kallaning gidrotsefaliyadan farqi–bu uning to‘rtburchak, 
yashiksimon shakli, ko‘z kosalarini past joylashganligi, liqildoqlarning bo‘rtishi va 
tarangligining yo‘qligidir. Gidrotsefaliyada raxit uchun spetsifik bo‘lgan sklet 
suyaklarining o‘zgarishlari bo‘lmaydi, raxitda esa gidrotsefaliyada xos bo‘lgan 
nevrologik simptomatika kuzatilmaydi. Aniq namoyon bo‘lgan raxitning yo‘qligi, 
1,5 yoshdan keyin ham berkilmagan liqildoqlar gidrotsefaliyani tashhislashga 
imkon beradi. Orqa miya suyuqligini me’yoriy yoki “suyultirilgan” tarkibi 
gidrotsefaliyani miya o‘smalaridan farqlaydi. Gidrotsefaliyadagi jarayon kechishi 


 210
o‘smalarga xos bo‘lgan progressivlanish xususiyatiga ega emas. Gidrotsefaliyada 
remissiyalar turli xil davomiylikdagi jarayon to‘xtashlari bilan kechadi: ahvoli 
yomonlashish ko‘p yillardan keyin kelib chiqishi mumkin. O‘smalarda orqa miya 
suyuqligida hujayra oqsil dissotsiasiyasi kuzatiladi, gidrotsefaliyada bo‘lmaydi. 
Lekin qator holatlarda miya o‘smasini gidrotsefaliyadan farqlash qo‘shimcha 
paraklinik tekshiruvlar o‘tkazgandan keyingina amalga oshiriladi. Miya 
pardalarining yallig‘lanish jarayonlari va travmalaridan keyingi ikkilamchi 
gidrotsefaliyani tashhislash uchun anamnez katta ahamiyatga ega. Ochiq yoki 
yopiq gidrotsefaliyani aniqlash uchun rentgenografik ma’lumotlar va maxsus 
tekshiruvlar (rezobsiyani o‘rganish usuli) ga asoslanadi.
Davosi: tug‘ma gidrotsefaliyada davo usuli jarayon etiologisi bilan 
aniqlanadi. Tug‘ma shakllarning paydo bo‘lishida toksoplazmoz rolining 
kattaligini hisobga olgan holda, ona va bolani toksoplazmozga tekshirish kerak. 
Musbat yoki shubhali natijalarda maxsus davo o‘tkaziladi. Zahmli gidrotsefaliyada 
spetsifik davoning qayta kurslari zarur. Maxsus davo bilan birga (toksoplazmoz, 
zahm) degidratasiya o‘tkaziladi. Gidrotsefaliya davosida xirurgik usullar ham katta 
o‘rin egallaydi. Nisbatan muvaffaqiyatli operasiyalar gidrotsefaliyaning yopiq 
shakllarida, qorinchalarning yoki qorinchalar–subaraxnoidal bo‘shliq 
bog‘lanishlaridagi nuqsonlarni yo‘qotish bo‘lib hisoblanadi. Gidrotsefaliyaning 
ochiq shakllarida rentgenoterapiyani qo‘llanishi alohida muvaffaqiyatga ega. Kalla 
tepa qismlarini rentgen nurlari bilan nurlantirish orqa miya suyuqligi ishlab 
chiqarishini katta bo‘lmagan dozalarda pasaytirib, uning so‘rilishini kuchayishi 
aniqlangan. O‘tkir rivojlangan gidrotsefaliyada rentgen terapiya nisbatan effektiv 
usul hisoblanadi. R terapiya kursi o‘ng va chap ensa-tepa sohasini 4-6 marta 
nurlantirish (navbat bilan) 30-50-75 R seansga. Musbat natijalarda R terapiya 4-6 
oydan so‘ng, keyinchalik 1 yildan so‘ng qaytarish mumkin. Gidrotsefaliyaning 
yopiq shakllarida R-terapiya effekti yo‘q.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish