Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
68-rasm.
 Bolalar serebral falaji (little sindromi). 
Tekshiruvda qo‘llarda tonus oshganligi, tirsak 
sohasida biroz bukilgan va tanaga yaqinlashtirilgan, 
kaft va barmoqlar ko‘pincha bukilgan, kam hollarda 
ular yozilganligi aniqlanadi.
Yelkada kamroq tirsak bo‘g‘imida turli xil 
harakat chegaralanishi aniqlanadi. Kaft va 
barmoqlarda harakat proksimal sohaga nisbatan 
yaxshiroq saqlangan. Bu xususiyat falajlar 
joylashishini spastik diplegiyani gemiplegiyadan 
farqlaydi, bunda ko‘proq har doim qo‘llarni distal 
qismi zararlanadi. Tezda va bir maromda mushak 
tonusini oshishi deformatsiya va kontrakturalarga, eng 


 215
ko‘p hollarda tovonni qo‘pol deformatsiyasiga olib keladi.
Pay, suyak usti reflekslari qo‘l va oyoqlarda oshgan, tovon va tizza 
qopqog‘ini klonuslari chaqiriladi. Patologik reflekslarni bukuvchi va yozuvchi 
guruhlari ikkala tomonda aniqlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, kontraktura va 
deformatsiyalar pay reflekslarini chaqirishiga xalaqit beradi. Ko‘pgina bemorlarda 
kesishgan adduktor refleksi va me’yorda 6 oygacha yo‘qoladigan Moro refleksini 
aniqlash mumkin. Ba’zida qorin mushaklari keskin tonik taranglashishi natijasida 
qorin reflekslarini chaqirib bo‘lmaydi. Og‘ir bemorlarda oral avtomatizm 
reflekslari (so‘rg‘ich, xartum va boshqalar) aniqlanadi.
Sezuvchanligi va chanoq a’zolari vazifasi buzilmagan. Falajlarni ko‘proq 
atetoz yoki xoreoatetoz turidagi sinkineziya va giperkinezlarni birlikda kelishi 
xarakterli. Giperkinezlar harakatlar paydo bo‘lgandagina kuzatiladi, to‘liq 
falajlarda ular bo‘lmaydi. Giperkinezlar ko‘proq qo‘llarda, asosan, ularning distal 
sohasida, mimik mushaklar va kamroq oyoqlarda aniqlanadi. Atetoz giperkinezlar 
yuz mushaklari, kaft va barmoqlarda bo‘lsa, xoreik giperkinezlar ko‘proq qo‘l-
oyoqlarnnng proksimal qismida bo‘ladi. Ruxiy va jismoniy tinch holatda 
giperkinezlar kamayadi, uyquda yo‘qoladi, turli xil qo‘zg‘alishlarda kuchayadi.
Qo‘l-oyoqlar rivojlanmagan, asosan oyoqlarda mushaklar atrofiyasi, 
osteoporoz aniqlanadi. Tekshirishda keskin atrofiyalangan mushaklarda elektr 
qo‘zg‘aluvchanlik miqdori bir muncha pasaygan, qayta o‘zgarish reaksiyasi yo‘q. 
Ba’zi bir mushak guruhlari gipertrofiyalangan bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina 
bemorlarda kalla o‘lchami va shaklini o‘zgarishi (mikrotsefaliya, gidrotsefaliya, 
do‘ng peshona, yassi ensa chakkalarni ezilishi va boshqalar) kuzatiladi. Psixik 
buzilishlarning darajasi turli xil, ba’zilarda aqli saqlangan. Ko‘pchilik bemorlarda 
nutq buzilishi va rivojlanishining kechikishi kuzatiladi. Nutq buzilishlari aqliy 
yetishmovchiligi (aniqrog‘i psixik yetishmovchilik) yoki nutqda ishtirok etuvchi 
mushaklarni buzilishiga bog‘liq. Bemorda turli darajadagi dizartrik buzilishlar: 
alohida tovushlarni (so‘zlarni) aytishida bir muncha noaniqlikdan to to‘liq 
anartriya va afoniya holda so‘zlasha olmasligi aniqlanadi. Artikulyatsion va nafas 
mushaklarini giperkinezi va spazmi ham sezilarli darajada nutq buzilishiga olib 
keladi, turtkisimon, duduqlanuvchi, noaniq bo‘lib qoladi. Spastik diplegiyali 
bolalarni tug‘ilishining birinchi kunlarida umumiy tutqanoq xurujlari kuzatiladi. 
Keyinchalik petit mal tipida kichik va katta epileptik xurujlar rivojlanadi. Kasallik 
oqibati epileptik xuruj paydo bo‘lishi bilan sezilarli yomonlashadi, lekin shuni 
ta’kidlash kerakki, spastik diplegiyada ular BSF boshqa turlariga nisbatan kam 
uchraydi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish